📃Davlat litsenziyasi: (№325325) https://license.gov.uz/registry/2394e77e-deab-485a-b72b-d0470968f206
🏛Rasmiy sahifa
📖Bakalavr yo'nalishi
👨🏫Magistratura
👨🏫Malakali professorlar
📚Yuqori sifatli ta'lim
📍Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri
Follow @ATVMU_UZ to stay updated with the latest magistratura and litsenziyasi trends and news
🎓 TALABALAR DIQQATIGA!
2026-2027-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovining Axborot texnologiyalari va menejment universiteti bosqichiga hujjatlar qabuli boshlandi!
Mazkur tanlovda bilimli, iqtidorli, izlanuvchan hamda universitet hayotida faol ishtirok etayotgan kunduzgi ta’lim bakalavr yo‘nalishining yuqori bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.
🏆Ushbu stipendiyalar — yoshlarning ilmiy salohiyati, intellektual salmog‘i va yutuqlarini munosib e’tirof etuvchi nufuzli tanlovlardan biridir.
👉 https://lex.uz/acts/-1399382?utm_source=chatgpt.com#-5723270
📌Hujjatlar 20-iyunga qadar qabul qilinadi.
📍Murojaat uchun:
Ilmiy bo‘lim boshlig‘i G‘. Berdiyev
📞 +998973888715 ✈️ https://t.me/gberdiev
✨Yutuq sari dadil qadam tashlang — balki navbatdagi Prezident stipendiyasi sohibi aynan siz bo‘lishingiz mumkin!
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
May 13, 2026, 03:06 PM
✈️Budapest Metropolitan Universityning Biznes menejment kafedrasi professori Judit Hegedus Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga tashrif buyurdi.
✈️Tashrif avvalida mehmon universitet rektori qabulida bo‘lib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Shundan so‘ng Filologiya (ingliz tili) yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
✈️Tashrif davomida professor universitetning ikkinchi binosiga ham tashrif buyurib, Moliya yo‘nalishi talabalari hamda professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi. U yerda professor-o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar hamda talabalar uchun amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
✈️Professor tashrif davomida universitet faoliyati, yaratilgan zamonaviy sharoitlar hamda ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, universitet qoshida faoliyat yuritayotgan hunarmandchilik to‘garagi bilan ham tanishib, talabalarning ijodiy ishlari va mahoratini yuqori baholab, bundan hayratlanganini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, uchrashuvlar davomida kelgusida “Erasmus+ CBHE” va “ICM” loyihalari doirasida akademik hamda ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559|https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
May 13, 2026, 03:06 PM
🎓TALABALAR DIQQATIGA!
Axborot texnologiyalari va menejment universitetining “Rektor stipendiyasi” sohibiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Bilimga chanqoq, iqtidorli, tashabbuskor hamda universitet hayotida faol ishtirok etayotgan talabalar uchun ushbu stipendiya o‘z salohiyatini namoyon etish va yutuqlarini munosib e’tirof etish imkoniyatidir.
📄Tanlov nizomi bilan tanishib, hujjatlaringizni 10-iyunga qadar topshirishingiz mumkin.
📍Murojaat uchun:
Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A. Qosimova i
📞+998 93 933 02 33 ❤️ https://t.me/aziza251291
✨Yutuq sari dadil qadam tashlang — balki navbatdagi “Rektor stipendiyasi” sohibi aynan siz bo‘larsiz!
🔍Bizni kuzatib boring va yangiliklardan xabardor bo‘lib boring!
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559|https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
May 13, 2026, 03:06 PM
🎓TALABALAR DIQQATIGA!
Axborot texnologiyalari va menejment universitetida bilimli, izlanuvchan va faol talabalar uchun GRANT asosida tahsil olish imkoniyati taqdim etiladi.
Agar siz o‘quv jarayonidagi faolligingiz, yutuqlaringiz hamda universitet hayotidagi tashabbuskorligingiz bilan ajralib tursangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!
📌Grant tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlaringizni 10-iyunga qadar topshirishingiz mumkin.
