No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Abit.uz | Rasmiy kanali
May 11, 2026, 09:21 AM
📷 Photo
❗️Oliygohga o’qishga kirgan askarlar harbiy fakultet talabalariga tenglashtirilib, bitirgach, zaxiradagi leytenant unvoni beriladi
Shavkat Mirziyoyev kecha, 6-aprel kuni harbiy xizmatchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha takliflar bilan tanishib, tegishli qarorni https://president.uz/oz/lists/view/9077
⬇️ Unga ko’ra, 2026/2027-o’quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
➖ Muddatli harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmat davrida oliygohlarga oʻqishga kirib, masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratilmoqda. Bunda askarlar uchun harbiy qismlarda abituriyentlarni tayyorlash kurslari tashkil etilib, kirish imtihonlariga tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
➖ Kontraktga oʻqishga qabul qilingan askarlarga esa foizsiz imtiyozli kreditlar ajratiladi;
➖ OTMga qabul qilingan askarlar harbiy fakultetlar talabalariga tenglashtirilib, oʻqishni tamomlagandan soʻng ularga zaxiradagi leytenant harbiy unvoni beriladi;
➖ Namunali xizmat oʻtagan, respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda fan olimpiadalarida birinchi oʻrinni egallagan askarlarni test sinovlarisiz oʻqishga qabul qilish tartibi belgilanmoqda.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
2,150
0
0
Abit.uz | Rasmiy kanali
May 11, 2026, 09:21 AM
📎 File
#abituriyent2026
#fanlarmajmuasi
⚡️2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
Eslatma: Taʼlim yoʻnalishlari nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
2,590
3
Abit.uz | Rasmiy kanali
May 11, 2026, 09:21 AM
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
Eslatib o‘tamiz: Tarix fanidan imtihonlar 2026-yil 4-, 5-, 7-aprel va fizika fanidan 6-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta)ning asl nusxasi bilan kiritiladi.
❗️ Ruxsatnomada belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi. Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) narsalarni olib kelmaslik so‘raladi.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
1,560
7
Abit.uz | Rasmiy kanali
May 11, 2026, 09:21 AM
📚 MAKTABGA TAYYORGARLIK — ENDI MAJBURIY!
📌 2027 yildan boshlab farzandingizni maktabga berishdan oldin bir yillik tayyorlov kursidan o'tishi shart bo'ladi. Bu orqali bolalar maktabga moslashishga, bilim olishga osonroq kirishib ketishiga yordam beriladi.
📝 Tayyorlov kursi bepul bo'lib, davlat hisobidan moliyalashtiriladi. Dastur bolalarning psixologik va intellektual rivojlanishiga qaratilgan. Shunday ekan, bu yangilik kelajak avlod uchun muhim qadamdir!
📌 | Abituriyentlar uchun
2,480
5
0
Abit.uz | Rasmiy kanali
May 11, 2026, 09:21 AM
📷 Photo
Dushanba / Chorshanba / Juma
- Daraja: Beginner
- Vaqti: 18:30 – 20:30
- Oylik to‘lov: 550 000 so‘m
- Manzil: Everest Sergeli, Toshkent
- Ustoz: Olimjon Shokirov (IELTS 8.5)
👨🏫 Asosiy Teacher: https://t.me/Olimjon_Shokirov
Olimjon Shokirov
- 9.0 loading …
Kursga ro'yxatdan o'tish uchun: ⤵️
📥 https://t.me/Olimjon_Mentor
📞 +998993187363
📱 https://t.me/everestsergeli
2,250
Abit.uz | Rasmiy kanali
May 11, 2026, 09:21 AM
📎 File
#Abituriyent2026 #JavoblarVaraqasi
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
1,900
1
Abit.uz | Rasmiy kanali
May 11, 2026, 09:21 AM
❗️“Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi eʼlon qilinadi
Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ragʻbatlantirish hamda Milliy statistika qoʻmitasi uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” tanlovi https://t.me/statistika_rasmiy
❓Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi oliy taʼlim muassasalarida kunduzgi taʼlim shaklida, statistika, iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari va maʼlumotlar ilmi va tahlili (Data Schienche & Analytichs) yoʻnalishlarda tahsil olayotgan talabalar:
🔹 bakalavriatning 3–4-bosqich talabalari;
🔹 magistratura bosqichi talabalari.
