Музработлик 38 нафар фуқаро муборак Ҳаж сафарига кузатилди
Музработ тумани ҳокими Абдулла Маматқулов муборак Ҳаж амалини адо этиш учун эртага йўлга чиқадиган 38 нафар фуқаро билан учрашиб, уларнинг сафар олдидан ҳолидан хабар олди ҳамда оқ йўл тилади.
Учрашувда туман ҳокими Ҳаж зиёрати ҳар бир мусулмон учун юксак маънавий аҳамиятга эга бўлган муқаддас ибодат эканини таъкидлаб, бу сафар инсон қалбини поклайдиган, эзгулик ва сабр-бардошга чорлайдиган улуғ неъмат эканини қайд этди.
Шунингдек, туман ҳокими зиёратчиларга шундай деди:
— Ҳаж сафари барча мусулмонларга насиб этсин. Юртимиз тинч, халқимиз омон, юртбошимиз соғ-саломат бўлсин. Туманимиз янада обод ва гуллаб-яшнайверсин. Муборак сафарни соғ-саломат адо этиб қайтганингиздан сўнг яна шундай файзли даврада дийдорлашиб, самимий суҳбат қуриш насиб этсин. Сизларнинг ибодатларингиз қабул, зиёратларингиз муборак бўлсин.
Учрашув якунида ҳаж сафарига отланаётган фуқаролар учун дуо қилинди ҳамда уларга оқ йўл тилаб кузатилди.
https://youtube.com/channel/UCFm3wrFZzLw5s6FKFOKfAQg https://muzrabot.uz/uz
Muzrabot tumani hokimligi |Rasmiy kanal|
2026年4月4日 07:19
📷 Photo
🏢Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun Muzrabot tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari, shuningdek kun tartibiga tegishli bo‘lgan tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan 10 ta masala ko‘rib chiqildi. Muhokamalar davomida mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya jarayonlari jamoatchilikka ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida https://www.facebook.com/share/v/1Db7BDFdpH/ ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda uzatildi.
✍️Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalga ulanish⬇️
🌐 https://www.facebook.com/groups/1169465099910922/?ref=share ❤ 😎 https://instagram.com/jahongir.abdurasulov.33?igshid=ZDdkNTZiNTM= 😎 https://youtube.com/channel/UCFm3wrFZzLw5s6FKFOKfAQg 🕸 https://muzrabot.uz/uz
Muzrabot tumani hokimligi |Rasmiy kanal|
2026年4月4日 07:19
📷 Photo
Ҳар соҳада фаол маҳалла раислари тақдирланди
Бугун Музработ тумани ҳокими Абдулла Маматқулов раҳбарлигида кунлик кўрсатгичлар, маҳалларда олиб борилаётган ишлар, топшириқлар ижроси бўйича йиғилиш ўтказилди. Йиғилишда туман ҳокими ўринбосарлари, ташкилот раҳбарлари ва маҳалла еттилиги аъзолари ҳам иштирок этди.
Йиғилиш давомида туман аҳолиси турмуш тарзини яхшилаш, ободонлик ва кўкаламзорлаштириш ишларини самарали ташкил этиш, шунингдек маҳалладаги ижтимоий ва профилактика тадбирларини мувофиқлаштириш масалалари муҳокама қилинди.
Туман ҳокими томонидан маҳаллалардаги ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари, белгиланган солиқ ва бюджет тушумлари, шунингдек ҳар соҳада фаол бўлган маҳалла раисларининг ҳиссаси ва меҳнатлари эътиборга олинди ва рағбатлантирилди.
Замонавий маҳалла раиси фақат ўз маҳалласи бошқарувчиси эмас, балки маҳаллада фаолият олиб бораётган ҳоким ёрдамчилари, ёшлар етакчилари, хотин-қизлар фаоллари, ижтимоий ходимлар ва профилактика инспекторлари билан ҳамкорликда, барча соҳаларда самарали иш олиб бориши кераклиги таъкидланди.
✍️Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalga ulanish⬇️
🌐 https://www.facebook.com/groups/1169465099910922/?ref=share ❤ 😎 https://instagram.com/jahongir.abdurasulov.33?igshid=ZDdkNTZiNTM= 😎 https://youtube.com/channel/UCFm3wrFZzLw5s6FKFOKfAQg 🕸 https://muzrabot.uz/uz
Muzrabot tumani hokimligi |Rasmiy kanal|
2026年4月4日 07:19
🎥 Video
🕒 Bugun 20:00 da — Soliq tizimidagi yangiliklar va san’atkorlar muhokamasi!