📍Murojaat uchun:
Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A. Qosimova i
📞+998 93 933 02 33 ❤️ https://t.me/aziza251291
✨Kelajagingiz sari yana bir muhim qadamni bugundan boshlang!
🔍Axborot texnologiyalari va menejment universiteti — imkoniyatlar maskani!
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559|https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
May 13, 2026, 03:06 PM
🔥QARSHIDA YILNING ENG KATTA GALA KONSERTI!
📍25-may kuni Markaziy (Nasaf) stadionida minglab yoshlarni birlashtiradigan ulkan shou dastur bo‘lib o‘tadi!
Sahnada siz sevgan yulduzlar:
🎤Sevinch Ismoilova
🎤Hojiakbar Roʻzmetov
🎤Toir Ahmedov
🎤Sardor Mamadaliyev
🎤Axror Qoshmatov
✨Va eng katta SOVG‘ALAR aynan siz uchun!
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti tomonidan gala konsert mehmonlari o‘rtasida:
🎓10 TA GRANT
📱10 TA ZAMONAVIY SMARTFON
sovg‘a qilinadi!
💥Musiqa, shou, kayfiyat va KUTILMAGAN SOVG‘ALAR bir sahnada jam bo‘ladi!
🚀Orzular sari qadam ATMU bilan boshlanadi!
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
🔍ATMUda milliy qadriyatlarga bag‘ishlangan “Qizlarjon maktabi — kelajak malikalari” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
✈️Axborot texnologiyalari va menejment universiteti Raqamli texnologiyalar fakulteti Matematika yo‘nalishi talaba-qizlari o‘rtasida tyutor Nilufar O‘rinova boshchiligida ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
✈️Tadbir davomida ishtirokchilar milliy qadriyatlarimiz, odob-axloq, sharqona tarbiya hamda qizlarga xos fazilatlarni namoyon etib, o‘z iqtidori va mahoratlarini ko‘rsatdilar.
#ATMU #qizlarjonmaktabi #milliyqadriyatlar #qarshi #talaba
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
🎓ATMUda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi
➡️Axborot texnologiyalari va menejment universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi hamkorligida ochiq muloqot tashkil etildi.
✍️Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari diqqat bilan tinglanib, ularning yechimiga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud imtiyoz va dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi hamda ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar taqdim etildi.
#ATMU #Yoshlar_kuni #Rahbar_va_yoshlar
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
1,850
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
Apr 3, 2026, 12:55 PM
🎓ATMU’da Abdulla Oripov 85-yilligi nishonlandi
🗣Axborot texnologiyalari va menejment universitetida Abdulla Oripov tavalludining 85-yilligi munosabati bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi.
📑Mazkur tadbirda shoirning boy ijodiy merosi, uning milliy adabiyotimiz taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda yuksak ma’naviy qadriyatlarni tarannum etgan asarlari haqida so‘z yuritildi.
🟡Uchrashuv davomida talaba-yoshlar tomonidan shoir she’rlari ifodali o‘qilib, uning ijodiga bo‘lgan hurmat va ehtirom yana bir bor namoyon etildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
2,030
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
Apr 3, 2026, 12:55 PM
📷 Photo
🌸ATMU’da Navro‘z sayli – bahorning eng yorqin lahzalari sizni kutmoqda!
Axborot texnologiyalari va menejment universitetida Navro‘z bayrami munosabati bilan ulkan sayl tashkil etiladi.
📅 4-aprel
🕙 10:00
📍 ATMU 2-talabalar turar joyi (GEOLOG)
Ushbu bayramona tadbirda sizni unutilmas lahzalar, milliy qadriyatlarimiz ifodasi, quvonch va iliqlikka boy muhit kutmoqda.
Bayram mehmonlari:
🎤 Xonandalar – Hulkar Abdullayeva va Milena Madmusayeva
🎤Boshlovchi – Umarbek Rahmonqulov
Navro‘z saylida sizni turli chiqishlar, ko‘ngilochar dasturlar, kutilmagan syurprizlar va ajoyib voqealar qarshi oladi.
