World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining rasmiy Telegram-kanali
Официальный Telegram-канал представительства Всемирного банка в Узбекистане
https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan
https://www.vsemirnyjbank.org/ru/country/uzbekistan
@wbuzbekistan offers specialized information about vakolatxonasining and telegram for subscribers interested in 世界新闻
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年5月15日 01:31
📷 Photo
🌐🇺🇿 В рамках визита в Узбекистан вице-президента Всемирного банка по региону Европы и Центральной Азии Антонеллы Бассани состоялась церемония открытия нового офиса представительства Группы Всемирного банка (ГВБ) в бизнес-центре Trilliant в Ташкенте.
В мероприятии приняли участие региональный директор Всемирного банка по Центральной Азии Наджи Бенхасин, председатель Центрального банка Тимур Ишметов, заместитель министра экономики и финансов Ильхом Умрзаков, другие представители правительства, а также сотрудники Всемирного банка и Международной финансовой корпорации (IFC - входит в состав ГВБ и отвечает за наше сотрудничество с частным сектором).
В своей приветственной речи Антонелла Бассани отметила, что новом офисе созданы все условия для продуктивной работы более 100 сотрудников ГВБ. По её словам, его открытие отражает значительное расширение деятельности ГВБ в Узбекистане и наше прочное партнёрство с правительством, частным сектором и гражданским обществом в различных сферах социально-экономического развития страны.
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
483
3
0
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年5月15日 01:31
📷 Photo
🌐🇺🇿 Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassanining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentdagi Trilliant biznes markazida Jahon banki guruhi (JBG) vakolatxonasining yangi ofisi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin, Markaziy bank raisi Timur Ishmetov, Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ilhom Umrzakov, hukumatning boshqa vakillari, shuningdek, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC — Jahon banki tarkibiga kiradi va xususiy sektor bilan hamkorligimiz uchun mas’ul idora) xodimlari ishtirok etishdi.
Antonella Bassani o‘z nutqida yangi ofisda JBGning 100 dan ortiq xodimlari samarali ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ofisning ochilishi JBGning O‘zbekistondagi faoliyati sezilarli darajada kengayganini va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli sohalarida hukumat, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati bilan mustahkam hamkorligimizni aks ettiradi.
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年5月15日 01:31
📷 Photo
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
📈 O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda bandlikni oshirish masalalari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish hamda barqaror ish o‘rinlari yaratishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 https://gov.uz/oz/imv/news/view/161846
_____
📈 A roundtable discussion was held on the development of small and medium-sized businesses and increasing employment in Uzbekistan
On May 5 of this year, a high-level roundtable discussion was held at the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan, dedicated to the development of small and medium-sized businesses and the acceleration of sustainable job creation.
🇬🇧 https://gov.uz/en/imv/news/view/161846
#tadbirkorlik #davra_suhbati
https://t.me/minecofinuz | http://facebook.com/mineconomfin | https://instagram.com/minfinuzb?igshid=YmMyMTA2M2Y= | https://www.youtube.com/channel/UCx1cbw2mBIfpYuTHoKHxBOw | https://x.com/minecofinuz?s=21
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月4日 22:26
📷 Photo
🌐 2024-yilda xususiy sektor bilan ishlovchi Jahon banki guruhi a’zosi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) O‘zbekistondagi eng tez rivojlanayotgan savdo tarmoqlaridan biri bo‘lgan, mamlakat bo‘ylab 240 ga yaqin do‘konga ega “Korzinka” operatori hisoblangan “Anglesey Food” MChJ rivojiga 25 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritdi.
📦 “Anglesey Food” ajratilgan mablag‘larni Toshkent shahri chekkasida zamonaviy, energiya tejamkor mahsulotlarni saqlash va taqsimlash markazini qurishga yo‘naltirdi. Markaz 10 gektar maydonni egallaydi, shundan 49 000 kvadrat metri omborxona maydoniga ajratilgan.
🚚 Ushbu loyiha Markaziy Osiyodagi eng yirik “A” toifadagi taqsimlash markazi hisoblanadi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 145 ta yuk ortish-tushirish darvozalari faoliyat yuritishi mumkin, bu esa yuklarni qabul qilish va jo‘natishni samarali amalga oshirish imkonini beradi. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 1 000 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
✅ Markaz to‘rt oygacha bo‘lgan mahsulot zaxirasini saqlash imkonini beradi va 600 tagacha savdo nuqtasiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Uning faoliyati oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo‘shadi hamda biznesning o‘sishda davom etishi uchun asos yaratadi.
🇺🇿 38 million aholiga ega bo‘lgan Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik bozor hisoblanadi. Shu bilan birga, zamonaviy oziq-ovqat chakana savdosi hali rivojlanish bosqichida: u bozorning atigi 12 foizini egallaydi, bu ko‘rsatkich Sharqiy Yevropada 75 foiz va Qozogʻistonda 40 foizni tashkil etadi.
