«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年8月28日 10:24
🎥 Video
#35_yil
#Mustaqillik
#Kasbim_faxrim
#Mustaqillik_tengdoshi
🇺🇿 «Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali jamiyati jamoasi Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik shodyonasi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni tabriklaydi!
✅ Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
158
0
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年8月28日 10:24
📷 Photo
♟️🏓 SPORT — SOG‘LOM HAYOT VA BIRDAMLIK GAROVI!
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hamda “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida xodimlar o‘rtasida shaxmat va stol tennisi bo‘yicha qiziqarli va murosasiz sport musobaqalari tashkil etildi.
🔥 Musobaqa davomida ishtirokchilar nafaqat o‘zlarining sport mahoratini, balki tezkor fikrlash, chaqqonlik, sabr-toqat va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar.
🤝 Bunday sport tadbirlari jamoada sog‘lom muhitni mustahkamlash, xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
🥇🥈🥉 Musobaqa g‘olib va sovrindorlari Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
⚡️ Sog‘lom jamoa — kuchli jamoa!
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年8月28日 10:24
📷 Photo
#Live
⚡️ YOSHLAR BILAN NAVBATDAGI OCHIQ MULOQOT
Ayni daqiqalarda “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali yosh xodimlari va respublika yosh energetiklar ishtirokida navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo’lib o‘tmoqda.
Muloqot davomida Mustaqillikning 35 yilligi shodiyonalariga tayyorgarlik jarayonlari, yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligi hamda Istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar haqida fikr almashilmoqda.
Shuningdek, uchrashuvning asosiy mavzusi — badiiy asarlar tahlili. Unda milliy adabiyotimizning yorqin namunalari, badiiy asarlarning yoshlar dunyoqarashi, bilim va salohiyatini yuksaltirishdagi o‘rni yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar olib borilmoqda.
📚 Ochiq muloqot yoshlarning fikr va mulohazalarini erkin bildirishlari, kitobxonlik va ma’naviy-ma’rifiy bilimlarini oshirishlari uchun muhim maydon bo‘lmoqda.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
1,260
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年8月28日 10:24
📷 Photo
⚠️ DIQQAT E’LON!
🔌 Olmazor va Shayxontohur tumani aholisiga
2026-yil 27-avgust kuni soat 00:00 dan 03:00 ga qadar 110/10/6 kV kuchlanishli “Vistavochnaya” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Natijada quyidagi hududlar elektr energiyasidan vaqtincha uziladi:
Olmazor tumani:
▪️ “Quyosh” MFY
▪️ “Allon” MFY
▪️ “Chustiy” MFY
▪️ “Orzu” MFY
▪️ “Ziyo” MFY
▪️ “Universitet” MFY
▪️ “Chimboy” MFY
▪️ “Zamondosh” MFY
Shayxontohur tumani:
▪️ “Bog‘ ko‘cha” MFY
▪️ “Yangi shahar” MFY
▪️ “Ilg‘or” MFY
▪️ “Zafarobod” MFY
▪️ “Bo‘ston” MFY
▪️ “M. Uyg’ur” MFY
🔧 Ta’mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda elektr yuklamalarini teng taqsimlash maqsadida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatiladi.
🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年8月28日 10:24
🎥 Video
⚡️ “SEVINCH” PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA
“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi Shayxontohur tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Sevinch” podstansiyasi 1980-yilda foydalanishga topshirilgan.
🔹 Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 598-son qarori asosida “Sevinch” podstansiyasida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
🔹 Modernizatsiya doirasida mavjud 2×16 MVA quvvatli transformatorlar 2×25 MVA quvvatli transformatorlarga almashtirilmoqda.
🔹 “Dolzarb 40 kunlik” doirasida podstansiyadagi elektr qurilmalari to‘liq modernizatsiya qilinmoqda.
