🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!
‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi
Reklama:
+998781137733
Sayt: http://kun.uz/uz
facebook.com/kunuznews
twitter.com/KunUzNews
instagram.com/kun.uz
@kunuzmurojaat
@kunuz is a dedicated channel for ushbu and alifbosida with regular updates in Erotic
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Kun.uz | Rasmiy kanal
May 17, 2026, 11:37 PM
🎥 Video
Haqiqat emas, gap kim tomonidan aytilayotgani muhim edi | 5 daqiqa
Ko‘chaning o‘rtasidagi oddiy janjal baʼzan kitoblardagi eng katta falsafadan ham kuchliroq taʼsir qiladi. Chunki katta haqiqatlar doim ham urush yoki fojia orqali ochilmaydi. Baʼzan bitta itning hurishi, bir odamning baqirishi va atrofga to‘plangan olomonning munosabati butun jamiyatning haqiqiy qiyofasini ko‘rsatib qo‘yadi.
5 daqiqa‘ning navbatdagi sonida Anton Chexovning “Buqalamun” hikoyasi haqida gaplashamiz.
👉 https://kun.uz/61302961
https://t.me/kunuzofficial
13,800
32
0
Kun.uz | Rasmiy kanal
May 17, 2026, 11:37 PM
📷 Photo
Tramp ortidan Putin ham Xitoyga tashrif buyuradi
Donald Trampning Pekinga tashrifidan bir necha kun o‘tib, Rossiya prezidenti ham u yerga yo‘l olmoqda. Kremlga ko‘ra, Putinning tashrifi Si Jinping taklifi bilan amalga oshirilmoqda va «yaxshi qo‘shnichilik»ka oid shartnomaning 25 yilligiga bag‘ishlanadi.
👉 https://kun.uz/72846358
https://t.me/kunuzofficial
11,700
56
Kun.uz | Rasmiy kanal
May 17, 2026, 11:37 PM
P2P monitoringi, yangi tariflar va migratsiyadagi korrupsiya — hafta dayjesti
🔍 Kartadan kartaga o‘tkazmalar monitoringi boshlandi: aynan kimlar “radarga” tushyapti?
💰 Migratsiya sohasidagi mega-korrupsiya: Koreyaga ishga jo‘natishdagi sxema fosh bo‘ldi.
👩🏫 Hamma ustozlarga tegishli imtiyoz loyihasi: ularning farzandlari kontrakt to‘lovidan 30 foiz chegirma olishi mumkin.
🛎 O‘zbekiston tarixidagi eng yirik xususiylashtirish: ilk xalqaro IPO‘dan byudjetga 600 mln dollar tushdi.
Ortda qolgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid ayrim yangiliklari – http://Kun.uz/ https://kun.uz/kr/65074022.
https://youtu.be/n3PKo3xSU54
11,700
8
Kun.uz | Rasmiy kanal
May 17, 2026, 11:37 PM
📷 Photo
Abduqodir Husanov «Manchester Siti» bilan yana bir sovrinni qo‘lga kiritdi
▪️«Manchester Siti» klubi Angliya Kubogi finalida “Chelsi”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
▪️ O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda tushib, o‘yin oxirigacha harakat qildi.
▪️ Bu «Manchester Siti» klubining mavsumdagi ikkinchi sovrini bo‘ldi. Fevral oyida jamoa Liga Kubogida g‘alaba qozongan edi.
▪️ Shu bilan birga, “shaharliklar” ayni paytda Angliya Premyer Ligasi g‘olibligi uchun ham kurashmoqda.
👉 https://kun.uz/93675519
https://t.me/kunuzofficial
13,600
Kun.uz | Rasmiy kanal
May 17, 2026, 11:37 PM
📷 Photo
Fransiya Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga qarshi tergov boshladi
▪️Parij apellyatsiya sudi qarori bilan Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga nisbatan tergov boshlandi.
▪️2019 yilda shahzoda jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bo‘yicha masʼuliyatni zimmasiga olgan edi.
▪️Jamol Qoshiqchi 2018 yil 2 oktyabrda bedarak yo‘qoldi. Shu kuni u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirdi va qaytib chiqmadi.
▪️Jurnalist uzoq vaqt davomida Saudiya Arabistoni hukumatini tanqid qilib kelgan edi.
▪️Jurnalistni o‘ldirishga Saudiya Arabistoni hukumati buyruq berganini Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, shuningdek, AQSH Milliy razvedkasi maʼlum qildi.
👉 https://kun.uz/39253747
https://t.me/kunuzofficial
13,400
Kun.uz | Rasmiy kanal
May 17, 2026, 11:37 PM
📷 Photo
O‘zbekiston kunlik suv isteʼmoli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
💧 Worldometer suv isteʼmolining sutkalik o‘rtacha ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqdi.
🇹🇲 Turkmaniston sutkasiga bir kishiga 15445 litrgacha suv sarflashi bilan ro‘yxatda birinchi bo‘ldi.
🇺🇿 O‘zbekiston 4778 litr ko‘rsatkich bilan dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
🏴 Suv isteʼmolining eng past darajasi Afrika mamlakatlarida qayd etilgan.
👉 https://kun.uz/04863905
https://t.me/kunuzofficial
12,800
Kun.uz | Rasmiy kanal
May 17, 2026, 11:37 PM
🎥 Video
“Xorij fuqarolarining gidlik qilishiga taqiq qo‘yamiz” – Turizm qo‘mitasi
Maʼlum bo‘lishicha, xorijiy davlat fuqarolarining O‘zbekistonga kelib, gidlik faoliyatini amalga oshirishi endi qonunan taqiqlanadi. Bu bo‘yicha hukumat qarori loyihasi shakllantirilgan. Hujjat bilan gidlik faoliyati tartibga solinadi. Audio va elektron gid xizmatlari masalasi ham kun tartibida.
👉 https://kun.uz/50713908
https://t.me/kunuzofficial
12,500
54
Kun.uz | Rasmiy kanal
May 17, 2026, 11:37 PM
🎥 Video
“Sayohatchi ko‘p, temiryo‘l esa bitta” – chipta yetishmovchiligiga qachon barham beriladi?
Mahalliy reyslardagi chipta yetishmovchiligi – uzoq yillik va yechilmayotgan muammo. Yangi qo‘yilayotgan poyezdlar chipta narxlari esa juda qimmat va doimiy tanqis. http://Kun.uz/ Turizm qo‘mitasidan aynan chipta yetishmovchiligi bo‘yicha yechimlarni so‘rarkan, raisga ko‘ra, bugun sayohatchilar ko‘p – temiryo‘l esa bitta.
👉 https://kun.uz/26514313
https://t.me/kunuzofficial
12,700
21
Kun.uz | Rasmiy kanal
May 17, 2026, 11:37 PM
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
Toshkentning Sergeli tumani Qumariq mahallasi va uning atrofida yashovchilar yillar davomida yoqimsiz hiddan shikoyat qilishadi. Chunki aynan shu yerda Toshkentning oqova suvlari yig‘iladigan inshoot https://kun.uz/70339354.
Bahor kelib, kunlar isigach, muammo yana-da o‘tkirlashgan. http://Kun.uz/ bilan suhbatlashgan masʼul muhandis shu yil yozda qo‘shimcha filtrlar qo‘yilishini, shundan keyin badbo‘y hid kamayishini aytdi. Lekin shuning o‘zi bilangina muammo hal bo‘lmasligi mumkin.
https://youtu.be/9QjwldmUuI8
12,700
25
Kun.uz | Rasmiy kanal
May 17, 2026, 11:37 PM
“Taqiqdan chiqaringlar, ijod qilmoqchiman deya olmadim” — Farrux Zokirovning haqiqat va armonlari
O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ijodiy faoliyatidagi eng og‘ir davrlar, taqiq ostidagi yillari, davlat rahbari hamda birinchi xonim bilan bog‘liq hotiralari, otasi Karim Zokiriy va oilasi haqida samimiy https://kun.uz/kr/46169891.