Endilikda soliq to‘lash majburiyati san’atkorlarga ham tatbiq etiladimi? Soliq tizimidagi yangi o‘zgarishlar ijodga qanday ta’sir qiladi? Nima uchun bu mavzu ijtimoiy tarmoqlarda keng bahslarga sabab bo‘lmoqda?
🎙 “O‘zbekiston” telekanalining yangi loyihasi — “Dolzarb podcast”da soha ekspertlari va san’atkorlar ishtirokida ushbu savollar atrofida ochiq va qizg‘in muloqot bo‘lib o‘tadi.
📺 O‘tkazib yubormang: Bugun, 3-aprel soat 20:00 da “O‘zbekiston” telekanalida!
✅ https://t.me/MilliyKontentRasmiy
1,210
Muzrabot tumani hokimligi |Rasmiy kanal|
2026年4月4日 07:19
📷 Photo
Chigit ekish sifati va muddatlari qat’iy nazoratda
Ayni kunlarda Muzrabot tumanidagi barcha hududlarda paxta ekini uchun chigit ekish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ushbu jarayonlarning borishini o‘rganish maqsadida tuman hokimi Abdulla Mamatqulov tomonidan joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
Navbatdagi manzil tumanning “Yangi avlod” hududida joylashgan “Rashidov Umar” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Bu yerda tuman hokimi tomonidan g‘alla parvarishi, yer tayyorlash hamda chigit ekish ishlari holati ko‘zdan kechirildi.
Hozirda fermer xo‘jaligi tomonidan 15 gektar yer maydonida qo‘sh qator usulida chigit ekish ishlari olib borilayotgani qayd etildi.
Tuman hokimi tomonidan agrotexnik tadbirlarni belgilangan talablar asosida o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, yerning unumdorligini oshirish, sug‘orish va parvarish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishlarni kechiktirmasdan, zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish muhimligi alohida ta’kidlandi.
✍️Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalga ulanish⬇️
🌐 https://www.facebook.com/groups/1169465099910922/?ref=share ❤ 😎 https://instagram.com/jahongir.abdurasulov.33?igshid=ZDdkNTZiNTM= 😎 https://youtube.com/channel/UCFm3wrFZzLw5s6FKFOKfAQg 🕸 https://muzrabot.uz/uz
Muzrabot tumani hokimligi |Rasmiy kanal|
2026年3月31日 22:24
📷 Photo
Chegaradosh mahallalarda sayyor qabul o‘tkazildi
Fuqarolar murojaatlarini joyiga borib o‘rganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda tumanning eng olis, ikki davlat bilan chegaradosh hududlari hisoblangan Chegarachi va Mohiyat mahallari fuqarolari uchun sayyor qabulni o‘tkazdi.
Sayyor qabul mahalladagi 22-umumta’lim maktabi binosida tashkil etilib, unda fuqarolar tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.
Qabul davomida kelib tushgan 30 dan ortiq murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etiladigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Mazkur sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish, ularning murojaatlariga tezkor yechim topish hamda xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
https://muzrabot.uz/uz
1,090
Muzrabot tumani hokimligi |Rasmiy kanal|
2026年3月31日 22:24
📷 Photo
Muzrabotda bir qator sport tadbirlari o‘tkazildi!
Aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni keng targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, immunitetni mustahkamlash hamda zararli odatlardan voz kechishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu doirada bugun Muzrabot tumanida O‘zbekiston mahallalar uyushmasi hamda “Nuroniylar” jamg‘armasi tuman bo‘limlari tashabbusi bilan Gulobod mahallasida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi.
Tadbirlar davomida Yo‘lchi mahallasida shaxmat va shashka musobaqalari, Shaffof mahallasida esa badantarbiya, voleybol va basketbol bo‘yicha sport bellashuvlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini kundalik hayotga singdirish hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishga xizmat qiladi.
Sog‘lom turmush — har birimizning kundalik tanlovimiz!
https://muzrabot.uz/uzMuzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
https://www.facebook.com/groups/1169465099910922/?ref=sharehttps://instagram.com/jahongir.abdurasulov.33?igshid=ZDdkNTZiNTM=https://youtube.com/channel/UCFm3wrFZzLw5s6FKFOKfAQg https://muzrabot.uz/uz
Muzrabot tumani hokimligi |Rasmiy kanal|
2026年3月31日 22:24
📷 Photo
Foydalanilmayotgan yer maydoni qayta auksionga chiqariladi
Muzrabot tumanining “Alpomish” mahallasida “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”ni tashkil etish uchun ajratilgan 1 gektar yer maydoni 3 yildan buyon foydalanilmay kelinmoqda.
