#Erkin_Vohidov_nomidagi_ijod_maktabi
#Bayram_shukuhi
#Birinchi_qism
☄️ERKIN VOHIDOV NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA “QADRIYATLARNI QADRLAYMIZ!” BAYRAM SAYLI O‘TKAZILDI
🔴Go‘yo zamon ipi bir lahzaga uzilib, o‘tmish va bugun bir nuqtada tutashgandek…Ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan bebaho qadriyatlar yana bir bor jonlanib, yuraklarda yangidan yashnay boshladi. Ijod maktabida “Qadriyatlarni qadrlaymiz!” nomli bayram sayli ana shunday ruhda, samimiyat va milliy iftixorga yo‘g‘rilgan holda yuqori saviyada o‘tkazildi.
🗣Tadbirda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Farg'ona viloyat Kengashi raisi Ilhomjon Nosirov, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat kengashi deputati, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi, “Do‘stlik” ordeni sohibasi Masturaxon Sayfitdinova, Marg'ilon shahar kengashi kotibiyati mudiri, shahar kengashi deputati Abdumalik Ermatov, Farg‘ona Prezident maktabi direktori Obidxon Mo‘minovlar ishtirok etib, bugungi bayram bilan ijod maktabi jamoasini, o‘quvchi-yoshlarini muborakbod etdilar hamda yoshlarimizga yaratilayotgan keng ko‘lamli imkoniyatlar alohida e’tirof etildi. Ta’kidlandiki, har bir iqtidorli yoshning ortida davlatimizning doimiy e’tibori va qo‘llab-quvvatlovi turibdi.
✨Olamni yashillikka burkab, ko‘ngillarga ilhom va shukuh ulashayotgan Bahor tarannumi yurtimizda jilva qilmoqda. Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining tabiatida bahorning tarovati o‘zgacha — bu yerda har bir yaproq she’r aytdi, har bir gul esa badiiy bir doston yanglig‘ ochildi.
👍Sayl maydoni — bu oddiy maskan emas, balki milliy ruh maskaniga aylandi. Bu yerda har bir libos — tarix, har bir kuy — xotira, har bir raqs — yurak ifodasi edi. O'quvchilar tomonidan aytilgan laparlar sadolari ostida jaranglagan kuylar qalblarni junbushga keltirdi, dilbar raqslar esa ko‘ngillarga bahor olib kirdi.
🥰Milliy liboslar jilosi, o‘zbekona odob-axloq, kattaga hurmat, kichikka izzat kabi ezgu fazilatlar har bir ishtirokchining harakatida yaqqol namoyon bo‘ldi. Bu esa bayramga yanada chuqur ma’no va ruh bag‘ishladi.
🔄Sahnada yangragan qo‘shiqlar, ijro etilgan sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar orqali milliy qadriyatlarimizning naqadar boy va betakror ekanligi yana bir bor namoyon etildi.
🔴Saylning eng jo‘shqin va hayajonli lahzalari esa, shubhasiz, milliy o‘yinlar bilan bog‘liq bo‘ldi:
Qizlar o‘rtasida:
✅Arg‘amchida sakrash;
✅Lanka tepish;
✅Obruch aylantirish;
✅“Oq terak – ko‘k terak”;
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
✅Xo‘rozlar jangi;
✅Arimrestling;
✅Tosh ko‘tarishda kuch va matonat namoyon bo‘ldi.
Jamoaviy o‘yinlar:
✅Arqon tortish orqali birdamlik va jipslik sinovdan o‘tdi;
✅Osh pishirish musobaqalari;
✅Milliy estafeta o‘yinlari esa jamoaviylik, hamkorlik va do‘stlikni mustahkamladi.
🔥Ushbu sayl o‘quvchilarga nafaqat sport va bellashuv, balki milliy qadriyatlarimizni his qilish, jamoaviylik va do‘stlikni mustahkamlash imkonini berdi.
⭐️Har bir o‘yin — kulgu, hayajon va samimiy raqobatga boy bo‘lib, maydonni chinakam bayram muhitiga to‘ldirdi.
📣Bu sayl — faqatgina hordiq yoki tomosha emas, balki ma’naviy uyg‘onish, o‘zlikni anglash, milliy ildizlarga qaytishdir. Bu yerda o‘tmish bugun bilan suhbatlashdi, qadriyatlar esa qalblarda yana bir bor ildiz otgandek bo‘ldi. Yosh avlod uchun bu tadbir — saboq, katta avlod uchun esa faxr va xotiralar yangilanishi bo‘ldi.
🔤Avlodlar o‘rtasidagi ko‘rinmas rishtalar yanada mustahkamlandi. Har bir nigohda quvonch, har bir yurakda faxr, har bir lahzada esa o‘zbekona ruh aks etdi. Bu sayl uzoq vaqt davomida yodda qoladigan, qalblarda iliq iz qoldiradigan unutilmas voqeaga aylandi.
Qadriyatlarimiz — bu bizning ildizimiz, g‘ururimiz va kelajagimizdir!
Ularni asrash, ulug‘lash va kelajak avlodga yetkazish — barchamizning eng ulug‘ vazifamizdir!
🟦Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati
https://t.me/FargonaZamonaviyTali🌐Bizning sahifalarimiz👇
🚀 🔵
https://www.facebook.com/profile.php?id=100078007902349&locale=ru_RU
▶️
https://www.youtube.com/watch?v=sqyfVXqjD3E 📷
https://www.instagram.com/evohidov_ijodmaktabi?igsh=MWhpb3ZwaDhhMmVqMw==