Kasbiy ta’lim agentligining rasmiy Telegram kanali
gov.uz/kasbiytalim
instagram.com/kasb_edu
facebook.com/kasb_edu
youtube.com/@kasb_edu
x.com/kasb_edu
Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Murojaatlar uchun: @kasbedu_bot
Follow @kasb_edu to stay updated with the latest facebookcomkasb_edu and talim trends and news
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 27, 2026, 10:07 AM
📷 Photo
BTEC dasturi doirasida Urganch shahar 1-son texnikum o‘quvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Texnikumga dunyoning yetakchi ta’lim tashkilotlaridan biri — Pearson kompaniyasi vakillari Chris Faulkner va Jane Baker tashrif buyurdi.
https://gov.uz/oz/kasbiytalim/news/view/157455
🇬🇧 https://gov.uz/en/kasbiytalim/news/view/157455
🇷🇺 https://gov.uz/ru/kasbiytalim/news/view/157455
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu
4,540
8
0
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 27, 2026, 10:07 AM
📎 File
📢 Akademik litsey va texnikum o‘qituvchilari diqqatiga!
Kasbiy ta’lim tashkilotlari va akademik litseylarning pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazishga doir test sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar ushbu spetsifikatsiyalardan kelib chiqib, attestatsiyaning test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin.
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 27, 2026, 10:07 AM
📷 Photo
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” milliy tanlovining ishchi guruh yig’ilishi bo’lib o’tdi
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovini tashkil etish va o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan Respublika ishchi guruhining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda vazirlik va idoralar, tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, tanlovni respublika miqyosida keng ommalashtirish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda:
— ishtirokchilarni joriy yilning 30-apreliga qadar https://uzskills.uz/ platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazish;
— tanlovning 3 ta bosqichini (tuman, hududiy va respublika) may-iyun oylarida o‘tkazish muddatlari;
— g‘oliblarni aniqlash, rag‘batlantirish va xalqaro bosqichlarga tayyorlash;
— ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar va moddiy-texnik shart-sharoitlar masalalari muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan tanlovni tashkil etish tartibi hamda barcha bosqichlar o‘zaro uzviy bog‘langan yagona tashkiliy mexanizm sifatida amalga oshirilishi yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 27, 2026, 10:07 AM
🎥 Video
“Kasb va mehnat” videoroliklar tanlovi o‘tkaziladi
Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan yashil kasblar, zamonaviy texnologiyalar va “Usta-shogird” an’analarini targ‘ib qiluvchi “Kasb va mehnat” ijtimoiy videoroliklar tanlovi hamda #KasbFest2026 foto-video chellenji o‘tkaziladi.
G‘oliblar Agentlik tomonidan maxsus qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
📌 Batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun videoni tomosha qiling.
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 27, 2026, 10:07 AM
📷 Photo
#tayinlov
Kasbiy ta’lim moddiy-texnika ta’minoti markaziga direktor tayinlandi
Toshmatov Abrorjon Ergashaliyevich Kasbiy ta’lim moddiy-texnika ta’minoti markazi direktor lavozimiga tayinlandi.
Toshmatov Abrorjon Ergashaliyevich Guliston davlat universitetini tamomlagan.
Faoliyati davomida Sirdaryo viloyat “Etalon” zavodi direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi direktorining hududiy filiallarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu
Yangi loyiha: Bir kasb - bir yaxshilik. Ta’lim ustalar va o‘quvchilar aholiga yordam bermoqda
Karmana tumani 1-son texnikumi ishlab chiqarish ta’limi ustalari tomonidan aholi xonadonlariga tashriflar uyushtirilib, keng ko‘lamli amaliy yordam ishlari amalga oshirildi.
http://gov.uz/oz/kasbiytalim/news/view/157449
🇬🇧 https://gov.uz/en/kasbiytalim/news/view/157449
🇷🇺 https://gov.uz/ru/kasbiytalim/news/view/157449
#BirKasbBirYaxshilik
#KasbBilanYordam
#5MayKasblarKuni
#YoshUstalar
#TexnikumKuchi
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 27, 2026, 10:07 AM
🎥 Video
Namangan payvandlash ustalari xalqaro sertifikat olishga tavsiya etildi
Uychi tumanidagi 1-sonli texnikumida Toshkent xalqaro sertifikatsiyalash akademiyasi huzuridagi “PERSONAL” o‘quv markazi tomonidan “Payvandlash” bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limi ustalari malakasini xalqaro standartlar asosida baholash va sertifikatlash maqsadida sinov jarayonlari o‘tkazildi.
Ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini baholash jarayonining shaffofligi, natijalarning xolisligini ta’minlash maqsadida Latviyaning “Certifikation Centre” tashkilotidan malakali xorijiy ekspertlar jalb etildi. Baholash ikki bosqichda — ko‘rgazmali-amaliy hamda nazariy imtihon shaklida o‘tkazildi.
Natijalarga ko‘ra:
🔹 32 nafar ishtirokchidan 17 nafari muvaffaqiyatli baholanib, xalqaro sertifikat olishga tavsiya etildi.
Sinovdan o‘ta olmagan ishtirokchilarga esa malakasini oshirish uchun bir oylik o‘quv kurslarida qatnashib, keyinchalik qayta sertifikatlash jarayonida ishtirok etish tavsiya qilindi.
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 20, 2026, 12:13 PM
📷 Photo
Germaniyada o‘tkazilgan Kasbiy ta’lim forumi natijalari: yangi imkoniyatlar eshigi ochildi!
Toshkent va Samarqandda Recruitmed hamkorligida hamshiralik yo‘nalishidagi yoshlar uchun bepul nemis tili kurslari tashkil etiladi.
TELC bilan birgalikda nemis tilini o‘rganayotgan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun xalqaro dastur yo‘lga qo‘yiladi.
Bildung und Beruf hamkorligida texnikum o‘quvchilari Germaniya korxonalarida qisqa muddatli amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
SBH West bilan haydovchilar uchun bepul malaka oshirish dasturi Toshkent tajribasi asosida hududlarda ham joriy etiladi.
Avestos bilan ilg‘or mahorat texnikumlarida Germaniya standartlariga asoslangan xalqaro ta’lim dasturlari boshlanadi.
Prosica tomonidan nemis tilini o‘rganish uchun zamonaviy onlayn platforma ishga tushiriladi.
📌 Bu tashabbuslar yoshlarimizga xalqaro darajadagi bilim, amaliy tajriba va keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
💬 Kasbiy ta’lim – global imkoniyatlar sari muhim qadam!
https://x.com/kasb_eduBizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 20, 2026, 12:13 PM
📷 Photo
#Qonunchilik_yangiliklari
📑Maxsus komissiya tomonidan sertifikatlarning muvofiqligi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan (raqami – 3515) https://lex.uz/uz/docs/-6943986#-7777622:~:text=tahrirgaqarang.-,3-bob.Umumiyoʻrta,oʻrtamaxsus,professionalvaoliytaʼlimtizimiga,ROʻYXATI,-T/rgi qarorning 3-bobiga asosan aniqlanadi.
➡️2026-yildan boshlab xorijga yuboriladigan pedagoglarning ro‘yxati Maxsus komissiya tomonidan keyingi kalendar yilining 20-yanvar kuniga qadar tasdiqlanadi va malaka oshirishga yuborish mart oyidan boshlab amalga oshiriladi.
📆 2026-yilda xorijga yuboriladigan pedagoglar 2025-yilda malaka oshirgan pedagoglar orasida saralanadi.
👥 Xorijga yuboriladigan davrda pedagoglar kasbiy ta’lim tizimida faoliyatini yakunlagan yoki o‘z xohishiga ko‘ra malaka oshirishga borishni rad etgan taqdirda, bo‘shagan o‘rinlar uchun nomzodlarni saralash ballar ketma-ketligi bo‘yicha amalga oshiriladi.
📨 Xorijda malaka oshirib qaytgan pedagoglar texnikumdagi boshqa pedagoglar uchun kamida bir marta seminar o‘tkazadi.
‼️ Xorijga malaka oshirish uchun yuboriladigan pedagog kadrlarga kamida uch yildan so‘ng saralashda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
➡️ Batafsil: https://gov.uz/oz/kasbiytalim/news/view/154696
🧾 PDF shaklida https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/04/17/cdf89519-1f6d-bb48-1bfb-0321b4d2f699_media_.pdf.
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 20, 2026, 12:13 PM
🎥 Video
Germaniyada xizmat safari: amaliy tajriba va yangi imkoniyatlar
Kasbiy ta’lim agentligi delegatsiyasining Germaniyaga xizmat safari samarali uchrashuv va tashriflarga boy bo‘ldi.
