⚡️HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!
Ertaga, 3-aprel kuni soat 09:00 dan 18:00 oralig‘ida “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan 110 kV “L-PTF” elektr uzatish tarmog‘ida ta'mirlash (shlef ulash) ishlari olib borilishi rejalashtirilgan. Shu sababli ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida Urgut tumanidagi Beshkapa, Pochvon, Yuqori Qayroqli, Qayroqli, G‘oyibota, So‘fi, Xo‘jabaland, Tegana, Xo‘jabaland, Gulobod, Yangi hayot, Sanchiqul, Navbog‘, Istiqlol, Kamardon, Do‘stlik, Navro‘z, Chag‘izmon, Yuqori Kalangar, Pastki Kalangar, Omonqo‘ton, Tersak, Uzunsoy, Ipak yo‘li, Qoratepa, Qaynarbuloq, Yuqori Sanchiqul, Beshkon, Bahrin, Kenagas, Dehqonobod, Mangitobod, Birlik, Nisbot, Jo‘raptepa (ayrim qismlarida) Etak Beshkapa, Bekravot mahallalarida elektr ta'minotida uzilishlari kuzatiladi.
✅