Tanlov 3 bosqichda oʻtkaziladi:
1️⃣ Birinchi bosqich – hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish (saralash bosqichi);
2️⃣ Ikkinchi bosqich – nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ, ingliz tili);
3️⃣ Uchinchi bosqich – tanlov komissiyasi aʼzolari bilan suhbat.
1-bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar bilan bogʻlaniladi va 2-bosqichga taklif etiladi.
Hujjatlarni topshirish tartibi:
Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 15-fevral kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari lozim:
📧 [email protected]
📋 Taqdim etiladigan hujjatlar:
➖ maʼlumotnoma (CHV, bogʻlanish uchun aloqa maʼlumotlari bilan);
➖ motivation letter;
➖ akademik reyting koʻrsatkichlari (akademik maʼlumotnoma);
➖ xorijiy tillarni bilish boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa);
➖ ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha hujjatlar (mavjud boʻlsa);
➖ erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik boʻyicha maʼlumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlsa).
Tanlov natijalariga koʻra 10 nafar gʻolib aniqlanadi. Gʻoliblarga 2025–2026 oʻquv yilining ikkinchi yarmi (fevral–iyun) davomida BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya toʻlab beriladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun: +998-71-203-80-00 (ichki raqam: 1531).
Eslatma: Tanlovning toʻliq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari “Milliy statistika qoʻmitasi stipendiyasi” https://stat.uz/img/news/ms_stipendiyasi_nizomi_16_01_2026_lotin_p98263.pdf batafsil keltirilgan.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
Abit.uz | Rasmiy kanali
May 11, 2026, 09:21 AM
📷 Photo
❗️1-fevraldan boshlab “Afrosiyob”, “Sharq”, “Nasaf” va “O’zbekiston” poyezdlari chiptalari narxi 15 foizga oshiriladi
Unga ko’ra, “Afrosiyob” chiptalari narxi quyidagicha etib https://t.me/uzrailways_uz
🔹 Toshkent — Buxoro
VIP — 1 mln 138 ming so‘m;
Biznes — 760 ming so‘m;
Ekonom — 509 ming so‘m.
🔹 Toshkent — Qarshi
VIP — 976 ming so‘m;
Biznes — 642 ming so‘m;
Ekonom — 429 ming so‘m.
🔹 Toshkent — Samarqand
VIP — 709 ming so‘m;
Biznes — 455 ming so‘m;
Ekonom — 311 ming so‘m.
Shuningdek, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlari 15% ga oshirildi.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
3,880
Abit.uz | Rasmiy kanali
May 11, 2026, 09:21 AM
📷 Photo
❗️Diqqat! Ogohlik davr talabi
📋Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm gʼoyalari bilan yoʼgʼrilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish TАQIQLАNGАN MАTERIАLLАR roʼyxati e’lon qilindi.
2026-yil 10-yanvar holatiga koʼra https://sud.uz/wp-content/uploads/2026/01/10_01_2026_ҳолатига_сайт_учун_диний_таъқиқланган_саҳифалар_kuchirish_yopilgan.pdf https://sud.uz/wp-content/uploads/2026/01/10_01_2026_ҳолатига_сайт_учун_диний_таъқиқланган_саҳифалар_kuchirish_yopilgan.pdf
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
2,760
0
Abit.uz | Rasmiy kanali
May 11, 2026, 09:21 AM
😎 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
⚡️ 2025-yil 13-dekabrdan 2026-yil 8-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
❗️ Test natijalari http://my.gov.uz/ saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini http://my.gov.uz/ sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin.
📌 O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida http://my.gov.uz/ sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
3,190
1
Abit.uz | Rasmiy kanali
Apr 24, 2026, 07:59 PM
📷 Photo
https://telegra.ph/file/c71c28adb89a89e151602.jpg https://telegra.ph/file/480f8d2c42f01199fd2c5.jpg❗️ERTAGA ONLAYN TEST BO'LADI!
➖ Mutlaqo bepul ishtirok etasiz!