🏪 Mavjud imkoniyatlarni hisobga olib, “Korzinka” kelgusi besh yil ichida o‘z do‘konlari sonini 1 000 taga yetkazishni rejalashtirmoqda. Kompaniya 14 000 nafar xodim uchun ijtimoiy paket bilan barqaror ish o‘rinlari yaratmoqda, shuningdek fermerlar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga butun mamlakat bo‘ylab millionlab oilalar uchun arzon va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda ko‘maklashmoqda.
👩💼 IFC ko‘magida kompaniya oziq-ovqat xavfsizligi standartlarini rivojlantirmoqda va yo‘qotishlarni kamaytirmoqda, shuningdek “Korzinka” kadrlar salohiyatini, jumladan ayollar va yoshlar imkoniyatlarini kengaytirishga sarmoya kiritmoqda. Ushbu yordam natijasida 2024-yilda “Korzinka” Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib gender tengligini baholash va tasdiqlash bo‘yicha xalqaro standart hisoblangan EDGE sertifikatini qo‘lga kiritdi.
ℹ️ Batafsil: https://bit.ly/3PL3tFc
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月4日 22:26
📷 Photo
🌐 В 2024 году Международная финансовая корпорация (IFC), член Группы Всемирного банка, работающая с частным сектором, инвестировала $25 млн в развитие ООО «Anglesey Food», которая является оператором «Korzinka» — одной из самых быстрорастущих торговых сетей Узбекистана, насчитывающей около 240 магазинов по всей стране.
📦 «Anglesey Food» направила предоставленные средства на строительство современного энергоэффективного центра хранения и распределения продукции в пригороде Ташкента. Центр занимает площадь 10 гектаров, из которых 49 000 квадратных метров отведены под складские помещения.
🚚 Этот проект является крупнейшим распределительным центром класса “A” в Центральной Азии. Одновременно здесь могут работать 145 погрузочно-разгрузочных ворот, что позволяет эффективно осуществлять приём и отправку грузов. В результате реализации проекта будет создано более 1 000 новых рабочих мест.
✅ Центр позволяет хранить до четырёх месяцев запасов продуктов и рассчитан на обслуживание до 600 торговых точек. Его деятельность вносит вклад в продовольственную безопасность и создаёт основу для дальнейшего роста бизнеса.
🇺🇿 С населением 38 млн человек Узбекистан является крупнейшим рынком Центральной Азии. При этом современный продуктовый ритейл здесь только развивается: он занимает лишь 12% рынка против 75% в Восточной Европе и 40% в Казахстане.
🏪 Учитывая существующие возможности, «Korzinka» планирует увеличить количество магазинов сети до 1 000 в течение следующих пяти лет. Компания создаёт стабильные рабочие места с соцпакетом для 14 000 работников, а также помогает фермерам и местным производителям поставлять доступные и безопасные продукты питания для миллионов семей по всей стране.
👩💼 При поддержке IFC компания развивает стандарты безопасности продуктов и снижает потери, а также инвестирует в развитие кадрового потенциала «Korzinka», включая женщин и молодёжь. В результате этого содействия в 2024 году «Korzinka» первой в Центральной Азии получила сертификат EDGE — международный стандарт оценки и подтверждения гендерного равенства в организациях.
ℹ️ Подробнее: https://bit.ly/4s3hwmZ
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月4日 22:26
🎥 Video
👩🏻 В 2013 году Ханума Таджиева открыла небольшую гостиницу в исторической части Бухары. Спустя более 10 лет этот проект вырос в устойчивый и успешный бизнес.
🇺🇿🌐 В Узбекистане Всемирный банк поддерживает реформы правительства, направленные на снижение барьеров для предпринимательства, привлечение инвестиций и развитие ключевых отраслей экономики. Ханума — одна из многих предпринимателей, кто смог воспользоваться улучшениями делового климата.
📈 В частности, благодаря реформам активно развивается туризм: с 2019 по 2024 год доходы отрасли почти утроились, а число туристов достигло 10 млн. Это создаёт новые рабочие места, в том числе для женщин.
✅ Сегодня Ханума управляет уже двумя гостиницами. «Наш номерной фонд вырос до 36 номеров, и у нас на постоянной основе работают 15 сотрудников», — говорит она. Такие предприниматели, как Ханума, создают рабочие места, развивают услуги и вносят вклад в экономику страны.
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月4日 22:26
🎥 Video
👩🏻 2013-yilda Xanuma Tadjieva Buxoroning tarixiy qismida kichik mehmonxona ochdi. Oradan 10 yildan ortiq vaqt o‘tib, bu loyiha barqaror va muvaffaqiyatli biznesga aylandi.
