Mohirdev.uz asoschisi Anvar Narzullaevning rasmiy kanali.
Muhokama uchun guruhimiz: @sariqdevchat
Talab va takliflar uchun @sariqdevadmin ga murojat qiling.
Follow @sariqdev to stay updated with the latest guruhimiz and asoschisi trends and news
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Sariq Dev
Apr 28, 2026, 03:04 PM
🎥 Video
Sun’iy intellekt - Ertaga kech!
Videoni ko'rishni eringanlar uchun videoning qisqacha mazmuni (by mohirai) 👇
🚀 Sun'iy intellektning rivojlanish bosqichlari va kelajagi
📌 Qisqacha mazmun:
Ushbu videoda sun'iy intellektning professional va shaxsiy hayotdagi o‘rni, so‘nggi yillardagi rivojlanish bosqichlari hamda jamiyatdagi qarashlarning qanday o‘zgargani tahlil qilinadi.
Spiker ta’kidlaydi: SI’ni bilish endi tanlov emas — zarurat. Yaqin kelajakda esa uni bilmaslik savodsizlik sifatida qaraladi.
💡 Asosiy fikrlar:
• Hozirda SI imkoniyatlarining atigi 10–30% qismi ishlatilmoqda
• SI rivojlanish bosqichlari: 😳 Uyat → 🙂 Ijobiy qarash → 👍 Tavsiya → 🚀 Rag‘batlantirish → ⚡ Majburlash
• Mohirdev’da SI’dan foydalanish — majburiy
• 1–2 yil ichida SI bilmaslik savodsizlik deb baholanadi (huddi kompyuter yoki internetdan foydalanishni bilmaslik kabi)
• SI faqat ChatGPT yoki prompt yozish emas — juda keng imkoniyatlar mavjud (keyingi videolarda batafsil)
✅ Action items (nima qilish kerak):
☐ Bugunoq sun’iy intellektni o‘rganishni boshlang
☐ SI’ni ishda va kundalik hayotda faol qo‘llang
☐ Keyingi video va materiallarni kuzatib boring
Sizning fikringiz qanday? "SI'dan to'liq foydalanayapman" deb o'ylaysizmi?
#ertagakech
23,100
182
0
Sariq Dev
Apr 28, 2026, 03:04 PM
📷 Photo
Hayotim claude code kashfiyot qilgunimcha va kashfiyot qilgandan soʻng degan davrlarga ajraldi.
Agar siz hali ham ChatGPTda prompt yozishni SIdan foydalanish deb yurgan boʻlsangiz, zamondan ancha orqada qolibsiz.
Dasturlashga "eskicha" yondoshuv bilan endi uzogʻi 1 yilga yetib borasiz.
Agar oʻzim bu narsalarni sinovdan oʻtkazib koʻrmaganimda men ham hali vaqt bor deb yurgan boʻlardim.
Yangicha yondoshuv qanday boʻlishi haqida esa alohda toʻxtalaman. Kuzatib boring.
33,900
267
Sariq Dev
Apr 28, 2026, 03:04 PM
2 ta haqiqat:
1. Oson va tez katta pul topishning yo'li yo'q.
2. Buning yo'lini topgan odam hech qachon sizga o'rgatmaydi, chunki o'ziga raqobatchi kerak emas.
Shu ikkisini va'da qilganlarni ko'rdingizmi, bilingki bu aniq firibgarlar.
Yana bir "red flag" bu hashamatni ko'z-ko'z qilish, "1 yil ishlab o'zimga uy oldim, mashina oldim".
Afsuski dasturlash, AyTi sohalarida ham shunday va'dalar bilan kurs sotayotganlarni ko'rayapmiz. 3 yil oldin o'quv markazida o'qib, mentor bo'lib yurganlar, bir dumalab 7+ yillik senior dasturchiga aylanib qolganini ham ko'rdik.
Bugun https://www.youtube.com/watch?v=VDR90fmqqDYko'rib shular esimga tushdi. Treyding loxotron deb 1000 marta aytsak ham, qancha yoshlar shularga ergashib, qarzga botib ketdi.
