No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Jamshidbek Odilov (BBA)
Apr 24, 2026, 04:52 AM
⚡️ Oliy ta’lim muassasalari uchun minimal o‘tish ballari
#abituriyent #qabul2025
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan 2025–2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlangan.
✅ Unga ko‘ra:
➖ davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);
➖ toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%).
📌 Bunda nogironligi boʻlgan va ota-ona qaramog‘isiz qolgan ning taʼlim olishga boʻlgan qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ushbu toifadagi abituriyentlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul parametrlari doirasida tanlovni amalga oshirishda minimal oʻtish bali istisno tariqasida 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilangan.
❗️ Diqqat! Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar (imtiyozga ega abituriyentlar ham) oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi.
✔️
9,510
8
0
Jamshidbek Odilov (BBA)
Apr 24, 2026, 04:52 AM
📎 File
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota
✅ Davlat granti kvotasi ulushi
2025–2026-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining taʼlim sohalari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti
❓ Davlat granti kvotasi ulushi nima?
Davlat granti kvotasi ulushi — OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishiga kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan kvotaning qanchasi (foiz hisobida) davlat granti asosida bo‘lishi mumkinligi.
Misol uchun, “Jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi uchun davlat granti kvotasi ulushining chegarasi — 30%.
O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishi uchun kunduzgi ta’lim shakliga ajratilgan jami kvota — 50 ta.
Davlat granti kvotasi ulushining chegarasini aniqlash uchun 50 ta kvotaning 30 foizini hisoblashimiz kerak bo‘ladi.
Demak, O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishi uchun kunduzgi ta’lim shakliga ajratilishi mumkin bo‘lgan davlat granti asosidagi kvotaning maksimal soni — 15 ta (50 x 30 / 100 = 15).
❕ Bu O‘zbekiston Milliy universitetida “Jurnalistika” yo‘nalishiga davlat granti asosida ajratilishi mumkin bo‘lgan kvotaning maksimal soni (aniq shuncha oladi degani emas).
Qaysi OTM qancha grant kvota olishi ushbu OTMni tanlagan abituriyentlarning bilimiga bog‘liq.
✔️
6,030
Jamshidbek Odilov (BBA)
Apr 24, 2026, 04:52 AM
📎 File
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota
DAVLAT BUYURTMASI (davlat granti)
✅ Kunduzgi ta’lim shakli uchun
2025/2026-o‘quv yili va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlariga bakalavriatning KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari:
➖ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
➖ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
➖ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
➖ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta;
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi bilan https://lex.uz/docs/-7636839#-7640069.
✔️
4,950
2
Jamshidbek Odilov (BBA)
Apr 24, 2026, 04:52 AM
📎 File
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota
✅ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi
Ayrim bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining (tillar, maxsus pedagogika, sport, sanʼat va boshqa) oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ularning soha ixtisoslashuviga koʻra taqsimlangan qabul parametrlari
✔️
4,460
0
Jamshidbek Odilov (BBA)
Apr 24, 2026, 04:52 AM
📷 Photo
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota
QO‘SHIMCHA KVOTA
✅ Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun
Huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun ajratilgan qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari
📝 Jami: 1 ming 775 ta (davlat granti asosida).
❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.
✔️
4,890
3
Jamshidbek Odilov (BBA)
Apr 24, 2026, 04:52 AM
📎 File
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota
QO‘SHIMCHA KVOTA
✅ Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun besh foizli qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti
📝 Jami: 9 ming 766 ta (davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida):
➖ kunduzgi – 7 420 ta (grant - 1 775, kontrakt - 5 645);
➖ kechki – 1 436 ta (kontrakt);
➖ masofaviy – 910 ta (kontrakt).
❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.
✔️
5,710
3
Jamshidbek Odilov (BBA)
Apr 24, 2026, 04:52 AM
📎 File
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota
QO‘SHIMCHA KVOTA
✅ Bojxona organlari xodimlarining farzandlari uchun
Bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan, bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti
📝 Jami: 710 ta (davlat granti asosida).
❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga kunduzgi ta’lim shakli uchun amal qiladi.
✔️
4,980
1
Jamshidbek Odilov (BBA)
Apr 24, 2026, 04:52 AM
📎 File
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota
QO‘SHIMCHA KVOTA
✅ Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun
Jami: 2 500 ta (to‘lov-kontrakt asosida)
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti
❗️ Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi ta’lim yo‘nalishi uchun amal qiladi.
✔️
4,560
1
Jamshidbek Odilov (BBA)
Apr 24, 2026, 04:52 AM
📎 File
Besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun ta’lim yo‘nalishlarining moslik jadvali
#abituriyent #kvota
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga Vazirlar Mahkamasining 322-son https://lex.uz/uz/docs/-6056269 muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi.
Unda tavsiyanoma qaysi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish uchun amal qilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
❗️ Agar abituriyent tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi tavsiyanomadagi ta’lim yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lmasa, abituriyent alohida kvota doirasida tanlovda ishtirok eta olmaydi.
Shu sababli kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomaga ega abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlashda juda ham e’tiborli bo‘lishlari lozim.
Ma’lumki, o‘tgan yili Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan holda qayta https://t.me/eduuz.
Lekin kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlarga oldingi klassifikatordagi ta’lim yo‘nalishlari asosida berilgan tavsiyanomalar ham mavjud.
Yuqoridagi pdf faylda xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalardagi ta’lim yo‘nalishlarining amaldagi ta’lim yo‘nalishlariga moslik jadvali keltirilgan (jadval Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida shakllantirilgan).
‼️ Hurmatli abituriyentlar! Agar sizda kamida besh yil ish stajiga ega xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma mavjud bo‘lsa, ushbu jadval bilan tanishgan holda tavsiyanomaga mos ta’lim yo‘nalishini tanlashingiz lozim.
Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti bilan tanishish mumkin.
✔️
Jamshidbek Odilov (BBA)
Apr 24, 2026, 04:52 AM
📎 File
⚡️ KVOTA–2025
#abituriyent #kvota
QO‘SHIMCHA KVOTA
✅ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlarining hududlar va sohalar kesimidagi taqsimoti
📝 Jami: 4 ming ta (davlat granti asosida):
➖ aniq va tabiiy fanlar – 806;
➖ texnika fanlari – 161;
➖ tibbiyot fanlari – 1 046;
➖ boshqa yo‘nalishlar – 1 987.
Hududlar bo‘yicha:
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 284;
📍 Andijon viloyati – 312;
📍 Buxoro viloyati – 180;
📍 Jizzax viloyati – 233;
📍 Qashqadaryo viloyati – 337;
📍 Navoiy viloyati – 196;
📍 Namangan viloyati – 382;
📍 Samarqand viloyati – 508;
📍 Surxondaryo viloyati – 318;
📍 Sirdaryo viloyati – 140;
📍 Toshkent viloyati – 218;
📍 Farg‘ona viloyati – 529;
📍 Xorazm viloyati – 275;
📍 Toshkent shahri – 88.
❗️ Ushbu kvota birinchi oliy ta’lim muassasasiga faqat KUNDUZGI ta’lim shakli uchun amal qiladi.
✅ Mazkur tavsiyanomaga ega xotin-qizlar doimiy yashash hududi bo‘yicha sohalar kesimida ajratilgan kvota doirasida tanlovda ishtirok etadi.
✍️ Yuqoridagi pdf faylda qo‘shimcha kvotaning taqsimoti bilan birga sohalarga mos ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ham keltirilgan.
✔️