✔️BbS “Gutjahr” kasb-hunar maktabida dual ta’lim tizimi amaliyoti o‘rganildi.
✔️Halle (Saale) shahridagi ÜAZ Holleben trening markazida zamonaviy kasbiy tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi.
✔️GP Papenburg Asphaltmischwerke GmbH korxonasida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar namoyish etildi.
📌Ma’lumot uchun, ayni paytda GP Papenburg Asphaltmischwerke GmbH korxonasida qariyb 200 nafar o‘zbekistonlik yoshlar Germaniyada dual ta’lim tizimda tahsil olib, ish tajribasini oshirmoqda va yana 70 nafar yoshlar kelishi belgilangan. Xususan, Andijon viloyatidan kelgan 20 ga yaqin yoshlar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 20, 2026, 12:13 PM
📷 Photo
🔥 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
📝 Mavzu: "Kasbiy ta'limda ilg'or xalqaro tajribalar asosida kadrlar tayyorlashni sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari"
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
✅ Muhokama qilinadigan yo'nalishlar:
❗️ Yoshlarda kasb tanlash madaniyatini shakllantirishning zamonaviy pedagogik tizimlari va xalqaro tajribalar
❗️Dual ta'limda ish beruvchilar bilan integratsiyaning samarali modellari va ularni joriy etish mexanizmlari
❗️ Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, kompetensiyaviy yondashuv va xalqaro sertifikatsiya masalalari
❗️ Kasbiy ta'lim sifatini baholash, milliy reyting tizimlari va WorldSkills standartlariga moslashuv yo'llari
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
⏰ Sana: 2026-yil, 1-may
📌 Vaqt: Soat 09:00 (Toshkent vaqti)
🌐 Sovg'a: Eng yaxshi 10 ta maqola mualliflari estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi!
✅ Ishtirok: Mutlaqo BEPUL!
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
✅ https://telegra.ph/Maqolaga-qoyilgan-talablar-04-17
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
⚠️ Maqolalarni topshirish: 2026-yil 20-aprelgacha
✅ https://t.me/M_979_R telegram manzili orqali
Keling, ta'limni birga rivojlantiraylik! 🔥
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 20, 2026, 12:13 PM
📷 Photo
"Yoshlar kuni" munosabati bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Kasbiy ta’lim agentligi direktor o‘rinbosari Avzalxon Abdullaxonov boshchiligida Kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Shayxontohur tuman texnikumida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida;
—yoshlar bilan ochiq va samimiy suhbat tashkil etilib;
—ta’lim jarayonidagi sharoitlar, odob-axloq masalalari;
—o‘quvchilarning taklif va fikrlari atroflicha muhokama qilindi.
📌 Texnikum o‘quvchilari fikrlarini erkin bildirish imkoniga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu
Kasbiy ta’lim agentligi
Apr 20, 2026, 12:13 PM
📷 Photo
“Rahbar va yoshlar" uchrashuvi Germaniyada
Berlin shahriga xizmat safari davomida Germaniyadagi O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasida xorijda o‘qiyotgan va faoliyat yuritayotgan 30 dan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Elchi, Kasbiy ta’lim agentligi direktori hamda Migratsiya agentligi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yosh vatandoshlar tomonidan qator muhim savollar, amaliy takliflar va tashabbuslar bildirildi. Jumladan:
✔️nemis tilini O‘zbekistonda kengroq o‘qitish;
✔️qisqa muddatli kurslar orqali Germaniyada ish imkoniyatlarini kengaytirish;
✔️xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha yoshlar uchun xalqaro ish imkoniyatlarini yaratish;
✔️Germaniyada tahsil olayotgan yoshlarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha takliflar bildirildi.
GIZ TexVET II loyiha rahbari Matthias Klingenbergning fikricha, yoshlarning zamonaviy hamda amaliyotga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim olishi muvaffaqiyatli va barqaror migratsiyaning asosiy shartidir.
https://x.com/kasb_eduBizni kuzating
https://gov.uz/oz/kasbiytalim | | https://www.instagram.com/kasb_edu | https://www.facebook.com/profile.php?id=61586861288057 | https://www.youtube.com/@kasb_edu | https://x.com/kasb_edu