🇺🇿🌐 Jahon banki O‘zbekistonda hukumatning tadbirkorlik uchun to‘siqlarni kamaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Xanuma — ishbilarmonlik muhitidagi yaxshilanishlardan foydalana olgan ko‘plab tadbirkorlardan biri.
📈 Xususan, islohotlar tufayli turizm sohasi jadal rivojlanmoqda: 2019-yildan 2024-yilgacha soha daromadlari deyarli uch baravar oshdi, turistlar soni esa 10 millionga yetdi. Bu esa yangi ish o‘rinlarini, jumladan ayollar uchun ham imkoniyatlar yaratmoqda.
✅ Bugungi kunda Xanuma ikkita mehmonxonani boshqaradi. “Xonalarimiz soni 36 taga yetdi va bizda doimiy ravishda 15 nafar xodim ishlaydi”, — deydi u. Xanuma kabi tadbirkorlar ish o‘rinlari yaratishmoqda, xizmatlar sohasini rivojlantirishmoqda va mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo‘shishmoqda.
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月4日 22:26
🎥 Video
🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲 Несмотря на экономический рост, производительность труда в ряде стран Центральной Азии по-прежнему не превышает трети от уровня государств-членов ОЭСР (Организация экономического сотрудничества и развития), объединяющей наиболее развитые экономики мира. Если темп структурных преобразований не ускорится, путь к статусу страны с высоким уровнем дохода может растянуться более чем на 40 лет для некоторых государств региона.
🤝 Обсуждению этих вызовов был посвящен Региональный форум «Центральная Азия: от производительности к процветанию», прошедший 25–26 марта 2026 года в Ташкенте. Форум был организован Министерством экономики и финансов при поддержке Азиатской организации производительности (АПО), Группы Всемирного банка, Германского общества по международному сотрудничеству (GIZ), ООН, ЮНИСЕФ и Института макроэкономических и региональных исследований.
🌐 В своей приветственной речи региональный директор Всемирного банка по Центральной Азии Наджи Бенхасин подчеркнул: регион стоит перед необходимостью кардинальной смены экономической модели — перехода от зависимости от природных ресурсов и денежных переводов к экономике, основанной на росте производительности и создании качественных рабочих мест.
🇺🇿 Наджи Бенхасин отметил, что начиная с 2017 года Узбекистан демонстрирует одни из самых высоких темпов роста производительности труда в регионе, но для достижения цели по созданию 10 миллионов новых и более качественных рабочих мест в ближайшее десятилетие потребуются более глубокие преобразования, включая раскрытие потенциала частного сектора, инвестиции в человеческий капитал, цифровизацию и развитие торговли.
ℹ️ Подробнее в репортаже телеканала «Узбекистан 24»
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月4日 22:26
🎥 Video
🌐🇺🇿 Yaqinda Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va sohada kompleks islohotlarni amalga oshirish uchun 200 million dollar ajratishni ma’qulladi.
🛣 Yangi loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Avtoyo‘linvest” agentligi M41 mintaqaviy avtomobil yo‘lining 91 km qismini rekonstruksiya qiladi. Ushbu yo‘l O‘zbekistonni Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikasi va Afg‘oniston bilan bog‘laydi. Mavjud ikki qatorli yo‘l to‘rt qatorli avtomagistralga kengaytiriladi.
👷 Rekonstruksiya yakunlangach, yo'ldan kuniga 35 000 ga yaqin haydovchi va yo'lovchi foydalanadi, atrofdagi 550 000 nafar aholi esa transport va iqtisodiy imkoniyatlardan keng foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.
📊 Loyiha yo'l qoplamasi, xavfsizlik va avtobus bekatlarini yaxshilashni, shuningdek suv toshqinlari xavfini kamaytirish uchun 180 ga yaqin ko'prik va drenaj inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishni nazarda tutadi.
✅ Natijada o'rtacha tezlik 65 km/soatdan 90 km/soatgacha oshadi hamda yuk va yo'lovchi tashish ishonchliligi oshadi.
📌 Loyiha, shuningdek, Transport vazirligiga multimodal tashuvlar strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi va "O'zbekiston temir yo'llari" AJning korporativ boshqaruv, moliyaviy shaffoflik, yo'lovchi tashishni rejalashtirish va ESG amaliyotlarini takomillashtirishga ko'maklashadi.
📺 Loyiha ahamiyati haqida batafsil UzReport telekanalining lavhasida so’z yuritiladi.
ℹ️ Loyiha haqida batafsil ma’lumot, shuningdek, press-relizimizda:
UZ – http://wrld.bg/f8Si50YxAXI
RU – http://wrld.bg/ffS350YxAVh
EN – http://wrld.bg/k5CQ50YxB0B
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月4日 22:26
🎥 Video
🇺🇿🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇹🇲 Iqtisodiy o‘sishga qaramay, Markaziy Osiyoning qator mamlakatlarida mehnat unumdorligi hanuzgacha dunyoning eng rivojlangan iqtisodiyotlarini birlashtiruvchi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ga a’zo davlatlar ko‘rsatkichining uchdan biridan oshmayapti. Agar islohotlar sur’ati tezlashtirilmasa, ayrim mintaqa mamlakatlari uchun yuqori daromadli davlat maqomiga erishish yo‘li 40 yildan ortiq vaqtga cho‘zilishi mumkin.