Haqiqiy, kelajagi bor kasb o'rganmoqchimiz http://mohir.dev/ds, Kiberxavfsizlik, Sun'iy intellekt, Dasturlashni o'rganing.
28,100
229
Sariq Dev
Apr 28, 2026, 03:04 PM
🎥 Video
🌙 https://mohir.dev/Hnfy
22,200
181
0
Sariq Dev
Apr 28, 2026, 03:04 PM
🎥 Video
16,800
357
0
Sariq Dev
Apr 28, 2026, 03:04 PM
Mohirdev Sunʼiy intellekt jamoasiga qoʻshilishni istaganlar uchun bir nechta vakansiyalar eʼlon qildik.
https://mohirdev.ai/careers
21,500
87
0
Sariq Dev
Apr 28, 2026, 03:04 PM
Value chain (qiymatlar zanjiri) yohud nega GM BYD bilan raqobat qila olmaydi. Biznes strategiyada "value chain" degan tushuncha bor – bu yakuniy mahsulot yaratilguniga qadar uning qiymatini oshirib boradigan, tashqaridan sezilmaydigan, oraliq bosqichlar.…
14,000
144
0
Sariq Dev
Apr 28, 2026, 03:04 PM
📷 Photo
Topingchi, bu nima?
16,600
132
Sariq Dev
Apr 28, 2026, 03:04 PM
📷 Photo
Value chain (qiymatlar zanjiri) yohud nega GM BYD bilan raqobat qila olmaydi.
Biznes strategiyada "value chain" degan tushuncha bor – bu yakuniy mahsulot yaratilguniga qadar uning qiymatini oshirib boradigan, tashqaridan sezilmaydigan, oraliq bosqichlar. Yakuniy mahsulotning sifati mana shu oraliq bosqichlarning sifatiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Garvard Universiteti professori Maykl Porter bu jarayonlarni umumlashtirib 5 ta asosiy bosqichga bo'ladi:
1. Kiruvchi logistika (inbound logistics) - xomashyolarni qabul qilib olish.
2. Ichki jarayonlar (operations) - mahsulot yaratish uchun kechadigan ichki jarayonlar.
3. Tashqi logistika (outbound logistics) - tayyor bo'lgan mahsulotni mijozga yetkazish.
4. Marketing va sotuv (marketing & sales).
5. Xizmat ko'rsatish (service) - mijoz mahsulotni xarid qilganidan keyingi xizmat.
Deyarli har qanday biznes faoliyati mana shu bosqichlardan o'tadi, xoh u qishloq xo'jaligi bo'lsin, xoh AyTi, xoh ishlab chiqarish.
Yakuniy mahsulot sifatli bo'lishi uchun yuqoridagi har bir bosqish sifatli bo'lishi kerak. Bu esa oson emas, sifat ortida doim murakkab jarayonlar turadi (kuchli jamoa, murakkab tizim, tartib-intizom). Shuning uchun ham bunday mahsulotni o'g'rilash, qalbakilashtirish qiyin bo'ladi.
Agar ichki jarayonlar sodda va osongina takrorlash mumkin bo'lsa demak mahsulotni yaratish ham oson bo'ladi. Va istalgan odam g'oyani o'g'rilab, mahsulotni qayta yarata oladi.
Bularni aytishimdan maqsad - agar siz ham sifatli mahsulot qilmoqchi bo'lsangiz, eng avvalo jarayonlarni murakkab qiling, toki sizning ish uslubingizni nusxalash qiyin bo'lsin.
Juda ko'p startaplarni ko'rayapmiz - ish uslubida hech qanday noyoblik, antiqa yondoshuv yo'q. Jamoa ham shunday, birortasi ajralib turmaydi. Nega bu g'oyani faqat siz qila olasiz, nega siz bergan yechim boshqalarnikidan ustun bo'ladi degan savolga javob yo'q.
Xulosa: Sifatli va qalbakilashtirish qiyin mahsulot qilmoqchimisiz – har bir bosqichni murakkab va sifatli qiling.
p.s. GM nega BYD bilan raqobat qila olmasligini tushundingiz deb o'ylayman.
Sariq Dev
Apr 28, 2026, 03:04 PM
Sam Altman sochi oqargani bejiz emas — SI'lar o'rtasidagi bellashuv "eng aqllidan" "eng qulay va funksiyalarga boy" rejimiga o'tdi va ChatGPT ortda qolayapti.
