Chưa có đánh giá nào. Hãy là người đầu tiên chia sẻ trải nghiệm của bạn!
Bài đăng gần đây
Karakalpakstan.uz
16:24 14 thg 5, 2026
📷 Photo
Ellikqal'ada sayyor qabul
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo’yicha o'rinbosari, Qishloq xo'jaligi vaziri K. Aytbaev fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirokida Ellikqal'a tumanida sayyor qabul o'tkazdi.
Qabulda imtiyozli kredit va ekin maydonlariga suv yetkazib berish bo'yicha murojaatlar bildirildi. Kredit bo'yicha murojaatlar shu o'rinda ijobiy hal etildi. Suv bo'yicha murojaatni hal etish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.
Bu sayyor qabul fermerlar uchun o'z muammolarini to'g'ridan-to'g'ri yetkazish va tezda yechish imkoniyatini yaratdi. K. Aytbaevning bu qabuli fermerlarning ishiga yordam berish va qishloq xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo'ldi.
———
Ellikqalada kóshpeli qabıllaw
Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesi Baslıǵınıń awıl hám suw xojalıǵı máseleleri boyınsha orınbasarı, Awıl xojalıǵı ministri K. Aytbaev Ellikqala rayonında fermer xojalıqları basshılarınıń qatnasında kóshpeli qabıllaw ótkerdi.
Qabıllawda jeńilletilgen kredit alıw hám egislik maydanlarına suw jetkerip beriw boyınsha múrájatlar bildirildi. Kredit boyınsha múrájatlar sol jerdiń ózinde óz sheshimin taptı. Suw máseleleri boyınsha múrájattı sheshiw ushın juwapkerlerge tapsırmalar berildi.
Bul kóshpeli qabıllaw fermerlerge óz máselelerin tikkeley jetkeriw hám tez arada sheshiw imkaniyatın jarattı. K. Aytbaevtıń bul qabıllawı fermerlerdiń isine kómeklesiw hám awıl xojalıǵın rawajlandırıwǵa qaratılǵan áhmiyetli qádem boldı.
https://gov.uz/oz/karakalpakstan | https://www.instagram.com/ermanov_f/ | https://www.facebook.com/hokimermanov/
Muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi
Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M. Axmedova aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarga yechim topish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy yordam, uy-joy, kommunal xizmatlar hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, mas’ul tashkilot rahbarlari ishtirokida ularni hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha vaqt va o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi. Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning taklif hamda tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday qabullar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
———-
Mashqalalar tıńlandı, sheshimler belgilendi
Búgin Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesi Baslıǵınıń orınbasarı, Shańaraq hám hayal-qızlar komitetiniń baslıǵı M. Axmedova tárepinen xalıq penen ashıqtan-ashıq sóylesiwdi támiyinlew, puqaralardıń múrájatların óz waqtında kórip shıǵıw hám mashqalalarǵa sheshim tabıw maqsetinde gezektegi qabıllaw shólkemlestirildi.
Qabıllaw dawamında puqaralar tárepinen bántlik, sociallıq járdem, turaq jay, kommunallıq xızmetler hám basqa da baǵdarlarǵa baylanıslı múrájatlar bildirildi. Hár bir múrájat hár tárepleme úyrenilip, juwapker shólkem basshılarınıń qatnasıwında olardı sheshiw boyınsha tiyisli tapsırmalar berildi.
Sonday-aq, ayırım máseleler ornında unamlı sheshilip, qosımsha waqıt hám úyreniw talap etiletuǵın múrájatlar qadaǵalawǵa alındı. Puqaralar menen ashıq hám qızǵın sóylesiw alıp barılıp, olardıń usınısları menen baslamalarına ayrıqsha itibar qaratıldı.
Bunday qabıllawlar xalıq penen tikkeley qarım-qatnastı bekkemlew, bar mashqalalardı sistemalı sheshiw hám xalıqtıń máplerin támiyinlewde úlken áhmiyetke iye bolmaqta.