Bugun tuman hokimi Abdulla Mamatqulov ushbu hududda bo‘lib, yer maydonining hozirgi holati bilan yaqindan tanishdi hamda undan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Tuman hokimi mazkur yer maydonini qayta auksion savdolariga chiqarish, investorlarga taklif etish hamda ushbu hududda zamonaviy sanoat zonasini tashkil etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur chora-tadbirlar hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
https://muzrabot.uz/uzMuzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalga ulanish⬇️
https://www.facebook.com/groups/1169465099910922/?ref=sharehttps://instagram.com/jahongir.abdurasulov.33?igshid=ZDdkNTZiNTM=https://youtube.com/channel/UCFm3wrFZzLw5s6FKFOKfAQg https://muzrabot.uz/uz
Muzrabot tumani hokimligi |Rasmiy kanal|
2026年3月30日 01:23
📷 Photo
Zamonaviy piyodalar yo‘lagi — aholiga qulaylik va obodonlik timsoli
Muzrabot tumani Shaffof mahallasining Ona diyor ko‘chasida uzoq yillardan buyon yaroqsiz holga kelib qolgan piyodalar yo‘lakchasi tubdan yangilandi.
Mazkur hudud aholi qatnovi eng yuqori bo‘lgan manzillardan biri bo‘lib, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tuman hokimi Abdulla Mamatqulov tashabbusi bilan ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Loyiha doirasida yo‘lak to‘liq qayta qurilib, kengaytirildi hamda zamonaviy bruschatkalar yotqizildi. Natijada nafaqat piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoiti yaratildi, balki hududning umumiy ko‘rinishi ham sezilarli darajada obodonlashdi.
Bugungi kunda ushbu yo‘lak aholiga xizmat qilayotgan zamonaviy va qulay infratuzilma obyektiga aylangan bo‘lib, fuqarolar tomonidan ham iliq kutib olinmoqda.
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalga ulanish⬇️
https://www.facebook.com/groups/1169465099910922/?ref=sharehttps://instagram.com/jahongir.abdurasulov.33?igshid=ZDdkNTZiNTM=https://youtube.com/channel/UCFm3wrFZzLw5s6FKFOKfAQg https://muzrabot.uz/uz
Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov hamda tuman prokurori Islombek Xo‘jamurodov tegishli mas’ullar va mahalla oqsoqollari bilan birgalikda “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida joylashgan 310 o‘rinli 41-sonli umumta’lim maktabida bo‘lishdi.
Mazkur maktab PQ-454-sonli qaror doirasida kapital ta’mirdan chiqarilmoqda. Loyiha qiymati 3 milliard 100 million so‘mni tashkil etib, qurilish-ta’mirlash ishlari “Istiqlol Bino” MCHJ pudratchi tashkiloti tomonidan olib borilmoqda.
Mas’ullar tomonidan obyektda olib borilayotgan ishlar jarayoni, sifati va bajarilish holati joyida o‘rganildi. Ta’mirlash ishlari davom etayotgan maktabda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan pudratchi tashkilotga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Muzrabot tumani hokimligi
Axborot xizmati
Kanalga ulanish⬇️
https://www.facebook.com/groups/1169465099910922/?ref=sharehttps://instagram.com/jahongir.abdurasulov.33?igshid=ZDdkNTZiNTM=https://youtube.com/channel/UCFm3wrFZzLw5s6FKFOKfAQg https://muzrabot.uz/uz
Muzrabot tumani hokimligi |Rasmiy kanal|
2026年3月30日 01:23
📷 Photo
Топшириқ ижроси амалда
Бугун Музработ тумани ҳокими А.Маматқулов, туман прокурори И.Хўжамуродов, туман ИИБ бошлиғи Ғ.Бадалов ҳамда мутасадди ташкилотлар иштирокида Меҳнатобод маҳалласида ўрганиш ишлари олиб борилди.
2025 йил давомида Президентимизнинг виртуал қабулхонаси ва Халқ қабулхонасига энг кўп мурожаат қилиб келаётган 5 нафар фуқаронинг хонадонларига борилиб, уларнинг мурожаатлари жойида ўрганилди.
Ҳар бир мурожаатчи билан алоҳида суҳбат ўтказилиб, яшаш шароити ва мурожаат сабаблари тўлиқ таҳлил қилинди. Натижада 4 нафар фуқаронинг моддий ёрдам, уй-жой таъмири ҳамда ички низолар билан боғлиқ муаммолари жойида ҳомийлар бириктириш орқали ижобий ҳал этилди. 1 нафар фуқаронинг мурожаати суд тизимига тааллуқли бўлгани сабабли қўшимча ўрганиш ишлари олиб борилмоқда.