⚡️ Modernizatsiya natijasida:
— Shayxontohur tumanidagi maishiy va ulgurji iste’molchilarning elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi;
— 18 MVA qo‘shimcha quvvat zaxirasi yaratiladi;
— elektr qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashi ta’minlanadi.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
4,170
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年8月9日 07:44
💙💙💙
Бугун соат 20:00да Тошкент шаҳридаги 35 кВ кучланишли Л-Астрономическая электр узатиш кабель тармоғи ҳимоя тизими ишлаши оқибатида ўчгани сабабли пойтахтимизнинг Мирзо Улуғбек туманининг айрим ҳудудлари истеъмолчилари электр таъминотида узилишлар кузатилмоқда.
Айни пайтда махсус бригада томонидан содир бўлган носозликни аниқлаш ва бартараф этиш ишлари олиб борилмоқда.
Истеъмолчиларга захира манбалар орқали кучланиш бериш чоралари кўрилмоқда.
Носозликлар тезда бартараф этилиб, истеъмолчилар электр таъминоти тикланади.
Келтирилган ноқулайликлар учун истеъмолчилардан узр сўраймиз.
311
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年8月9日 07:44
💙💙💙 Бугун соат 20:00да Тошкент шаҳридаги 35 кВ кучланишли Л-Астрономическая электр узатиш кабель тармоғи ҳимоя тизими ишлаши оқибатида ўчгани сабабли пойтахтимизнинг Мирзо Улуғбек туманининг айрим ҳудудлари истеъмолчилари электр таъминотида узилишлар кузатилмоқда.…
287
0
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年8月9日 07:44
📷 Photo
⚡️ YANGILANISH VA MODERNIZATSIYA JARAYONI
📍 Yunusobod tumani
🏗 35/10/10 kV kuchlanishli “Shayxontohur” podstansiyasida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 598-son qarori asosida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadal davom ettirilmoqda.
🔧 Ayni vaqtda podstansiyaning mavjud elektr qurilmalarini yangilash, zamonaviy uskunalarni o‘rnatish hamda elektr ta’minotining ishonchliligini oshirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
⚡️ Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida elektr tarmoqlarining barqarorligi va iste’molchilarni ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyatlari yanada oshiriladi.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
366
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年8月9日 07:44
📷 Photo
⚡️ ENERGETIKA OBYEKTLARIDA ZAMONAVIY QURILMALAR O‘RNATILMOQDA
✍️ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida elektr tarmoqlari infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.
📍 Chilonzor tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Yurtim” podstansiyasida ham keng ko‘lamli yangilash ishlari olib borilmoqda.
⚙️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 598-son qarori asosida podstansiyada modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
🔧 Loyiha doirasida 2×40 MVA transformatorlar 2×63 MVA transformatorlarga almashtirilmoqda, shuningdek, mavjud elektr qurilmalari bosqichma-bosqich yangilanmoqda.
📈 Ishlar yakunlangach, 61 MVA qo‘shimcha quvvat zaxirasi yaratiladi. Natijada 48 750 nafar aholi va ulgurji iste’molchilarning elektr ta’minoti imkoniyatlari kengayib, podstansiyaning ishonchliligi yanada oshadi.
✅Maqsad: Bu ishlar Iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年8月9日 07:44
E’LON !!!
Bugun soat 08:42 da Toshkent shahridagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Vodnik” podstansiyasida “Ochistnaya-6” yacheykasidagi nosozlik sababli xavfsizlik chorasi sifatida T-2 transformatorining 10 kV kuchlanish tomoni o‘chirildi.
Natijada Bektemir tumanining “Musaffo”, “Oltin Topgan” hamda “Promzona” ko‘chalaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.
Ayni paytda “Vodnik” podstansiyasida T-2 transformatoriga 10 kV kuchlanish berildi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
507
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年5月14日 14:02
📷 Photo
⚡️Chilonzor tumani hududida elektr ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida muhim modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
🔧 VMQ-598 qaroriga asosan “Bunyodkor” podstansiyasida mavjud T-1 16000 kVA quvvat transformatori zamonaviy va yuqori quvvatli 25000 kVA transformatoriga almashtirilmoqda.