➖ Abituriyentlarning bilimlarini sinaymiz
➖Yakunda barchaga sertifikat beriladi
📆 Yakshanba, 15-mart kuni https://t.me/TALIMUZ hamda https://t.me/MandatUz_test_bot platformasi tomonidan navbatdagi onlayn test tashkil etiladi. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan barcha maktab bitiruvchilari hamda abituriyentlar ishtirok etishi lozim!
📆 Test vaqti: 15-mart (09:00-23:59)
💳 Ishtirok etish narxi: https://t.me/MandatUz_test_bot
📲 https://t.me/MandatUz_test_bot
Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting!
https://t.me/MandatUz_test_bot
Yaqinlarga maksimal tarqatib qo'ying!
👨🏻💻Testga ro‘yxatdan o‘tish:
https://t.me/MandatUz_test_bothttps://t.me/mandatuz_official
Abit.uz | Rasmiy kanali
Apr 24, 2026, 07:59 PM
✅ Ayni kunlarda umumtaʼlim maktablarining tegishli til sertifikatiga ega boʻlmagan xorijiy til fani oʻqituvchilarining keyingi mehnat faoliyatiga doir masala barchaning diqqat markazida turibdi.
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi tegishli qarorida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi talabi koʻrsatib oʻtilgan.
➖ Dastlab https://t.me/huquqiyaxborot etib belgilangan ushbu talab muddati pedagoglar va keng jamoatchilik vakillarining murojaatlari asosida hozirga qadar bir necha bor uzaytirib kelindi.
👉 Hurmatli pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari!
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan, xorijiy til fani oʻqituvchilarining lavozim malaka tavsiflariga kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi asosiy talab sifatida kiritildi.
👉 Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ushbu pedagoglarning tegishli sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishlarida koʻmaklashish uchun joylarda malakali mutaxassislar ishtirokida bepul (onlayn va oflayn) oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
➖Buning natijasida 2025-yilning sentabr-dekabr oylari davomida 5 000 nafardan ortiq pedagoglar tegishli til sertifikatlarini qoʻlga kiritib, oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish bilan birga qoʻshimcha moddiy manfaatdorlikka erishib kelmoqda (hozirga vaqtda 39 ming nafardan ortiq xorijiy til fani oʻqituvchilari tegishli til sertifikatlariga ega).
👉 Vazirlik tomonidan ushbu oʻquv mashgʻulotlari bundan keyin ham davomiy tashkil etib boriladi hamda B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan pedagoglarga 2026-2027-oʻquv yili boshlanguniga qadar imkoniyat beriladi.
❗️ Mazkur choralar farzandlarimizning sifatli va chuqur bilim olishlarini taʼminlash, ularning kelgusida zamonaviy va kelajakka mos kasblarni egallashlarida muhim ahamiyat kasb etishi, tabiiy.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
Abit.uz | Rasmiy kanali
Apr 24, 2026, 07:59 PM
🗒 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIGA NAVBATGA QO‘YISH TARTIBI
✅ Bolalarni davlat MTTga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament asosida amalga oshiriladi.
1-qadam. Ariza topshirish
Ota-ona yoki qonuniy vakil murojaat qiladi:
Davlat xizmatlari markaziga shaxsan yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn;
Shuningdek, bola tug‘ilganda FHDYo orqali tug‘ilganlik guvohnomasi olinayotganda bir vaqtning o‘zida navbatga qo‘yish ham mumkin.
2-qadam. Bog‘chalarni tanlash
Navbatga qo‘yishda:
bir vaqtning o‘zida 3 tagacha MTT tanlash mumkin.
Bu sizga joy chiqish ehtimolini oshiradi.
3-qadam. Navbat turi belgilanadi
Bola navbatga ikki xil tartibda qo‘yiladi:
Oddiy navbat;
Imtiyozli navbat (agar hujjatlar asosida imtiyoz bo‘lsa).
Imtiyozli toifa avtomatik tarzda tizimda aks ettiriladi.
4-qadam. Navbatni onlayn kuzatish
Navbat holatini doimiy tekshirib borish mumkin:
https://navbat.uzedu.uz/
Bu yerda:
• navbat raqami;
• qaysi bog‘chada navbatda turgani;
• harakatlar holati ko‘rinadi.
