No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
ANDIJON OQSHOMI
May 8, 2026, 06:59 AM
📷 Photo
#Kazbek #Taqdimot
📣 Joriy yilning 9-may kuni soat 18:00da “O‘ZBEK ARSLONI” badiiy filmining katta taqdimot marosimi bo’lib o’tadi
🎬 “O‘ZBEK ARSLONI” — jasorat va insoniylik haqida kuchli tarixiy drama
Ikkinchi jahon urushi fonida yaratilgan ushbu film oddiy qishloq yigitining buyuk sinovlar yo‘lidagi taqdirini hikoya qiladi. Asar markazida — Mamadali Topivoldiyev. U frontda mislsiz jasorat ko‘rsatib, dushman ortidagi xavfli operatsiyalarda qatnashadi. Og‘ir yaralansa-da, iroda va do‘stlik uni tirik saqlab qoladi. Partizanlar safida esa u “Kazbek” laqabi bilan afsonaga aylanadi.
Filmda jang maydonidagi qahramonlik bilan birga, insoniy rishtalar ham chuqur ochib beriladi. Vanya Rilkov bilan samimiy do‘stlik, begona yurtda ham ona mehrini topish kabi lavhalar tomoshabinni befarq qoldirmaydi.
Urushdan keyin Mamadali tinchlikning haqiqiy qadrini anglab, qishloqni tiklash yo‘lida kurashadi. Kolxoz raisi sifatida u nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy yuksalish — maktablar, klublar qurish, odamlar qalbiga umid berishni o‘z oldiga maqsad qiladi. Ammo bu yo‘lda ham u shubha, hasad va adolatsizlikka qarshi kurashishga majbur bo‘ladi.
“Qahramonlik faqat jangda emas — tinchlikni asrashda ham namoyon bo‘ladi.”
📌 “KAZBEK” — bu nafaqat urush qahramoni haqida hikoya, balki haqiqiy g‘alaba inson qalbi va jamiyatni tiklashda ekanini eslatuvchi ta’sirchan drama.
✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 https://uzbkino.uz/ 🔵 https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/
📷 https://www.instagram.com/uzkinematografiya_official 🚀 https://t.me/uzbekkinopress
14
0
0
ANDIJON OQSHOMI
May 8, 2026, 06:59 AM
📷 Photo
#Andijon
#Yangiruhiyat
"Payshanba--yoshlar huni"
Respublika Ma'navyat va Marifat markazi Andijon shahar bo'linmasi tomonidan
Andijon shahar MMTBga qarashli 8-maktabda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “5 ming qadam” shiori ostida piyoda yurish tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari faol ishtirok etib, belgilangan masofa bo‘ylab birgalikda piyoda yurishdi. Ushbu jarayonda ishtirokchilar nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki toza havodan bahramand bo‘lish, sog‘liklarini mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga erishdilar.
Tadbir davomida intizom va xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilinib, barcha qatnashchilar ko‘tarinki kayfiyatda faol qatnashdilar. “5 ming qadam” tashabbusi yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish hamda jismonan barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
28
ANDIJON OQSHOMI
May 8, 2026, 06:59 AM
📷 Photo
Yuqoridagi topshir ijrosi yuzasidan Andijon shahridagi tashkilot va korhona hodimlari ish hujjatlari hamda Andijon shahrida joylashgan reklama bannerlar va led ekranlar o’rganildi. O’rganish davomida Shahardagi reklama bannerlar hamda led ekranlarda ish hujjatlarda davlat tili me’yorlariga amal qiliniyotganligi aniqlandi.
25
0
ANDIJON OQSHOMI
May 8, 2026, 06:59 AM
📷 Photo
#Andijon
#Yangiruhiyat
"Payshanba--yoshlar huni"
Andijon garnizoni harbiy qismida harbiy xizmatchilar ishtirokida “Vatan oldidagi burch va ma'suliyat hissi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari hamda faxriylar ishtirok etib, yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotgani, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat natijalari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida mamlakatimizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, Qurolli Kuchlarning zamonaviylashuvi, harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida erishilgan yutuqlar alohida ta’kidlandi.