🤝 2026-yil 25–26-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: unumdorlikdan farovonlik sari” mintaqaviy muloqot ushbu masalalar muhokamasiga bag‘ishlandi. Forum Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Osiyo unumdorlik tashkiloti (APO), Jahon banki guruhi, Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), BMT, UNICEF hamda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ko‘magida tashkil etildi.
🌐 Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin o‘z nutqida mintaqa iqtisodiy modelni tubdan o‘zgartirish zarurati oldida turganligini — ya’ni tabiiy resurslar va pul o‘tkazmalariga qaramlikdan voz kechib, mehnat unumdorligi o‘sishiga va sifatli ish o‘rinlari yaratishga asoslangan iqtisodiyotga o‘tish lozimligini ta’kidladi.
🇺🇿 Naji Benxasin 2017-yildan buyon O‘zbekiston mintaqada mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan birini namoyish etayotganligini, biroq kelgusi o‘n yillikda 10 million yangi va yanada sifatli ish o‘rinlarini yaratish maqsadiga erishish uchun yanada chuqur islohotlar, xususan xususiy sektor salohiyatini ochish, inson kapitaliga sarmoya kiritish, raqamlashtirish va savdoni rivojlantirish talab etilishini qayd etdi.
ℹ️ Batafsil — UzReport telekanali reportajida
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月4日 22:26
🎥 Video
🌐🇺🇿 Yaqinda Jahon banki “O‘zbekistonda gaz sizib chiqishini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasining amalga oshirilishi uchun 10,6 mln dollar miqdorida grant ajratishni e‘lon qildi.
🤝Ushbu Loyiha Jahon bankining yo‘ldosh neft gazini yoqish va metan chiqindilarini kamaytirish (Global Flaring and Methane Reduction, GFMR) trast jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi va “O‘ztransgaz” AJ davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladigan gaz uzatish tarmoqlarida sizib chiqishlarni aniqlash va bartaraf etish jarayonlarini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.
📈 Loyiha doirasida 2029 yilga kelib ta'mirlash ishlari natijasida yiliga taxminan 47,5 ming metrik tonna gaz sizib chiqishining oldini olish rejalashtirilgan bo'lib, ushbu gaz iste'molchilar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazib beriladi.
📊 Shuningdek, “O‘ztransgaz” AJga tabiiy gazning asosiy komponenti bo‘lgan metan emissiyasi bo‘yicha hisobot va o‘lchashning xalqaro standartlarini joriy etishda ko‘maklashiladi.
📺 Loyiha va uning ahamiyati haqida batafsil Oʻzbekiston 24 telekanalining “Fakt24” axborot dasturi lavhasida soʻz yuritiladi.
ℹ️ Loyiha haqida batafsil ma’lumot:
UZ - http://wrld.bg/r2Yj50YtXyv
RU - http://wrld.bg/sunB50YtXxp
EN - http://wrld.bg/Hofp50YtXxh
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月1日 03:02
📷 Photo
O‘zbekiston Jahon banki ko‘magida transport infratuzilmasi va xizmatlarini modernizatsiya qilmoqda
🌐🇺🇿 Jahon banki O‘zbekistonga transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va sohada kompleks islohotlarni amalga oshirish uchun 200 million dollar ajratishni ma’qulladi.
🛣 Yangi loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi huzuridagi “Avtoyo‘linvest” agentligi M41 mintaqaviy avtomobil yo‘lining 91 km qismini rekonstruksiya qiladi. Ushbu yo‘l O‘zbekistonni Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikasi va Afg‘oniston bilan bog‘laydi. Mavjud ikki qatorli yo‘l to‘rt qatorli avtomagistralga kengaytiriladi.
👷 Rekonstruksiya yakunlangach, ushbu yo‘l qismidan har kuni qariyb 35 000 haydovchi va yo‘lovchi foydalanadi. Shuningdek, avtomagistralga yondosh hududlarda yashovchi taxminan 550 000 aholining transport xizmatlari va iqtisodiy imkoniyatlardan kengroq foydalanishini ta’minlaydi, jumladan biznesni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish orqali.
📊 Loyiha yo‘l qoplamasi sifatini yaxshilash, yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va avtobus bekatlarining qulayligini yaxshilash bo‘yicha qurilish ishlarini moliyalashtiradi. Shuningdek, suv toshqinlari xavfini kamaytirish uchun 180 ga yaqin ko‘prik va drenaj inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan.
✅ Ushbu chora-tadbirlar avtomobil yo‘lining rekonstruksiya qilinayotgan qismida yo‘l-transport hodisalari va o‘lim holatlari sonini kamaytirishga, yo‘lga ketadigan vaqtni qisqartirishga (aholi punktlaridan tashqarida o‘rtacha tezlik 65 km/soatdan taxminan 90 km/soatgacha oshadi) hamda yo‘lovchi va yuk tashishning ishonchliligini oshirishga yordam beradi.
📈 Loyiha, shuningdek, Transport vazirligiga multimodal tashuvlarni rivojlantirish milliy strategiyasini ishlab chiqishda ko‘maklashadi. Ushbu strategiya transport xizmatlari va infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat organlarining salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.
🚞 Shu bilan birga, loyiha doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘z biznes-jarayonlarini, jumladan korporativ boshqaruvni mustahkamlash, moliyaviy shaffoflikni oshirish, yo‘lovchi tashishni rejalashtirishni yaxshilash va ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) amaliyotlarini joriy etish orqali takomillashtiradi.
ℹ️ Loyiha haqida batafsil ma’lumot:
UZ – http://wrld.bg/f8Si50YxAXI
RU – http://wrld.bg/ffS350YxAVh
EN – http://wrld.bg/k5CQ50YxB0B
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月1日 03:02
📷 Photo
🌐🇺🇿 The World Bank Country Office for Uzbekistan is hiring.
🤝 We invite qualified candidates to apply for the position of Assistant to support the activities of our Procurement Team in Tashkent.
📝 Application deadline: March 31, 2026.
ℹ️ Learn more: https://bit.ly/47C6Rbu
🙏 Please share this job advertisement with eligible candidates.
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
920
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月1日 03:02
📷 Photo
🌸 Oʻzbekiston xalqini goʻzal bahor bayrami — Navroʻz bilan tabriklaymiz!
🤝 Butun mamlakatdagi doʻstlarimizga, hamkorlarimizga va benefitsiarlarimizga baxt va farovonlik tilaymiz.
Eng ezgu tilaklar bilan,
Jahon banki guruhining Oʻzbekistondagi jamoasi
***
🌸 Поздравляем народ Узбекистана с прекрасным весенним праздником Навруз!
🤝 Желаем счастья и процветания нашим друзьям, партнёрам и бенефициарам по всей стране.
С наилучшими пожеланиями,
Команда Группы Всемирного банка в Узбекистане
***
🌸 We congratulate the people of Uzbekistan with the beautiful spring holiday of Navruz!
🤝 Wishing happiness and prosperity to our friends, partners, and beneficiaries across the country.
Best wishes,
World Bank Group Team in Uzbekistan
470
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月1日 03:02
🌐🇺🇿 Пинар Яшар, наш страновой экономист в представительстве Всемирного банка в Ташкенте, приняла участие в мероприятии, организованном Ассоциацией экономического сотрудничества Европа–Узбекистан (EUROUZ), посвященном экономическому развитию страны.
📰 http://Gazeta.uz/ в своей статье обобщило некоторые тезисы ее выступления:
✅ Узбекистан демонстрирует впечатляющий прогресс на пути к вступлению во Всемирную торговую организацию (ВТО). Членство может потенциально увеличить ВВП страны примерно на 17% и сократить уровень бедности на 1,6 процентного пункта.
✅ Несмотря на сохраняющиеся вызовы и глобальную неопределенность, в 2025 году экономика Узбекистана выросла на 7,7%, что является высоким показателем, при одновременном замедлении инфляции и снижении уровня бедности.
✅ В Узбекистане насчитывается около 2000 государственных предприятий, совокупная выручка которых эквивалентна примерно 30% ВВП. Продолжение реформ в секторе государственных предприятий остается важным фактором для построения конкурентной рыночной экономики.
✅ Дальнейшие реформы и приватизация госпредприятий могут расширить участие частных фирм и компаний в различных секторах, где они способны работать более эффективно, чем госпредприятия, и вносить больший вклад в экономический рост.
✅ Правительство добилось прогресса в реформировании сектора госпредприятий, включая разработку соответствующей законодательной базы для их приватизации и создание Национального инвестиционного фонда для вывода 15 крупных государственных предприятий на международные рынки капитала, повышения их прозрачности и привлечения стратегических инвесторов. Дальнейшие рыночные реформы будут важны для сохранения достигнутого темпа.
✅ Всемирный банк и другие международные партнеры Узбекистана в настоящее время поддерживают правительство в подготовке новой стратегии реформирования сектора госпредприятий.
ℹ️ Подробнее о выступлении Пинар Яшар: https://www.gazeta.uz/ru/2026/03/13/wb/
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月1日 03:02
🌐🇺🇿 Pinar Yashar, Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasining katta iqtisodchisi, Yevropa va O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) tomonidan mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga bag‘ishlangan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.
📰 http://Gazeta.uz/ o‘z maqolasida uning nutqida yangragan ayrim asosiy fikrlarni jamladi:
✅ O‘zbekiston Jahon savdo tashkiloti (JST)ga a'zo bo‘lish yo‘lida sezilarli natijalarga erishmoqda. A’zolik mamlakat YaIMini taxminan 17% ga oshirishi va kambag‘allik darajasini 1,6 foiz punktga pasaytirishi mumkin.
✅ Saqlanib qolayotgan muammolar va global noaniqlikka qaramay, 2025-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,7% ga o‘sdi, bu yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu bilan birga mamlakatda inflyatsiya sekinlashdi va kambag‘allik darajasi pasaydi.
✅ O‘zbekistonda qariyb 2000 ta davlat korxonasi mavjud bo‘lib, ularning umumiy daromadi mamlakat YaIMining taxminan 30% iga teng. Davlat korxonalari sektorida islohotlarni davom ettirish raqobatbardosh bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun muhim omil bo‘lib qolmoqda.
✅ Davlat korxonalarini isloh qilish va xususiylashtirishni davom ettirish xususiy korxonalar va ko‘plab sohalarda davlat korxonalariga qaraganda samaraliroq ishlaydigan va iqtisodiy o‘sishga ko‘proq hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan kompaniyalar ishtirokini kengaytirishi mumkin.
✅ Hukumat davlat korxonalari sektorini isloh qilishda muhim yutuqlarga erishdi. Jumladan, ularni xususiylashtirish uchun zarur qonunchilik bazasi ishlab chiqildi hamda 15 ta yirik davlat korxonasini xalqaro kapital bozorlariga olib chiqish, ularning shaffofligini oshirish va strategik investorlarni jalb qilish maqsadida Milliy investitsiya jamg‘armasi tashkil etildi. Erishilgan sur’atni saqlab qolish uchun bozor islohotlarini davom ettirish muhim bo‘ladi.
✅ Jahon banki va O‘zbekistonning boshqa xalqaro hamkorlari hozirda hukumatni davlat korxonalari sektorini isloh qilish bo‘yicha yangi strategiyani ishlab chiqishda qo‘llab-quvvatlamoqda.
ℹ️ Pinar Yasharning chiqishi haqida batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2026/03/14/wb/
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月1日 03:02
📷 Photo
Uzbekistan to Reduce Gas Network Leaks with World Bank Support
🌐🇺🇿 The World Bank has approved a $10.6 million grant to help Uzbekistan reduce leaks in its aging gas transmission system. The Uzbekistan Gas Leak Repair Facility Project, funded by the World Bank’s Global Flaring and Methane Reduction (GFMR) Trust Fund, will help detect and fix major leaks across the state-owned gas transmission network operated by JSC Uztransgaz (UTG).
📈 By 2029, repairs will recover an estimated 47,500 metric tonnes of gas annually for use by consumers and businesses.
💵 Reduced losses will also generate about $18 million in financial savings, most of which will be reinvested in long-term leak detection and repair efforts to continually improve the efficiency and reliability of UTG’s gas transmission system.
🤝 The GFMR grant will fund long-term gas capture initiatives through a financial facility managed by Uzbekistan’s Ministry of Economy and Finance.
✅ This facility, replenished through project savings, will also finance additional leak repairs across UTG’s gas transmission infrastructure.
👷♂️ The project will also support advanced equipment and training for UTG, helping the company better address gas leaks, and assist it in achieving top-tier reporting and measurement standards for methane emissions—the main component of natural gas.
ℹ️ Learn more about the project:
EN - http://wrld.bg/Hofp50YtXxh
UZ - http://wrld.bg/r2Yj50YtXyv
RU - http://wrld.bg/sunB50YtXxp
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月1日 03:02
📷 Photo
Всемирный банк выделил Узбекистану грант в $10,6 млн на создание механизма устранения утечек газа.
К 2029 году намечается ежегодно предотвращать утечку около 47,5 тысячи метрических тонн газа, который будет направляться потребителям и бизнесу. Финансовая экономия должна составить около $18 млн.
Без ремонта изношенной инфраструктуры совокупные потери к 2030 году могут достичь 1,75 млрд кубометров газа, что эквивалентно 228 млн долларов недополученных доходов, отметили в ВБ.
https://www.gazeta.uz/ru/2026/03/16/gas-leaks/
https://t.me/gazetauz | https://instagram.com/gazetauzb | https://youtube.com/@GazetaUzb
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月1日 03:02
📷 Photo
Узбекистан сократит утечки в газотранспортных сетях при содействии Всемирного банка
🌐🇺🇿 Всемирный банк одобрил выделение Узбекистану гранта в размере 10,6 млн долларов. Проект «Создание механизма устранения утечек газа в Узбекистане», финансируемый за счёт грантовых средств трастового фонда Всемирного банка по сокращению объёмов факельного сжигания попутного нефтяного газа и выбросов метана (Global Flaring and Methane Reduction, GFMR), поможет в налаживании процессов по выявлению и устранению утечек в газотранспортных сетях, управляемых государственной компанией АО «Узтрансгаз».
📈 В рамках проекта к 2029 году благодаря ремонтным работам планируется ежегодно предотвращать утечку около 47,5 тысяч метрических тонн газа, который будет поставляться потребителям и субъектам предпринимательства.
💵 Снижение потерь газа также обеспечит финансовую экономию в объёме около 18 млн долларов. Значительная доля данных средств будет направлена на реализацию долгосрочных мер по обнаружению и ликвидации утечек. Они позволят обеспечить эффективное и надёжное функционирование газотранспортной системы АО «Узтрансгаз».
🤝 Грантовые средства, предоставленные GFMR, будут использованы для финансирования долгосрочных мер по сокращению потерь газа. Их реализация будет финансироваться через специальный фонд при Министерстве экономики и финансов Узбекистана.
✅ Фонд будет пополняться за счёт средств, полученных от реализации сэкономленного в рамках проекта газа, и финансировать дополнительные работы по устранению утечек в газотранспортной инфраструктуре АО «Узтрансгаз».
👷♂️ Проект также предусматривает инвестиции в приобретение современного оборудования и обучение персонала АО «Узтрансгаз» для повышения эффективности работ по выявлению и устранению утечек газа.
📊 АО «Узтрансгаз» также будет оказано содействие во внедрении международных стандартов отчётности и измерения выбросов метана — основного компонента природного газа.
ℹ️ Подробнее о проекте:
RU - http://wrld.bg/sunB50YtXxp
UZ - http://wrld.bg/r2Yj50YtXyv
EN - http://wrld.bg/Hofp50YtXxh
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月1日 03:02
📷 Photo
Oʻzbekiston Jahon banki ko‘magida gaz uzatish tarmoqlaridagi sizib chiqishlarni kamaytiradi
🌐🇺🇿 Jahon banki O‘zbekistonga 10,6 mln dollar miqdorida grant ajratishni ma’qulladi. Jahon bankining yo‘ldosh neft gazini yoqish va metan chiqindilarini kamaytirish (Global Flaring and Methane Reduction, GFMR) trast jamg‘armasining grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda gaz sizib chiqishini bartaraf etish mexanizmini yaratish” loyihasi “O‘ztransgaz” AJ davlat kompaniyasi tomonidan boshqariladigan gaz uzatish tarmoqlarida sizib chiqishlarni aniqlash va bartaraf etish jarayonlarini yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.
📈 Loyiha doirasida 2029-yilga kelib ta'mirlash ishlari natijasida yiliga taxminan 47,5 ming tonna gaz sizib chiqishining oldini olish rejalashtirilgan bo'lib, ushbu gaz iste'molchilar va tadbirkorlik subyektlariga yetkazib beriladi.
💵 Gaz yo‘qotishlarining kamayishi, shuningdek, taxminan 18 million dollar miqdorida mablag‘lar tejalishini ta’minlaydi. Ushbu mablag‘larning katta qismi sizib chiqishni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha uzoq muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Ular “O‘ztransgaz” AJ gaz uzatish tizimining samarali va ishonchli faoliyat yuritishini ta’minlash imkonini beradi.
🤝 GFMR tomonidan taqdim etilgan grant mablag‘lari gaz yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha uzoq muddatli chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun ishlatiladi. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi maxsus jamg‘arma orqali moliyalashtiriladi.
✅ Jamg‘arma loyiha doirasida tejalgan gazni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan to‘ldiriladi va “O‘ztransgaz” AJning gaz uzatish infratuzilmasidagi sizib chiqishlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shimcha ishlarni moliyalashtiradi.
👷♂️ Loyiha, shuningdek, gaz sizib chiqishini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish uchun “O‘ztransgaz” AJga zamonaviy uskunalar sotib olish va xodimlarni o‘qitishga sarmoya kiritishni nazarda tutadi.
📊 Shuningdek, “O‘ztransgaz” AJga tabiiy gazning asosiy komponenti bo‘lgan metan emissiyasi bo‘yicha hisobot va o‘lchashning xalqaro standartlarini joriy etishda ko‘maklashiladi.
ℹ️ Loyiha haqida batafsil ma’lumot:
UZ - http://wrld.bg/r2Yj50YtXyv
RU - http://wrld.bg/sunB50YtXxp
EN - http://wrld.bg/Hofp50YtXxh
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年4月1日 03:02
📷 Photo
🌐 В рамках Водно-энергетической программы для Центральной Азии (#CAWEP), администрируемой Всемирным банком и поддерживаемой Европейским союзом, Швейцарией и Великобританией, мы в настоящее время работаем с Исполнительным комитетом Международного фонда спасения Арала (ИК МФСА) и странами-участницами МФСА над разработкой пятилетнего проекта «Сотрудничество в области повышения эффективности водопользования в Центральной Азии». Он направлен на укрепление регионального сотрудничества в целях повышения эффективности управления трансграничными водными ресурсами.
ℹ️ Подробнее о деятельности CAWEP: https://bit.ly/47Geq0P
🤝 На прошлой неделе рабочая группа, в которую вошли представители ИК МФСА, министерств и ведомств четырех стран Центральной Азии, ответственных за управление водными ресурсами, а также Всемирного банка, провела в Ташкенте (Узбекистан) двухдневную консультативную встречу.
Группа занимается подготовкой вышеуказанного регионального проекта. Как ожидается, он может быть профинансирован за счет грантовых средств в рамках Региональной программы Всемирного банка по повышению эффективности и сохранению водных ресурсов в Центральной Азии, одобренной в мае 2025 года.
✍️ Участники встречи работали над подготовкой проектного предложения, включая определение потенциальных приоритетных направлений сотрудничества, совместных региональных мероприятий, бюджета проекта, сроков его реализации и ожидаемых результатов.
✅ В ходе встречи были согласованы дальнейшие шаги для своевременного завершения работы над проектным предложением. Ожидается, что ИК МФСА представит его от имени стран-участниц МФСА на рассмотрение Всемирного банка. По итогам рассмотрения Банк может принять решение о предоставлении грантового финансирования, которое позволит начать реализацию регионального проекта в 2026 или 2027 году.
🧭 Участники встречи также представили результаты своих обсуждений международным партнерам по развитию, включая представителей Европейского союза, Швейцарского агентства по развитию и сотрудничеству, Министерства иностранных дел, по делам Содружества и развития Великобритании, Германского общества по международному сотрудничеству (GIZ), Европейского банка реконструкции и развития и Международного института управления водными ресурсами. Стороны рассмотрели потенциальные направления сотрудничества и возможности объединения финансовых ресурсов для реализации конкретных проектных мероприятий.
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/
World Bank Uzbekistan - Jahon bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi
2026年3月27日 06:08
📷 Photo
🌐 Jahon banki tomonidan boshqariladigan hamda Yevropa ittifoqi, Shveysariya va Buyuk Britaniya hukumatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Markaziy Osiyo uchun suv va energetika dasturi (CAWEP) doirasida biz hozirda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi va jamg‘arma a’zo davlatlari bilan birgalikda “Markaziy Osiyoda suvdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik” nomli besh yillik loyihani ishlab chiqish ustida ishlayapmiz. Loyiha transchegaraviy suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
ℹ️ CAWEP faoliyati haqida batafsil: https://bit.ly/47Geq0P
🤝 O‘tgan hafta Toshkent shahrida tarkibiga Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi vakillari, Markaziy Osiyoning to‘rtta davlatidagi suv resurslarini boshqarishga mas’ul vazirlik va idoralar, shuningdek Jahon banki vakillari kirgan ishchi guruh ishtirokida ikki kunlik maslahat uchrashuvini o‘tkazildi.
Mazkur guruh yuqorida qayd etilgan mintaqaviy loyihani tayyorlash ustida ishlamoqda. Kutilmalarga ko‘ra, loyiha Jahon bankining Markaziy Osiyoda suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni saqlash bo‘yicha mintaqaviy dasturi doirasida grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi mumkin. Ushbu dastur 2025-yil may oyida ma’qullangan.
✍️ Uchrashuv ishtirokchilari loyiha taklifini tayyorlash ustida ishladilar. Jumladan, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, qo‘shma mintaqaviy tadbirlarni belgilash, loyiha byudjeti, uni amalga oshirish muddatlari va kutilayotgan natijalarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv davomida loyiha taklifini o‘z vaqtida yakunlash uchun keyingi qadamlar kelishib olindi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi ushbu taklifni jamg‘arma a’zo davlatlari nomidan Jahon banki ko‘rib chiqishi uchun taqdim etishi kutilmoqda. Taklif o‘rganilgach, Bank grant mablag‘lari ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin, bu esa mintaqaviy loyihani 2026 yoki 2027-yilda amalga oshirishni boshlash imkonini beradi.
🧭 Uchrashuv ishtirokchilari o‘z muhokamalari natijalarini taraqqiyot bo‘yicha xalqaro hamkorlarga ham taqdim etdilar. Ular orasida Yevropa Ittifoqi, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro suv resurslarini boshqarish instituti vakillari bor edi. Tomonlar hamkorlikning istiqboldagi yo‘nalishlari hamda aniq loyiha tadbirlarini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni birlashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
💻 http://www.worldbank.org/uzbekistan 💬 👥 https://www.facebook.com/WorldBankUzbekistan/