5-qadam. Bo‘sh joy bo‘lsa — yo‘llanma beriladi
MTTlarda bo‘sh joylar elektron tarzda hisobga olinadi.
Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi (MTBAT) orqali avtomatik shakllantiriladi.
Shu jumladan:
• davlat MTTlar;
• DXSh asosidagi nodavlat MTTlar;
• ijtimoiy kvotalar bo‘yicha yo‘llanmalar hammasi elektron tarzda amalga oshiriladi.
Bu tizim nima uchun kerak?
• Tizim inson omilini kamaytirish;
• Navbatda adolatni ta’minlash;
• Ota-onalar uchun jarayonni ochiq qilishga xizmat qiladi.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
2,030
Abit.uz | Rasmiy kanali
Apr 24, 2026, 07:59 PM
📷 Photo
❗️Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
📝 imtihonning yozma qismi — 10-11-yanvar kunlari;
🗣️ gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 12-16-, 19-23-, 26-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini http://my.gov.uz/ saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📋 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
2,400
Abit.uz | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 05:59 AM
📷 Photo
#qabul2026
#akademik_litsey
⚡️2026/2027-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40 ta test savollari tushadi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹1-fan — 3.1*20=62;
🔸2-fan — 3.1*20=62;
🔹IQ — 1.1*20 =22.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
2,570
2
Abit.uz | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 05:59 AM
⚡️Yil nomlari 1991-yildan 2026-yilgacha!
1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”
2025-yil — Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
3,050
Abit.uz | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 05:59 AM
📷 Photo
" http://Abit.uz/ | Rasmiy kanali" kanali uchun yil natijalari
2,530
1
Abit.uz | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 05:59 AM
⚡Hemisga Face-ID tizimi qo‘shildi.
Test imtihonlarini topshirishda biometrik identifikatsiya qanday amalga oshiriladi?
HEMIS tizimining test imtihonlarini topshirish funksionaliga tinglovchini yuz tasviri (FaceID) asosida identifikatsiya qilish imkoniyati qo‘shildi.
Mazkur funksiyadan foydalanish ixtiyoriy bo‘lib, u test sozlamalaridagi FaceID parametri orqali boshqariladi.
Jarayon quyidagicha:
1. Funksiyani ishga tushirish uchun imtihon sozlamalarida FaceID parametrini faollashtirish zarur;
2. Shunda talaba kabinetida testni boshlash tugmasi bosilganda, yuz orqali identifikatsiya sahifasi ochiladi;
3. Talaba yuz tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tgach, unga test imtihoni ochiladi.
Muhim! Talabaning yuzi uning anketasiga yuklangan rasm asosida tekshiriladi. Agar imtihon sozlamalarida FaceID parametri o‘chirilgan bo‘lsa, test topshirish odatdagidek amalga oshiriladi.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
2,430
6
Abit.uz | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 05:59 AM
📷 Photo
Hurmatli tadbirkorlar!
Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha xususiy sektordagi ish beruvchilarning takliflarini o‘rganish maqsadida maxsus so‘rovnoma ishlab chiqildi.
Sizdan ushbu so‘rovnomada ishtirok etib, yoshlar bandligini ta’minlash va ish o‘rinlari yaratishga hissa qo‘shishingizni so‘raymiz:
👉 https://forms.gle/4mFT8FeD7eSozhM49
So‘rovnomani to‘ldirishga 5 daqiqa vaqt ketadi. Yangi tizimni ishlab chiqishda sizning yordamingiz biz uchun muhim!
Bizni kuzating
https://t.me/edu_KTA | https://www.instagram.com/edu_kta
1,700
Abit.uz | Rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 05:59 AM
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
📝 2025-yil 29–30-noyabr va 5–6-dekabr kunlari biologiya, fizika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini http://my.gov.uz/ saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
📊 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✔️ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴
⚡️Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
📅Matematika, Kimyo va Geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 27–30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.
🔍Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani http://my.gov.uz/ saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
📌Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
❗️Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 13:00 dan 14:30 ga qadar kiritiladi.
Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:30dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
— Abituriyentlar uchun maxsus 🔴