Xonanda ayrim paytlar tug‘ilgan kunini “yig‘lab-yig‘lab” o‘tkazganini, biroq xalq mehri uni yana sahnaga qaytarganini aytadi.
📹 https://youtu.be/xl1kt-HTRyE
12,700
39
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 05:41 AM
🎥 Video
O‘zbekiston 4 ta gol urilgan o‘yinda Gabon ustidan irodali g‘alaba qozondi
Toshkentda FIFA Series 2026 xalqaro futbol turniri boshlandi. 1-turda O‘zbekiston va Gabon bellashdi. Eldor Shomurodov, Jahongir O‘rozov va Alisher Odilov gollari milliy jamoaga irodali g‘alabani keltirdi.
👉 https://kun.uz/50252586
9,480
68
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 05:41 AM
🎥 Video
“Biznes trener”dan t(q)armoqli marketing: atir illyuziyasi va “pufak” biznes
150 dollarga sotib olmoqchi bo‘lgan atiringiz aslida Dubaydan 15 dollarga keltirilganini bilsangiz xaridni amalga oshirgan bo‘larmidingiz? Maqolada “uyning podshohi kimligi” hamda “bir dollar tikmasdan biznes yuritish” haqidagi gaplari bilan tanilgan Ikromjon Tojiddinovning Premium Pro kompaniyasi misolida tarmoqli marketingga “ichkaridan” nazar tashlaymiz.
https://kun.uz/51917052
8,400
31
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 05:41 AM
📷 Photo
Shaxsga doir ayrim ma’lumotlarni O‘zbekistondan tashqarida saqlashga ruxsat berildi
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgarishlar bugundan e’tiboran kuchga kirdi. Endi shaxslarning biometrik va genetik ma’lumotlaridan tashqari, boshqa turdagi shaxsga doir ma’lumotlarni xorijda saqlash va ularga xorijda ishlov berish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, qonundagi ana shu yumshatilgan norma – 2021 yil 3 noyabr kuni O‘zbekistonda Telegram, YouTube, Instagram va Facebook kabi eng ommabop tarmoqlar bloklab qo‘yilishiga huquqiy asos vazifasini bajargan edi.
Bu o‘zgarish PayPal, Google Pay va Apple Pay kabi xalqaro to‘lov servislarining O‘zbekistonga kirib kelishiga yo‘l ochishi kutilmoqda.
👉 https://kun.uz/37687316
10,900
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 05:41 AM
📷 Photo
Eronda urush boshlanganidan beri yuzdan ortiq «josus» hibsga olindi
Ularning aksariyati «dushman ommaviy axborot vositalariga ishlash»da ayblangan.
👉 https://kun.uz/11152239
10,400
45
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 05:41 AM
📷 Photo
Sardor Ozmunning Erondagi mulklarini musodara qilishmoqchi
Eronning Guliston viloyati prokuraturasi Tehron «dushman» deb hisoblagan tashkilotlar va davlatlarni qo‘llashda gumonlanayotgan 16 kishining «mulklarini aniqlash va musodara qilish jarayoni»ni boshlagan. Fars o‘z manbasiga tayanib yozishicha, bunday shaxslar ro‘yxatida eronlik hujumchi Sardor Ozmunning ham nomi bor.
👉 https://kun.uz/39587386
11,500
35
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 05:41 AM
🎥 Video
Match day
O’zbekiston milliy jamoasi bugun FIFA Series turniri doirasida Gabon bilan o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazadi.
Ushbu yig’in milliy jamoamiz uchun Jahon chempionati oldidan o’z uyimizdagi oxirgi tayyorgarlik bo’ladi.
