No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 24, 2026, 12:33 PM
📷 Photo
#lirik #chekinish
"Hokimiyatning 48 qoidasi" (asl nomi: The 48 Laws of Power) — amerikalik yozuvchi Robert Grin tomonidan 1998-yilda yozilgan jahonga mashhur asar bo‘lib, unda hokimiyatga erishish, uni saqlab qolish va raqiblardan himoyalanish usullari tarixiy misollar orqali tahlil qilinadi.
Kitobdagi asosiy qoidalar qisqacha quyidagilardan iborat:
1. Hech qachon xo‘jayiningizdan o‘zib ketmang: Rahbaringiz o‘zini sizdan ko‘ra aqlliroq va kuchliroq his qilishi kerak.
2. Do‘stlarga ortiqcha ishonmang, dushmanlardan foydalanishni o‘rganing: Do‘stlar xiyonat qilishi mumkin, sobiq dushman esa sadoqatini isbotlash uchun ko‘proq harakat qiladi.
3. Maqsadingizni yashiring: Rejalaringizni oshkor qilmaslik orqali atrofdagilarni chorasiz qoldirasiz.
Kitob asosan yigitlarga tavfsiya etiladi.
62
11
0
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 24, 2026, 12:33 PM
⚖️ Sud qarorlarini uydan chiqmasdan ko‘rish mumkinligini bilasizmi?
Bugungi kunda sud tizimida shaffoflikni ta’minlash maqsadida sud hujjatlari onlayn platformaga joylashtirib borilmoqda. Buning uchun maxsus portal — http://public.sud.uz/ xizmat qiladi.
📌 Ushbu portal sizga nima beradi?
✅ Turli sudlar tomonidan chiqarilgan qaror va ajrimlar bilan tanishish;
✅ Ishlarni raqami, sud nomi yoki taraflar bo‘yicha qidirish;
✅ Fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha real sud amaliyotini o‘rganish.
👤 Maxfiylik masalasi: Ayrim hujjatlarda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlash maqsadida anonimlashtirilgan (yashirilgan) holda e’lon qilinadi.
🔍 Hoziroq tekshirib ko‘ring: http://👉@public.sud.uz/
Sud hujjatlarining ochiqligi — adolatli jamiyat sari qo‘yilgan muhim qadamdir.
🏛 — huquqiy savodxonlik sari
83
9
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 24, 2026, 12:33 PM
✅ Yuristlar uchun kerak bo'ladigan huquqiy saytlar.
💻 http://Lex.uz/
💻 http://manaviyat.uz/
💻 http://norma.uz/
💻 http://my.gov.uz/
💻 http://adlex.uz/
💻 http://my.sud.uz/
💻 http://advice.uz/
💻 http://minjust.uz/
🏛 — huquqiy savodxonlik sari
82
11
0
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 24, 2026, 12:33 PM
📷 Photo
To'g'ri javobni belgilang?
A) 🔥
B)👍
C)😎
D)💯
64
11
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 24, 2026, 12:33 PM
📄 QARZ BERDINGIZ-U, LEKIN TILXAT OLMADINGIZMI?
Endi nima bo‘ladi? Mablag‘dan butunlay ayrilasizmi?
Ko‘pincha "ishonch" va "andisha" sababli tilxat olmaslik — kelajakda nafaqat puldan, balki yaqin insoningizdan ham ayrilishga olib keladi.
⚖️ Qonun nima deydi?
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 733-moddasiga binoan:
🔰Agar fuqarolar o‘rtasidagi qarz summasi BHMning 10 baravaridan (hozirda 4 120 000 so‘mdan) oshsa, shartnoma majburiy tartibda YOZMA shaklda tuzilishi shart.
❗️❗️❗️Eng muhim nuqtasi: Agar yozma shaklga rioya qilinmasa, sud jarayonida guvohlarning ko‘rsatuvlariga tayanib bo‘lmaydi.
Ya’ni, "yonimizda falonchi bor edi, ko‘rib turuvdi" degan vaj sud uchun o‘tmaydi.
🤔 Tilxatsiz qarzni qanday isbotlash mumkin?
Agar qo‘lingizda qog‘ozda yozilgan tilxat bo‘lmasa, sudga quyidagi bilvosita dalillarni taqdim etishingiz mumkin:
✅ 📱 Elektron yozishmalar: Telegram, WhatsApp yoki SMS orqali qarz so‘ralgan va tasdiqlangan suhbatlar. Bunda raqam aynan qarzdorga tegishli ekanligini isbotlash talab etiladi
✅ 🎙 Audio va video yozuvlar: Qarzdorning "pulingni falon kuni beraman" deb qarzni tan olgan suhbatlari.
✅ 👮♂️ Ichki ishlar organlariga murojaat: Firibgarlik bo‘yicha ariza berish. Agar surishtiruv davomida qarzdor "ha, olganman, qaytaraman" deb tushuntirish xati bersa — ushbu hujjat sudda asosiy va rad etib bo‘lmas dalil bo‘ladi.
