Xushxabar! Yana bir o‘quvchimiz Harvard universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga kirdi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z Salohiddin qizi Наrvard universitetining Integrativ biologiya yo‘nalishiga qabul qilindi, u 4 yilga 100 foizlik grant yutib oldi!
Dilafro‘z 2008-yil 1-aprelda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. Ayni damda u Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi. Uning yutuqlari talaygina. SAT xalqaro imtihonidan 1540 ball, xalqaro IELTS imtihonidan 8.0 ballni qo‘lga kiritgan. Asosiy fan olimpiadasida ingliz tilidan Farg‘ona viloyatida 1-o‘rin hamda nemis tili multilevel imtihonidan B2 daraja olgan. Shuningdek, u maktabdagi eko-qo‘mita sardori, Yangi O‘zbekiston universiteti tomonidan tashkillangan Hogwarts yozgi oromgohi ikki karra qatnashchisi, Hippo xalqaro ingliz tili olimpiadasi yarim-finalisti, Harvardning HPAIR konferensiyasiga qabul qilingan, Technovation Girls xalqaro tanlovining o‘quvchilar vakili va UNESCO tomonidan tashkillangan “Be an explorer” tanlovi finalisti.
Yodingizda bo‘lsa Dilafro‘z “Raqamli avlod qizlari” loyiha tanlovida o‘zining “EcoHelp” deb atalgan loyihasi bilan faol ishtirok etgan edi.
https://t.me/hilola_umarova u va boshqa qizlarimiz haqida ma’lumot bergan edik. U loyihasida bugungi kundagi eng katta muammolardan bo‘lgan chiqindi masalasini hal etishga qaratilgan, bu orqali faol fuqarolarni rag‘batlantirish mumkin bo‘lgan ilova ishlab chiqqan edi.
Ko‘rib turganingizdek Dilafro‘z davlatimizda yaratilgan sharoitlardan samarali foydalana olgan hamda tinimsiz mehnatlari evaziga mana shu darajaga erishgan. Ayni vaqtda Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi
https://t.me/hilola_umarova Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi
https://t.me/hilola_umarova va boshqa yoshlarimiz ham Harvard universitetida tahsil olmoqda. Davlatimiz rahbarining ta’limdagi islohotlari mevasini beryapti: mana shunday yutuqlar, natijalar orqali.
Dilafro‘zni yana bir bor tabriklayman, ota-onasi, ustozlariga ham tashakkur. Yutuqlaring bardavom bo‘lsin, qizim! Hamisha yurtimiz sha’nini yuksaklarga ko‘tar, xalqimiz va davlatimiz rahbari ishonchini oqla!
https://t.me/hilola_umarova