https://gov.uz/oz/karakalpakstan| | https://www.instagram.com/ermanov_f/ | https://www.facebook.com/hokimermanov/
Karakalpakstan.uz
16:24 14 thg 5, 2026
📷 Photo
Agrar sohada xalqaro hamkorlik kengaymoqda: yangi investitsion loyihalar muhokama markazida
Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F. Ermanov videokonferensiya aloqa shaklida Pokistonning yirik investor va tadbirkorlari bilan qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hududda kartoshka yetishtirishni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish hamda chorvachilik sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot davomida tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish, yuqori hosildor navlarni joriy etish, zamonaviy sug‘orish va agrotexnik usullarni qo‘llash bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdilar. Ayniqsa, kartoshkachilik yo‘nalishida eksportbop va hosildor navlarni hudud iqlimiga moslashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, chorvachilikni rivojlantirish, naslli chorva bosh sonini ko‘paytirish, ozuqa bazasini mustahkamlash hamda qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqbolli takliflar bildirildi. Pokistonlik investorlar hududning qishloq xo‘jaligi salohiyati, mavjud imkoniyatlari va davlat tomonidan yaratilayotgan qulay investitsion muhitni yuqori baholadilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish hamda agrar sohada yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
———
Agrar tarawda xalıqaralıq birge islesiw keńeymekte: jańa investiciyalıq joybarlar dodalaw orayında
Búgin Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesiniń Baslıǵı F. Ermanov videokonferenciya baylanıs túrinde Pakistannıń iri investor hám isbilermenleri menen awıl xojalıǵı baǵdarında birge islesiwdi keńeytiwge baǵıshlanǵan ushırasıw bolıp ótti. Onda aymaqta kartoshka jetistiriwdi rawajlandırıw, zamanagóy agrotexnologiyalardı engiziw hám sharwashılıq tarawında investiciyalıq joybarlardı ámelge asırıw máseleleri hár tárepleme dodalandı.
Sóylesiw dawamında tárepler awıl xojalıǵı ónimlerin jetistiriw nátiyjeliligin arttırıw, joqarı ónimdarlı sortlardı engiziw, zamanagóy suwǵarıw hám agrotexnikalıq usıllardı qollanıw boyınsha óz-ara tájiriybe alıstı. Ásirese, kartoshka jetistiriw baǵdarında eksportqa jaramlı hám zúráátli sortlardı aymaqtıń klimatına beyimlestiriw máselelerine ayrıqsha itibar qaratıldı.
Sonday-aq, sharwashılıqtı rawajlandırıw, násilli sharwa bas sanın kóbeytiw, ot-jem bazasın bekkemlew hám qayta islew sistemasın jolǵa qoyıw boyınsha perspektivalı usınıslar bildirildi. Pakistanlı investorlar aymaqtıń awıl xojalıǵı potencialı, bar imkaniyatları hám mámleket tárepinen jaratılıp atırǵan qolaylı investiciyalıq ortalıqtı joqarı bahaladı.
Ushırasıw juwmaǵında tárepler óz-ara paydalı birge islesiwdi bunnan bılay da bekkemlew, birgeliktegi joybarlardı basqıshpa-basqısh ámelge asırıw hám agrar tarawda jańa jumıs orınların jaratıwǵa xızmet etetuǵın baslamalardı qollap-quwatlawǵa tayar ekenligin bildirdi.
https://gov.uz/oz/karakalpakstan| | https://www.instagram.com/ermanov_f/ | https://www.facebook.com/hokimermanov/
Karakalpakstan.uz
16:24 14 thg 5, 2026
📷 Photo
"Prezident hojisi” yo‘llanmasi Beruniylik egasiga tantanali tarzda topshirildi.
Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, mehr-oqibat va ezgulik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan islohotlar amaliy natija bermoqda.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning tashabbuslari bilan O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 100 nafar fuqaroga muborak Haj safariga bepul yo‘llanma ajratildi.
Quvonarlisi, Beruniy tumani Bunyodkor mahallasidan Maqsut Xudaybergenov ana shunday yuksak e’tibor sohibiga aylandi.
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov, Beruniy tumani hokimi Ikram Xidirov, mutasaddi rahbarlar ishtirokida Maqsut Xudaybergenovga Prezidentimiz nomidan Haj safariga yo‘llanma tantanali ravishda topshirildi.
Muborak Haj safari xayrli va barakali bo‘lsin!
———
"Prezident hajısı" jollaması Beruniyli iyesine saltanatlı túrde tapsırıldı.
Elimizde insan qádirin ulıǵlaw, miyrim-shápáát hám jaqsılıq principlerin bekkemlew jolında alıp barılıp atırǵan reformalar ámeliy nátiyje bermekte.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevtıń baslamaları menen Ózbekstan Respublikası boyınsha 100 puqaraǵa múbárek Haj saparına biypul jollama ajıratıldı.
Quwanıshlı tárepi, Beruniy rayonı Bunyodkor máhállesinen Maqsut Xudaybergenov mine usınday joqarı itibar iyesine aylandı.
