🔴Kiberqáwipsizlik hám zamanagóy qáwipler boyınsha profilaktikalıq ushırasıw
🟢Samarqand mámleketlik veterinariya medicinası, sharwashılıq hám biotexnologiyalar universiteti Nókis filialında kiberjınayatshılıq hám zamanagóy kiberqáwiplerdiń aldın alıwǵa qaratılǵan profilaktikalıq ilaj ótkerildi.
🟢Bul ilaj internet tarmaqları arqalı júz berip atırǵan jınayatlar, olardıń unamsız aqıbetleri hám jaslar arasında málimleme qáwipsizligi mádeniyatın bekkemlew máselelerine baǵıshlandı.
Onda Qaraqalpaqstan Respublikası Ishki isler ministrligi Operativ-izlew xızmeti kiberqáwipsizlik bólimi qánigesi, aǵa leytenant A. Xodjaev, filial profilaktika inspektorı, kapitan Q. Qayıpnazarov hám student-jaslar qatnastı. Ilajdı Jaslar menen islesiw, ruwxıylıq hám aǵartıwshılıq bóliminiń baslıǵı B. Paluaniyazov ashıp berip, búgingi kúnde kiberqáwipsizlik máselesi ayrıqsha áhmiyetke iye ekenin, ásirese, jaslardıń internetten paydalanıw mádeniyatın qáliplestiriw zárúr ekenligin atap ótti.
🟢Ilaj dawamında qánigeler tárepinen kiberjınayatshılıqtıń keń tarqalǵan túrleri, atap aytqanda, phishing, aldawshılıq, jeke maǵlıwmatlardı nızamsız qolǵa kirgiziw jaǵdayları haqqında tolıq túsinikler berildi. Sonday-aq, sociallıq tarmaqlar hám hár qıylı internet platformalarında ushırasıp atırǵan qáwip-qáterler, olardıń aldın alıw boyınsha ámeliy usınıslar keltirilgen.
🟢Qatnasıwshılarǵa jeke maǵlıwmatlardı qorǵaw, isenimsiz siltemelerden paydalanbaw, belgisiz dáreklerden kelgen xabar hám usınıslarǵa abaylılıq penen múnásibette bolıw zárúr ekenligi túsindirildi. Sonıń menen birge, kiberjınayatlarǵa dus kelgende tiyisli shólkemlerge múrájat etiw tártibi haqqında da maǵlıwmat berildi.
🟢Ilaj sońında student-jaslar ózlerin qızıqtırǵan sorawlarǵa qánigelerden tolıq juwaplar aldı. Bul ushırasıw jaslar arasında kiberqáwipsizlikke baylanıslı bilim hám kónlikpelerdi arttırıw, internet mákanında qáwipsiz ortalıqtı támiyinlewge qaratıldı.
******
🔴Kiberxavfsizlik va zamonaviy tahdidlar bo‘yicha profilaktik uchrashuv
🟢Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida kiberjinoyatchilik va zamonaviy kiber tahdidlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
🟢Mazkur tadbir internet tarmoqlari orqali s odir etilayotgan jinoyatlar, ularning salbiy oqibatlari hamda yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligi madaniyatini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlandi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘limi mutaxassisi, katta leytenant A. Xodjayev, filial profilaktika inspektori, kapitan Q. Qayipnazarov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B. Paluaniyazov ochib berib, bugungi kunda kiberxavfsizlik masalasi dolzarb ahamiyat kasb etayotganini, ayniqsa yoshlarning internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirish muhim ekanini ta’kidladi.
🟢Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatchilikning keng tarqalgan turlari, xususan, phishing, firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qo‘lga kiritish holatlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🟢Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va turli internet platformalarida uchrayotgan xavf-xatarlar, ularning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltirildi.
Ishtirokchilarga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ishonchsiz havolalardan foydalanmaslik, noma’lum manbalardan kelgan xabar va takliflarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish zarurligi tushuntirildi.
🟢Shu bilan birga, kiberjinoyatlarga duch kelganda tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tartibi haqida ham ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.
🟢Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlikka oid bilim va ko‘nikmalarni oshirish, internet makonida xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
🔹 🔹
https://instagram.com/samvmshbunf?igshid=YmMyMTA2M2Y=
✅
http://www.facebook.com/samvminf.samvminf.5 📹
https://youtu.be/6g3RxUWdlWg?si=AI5OLcL7hyTLy78F