✨Bahorning eng go‘zal bayramini biz bilan qarshi oling!
✨Ushbu kun siz uchun unutilmas xotiralarga boy bo‘lishi shubhasiz!
Barchangizni ushbu quvonchli bayramga taklif etamiz!
3,720
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
Apr 3, 2026, 12:55 PM
📷 Photo
🇺🇿Bugun davlatimiz rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start beradi. Tadbir davomida mamlakatimizning 14 ta hududi ham https://t.me/Press_Secretary_Uz tashkil etish ishlari boshlanadi.
2,000
14
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
Mar 31, 2026, 10:06 AM
📢📣📣📣📣
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabalari diqqatiga!
💻Axborot texnologiyalari va menejment universitetida tahsil olayotgan talaba yoshlar o'rtasida "Pubg arena" nomli kibersport turniri o'tkazishni rejalashtirgan.
✔️Musoboqa quyidagi kiber sport turi bo'yicha tashkil etiladi: PUBG MOBILE.
✔️Ishtirokchilar soniga qarab Livik yoki Erangel kartasida o'ynaladi.
G`oliblar maxsus esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishadi.
🗓 3 - Aprel
⏱️13:00
📍Manzil: https://maps.google.com/maps?q=38.852677,65.786597&ll=38.852677,65.786597&z=16
Mo`ljal: Yangi bozor
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
1,430
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
Mar 31, 2026, 10:06 AM
🎓ATMUda “Kitobxon talaba” tanlovi bo‘lib o‘tdi❗️
📚Axborot texnologiyalari va menejment universitetida “Kitobxon talaba” tanlovining navbatdagi bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi. Talabalar o‘qigan asarlari yuzasidan o‘z fikr va tahlillarini taqdim etib, bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar.
🏆Yakuniy natijalar:
🥇1-o‘rin — Mamadaliyev Alijon
🥈2-o‘rin — Egamnazarova Sevinch
🥉3-o‘rin — Abdisamadova Munisa
💠Mazkur tanlov talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va badiiy adabiyotga qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
1,410
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
Mar 31, 2026, 10:06 AM
📚ATMUda “Kitobxon talaba” tanlovining mart oyi bosqichiga start berildi!
Axborot texnologiyalari va menejment universitetida yangi o‘quv yilining mart oyi “Kitobxon talaba” tanloviga start berildi.
🔖 Shartlar oddiy:
— 5 ta kitobni mutolaa qiling;
— O‘z fikr va taassurotlaringizni taqdim eting;
— Tanlovda g‘olib bo‘lib, 1 000 000 so‘m mukofotni qo‘lga kiriting!
✅ "Go'ro'glining tug`ilishi" dostoni
✅ "Kecha va kunduz" romani
✅ "Shum bola" hikoyasi
✅ "Usmon Azim" (Usmon Azim)
✨Ushbu tanlov yangi o‘quv yilida talabalarning ilmga, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tafakkurini boyitish va eng faol yoshlarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
📅 30-mart
🕐 12:30
📍 Manzil: https://maps.app.goo.gl/VcnkeK3sHERi7dNz7?g_st=com.google.maps.preview.copy https://maps.app.goo.gl/VcnkeK3sHERi7dNz7?g_st=com.google.maps.preview.copy https://maps.app.goo.gl/VcnkeK3sHERi7dNz7?g_st=com.google.maps.preview.copy https://maps.app.goo.gl/VcnkeK3sHERi7dNz7?g_st=com.google.maps.preview.copy 401-xona
Aziz talabalar! Kitoblarni mutolaa qiling, bilimga oshno bo‘ling va g‘oliblik sari intiling.
Kitob o‘qing — yutuq sizniki bo‘lsin!
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
Mar 31, 2026, 10:06 AM
✅Tozalikka hammamiz mas’ulmiz!
✈️Hurmatli Axborot texnologiyalari va menejment universiteti talabalari!
📑Universitetimiz faqat bilim va ma’rifat maskani emas, balki ozoda, tartibli va qulay muhit yaratishga intiladigan barcha uchun mas’uliyatli makon hisoblanadi. Atrofimizni toza saqlash, joylarda tartib va intizomni ta’minlash har birimizning burchimizdir.