Pul berayotganda "ishonaman" deb emas, "ertaga sudlashishga to‘g‘ri kelsa, nima qilaman?" deb o‘ylang.
Oddiygina oq qog‘ozga:
"Men (F. I. Sh), (F. I. Sh)dan falon sanada falon miqdorda qarz oldim va falon sanada qaytarishga va’da beraman"
deb yozilgan va imzolangan qog‘oz sizni yillab davom etadigan asab buzarliklardan qutqaradi.
ISHONCHNING NARXI: 4 120 000 SO‘M YOKI UNDAN QIMMAT...
Xulosa: Ishonch — ko‘ngil ishi, tilxat — huquq ishi. Ikkisini adashtirmang!
Jaxongir Choriyev
Do'stlaringizga ham ulashing, ular ham o'z huquqlarini bilsinlar!
⚖️ — Biz bilan huquqiy savodxonligingizni oshiring!
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 24, 2026, 12:33 PM
📄 QARZ BERDINGIZ-U, LEKIN TILXAT OLMADINGIZMI? Endi nima bo‘ladi? Mablag‘dan butunlay ayrilasizmi? Ko‘pincha "ishonch" va "andisha" sababli tilxat olmaslik — kelajakda nafaqat puldan, balki yaqin insoningizdan ham ayrilishga olib keladi. ⚖️ Qonun nima deydi?…
103
0
0
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 24, 2026, 12:33 PM
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak!
Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Ertaga 9-may — Xotira va qadrlash kuni. Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor.
Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.
Bu norma talabalarga tegishli emas😅😅😅
71
11
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 24, 2026, 12:33 PM
📷 Photo
⚖️ Huquqiy bellashuv bóyicha g‘olib ishtirokchilarga diplom hamda tegishli kodekslar topshirildi. 📚
Bu taqdirlash oddiy mukofot emas.
Diplom — erishilgan natijaning e’tirofi bo‘lsa, kodekslar kelajakdagi katta yuridik yo‘lning ramziy boshlanishidek taassurot qoldirdi desam mubolağa bólmaydi.
G‘oliblarni tabriklaymiz, barcha qatnashchilarga esa minnatdorchilik bildiramiz.
112
18
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 24, 2026, 12:33 PM
📎 File
61
8
0
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 24, 2026, 12:33 PM
1 B
2 C
3 A
4 B
5 A
6 A
7 B
8 D
9 B
10 B
11 A
12 B
13 D
14 C
15 B
16 C
17 D
18 C
19 D
20 B
21 A
22 A
23 B
24 B
25 D
26 B
27 A
28 C
29 B
30 B
Kecha ótkazilgan bellashuv testining pdf varianti va uning javoblari.
Kórib tahlil qilib olishingiz mumkin.
78
14
0
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 14, 2026, 12:54 PM
📷 Photo
📚 Huquqiy bellashuv yakunlandi.
G‘oliblarni — tabriklaymiz. Siz bugun nafaqat yuqori natija, balki kuchli fikrlash bilan ajralib turdingiz.
Ammo rostini aytganda, bugun bu bellashuvda har bir qatnashchi yutdi.
Chunki huquq — eslab qolish emas, o‘ylashni boshlagan joydan boshlanadi.
Tóğrisini aytsam ózim ham qiziqdim kim 25+ ishlar ekan deb, ammo unday natija chiqmadi, demak test ancha qiynab qóyadigan tuzilgan.
🖋 Endi navbat sizga:
Bellashuv siz kutgandek bo‘ldimi?
Qaysi savol “oddiy test emas ekan” degan fikrni uyg‘otdi?
Eng qiyin yoki eng esda qolgan savolni izohlarda yozing.
Aytgancha órin olganlar menga boğlaning👉 https://t.me/choriyevjaxongir
Barcha qatnashganlarga rahmat!!!
Jaxongir Choriyev
274
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 14, 2026, 12:54 PM
🎥 Video
Óqimaganlar jismoniy yoki yuridik shaxs bólolmaydimi shunda😂😂😂
76
17
0
Huquq ON | JAXONGIR CHORIYEV
May 14, 2026, 12:54 PM
📷 Photo
⚖️ Huquqiy bellashuv yakunlandi.
Bugun bilim, mantiq va huquqiy tafakkur maydoni yuzaga keldi. Har bir ishtirokchi o‘z salohiyati va izlanuvchanligini namoyon etdi.
G‘oliblarni yaqin daqiqalar ichida e'lon qilaman!
Bellashuv esa barchamiz uchun yana bir tajriba va yuksalish bosqichi bo‘ldi.
⚖️ Chunki haqiqiy yurist — qonunni yod bilgan emas, adolatni anglagan insondir.
Jaxongir Choriyev