✅ Mazkur ishlar:
🔹 iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash;
🔹 yuklamalarni me’yorida taqsimlash;
🔹 podstansiya quvvatini oshirish hamda
🔹 elektr tarmoqlari ishonchliligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
📸 110/10 kV kuchlanishli “Bunyodkor” podstansiyasida olib borilayotgan ish jarayonidan fotolavhalar.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
211
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年5月14日 14:02
💙💙💙
Бугун соат 07:32 да Тошкент шаҳридаги Л-МЖК-2 электр узатиш тармоғи ҳимоя тизими ишлаши оқибатида ўчди.
Натижада Жарқўрғон, Фарғона йўли кўчалари, Янгиобод ва Промзона маҳаллаларининг айрим ҳудудлари истеъмолчилари электр таъминоти узилишлар кузатилмоқда.
Айни пайтда махсус бригада томонидан содир бўлган носозликни аниқлаш ва бартараф этиш ишлари олиб борилмоқда. Истеъмолчиларга захира манбалар орқали кучланиш бериш чоралари кўрилмоқда.
Носозликлар тезда бартараф этилиб, истеъмолчилар электр таъминоти тикланади.
Келтирилган ноқулайликлар учун истеъмолчилардан узр сўраймиз.
156
1
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年5月14日 14:02
💙💙💙 Бугун соат 07:32 да Тошкент шаҳридаги Л-МЖК-2 электр узатиш тармоғи ҳимоя тизими ишлаши оқибатида ўчди. Натижада Жарқўрғон, Фарғона йўли кўчалари, Янгиобод ва Промзона маҳаллаларининг айрим ҳудудлари истеъмолчилари электр таъминоти узилишлар кузатилмоқда.…
910
0
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年5月14日 14:02
📷 Photo
🛠 REJALASHTIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI
📍 Yangihayot tumanidagi 110/10/10 kV kuchlanishli “TMZ” podstansiyasida “T-1” 80 MVA kuch transformatorida joriy ta’mirlash hamda rele himoya qurilmalarini sinash ishlari olib borilmoqda.
🔧 Mazkur texnik tadbirlar elektr qurilmalarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
147
1
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年5月14日 14:02
📷 Photo
🚨 XAVFSIZLIK TEXNIKASI KUNI
📍 220/110/10 kV kuchlanishli “Keles” podstansiyasida
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi”ning 2022-yil 18-oktabrdagi 608-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetika obyektlarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalari” talablari hamda Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari filialining 2026-yil 8-maydagi 55-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 12-may kuni “Xavfsizlik texnikasi kuni” o‘tkazildi.
⚡ Tadbir davomida:
▪️ Energetika tizimida 2026-yil davomida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar tahlil qilindi
▪️ Xodimlarga xavfsizlik qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi
▪️ Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi
👨🚒 Seminar Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Olmazor tumani FVB katta inspektori, kapitan Sarvar Anorov ishtirokida o‘tkazildi.
✅ Inson hayoti va xavfsizligi — eng oliy qadriyat!
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年5月14日 14:02
ELON !!!
Bugun soat 22:22 da “Vodil” podstansiyasida 35/10 kV T-4 transformatori DZT himoyasi ishlashi natijasida favqulodda o‘chdi.
Hozirda maxsus brigadalar tomonidan o‘chgan iste’molchilarni boshqa manbaga o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.
Elektr ta’minotini qisqa muddatlarda tiklash ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
175
0
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年5月14日 14:02
📷 Photo
ELON !!! Bugun soat 22:22 da “Vodil” podstansiyasida 35/10 kV T-4 transformatori DZT himoyasi ishlashi natijasida favqulodda o‘chdi. Hozirda maxsus brigadalar tomonidan o‘chgan iste’molchilarni boshqa manbaga o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. Elektr ta’minotini…
182
1
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年5月14日 14:02
🎥 Video
⚡️ “Yuksak” podstansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
📍 “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasida “Favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda podstansiya boshlig‘i va qutqaruv tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
👷♂️ O‘quv mashg‘ulotida fuqaro muhofazasi tuzilmalari, muhandis-texnik xodimlar, tibbiy xodimlar hamda mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdi.
🔥 Mashg‘ulot davomida:
▪️ zilzila vaqtida harakatlanish,
▪️ xodimlarni evakuatsiya qilish,
▪️ binoda qolib ketgan shaxsni qutqarish,
▪️ yong‘inni bartaraf etish,
▪️ birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.
🛡 Tadbir yakunida xodimlarning favqulodda vaziyatlardagi harakatlari qoniqarli deb baholanib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
⚡️ Xavfsizlik — doimiy e’tibor markazida!
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
235
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年5月14日 14:02
📷 Photo
🇺🇿 9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI
⚡️ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali jamoasi barcha yurtdoshlarimizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi! 💐
🕊 Bu sana — Vatan ozodligi, xalqimiz tinchligi va yorugʻ kelajagi yoʻlida fidokorona xizmat qilgan insonlarga cheksiz hurmat va ehtirom ramzidir.
🌟 Yurtimiz osmoni hamisha musaffo,
🏡 xonadonlarimiz fayzu barakaga toʻlsin,
🤝 qalblarimiz mehr-oqibat va birlikda yashasin!
✨ Xotira — muqaddas
✨ Qadrlash — oliy fazilat
✨ Tinchlik — eng katta ne’mat
💙 Hurmat bilan,
⚡️ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali jamoasi
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
271
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年4月4日 10:22
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8512
118
0
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年4月4日 10:22
🎥 Video
Президент Шавкат Мирзиёевнинг 24 февраль куни ёшлар билан бўлиб ўтган учрашувида илгари сурилган муҳим ташаббуслар
1. Ҳар пайшанба – вазирлик, идора ва ҳокимликларда “Ёшлар куни” бўлади.
2. Ёшлар тадбиркорлигини қўллаб-қувватлаш учун қўшимча 200 миллион доллар маблағ ажратилади.
3. Ўзини ўзи банд қилган ёшлар учун кредит миқдори 100 миллиондан 300 миллион сўмгача оширилади.
4. Ёш тадбиркорлар лойиҳалари учун кредит ажратиш миқдори 10 миллиард сўмгача кўпайтирилади.
5. Инновацион стартап лойиҳаларига 100 минг долларгача инвестиция киритишга рухсат берилади.
6. “Келажак тадбиркори” дастури доирасида ёш тадбиркорларга 7 йилга 15 фоизли кредитлар ажратилади.
7. Дастур асосида ўзини ўзи банд қилган ёшларга гаровсиз 20 миллион сўмгача, ўз бизнесини бошлаётганларга 300 миллион сўмгача кредит ажратилади.
8. Фаолиятини кенгайтирмоқчи бўлганларга 2 миллиард сўмгача, 5 та битирувчини ишга олган тадбиркорларга эса 10 миллиард сўмгача кредит берилади.
9. “Менинг биринчи касбим” дастури орқали олийгоҳ битирувчиларига стажировка учун ойига 2 миллион сўмгача стипендия тўланади.
10. Ҳар бир ҳудудда ёшларга бизнес хизматларини кўрсатувчи “Ёшлар бизнес инкубатори” ишга туширилади.
11. “Янги авлод тадбиркорлари” дастурида Гарвард, Стенфорд каби хорижий олийгоҳлар ҳамкорлигида 40 минг ёш бизнесга ўқитилади.
12. Дастурни муваффақиятли тугатган энг яхши 1000 нафар ёшга 3 йилга 200 миллион сўмгача 7 фоизли ссуда ажратилади.
13. “Ёш тадбиркорлар” танловидаги энг яхши 100 та лойиҳани брендга айлантириш учун 1 миллиард сўмгача маблағ берилади.
14. Банклар 50 минг ёшга бепул бизнес-режа тайёрлаб беради ва 20 минг ёшни тадбиркорликка ўқитади.
15. 1 мартдан янги иш бошлаётган ёшларнинг инфратузилмага уланиш харажатлари Ёшлар тадбиркорлиги жамғармаси томонидан қоплаб берилади.
16. Самарқанд шаҳрида энг яхши лойиҳа эгалари иштирокида Халқаро инклюзив ёшлар оромгоҳи ташкил қилинади.
17. “Ўсиш ва ривожланиш” стартап лойиҳасидаги энг яхши 40 та лойиҳага 2 миллиард сўм ажратилади.
18. Техникумларда ҳам стартаплар яратишга рухсат этилиб, уларга 1 миллиард сўмгача молиявий ёрдам кўрсатилади.
19. Техникум ўқувчилари учун “Work and travel” дастури орқали хорижда ишлаш имконияти яратилади.
20. ”Ўқув марказлари уюшмаси” ташкил этилади. Уюшмага аъзо бўлган ўқув марказларига биносини ижарага берган тадбиркорлар ижарадан олинадиган даромад ва фойда солиғини тўлашдан озод этилади.
21. Бундай марказларнинг ўқитувчиларини Ёшлар ишлари агентлиги ҳисобидан АҚШ, Буюк Британия, Сингапур, Япония каби илғор таълим марказларига стажировкага юбориш йўлга қўйилади.
22. ”Кўмак” лойиҳаси доирасида бизнесини кенгайтирмоқчи бўлганларга 300 миллион сўмгача фоизсиз ссуда берилади.
23. Олис ҳудудлардаги ўқув марказлари учун ижтимоий солиқ 1 фоиз, даромад солиғи эса 7,5 фоизгача пасайтирилади.
24. Ёшлар ишлари агентлиги хусусий ўқув марказлари билан ҳамкорликда ҳар йили 20 минг ёшни келажак касбларига ўқитади.
25. Ҳар бир туманга 500 миллион сўмгача ссуда ажратиб, техникум ва ўқув марказларида касб-ҳунар лабораториясини ташкил этилади.
26. Ёшлар ишлари агентлиги қошида ”Волонтёрликни қўллаб-қувватлаш” жамғармаси очилиб, унга ҳар йили бюджетдан 62 миллиард сўм ажратилади.
27. Ёшларнинг энг яхши волонтёрлик лойиҳаларига 100 миллион сўмгача грант берилади.
28. Ёш оилалар учун уй-жой ипотека кредит ставкасининг 14 фоиздан ошган қисми давлат бюджетидан қоплаб берилади.
29. ”Китобхонлик маданиятини ривожлантириш” жамғармаси орқали истеъдодли ёзувчиларга ижод учун ойига 20 миллион сўмдан ҳақ тўланади.
30. Мактаблардаги энг фаол китобхон ўқувчиларга 10 миллион сўмдан мукофот топширилади.
31. Китоб савдосини ойига 10 минг донадан оширган тадбиркорларга 1 миллиард сўмгача 7 фоизли ссуда берилади.
32. “Иккинчи имкон” лойиҳаси орқали жазони ўтаб бўлган ёшлар замонавий IT-касблар ва хорижий тилларга бепул ўқитилади.
https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official 👈
https://www.facebook.com/rasmiyxabarlarofficial/?ref=pages_you_manage | https://www.instagram.com/rasmiy_xabarlar_/ | https://t.me/rasmiymediakontent
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年4月4日 10:22
📷 Photo
✔️ Energetika obyektida amalga oshirilgan texnik ishlar
⚡️220/110/10 kV kV kuchlanishli “Qo'yliq” podstansiyasida rejali ta’mirlash ishlari bajarildi
☄️29-sonli topshiriqnoma asosida 35 kV “Kotelniy-6” yacheykasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
⚙️Mazkur texnik tadbirlar elektr uskunalarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash, ularning texnik holatini yaxshilash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida olib borildi.
✔️Amalga oshirilgan ishlar elektr ta’minoti tizimining barqaror ishlashiga xizmat qiladi.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
🔹
136
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年4月4日 10:22
💙💙💙 Bugun, soat 20:30 da 220/110/10 kV kuchlanishli “Fayzabod” podstansiyasidan chiquvchi L-D-YU – 110 kV liniyasi shikaslanishi natijasida avaryaviy o’chdi. Shu bilan birga, “Sputnik” podstansiyasida T-2 transformator, “Karer” podstansiyasida T-2 transformator…
129
1
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年4月4日 10:22
✔️ Rejalashtirilgan joriy ta’mirlash-sozlash ishlari haqida 🗓 2026-yil 2-aprel kuni talabnoma asosida quyidagi podstansiyalarda texnik tadbirlar amalga oshiriladi: ▪️ 220/110/10 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasi 2-seksiya 10 kV yacheykalarini joriy…
133
0
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年4月4日 10:22
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/8504
128
0
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年4月4日 10:22
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8504
127
0
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年4月4日 10:22
📷 Photo
💙💙💙 Bugun, soat 20:30 da 220/110/10 kV kuchlanishli “Fayzabod” podstansiyasidan chiquvchi L-D-YU – 110 kV liniyasi shikaslanishi natijasida avaryaviy o’chdi. Shu bilan birga, “Sputnik” podstansiyasida T-2 transformator, “Karer” podstansiyasida T-2 transformator…
126
0
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年4月4日 10:22
📷 Photo
✔️ ЯШИЛ МАКОН: Акциядорлик жамиятининг "Яшил белбоғ" боғида манзарали дарахт экиш ишлари давом эттирилмоқда
🌱 Аввал https://t.me/uzmetaxborotxizmati берганимиздек, «Ўзбекистон миллий электр тармоқлари» акциядорлик жамиятига «Яшил макон» умуммиллий лойиҳаси доирасида Тошкент вилоятининг Юқори Чирчиқ тумани «Саксонота» маҳала фуқаролари йиғини ҳудудидан ажратилган 5 гектар ер майдонида "Яшил белбоғ" боғи яратмоқда.
✅ Бугун тонгдан ушбу майдонда манзарали дарахт кўчатлари экиш ва аввалроқ экилган дарахт кўчатларини суғориш ишлари олиб борилмоқда.
📌 Эслатиб ўтамиз, мазкур майдоннинг 3 гектар қисмига 2 минг туп мевали дарахт, қолган 2 гектарига манзарали дарахт кўчатлари экиш режалаштирилган. Шундан 2500 дона терак кўчатлари, 400 туп каштан, 400 туп оққайин ва 300 туп вито дарахт кўчатларини экиш назарда тутилган.
🌿 Маълумот ўрнида: Акциядорлик жамиятининг барча филиаларида https://t.me/uzmetaxborotxizmati назарда тутилган “Мен ҳам кўчат экаман” акцияси ҳамда энергетика объектларида ободончилик-кўкаламзорлаштириш ишлари олиб борилмоқда.
💬 https://www.facebook.com/Ozbekiston-milliy-elektr-tarmoqlari-aksiyadorlik-jamiyati-112376337156697/?modal=admin_todo_tour 📸 https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz 📹 https://www.youtube.com/channel/UC6cRpsasTIKnReaCXXqccdg✅ «Ўзбекистон МЭТ» АЖ https://t.me/uzmetaxborotxizmati
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI — uzbekistonmet.uz
2026年4月4日 10:22
💙💙💙
Bugun, soat 20:30 da 220/110/10 kV kuchlanishli “Fayzabod” podstansiyasidan chiquvchi L-D-YU – 110 kV liniyasi shikaslanishi natijasida avaryaviy o’chdi.
Shu bilan birga, “Sputnik” podstansiyasida T-2 transformator, “Karer” podstansiyasida T-2 transformator hamda “Sergili gorod” podstansiyasi T-2 transformatori foydalanuvchi ayrim istemolchilar vaqtinchalik elektr tokidan uzulib qolgan.
Hozirgi vaqtda ushbu holatni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.