✈️Nima uchun tozalik muhim?
- Toza muhit nafaqat jismoniy sog‘lig‘imiz, balki ruhiy holatimizga ham ijobiy ta’sir qiladi.
- Biz tozalikni saqlash orqali o‘zimizdan keyingi avlodlarga madaniyatli va namunali muhitni qoldiramiz.
- Ozoda joyda o‘qish va ishlash samaradorlikni oshiradi.
✈️Tozalikka qanday hissa qo‘shishimiz mumkin?
1. Chiqindilarni belgilangan joylarga tashlang. Axlatni ko‘chada yoki darsxonalarda qoldirmang.
2. Universitet hududidagi yashil maydonlarni asrang. Daraxtlarga zarar bermang va gullarni yulib tashlamang.
3. Suv va elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
4. O‘zingizdan keyin o‘tirgan joyni ozoda qoldirishni unutmang.
✈️Esingizda bo‘lsin, ozodalik va tartib – o‘zimiz uchun! Har birimiz tozalikni saqlashda faol ishtirok etsak, universitetimiz nafaqat bilim olish joyi, balki o‘z madaniyati bilan ham faxrlanadigan maskan bo‘ladi.
✈️Toza muhit – bu bizning kelajagimiz!
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
Rasmiy_kanal | ATVMU_UZ
Mar 31, 2026, 10:06 AM
9 ta elektromobildan birini yutish imkoniyati uchun 3 kun qoldi
“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi.
O‘z g‘oyangiz, loyiha yoki ixtirongizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang.
Tanlov 3 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi:
✅ Eng yaxshi g‘oya;
✅ Eng yaxshi loyiha;
✅ Eng yaxshi ixtiro.
Har bir yo’nalishda talabalar, amaliyotchilar va professor-o’qituvchilar orasidan 3 tadan g’olib tanlanib, ular elektromobil sohibiga aylanadi.
🔗 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: http://muhandis.edu.uz/
📌 Arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
🔍Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi
✈️Axborot texnologiyalari va menejment universitetida “Intellektual axborot tizimlari va raqamli transformatsiya jarayonlarining innovatsion yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
✈️Nufuzli anjumanda O‘zbekiston bilan bir qatorda Xitoy, Germaniya, Hindiston, Ruminiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon davlatlaridan yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar ishtirok etdi.
🔍Konferensiya universitet ta’sischi rahbari Dilfuza Raxmonova va universitet rektori Zafar Sunnatovning tabrik so‘zlari bilan ochilib, sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga oid dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.
🔍Shuningdek, 5 ta sho‘ba doirasida intellektual tizimlar, “big data”, raqamli ta’lim va kiberxavfsizlik yo‘nalishlarida ilg‘or ishlanmalar va amaliy takliflar muhokama qilindi.
Bizning sahifalarimiz:
🕊 | 📱 https://www.instagram.com/atmu_uz | 📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61558060490559https://youtu.be/S9jYRUgLGP4📺https://www.youtube.com/channel/UCQhbcimuSVdz5KH7o-DL6Mw 🌍 http://qabul.atmu.uz/
🗣Axborot texnologiyalari va menejment universitetida nafaqat oliy ta’lim olish, balki qo‘shimcha kasb-hunarlarni egallab, daromad topish imkoniyati mavjudligini bilarmidingiz?
Bugungi kunda ushbu universitetda tahsil olayotgan yoshlar o‘z yo‘nalishidan tashqari zamonaviy kasblarni ham o‘rganib, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda. Bu esa ularga o‘qish jarayonidayoq mustaqil daromad topish, loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkonini bermoqda.
Bu haqda batafsil “O‘zbekiston 24” telekanalining “Farovonlik sari” dasturi orqali bilib olishingiz mumkin.
🎥 Dasturda universitetdagi yaratilgan sharoitlar, talabalar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar hamda muvaffaqiyatli yoshlar hikoyalari haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi.