O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)
+998 71-230-13-73
O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Join @UzSWLU for exclusive kanal and kochirsh content and discussions in 24
ILMIY-AMALIY ANJUMAN O‘TKAZILDI
2026-yil 14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili II fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Zamonaviy fan va ta’limning rivojlanishida yoshlarning o‘rni: izlanish va ijod masalalari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Anjumanda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va innovatsion ta’lim texnologiyalariga oid ilmiy ma’ruzalar tinglandi.
🏆 Natijalarga ko‘ra:
🥇 Abdullayeva So‘g‘diyona — “Mashina tarjimasi va inson tarjimasi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan 1-o‘rin;
🥈 Nuraddinova Oydin — “Globallashuv davrida o‘zbek tilining rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan 2-o‘rin;
🥉 Sherimmatova Lobar — “Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasining til xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan 3-o‘rinni egalladi.
Mazkur anjuman yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA== | https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d | https://uzswlu.uz/
1,110
8
0
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年5月15日 07:34
🎥 Video
14.05.2026
YANGI NASHR: "DUNYO MAMLAKATLARI"
Muxbir: ELBEK OLIMOV
700
1
0
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年5月15日 07:34
📷 Photo
🎙 "Debyut" vaynerlar maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!
❗️ Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.
📢“Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.
📌 Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:
➡️ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.
☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.
🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq https://t.me/debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年5月15日 07:34
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
14 may 2026 yil sanasida Ingliz tili 2-fakultetida fakultet dekani Bazarov Zokir Mehrikulovich, Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Begmatova Sohiba Mustafoyevna hamda o'quv-uslubiy ishlar bo'yicha dekan muovini Abdusamatov Zafar Nurmatovichlar tomonidan talabalar bilan ochiq muloqot va uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv davomida talabalarning ilmiy faoliyati, ilmiy maqola va tezislar ustida olib borayotgan ishlari, turli tanlov va konferensiyalardagi ishtiroki, shuningdek, fakultet hamda universitet miqyosidagi tadbirlardagi faolligi haqida atroflicha suhbat olib borildi.
Rahbariyat tomonidan bugungi kunda yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni innovatsion g‘oyalar va tashabbuslarni ilgari surishga undash, iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Talabalarga ilmiy izlanishlar olib borish, xalqaro va respublika miqyosidagi loyihalarda faol qatnashish, xorijiy tillarni mukammal o‘rganish hamda o‘z ustida muntazam ishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida fakultet hayotida faol ishtirok etayotgan, o‘zining namunali xulqi, tashabbuskorligi va ilmiy salohiyati bilan ajralib turgan talabalar e’tirof etildi. Talabalar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar tinglanib, ularni amalga oshirish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Mazkur uchrashuv samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, talabalar uchun motivatsion va manfaatli muloqot maydoniga aylandi.
😊Ingliz tili 2 fakulteti ishtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling.!
📱Telegram 📱Istagram
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年5月15日 07:34
📷 Photo
5-sonli talabalar turar joyiga tashrif
🇺🇿 13-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti maʼmuriyati tomonidan talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi.
Tashrifda fakultet dekani D. Djurayev hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari U. Nazarov ishtirok etdi. Tashrif davomida talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, xonalar sanitariya holati hamda yotoqxonadagi umumiy tartib-intizom bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, talabalarning kundalik hayoti, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishi hamda yaqinlashib kelayotgan yakuniy nazorat imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlariga alohida eʼtibor qaratildi. Masʼullar tomonidan talabalarga imtihonlarga puxta tayyorgarlik koʻrish, vaqtni toʻgʻri taqsimlash va tartib-intizomga amal qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tashrif davomida yotoqxona hududida tozalik va ozodalikka rioya etish masalalari ham koʻrib chiqildi. Talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot oʻtkazilib, ularning taklif, murojaat va muammolari tinglandi.
Shu kabi uchrashuvlar talabalar bilan yaqindan muloqot oʻrnatish, ularning yashash va taʼlim jarayonidagi ehtiyojlarini oʻrganish hamda qulay ijtimoiy-maʼnaviy muhitni taʼminlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
https://t.me/sharq_filologiyasihttps://www.instagram.com/sharq.filologiyasi?igsh=dzJkbHZ5a2tqbXQzhttps://www.facebook.com/share/15TubD1u2J/
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年4月5日 08:17
📷 Photo
🧠🧠🧠🧠
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti Ingliz tili ikkinchi fakulteti kengashi tomonidan
3-aprel kuni zakovat Dekan kubogi yettinchi tur oʻyini tashkil qilindi.
🧠 Musobaqa davomida talabalar oʻz bilimlari, tezkor fikrlashi va jamoaviy hamkorligini namoyon etdilar. Qiziqarli savollar, kuchli raqobat va yuqori intellektual muhit oʻyinlarga alohida ruh bagʻishladi.
🏅Jamoalar reyting ballarini yigʻishda davom etmoqda
Yettinchi tur natijalariga koʻra ushbu jamoalar eng yuqori reyting ballarga ega boʻlib turibdi:
1️⃣Turon 138
2️⃣ Antigrob 118 ( qoʻshimcha koʻrsatkich hisobiga )
3️⃣ Sharqiy Qirollik 118
😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo!
📱 https://t.me/second_faculty_official. 📱 https://www.instagram.com/2nd_faculty_official?igsh=MWE3OW9sY3pweDMzaQ==
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年4月5日 08:17
📷 Photo
🌸 Sumalak partydan lavhalar..
923
9
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年4月5日 08:17
🎥 Video
🟦🟦
“Orol dengiziga poyezd” ekologik aksiyasi doirasida O‘zDJTU vakillarining Xorazm viloyatiga tashrifi davomida o‘tkazilgan madaniy va ekologik tadbirlarning eng yorqin lahzalari video lavhada jamlandi.
Unda Ichan qal’adagi “Cho‘girma” flash mob shousi, tarixiy obidalar bo‘ylab sayohat, trolleybusdagi ekologik tashabbus hamda Jaloliddin Manguberdi haykali va Avesto yodgorligiga tashrif jarayonlari aks etgan.
🎬 Mazkur video orqali ushbu safarning taassurotlari va muhitini yanada yaqqol his etish mumkin.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA==https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d https://uzswlu.uz/
1,120
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年4月5日 08:17
📷 Photo
🟦🟦🟦
O‘ZDJTU VAKILLARI “OROL DENGIZIGA POYEZD” EKOLOGIK AKSIYA DOIRASIDA MADANIY VA EKOLOGIK TADBIRLARDA ISHTIROK ETDI
Qoraqalpog‘iston Respublikasida davom etayotgan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari hamda Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi o‘qituvchisi Jasur Muxammadiyev Xorazm viloyatiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ishtirokchilar qadimiy va betakror tarixiy maskan — Ichan qal’a hududida tashkil etilgan “Cho‘girma” flash mob shouda faol ishtirok etdilar. Tadbir milliy ruh va an’analarga boy tarzda o‘tkazilib, unda turli kuy-qo‘shiqlar, milliy urf-odatlar hamda sahnaviy chiqishlar namoyish etildi. Talabalar ushbu jarayon orqali o‘zbek xalqining boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar Xiva shahridagi ko‘plab tarixiy obidalarni tomosha qilib, ularning tarixiy ahamiyati va me’moriy xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tashrif davomida ekologik jihatdan toza transport vositasi — trolleybus orqali Ichan qal’a hududiga borilgani alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Bu esa yoshlar orasida ekologik madaniyatni targ‘ib etishda muhim jihatlardan biri sifatida qayd etildi.
Bundan tashqari, talabalar Jaloliddin Manguberdi haykalini ziyorat qilib, buyuk tarixiy shaxs xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Shuningdek, Avesto yodgorligiga tashrif buyurilib, qadimgi sivilizatsiya va madaniyat ildizlari bilan tanishildi.
Mazkur tashrif talaba-yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirish hamda ekologik ong va mas’uliyatni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tajriba bo‘ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA==https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d https://uzswlu.uz/
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年4月1日 08:34
🟦🟦
🎥 Imkoniyatlar hammaga teng bo‘lishi kerak
#OAVda_biz
http://Gazeta.uz/ saytida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘qituvchisi va doktoranti Mirali G‘iyosov.
U “Kitob Plus” loyihasi orqali adabiyotlarni yangi usulda targ‘ib qilib kelmoqda. Suhbat davomida Mirali virtual dunyo nega ba’zan real hayotdan qulayroq ekanini, shuningdek, ko‘rish bo‘yicha nogironligi bor insonlar kundalik hayotda duch keladigan muammolar haqida o‘z fikrlarini bildiradi.
Ilhomlantiruvchi va o‘ylantiruvchi ushbu hikoya orqali imkoniyatlar tengligi qanchalik muhim ekanini yana bir bor his qilasiz.
👉 Videoni tomosha qiling: https://youtu.be/8PHVpNbgD94?si=N4jP-NYSJtimhn0z
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA==https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d https://uzswlu.uz/
1,140
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年4月1日 08:34
📷 Photo
🟦🟦🟦
“Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovi: sport bahslari o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Universitet malikasi” ko‘rik-tanlovining sport bo‘yicha bahslari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Musobaqa doirasida ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, tezkorlik, chaqqonlik, kuch va chidamlilik ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Sport shartlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha baholandi:
• 100 metrga yugurish – belgilangan masofani maksimal tezlikda bosib o‘tish;
• Arqonda sakrash – maksimal balni qayd etish;
• Basketbol savatiga to‘p tashlash – vaqt ichida aniqlik va tezlik bilan to‘p tashlash;
• Uzunlikka sakrash – maksimal masofaga sakrash.
Har bir sport yo‘nalishi hakamlar hay’ati tomonidan baholandi va natijalar umumiy ballar tizimida hisobga olindi.
Musobaqa jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilindi, tibbiy xodimlar navbatchilikda bo‘ldi.
Bugungi sport bellashuvi talabalarning sog‘lom raqobat, jismoniy faollik va sport mahoratini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Natijalar asosida eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchilar keyingi bosqichga – universitet final bosqichiga tavsiya etiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA==https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d https://uzswlu.uz/
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年4月1日 08:34
📷 Photo
Karyera imkoniyatlari: bojxona tizimi bilan ochiq muloqot
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi bosqich talabalari uchun Karyera markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona organlari vakillari ishtirokida uchrashuv (workshop) tashkil etildi.
Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov ochib berdi. Uchrashuv davomida bojxona tizimidagi xizmat faoliyati, mavjud imkoniyatlar hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbirda quyidagi vakillar ishtirok etdilar:
🔹 Pirmuxamedova Umida Baxtiyarovna — Bojxona qo‘mitasi raisining maslahatchisi
🔹 Muminov Oybek Alisherovich — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
🔹 Saidov Abbos Tulkunovich — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
🔹 Mamajonov Adil Oripovich — Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Shuningdek, bojxona organlarida amaliyot o‘tash va kelgusida ish faoliyatini boshlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mazkur workshop talabalarning kasbiy rivoji va bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi.
Universitetda yaratilayotgan bunday imkoniyatlar talabalarning kelajakdagi faoliyatida mustahkam zamin yaratadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA==https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d https://uzswlu.uz/
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年3月30日 15:11
📷 Photo
🇺🇿 O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida “Kelajak soati” tashkil etildi
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “O‘zbek madaniyati” mavzusida Kelajak soati bo‘lib o‘tdi.
🧠 Mazkur tadbirda talabalarga o‘zbek milliy madaniyatining mazmun-mohiyati, uning tarixiy shakllanishi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning yoshlar ma’naviy kamolotidagi ahamiyati alohida yoritildi.
🖌 Shuningdek, globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni saqlash, madaniy merosni asrab-avaylash va uni zamonaviy hayot bilan uyg‘un rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.
🇺🇿 “Kelajak soati” darsi fakultet dekani X. Xakimov tomonidan olib borilib, mavzuning dolzarbligi keng yoritildi hamda talaba-yoshlar milliy qadriyatlarga hurmat ruhida bo‘lishga chaqirildi.
✏️ Milliy madaniyatni o‘rganish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish — har bir ongli insonning muhim vazifasidir.
✅ Biz bilan birga bo’ling!
📱 https://t.me/rgffaculty 📱 https://www.instagram.com/rgf_rasmiy?igsh=aGxxbHU1Y2FqbnQz&utm_source=qr 📱 https://youtube.com/@rgf_leaders?si=EpYgayJ0wELT5IXo
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年3月30日 15:11
🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun yangi imkoniyat!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona organlari tomonidan iqtidorli, bilimli hamda faol yoshlarni tizimga jalb etish maqsadida universitetimiz bitiruvchi talabalari bilan uchrashuv (suhbat) tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Mazkur uchrashuv davomida talabalarga bojxona organlarida xizmat qilishning afzalliklari, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, talabalar uchun bojxona organlarida amaliyot o‘tash imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi.
Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi mezonlarga mos keluvchi talabalar taklif etiladi:
👇👇👇
🔖 Talabalarni saralash mezonlari:
🔻 Bilim va professional ko‘nikmalar
✔️ Kamida 2 ta xorijiy tilni bilishi (ingliz tili majburiy, qo‘shimcha ravishda fransuz, rus, xitoy, koreys, turk va boshqa tillar);
🔻Axborot texnologiyalari va raqamli dasturlar
✔️ MS Excel, maʼlumotlar tahlili, dasturlash asoslari va boshqalar bo‘yicha bilimga ega bo‘lishi;
✔️ Iqtisod, huquq, xalqaro savdo, logistika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha yaxshi akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi;
🔻 Ijtimoiy faollik
✔️ Universitet hayotida faol ishtirok etishi;
✔️ Talabalar tashkilotlari, yoshlar ittifoqi, ilmiy to‘garaklarda ishtirok etishi;
✔️ Jamoada ishlash va liderlik qobiliyati;
🔻Shaxsiy sifatlar
✔️ Intizomlilik va masʼuliyatlilik;
✔️ Halollik va fidoyilik;
✔️ Tashabbuskorlik va tahlil qilish qobiliyati;
🔻Qo‘shimcha yutuqlar
✔️ Respublika yoki xalqaro fan olimpiadalari, tanlovlar va konferensiyalarda ishtirok yoki g‘oliblik;
✔️Sport musobaqalarida yutuqlar;
✔️ Ilmiy maqolalar yoki startap loyihalar.
📌 Mazkur imkoniyatdan foydalanib, o‘z professional faoliyatini bojxona sohasida davom ettirish istagida bo‘lgan barcha faol talabalarni ushbu suhbatda ishtirok etishga chorlaymiz.
📎 Qo‘shimcha ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha Karyera markaziga murojaat qilishingiz mumkin.
Fursatni qo‘ldan boy bermang!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA==https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d https://uzswlu.uz/
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年3月30日 15:11
📷 Photo
https://t.me/qaytatayyorlashvamalakaoshirishhttps://t.me/qaytatayyorlashvamalakaoshirish
Joriy yilning mart oyida tashkil etilgan malaka oshirish va stajirovka kurslari davom etmoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari OTMlaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka kurslari izchil tashkil etilmoqda.
Mazkur kurslar doirasida ishtirokchilar zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda ilg‘or xorijiy tajribalar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining ilmiy va kasbiy salohiyatlarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Mashg‘ulotlar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilib, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, metodika yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar pedagogika fanlari doktori, professor Raxmonov Azizxon Bositxonovich tomonidan olib borildi. Malakali mutaxassis tomonidan tashkil etilgan darslar davomida samarali o‘qitish usullari, metodik yondashuvlar hamda amaliy tajribaga asoslangan yechimlar keng yoritildi.
Tarmoq markazida amalga oshirilayotgan ushbu kurslar xalqaro tajriba almashinuvi, ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻
🚀 https://t.me/qaytatayyorlashvamalakaoshirish
🔵 https://www.facebook.com/share/f17hkSaG1w79uTX4/
📷 https://www.instagram.com/uzdjtu_tarmoq_markazi?igsh=NmNjdGtlY251MzF5
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年3月30日 15:11
📷 Photo
🔸 Siz ispan tilini oson o‘rganish va kerakli ma’lumotlarni muntazam olib boriladigan kanal borligini bilarmidingiz? 🇪🇸
⭐️ Dilrabo Keldiyorovna Baxronova — filologiya fanlari doktori (DSc), professor, zamonaviy filologiya sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritadi. Ilmiy izlanishlari tarjimashunoslik, lingvokognitiv tadqiqotlar hamda ispan va o‘zbek tillarining qiyosiy tahliliga qaratilgan bo‘lib, madaniyatlararo kommunikatsiya va til hamda tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlik masalalarini chuqur o‘rganadi.
🔻 Dilrabo Keldiyorovna Baxronova ilmiy faoliyat bilan bir qatorda badiiy tarjima sohasida ham samarali ish olib borib, ispan va iberoamerika adabiyoti namunalarini o‘zbek tiliga, o‘zbek adabiyotining sara asarlarini esa ispan tiliga tarjima qilib kelmoqda. Ushbu tarjimalar milliy adabiyotni xalqaro maydonga olib chiqish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda turli xalqlar o‘rtasida adabiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔺 Shuningdek, “Aprendemos español” Telegram kanali orqali zamonaviy ta’lim platformasini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, unda ispan tilini o‘rganishga oid darslar, grammatik materiallar, lug‘atlar, testlar va interaktiv topshiriqlar muntazam joylab boriladi. Kanalda materiallar o‘zbek, ingliz, rus va ispan tillarida taqdim etilib, qo‘shiqlar, videolar va foydali kontentlar bilan boyitilgan. Bu esa kanalni qulay, zamonaviy va ko‘p tilli o‘quv platformaga aylantiradi.
➡️ Obuna bo‘lish: https://t.me/EspanolPorFavor
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年3月30日 15:11
📷 Photo
🌸 OʻDJTU Angren fakultetida Navro‘z shukuhi!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Angren fakultetida bahor nafasi va yangilanish ayyomi — Navro‘z munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
27-mart kuni o‘tkazilgan ushbu tantana o‘ziga xos mazmun va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirning asosiy diqqat markazida talabalarning ijodiy chiqishlari va milliy qadriyatlarimiz namoyishi turdi.
🇺🇿 Viloyatlar madaniyati bir manzilda.
Bayramning eng qiziqarli qismi talabalar tomonidan tayyorlangan "Viloyatlar taqdimoti" bo‘ldi. Har bir guruh yurtimizning turli hududlari — voha-yu vodiyning o‘ziga xos:
-Ur-odatlari va an’analarini;
-liboslarini;
-Dasturxon bezatish sirlari va tansiq taomlarini mahorat bilan namoyish etishdi.
Fakultet hovlisi go‘yo butun O‘zbekistonni o‘zida mujassam etgan kichik va rang-barang xaritaga aylandi. Talabalarning sho‘x raqslari, milliy kuy-qo‘shiqlar va qizg‘in chiqishlari yig‘ilganlarga haqiqiy bahoriy kayfiyat ulashdi.
Navro‘z — birlik va ahillik ramzi. Bugungi tadbir nafaqat bayram, balki talabalarimizning milliy o‘zligimizga bo‘lgan hurmati va mehrini yana bir bor isbotladi.
Barcha ustoz va talabalarni Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etamiz! 🌿✨
#Navruz #OzDJTU #Angren #Talabalar #MilliyQadriyat #Bahor
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🌐 https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年3月30日 15:11
📷 Photo
Joriy yilning 28-mart kuni O‘zbekiston jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari psixol.f.d. (DSc) professori A. K. Shamshetova, universitet psixologi, psixol.f.f.d (PhD) Z. T. Xayrullayeva psixolog.f.f.d.( PhD), v.b. dotsent, D. T. Polvanova, psixol.f.f.d (PhD) dotsent, M. M. Miliyeva, katta o‘qtuvchi A. A. Bozorovlar
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Amaliy psixologiya kafedrasi hamda “Maktabgacha va maktab ta’limi” vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo mintaqasida psixologiya: Holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiyada faol ishtirok etishdi.
Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ–200-son qarori ijrosini ta’minlash xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga muvofiq tashkil etildi.
Konferensiyada Evropa va MDH davlatlari olimlari tomonidan quyidagi dolzarb mavzularda ma’ruza va munozaralar olib borildi:
☆Kross-madaniy tadqiqotlar kontekstida turkiy xalqlarning psixologik maktablari va rivojlanish tendensiyalari;
☆Jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda ruhiy salomatlik va psixologik farovonlik masalalari;
☆Inklyuziv ta’limni psixologik qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy yondashuvlari;
☆Shaxs va ijtimoiy guruhlar psixologiyasining dolzarb amaliy tadqiqotlari;
☆Psixolog faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy asoslar (Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi ochib berildi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年3月27日 19:23
📷 Photo
“Qadim so‘z izidan” loyihasining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Turkiya Respublikasi Yoshlar va sport vazirligining xalqaro almashinuv dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Qadim so‘z izidan: umumiy til va adabiyot mutaxassislari almashinuvi” loyihasining dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur yig‘ilishda loyihaning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari hamda bosqichlari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda loyiha koordinatori — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ko‘ngilli o‘qituvchisi, dotsent, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Muhammed İkbâl Güler tomonidan loyiha taqdimoti o‘tkazildi. Unda ishtirokchilarni kutayotgan ilmiy va madaniy dasturlar, hamkorlik yo‘nalishlari hamda kutilayotgan natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, loyihaning birinchi bosqichi 2026-yil 13–19-aprel kunlari Turkiyada o‘tkaziladi. Unda O‘zbekistondan jami 11 nafar professor-o‘qituvchi va 3 nafar talaba ishtirok etadi. Dastur doirasida UNESCO tomonidan “Adabiyot shahri” deb e’tirof etilgan Qahramonmarash, shuningdek, Shanliurfa va Gaziantep shaharlariga tashriflar amalga oshiriladi.
Loyihaning ikkinchi bosqichi esa 2026-yil 11–18-may kunlari O‘zbekistonda tashkil etiladi. Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida o‘tkaziladigan uchrashuvlar, ilmiy muloqotlar va madaniy tadbirlar orqali ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashadi.
Mazkur loyiha turkiy va o‘zbek tillarining mushtarak ildizlari asosida adabiyot va tilshunoslik yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlash, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy va akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Shuningdek, loyiha davomida kelgusida yoshlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda “Turkiya–O‘zbekiston yoshlar tili va adabiyoti festivali”ni tashkil etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
https://instagram.com/uzswlu_official?igshid=MzRlODBiNWFlZA==https://www.facebook.com/uzswlu.uz?mibextid=LQQJ4d https://uzswlu.uz/
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年3月27日 19:23
📷 Photo
🏛“Jadidlar haqida insholar” tanlovi final bosqichi – SAMDUda!
🌐Bugun Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar haqida insholar” tanlovining yakuniy final bosqichida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarining g‘olib talabalari ishtirok etdi.
✅Finalni markaz direktori Abdumalik Akramov ochib berib, ushbu tanlovning yoshlar bilimini oshirishdagi ahamiyati haqida to‘xtalib, ishtirokchilarga omad tiladi.
✅ Final bosqichida 70 dan ortiq ishtirokchi 1 soat davomida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” va “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insho yozdilar.
🇬🇧Shu qatorda, Ingliz tili 3-fakulteti talabasi Tulayeva Jasmina ham faol ishtirok etdi.
🇺🇿 Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan I, II va III darajali diplom hamda 1-o‘rin 8 million so‘m, 2-o‘rin 6 million so‘m va 3-o‘rin 5 million so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan tantanali taqdirlanadi.
607
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年3月27日 19:23
📷 Photo
🪩 Joriy yilning 27➖mart sanasida Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi mudiri L. Xoliyarov va professor-o‘qituvchilar bilan “Siyosiy ma’rifat soati”ning 12-soni mazmuni atroflicha muhokama qilindi.
🕌 Jumladan, Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi mamlakatimizning boy tarixiy va ma’naviy merosini o‘rganish, uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishda muhim qadam ekani qayd etildi.
📚 Shuningdek, buyuk o‘zbek adibi Abdulla Qodiriy tavalludi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
♻️ Yig‘ilishda mahallalarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish hamda aholi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish borasidagi islohotlar haqida ham fikr almashildi.
✅ Shu bilan birga, mamlakatimizdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✅ https://t.me/TF_UZSWLU. ✅ https://t.me/yoshlar_ittifoqi_tarjimonlik
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
2026年3月27日 19:23
🎥 Video
🌸Navro‘z – yangilanish va ezgulik bayrami! 🌸
26-mart kuni universitetimizda ko‘tarinki ruhda Navro‘z bayrami keng nishonlandi. Ushbu go‘zal ayyomda "TARJIMONLIK" fakulteti "Ingliz tili tarjima nazariyasi" kafedrasi ham faol ishtirok etib, o‘zining ijodiy chiqishlari, milliy an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalari hamda tashabbuskorligi bilan barchaning e’tiborini qozondi.
🎀Bayram davomida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniy merosimiz yana bir bor namoyon bo‘ldi. Talabalar va ustozlar birgalikda bayramona kayfiyatni baham ko‘rib, Navro‘zning iliq va samimiy muhitini yaratdilar.
🎉Kafedramiz jamoasi barcha ishtirokchilarni ushbu bahoriy bayram bilan yana bir bor muborakbod etadi! 🌿
👉Bizni kuzatishda davom eting:
https://t.me/PhDAssociateProfessorhttps://t.me/scientificconferenceshttps://t.me/ITIT_ILMIY_TADQIQOT_INSTITUTI