Men o'zim ham oxirgi 3 yildan beri sodiq yordamchim bo'lib kelgan ChatGPTdan foydalanmay qo'yganimni va ko'proq vaqtim Claude va Gemini bilan o'tayotganini sezdim. OpenAI benchmarklar ortidan yugurib, foydalanuvchilarni unutib qo'ygandek. ChatGPT ilovasida oxirgi oylarda sezilarli o'zgarishlar ko'rmadim. Buning yaqqol isboti - ChatGPT hanuzgacha savolga matn bilan javob beradi xolos. Solishtirish uchun Claude allaqachon interaktiv grafiklar, jadvallar, slaydlar, inforgrafikalar bilan javob beradigan bo'lgan. ChatGPTdan chiqqan natijalarni boshqa bir dastur yordamida yana bir bor epaqaga keltirish kerak. Claude esa natijani aynan siz so'ragan ko'rinishda chiqarib, kerak bo'lsa taqdimot uchun onlinega ham joylab beradi. Turli tashqi dasturlar va xizmatlar bilan integrasiyasi, avtonom ishlaydigan agentlari haqida gapirmasa ham bo'ladi.
Google'ning SI dasturlari ham ChatGPTdan karrasiga qulay bo'lib ketgan. Gemini, NotebookLM, AI studio, Antigravity, Opal - hamma holatga qulay SI bor.
ChatGPT esa qulaylik tomondan ancha ortda qoldi.
Men o'zim kundalik foydalanidagn SI ilovalar:
• Perplexity - istalgan savolga tez javob olish uchun (google qidiruv o'rniga).
• Gemini - og'irroq ishlar, tahlillar, ma'lumotlar bilan ishlash, maslahat.
• ClaudeAI - katta, murakkab vazifalar va loyihalar bilan ishlash uchun.
Sizchi? Qaysi SI dasturlardan foydalanayapsiz? Bepul yoki pulligi? Asosan qaysi vazifalarni SI'ga topshirayapsiz, izohlarda yozing.
18,600
Sariq Dev
Apr 17, 2026, 12:41 AM
🎥 Video
"Dasturiy ta'minot muhandisining maqsadi — mavjud muammolarni hal qilish va yangi yechim talab etadigan muammolarni topishdir. Kod yozish (coding) esa bu vazifalardan biri, xolos.
Shunday ekan, agar maqsadingiz muammoni hal qilish emas, shunchaki kod yozish bo‘lsa — ya'ni kimdir sizga nima qilishni aytadi va siz uni kodga aylantirsangiz... Unday holda, ha, sizning o‘rningizni Sun'iy Intellekt egallashi mumkin. Ammo bizning barcha muhandislarimizning asosiy maqsadi — muammolarga yechim topishdir.
Ma'lum bo‘lishicha, kompaniyada hali yechimini kutayotgan va hatto hali aniqlanmagan son-sanoqsiz muammolar mavjud. Muhandislar qancha ko‘p vaqtini hali aniqlanmagan muammolarni o‘rganishga sarflasa, kompaniyamiz uchun shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Hech narsa menga ularning umuman kod yozmasliklaridan ko‘ra ko‘proq quvonch bag‘ishlamagan bo‘lar edi, agar ular faqat muammolarni hal qilish bilan band bo‘lishsa.
Menimcha, 'Maqsad' va 'Vazifa' o‘rtasidagi farqni anglash tamoyili hamma uchun qo‘llashga arziydigan foydali yondashuvdir."
— Jensen Huang
21,900
Sariq Dev
Apr 17, 2026, 12:41 AM
" https://t.me/temurbek_adhamov"ning yangi sonida Mohirdev ham-ta'sischisi, hozirda Startup Garage loyihasi asoschisi va rahbari Muhammadxalil bilan suhbat bo'libdi. Premyera bugun ekan. Kutamiz 👍
p.s. Muhammadxalilni O'zbekistonda startup ekotizimi uchun jon kuydirayotgan, quruq gap emas, amalda katta ishlar qilayotgan sanoqli insonlardan biri deb bilaman.