“Bunyodkor” stadionida o’tadigan bugungi bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Ayni vaqtda futbolchilar o‘yinoldi mashg‘ulotlar uchun maydonga chiqib kelishmoqda
11,000
15
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 05:41 AM
📷 Photo
OAV: Putin oligarxlarga urushni moliyalashtirishni taklif qildi
Peskov esa bunday taklif bo‘lganini tasdiqlagan holda, Putin hech kimdan pul so‘ramagani, bu taklifni yig‘ilish ishtirokchilaridan biri berganini aytdi. Oleg Deripaska va Suleyman Kerimov Putinga urush uchun pul berishni va’da qilgan. Kerimov 100 milliard rubl to‘lamoqchi – bu esa faqat uch kunga yetadi.
👉 https://kun.uz/78603905
10,800
54
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 05:41 AM
📷 Photo
Zelenskiy: «Saudiya Arabistonida Ukrainani qiziqtiradigan narsa bor»
26 mart kuni Saudiya Arabistoniga kelgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ikki mamlakat mudofaa vazirliklarining mudofaa sohasidagi hamkorligi to‘g‘risidagi hujjat imzolanganini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/58202249
11,500
33
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 05:41 AM
📷 Photo
“Ozodlik oroli”da nimalar bo‘lmoqda? Kubada kommunistik tuzum o‘rnatilishi tarixi
2026 yil 13 mart kuni Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel ilk bor Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar o‘tkazayotganini rasman tasdiqladi. Qariyb 70 yil avval kommunistik tuzum o‘rnatilgan va 2015 yilgacha AQSh bilan diplomatik aloqalarga ega bo‘lmagan bu orol davlat nega Oq uydagilar bilan muzokara o‘tkazmoqda? Umuan olganda Kuba qanday qilib sotsialistik davlatga aylangandi?
https://kun.uz/23046590
11,700
8
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 05:41 AM
📷 Photo
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
Mamlakatda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Buxoro shahridagi tarixiy va muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi.
👉 https://kun.uz/91356777
12,100
183
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 07:54 AM
🎥 Video
Tramp Kolumbning mojaroli haykalini Oq uy hududiga o‘rnattirdi
Bu haykalning asl nusxasi Baltimor shahrida bo‘lgan. Biroq 2020 yilda afroamerikalik Jorj Floydning o‘ldirilishi ortidan mamlakat bo‘ylab boshlanib ketgan irqchilikka qarshi norozilik namoyishlari vaqtida haykal qulatilgandi. Oq uy hududida o‘rnatilgan haykal esa o‘shaning nusxasi hisoblanadi.
Namoyishlar vaqtida butun Amerika bo‘ylab Kolumbning o‘nlab haykallari buzib tashlangan. Boisi ko‘pchilik Kolumbni “kashfiyotchi” emas, balki Amerika qit’asida mahalliy xalqlarning qirg‘in qilinishi va quldorlikning boshlanishiga sababchi bo‘lgan shaxs deb hisoblab keladi. Biroq AQSH prezidenti Donald Tramp bunday fikrda emas.
11,200
26
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 07:54 AM
🎥 Video
“Bu psevdomutaxassislarning marketing nayrangi”: instagramdagi “psixologlar” haqida
“Insonda muammo bor, uni yechib beradigan chala mutaxassislar paydo bo‘ldi. Ular juda jadallik bilan ko‘payib ketib, mediada bemalol chiqishlar qilishni boshlashdi, sababi bugun mediada kim ilg‘or bo‘lsa unga murojaatlar soni ko‘p bo‘ladi. Xalqning og‘rib turgan yarasi bor, ular go‘yoki shartta shunga yechim ko‘rsatganday bo‘lishdi”, - deydi tibbiyot fanlari doktori, psixoterapevt Gavhar Darvish.
https://kun.uz/67735194
11,300
13
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 07:54 AM
📷 Photo
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
2025 yil O‘zbekistonda budjet taqchilligi YaIMga nisbatan 2,1 foiz yoki 39,4 trln so‘mni tashkil etdi. Hududlar kesimida eng katta defitsit Farg‘ona (4,39 trln so‘m), Andijon (3,56 trln so‘m) va Samarqand (3,41 trln so‘m) viloyatlarida qayd etildi. O‘tgan yilda ajratiladigan subsidiyalar miqdori 29 trln 352 mlrd so‘mni tashkil qildi.
👉 https://kun.uz/83262569
11,300
11
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 07:54 AM
Urush boshi berk ko‘chada: Tramp nimani «g‘alaba» deb ko‘rsatishni bilmayapti
Tramp «Eron bilan gaplashdik, ular yadro quroli g‘oyasidan voz kechmoqchi» demoqda, lekin Tehron muzokara bo‘lganini rad etdi. Amerika urushdan qanday chiqishni bilmayotganga https://kun.uz/41100935.
https://youtu.be/rJRyk5n336w
11,000
73
0
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 07:54 AM
📷 Photo
Har qachongidan ko‘rkam va mahobatli: Imom Buxoriy majmuasidan fotoreportaj
Samarqandda Ramazon hayiti kuni Imom Buxoriy majmuasining foydalanishga topshirilishi nafaqat xalqimiz, balki butun islom olami uchun muhim voqelik bo‘ldi. 63 gektar maydonni egallagan ushbu ulkan majmua tarkibida 10 ming kishilik masjid, Imom Buxoriy maqbarasi, innovatsion muzey va keng qamrovli infratuzilma jamlangan.
http://Kun.uz/ muxbiri ushbu maskandan fotoreportaj tayyorladi.
👉 https://kun.uz/74493901
12,000
53
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 07:54 AM
📷 Photo
Qurilish sohasida ekologik talablar kuchaytiriladi
“Toza havo” loyihasida energetika va sanoat tarmoqlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Endilikda qurilish sohasida ham ekologik talablar kuchaytiriladi, deb bayonot berdi Maxsus komissiya. Unga ko‘ra:
➖ yangi quriladigan yirik ob’ektlarni loyihalashtirishda ko‘kalamzorlashtirish darajasini oshirish;
➖ qurilish materiallarini yopiq sharoitda saqlash;
➖ chiqindilarni maxsus quvur va konteynerlar orqali tushirish;
➖ maydonlarni himoya to‘siqlari bilan o‘rash;
➖ onlayn kuzatuv kameralarini o‘rnatish kabi talablar https://kun.uz/16705134.
Kuni kecha Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda Ekologiya qo‘mitasi va Maxsus komissiya raisi Aziz Abduhakimov davlat rahbariga ustuvor ekologik choralarni taqdim qilgandi.
11,400
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 07:54 AM
🎥 Video
Saloh «Liverpul»dan ketadi
Misrlik tirik afsona uchun klubdagi to‘qqizinchi mavsumi so‘nggisi bo‘lib qoladi.
👉 https://kun.uz/22059493
11,400
43
0
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 07:54 AM
📷 Photo
Yaqin Sharqdagi urush: Eron raketasi Tel-Avivga kelib urildi, Isroil Livan janubini egallamoqda
Seshanba kuni Eron Isroil bo‘ylab raketa zarbalari seriyasini amalga oshirdi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Donald Trampning Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralari haqidagi bayonotlariga qaramay, Eron va Livandagi «Hizbulloh» guruhiga harbiy bosimni susaytirmasligini ma’lum qildi.
👉 https://kun.uz/34565071
11,700
24
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 07:54 AM
🎥 Video
Eronga sulh rejasini yuborgan AQSh, Ukraina osmonidagi minglab dronlar va Xitoy elchixonasiga bostirib kirgan yapon harbiysi – kun dayjesti
O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.
👉 https://kun.uz/01107583
11,800
8
Kun.uz | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 07:54 AM
📷 Photo
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
«Qo‘yliq» bozoridan Toshkent viloyati Nurafshon shahri markazigacha 23 kilometrlik yo‘l infratuzilmasi yangilanadi.
Yo‘l 6 tasmali bo‘lib, avtobuslar yo‘lagi (BRT) yo‘l o‘rtasida joylashadi. Bekatlarga kirib-chiqish xavfsiz tashkil etiladi.
Loyiha konsepsiyasini viloyat deputatlari https://kun.uz/44395798.