Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi
Samarqand shahar 1-son IMI
📚 Sifatli ta’lim
🎓 Yutuqlar
🌟 Intizom va tarbiya
📍 Samarqand 1-son IMI
https://maps.app.goo.gl/o2SstJJdDfRuxqXM7
@IMI1Son offers specialized information about 1son and ixtisoslashtirilgan for subscribers interested in Erotic
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Samarqand | 1-son IMI
May 22, 2026, 07:58 PM
📷 Photo
KUN HIKMATI
Orzu qilish yetarli emas. Unga erishish uchun harakat zarur.
____
КУН ҲИКМАТИ
Орзу қилиш етарли эмас.Унга эришиш учун ҳаракат зарур.
390
3
0
Samarqand | 1-son IMI
May 22, 2026, 07:58 PM
📷 Photo
Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "Vatan tayanchi"otryadi a'zolari 526-safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida "Vatanga xizmat-muqaddas burch" mavzusida o'tkazilgan "Uch avlod" uchrashuvida ishtirok etishdi.
314
5
Samarqand | 1-son IMI
May 22, 2026, 07:58 PM
🎥 Video
📩✨ “Sehrli maktublar” loyihasi yakunlandi ✨📩
🏫 Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilgan “Sehrli maktublar” loyihasi o‘z nihoyasiga yetdi.
💌 Loyihaning eng hayajonli lahzalaridan biri — o‘quvchilar tomonidan yozilgan samimiy va mehrga boy maktublarning o‘z egalariga topshirilgani bo‘ldi.
😊 Maktub olgan ustoz va xodimlar o‘quvchilarning iliq tilaklari, ezgu fikrlari hamda samimiy e’tiboridan mamnun bo‘lib, o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
🌸 Ushbu loyiha qalblarni bir-biriga yaqinlashtirib, mehr-oqibat, hurmat va e’tibor kabi insoniy fazilatlarni yanada mustahkamladi.
📚 Mehr ulashilgan maskanda ezgu qadriyatlar yashaydi!
277
19
Samarqand | 1-son IMI
May 22, 2026, 07:58 PM
📷 Photo
📰📰📰📰📰📰📰
🇺🇿🇨🇳 Agentlik va Xitoyning BCEC kompaniyasi o‘rtasida ta’lim sohasidagi yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova va Xitoyning “Beijing Capstone Education Consulting” (BCEC) kompaniyasi vitse-prezidenti Ye Venbin o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, yangi qo‘shma loyihalar va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
BCEC vakillari tomonidan “O‘zbekiston-Xitoy ta’lim markazi” (UCEC) faoliyati va yutuqlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Kompaniya tomonidan Agentlik bilan quyidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish taklif etildi:
✅ O‘qituvchilar malakasini oshirish – ingliz tili va STEM fanlari bo‘yicha malaka oshirish dasturlari;
✅Maktab maslahatchilari (counselors) uchun treninglar – o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va nufuzli universitetlariga (Buyuk Britaniya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Xitoy) hujjat topshirish jarayonlarida ko‘maklashuvchi maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
✅Innovatsion STEM laboratoriyalari – 2026-yilda “Kelajak” markazi bilan hamkorlikda elektron tijorat (E-commerce), mexanik avtomatlashtirish (Mechanical Automation) va “aqlli” qishloq xo‘jaligi (Smart agriculture) yo‘nalishlarida 3 ta zamonaviy laboratoriya barpo etish.
Shuningdek, Toshkent shahrida QS reytingida kuchli 300 talikka va Shanxay reytingida kuchli 100 talikka kiruvchi 5–7 ta nufuzli Xitoy universitetlari ishtirokida “Xitoy texnologiyalar hubi”ni tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan loyihalarni amalga oshirish, sarmoyaviy va ta’lim dasturlarini kelishish hamda navbatdagi amaliy qadamlarni belgilash bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Samarqand | 1-son IMI
May 22, 2026, 07:58 PM
📷 Photo
📚✨ 21- MAY KUTUBXONACHILAR KUNI ✨📚
Kitob — tafakkur qanoti, kutubxona esa ma’rifat maskani!
Bugun ilm va ziyoni jamiyatga tarqatayotgan, kitob orqali qalblarga nur ulashayotgan barcha kutubxonachilarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz! 🌸
📖 “Kutubxona — bilim, ma’rifat va kelajak kaliti!”
Har bir kitob ortida ulkan mehnat, har bir o‘quvchi ortida esa fidoyi kutubxonachi turadi. Sizlarning zahmatli va sharafli faoliyatingiz tufayli yosh avlodning qalbida kitobga mehr, ilmga muhabbat uyg‘onmoqda. 🌿
🌟 Kitob — eng yaxshi do‘st!
🌟 Kutubxonachi — bilim yo‘lidagi chiroq!
🌟 Ma’rifat sari tashlangan har bir qadam kelajak poydevoridir!
Barcha kutubxonachilarni 21- MAY KUTUBXONACHILAR KUNI bilan chin qalbdan tabriklaymiz! 💐📚
462
Samarqand | 1-son IMI
May 22, 2026, 07:58 PM
📷 Photo
🏆✨ G‘ALABA MUBORAK! ✨🏆
O‘zbekiston bolalar tashkiloti Bulung‘ur tuman sardorlari hamkorligida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur o‘yinda Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilaridan iborat “Osmondagi bolalar” jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 🥉 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
📚 O‘yin davomida jamoa a’zolari o‘zlarining keng dunyoqarashi, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Ushbu yutuq yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishi va intellektual salohiyatining yorqin ifodasidir.
👏 “Osmondagi bolalar” jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!
🌟 Bilim — muvaffaqiyat kaliti! 🌟 Zakovatli yoshlar — yurt kelajagi
475
Samarqand | 1-son IMI
May 22, 2026, 07:58 PM
📷 Photo
🌿 Yashillik — hayot bezagi 🌿
Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarbiyachi pedagog boshchiligida o‘quvchilar tomonidan ko‘chat va gul ekish ishlari tashkil etildi. 🌱
Mazkur tadbir orqali o‘quvchilarda tabiatga mehr, ekologik madaniyat va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda. Har bir nihol — pokiza muhit, obod maskan va yorqin kelajak timsolidir. 🌍✨
Yoshlarning mehnatsevarligi va tabiatga bo‘lgan e’tibori maktab hududiga yanada fayz va go‘zallik bag‘ishlamoqda.