Búgin Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesiniń Baslıǵı Farxod Ermanov, Beruniy rayonınıń hákimi Ikram Xidirov juwapker basshılardıń qatnasıwında Maqsut Xudaybergenovge Prezidentimizdiń atınan Haj saparına jollama saltanatlı túrde tapsırıldı.
Múbárek Haj saparı qayırlı hám bereketli bolsın!
Karakalpakstan.uz
13:23 4 thg 4, 2026
📷 Photo
Shımbay rayonında 200 jańa jumıs ornın jaratıw quwatlıǵına iye «HD Sons» kárxanası jumıs basladı
Sońǵı jılları elimizde húrmetli Prezidentimizdiń basshılıǵında aymaqlardı kompleksli rawajlandırıw, ekonomika tarmaqların keńeytiw hám sanaat potencialın arttırıwǵa qaratılǵan keń kólemli reformalar ámelge asırmaqta. Usı tiykarda qala hám rayonlarda zamanagóy óndiris quwatlıqları qurılıp, jańa sanaat kárxanaları iske qosılıp atır hám xalıqtıń bántligin támiyinlew, turmıs dárejesin arttırıw baǵdarında salmaqlı nátiyjelerge erisilmekte.
Usınday joybarlar qatarında Shımbay rayonında «HD Sons» tekstil kárxanasınıń ashılıwına arnalǵan ilaj ótkerildi.
Onda Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń Baslıǵı Amanbay Orınbaev qatnasıp, jıynalǵanlardı kárxananıń ashılıwı menen qutlıqladı.
Atap ótilgenindey, húrmetli Prezidentimizdiń regionımızǵa qaratıp atırǵan ayrıqsha itibarı nátiyjesinde Shımbay rayonında da investiciyalıq joybarlardı ámelge asırıw, jańa óndirislik quwatlıqlardı iske qosıw hám xalıqtıń bántligin támiyinlew baǵdarında anıq ámeliy ilajlar dawam ettirilmekte.
Ulıwma bahası 15 mln. dollar bolǵan jańadan ashılǵan «HD Sons» kárxanası tolıq quwatlıqta iske túsiwi menen 7 mıń tonna shiyki zattı qayta islew hám 4 mıń tonna iyirilgen jip ónimlerin islep shıǵarıw imkaniyatı jaratıladı. Sonday-aq, 6,5 million dollardan aslam ónimdi eksportqa shıǵarıw jolǵa qoyıladı. Bunnan tısqarı, 200 den aslam jańa jumıs orınları jaratılıp, rayon xalqı, ásirese, jaslardıń bántligi támiyinlenedi.
Ilaj dawamında jıynalǵanlar kárxana jumısları menen jaqınnan tanıstı.
___
Chimboy tumanida 200 yangi ish o‘rni yaratish quvvatiga ega "HD Sons" korxonasi ish boshladi
So‘nggi yillarda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida hududlarni kompleks rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini kengaytirish va sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu asosda shahar va tumanlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilib, yangi sanoat korxonalari ishga tushirilmoqda va aholi bandligini ta’minlash, turmush darajasini oshirish borasida salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Shunday loyihalar qatorida Chimboy tumanida "HD Sons" tekstil korxonasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev ishtirok etib, yig‘ilganlarni korxonaning ochilishi bilan tabrikladi.
Ta’kidlanganidek, hurmatli Prezidentimizning respublikamizga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida Chimboy tumanida ham investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va aholi bandligini ta’minlash borasida aniq amaliy chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Umumiy qiymati 15 mln. dollar bo‘lgan yangidan ochilgan "HD Sons" korxonasi to‘liq quvvatda ishga tushishi bilan 7 ming tonna xomashyoni qayta ishlash va 4 ming tonna ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, 6,5 million dollardan ziyod mahsulotni eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilib, tuman aholisi, ayniqsa, yoshlar bandligi ta’minlanadi.
Tadbir davomida yig‘ilganlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Kanalǵa aǵza bolıw: https://t.me/joqargikenes
https://joqargikenes.uz/ https://t.me/joqargikeneshttps://www.instagram.com/orinbayev_a/https://www.facebook.com/OrinbayevAmanbayTleubayevichhttps://youtube.com/@joqargikenes
🎤 Narbayev Timur, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Axborot xizmati bosh mutaxassisi
Ushbu tadbirda ishtirok etish biz uchun noyob imkoniyatdir, chunki O‘zbekistonning barcha hududlarini ketma-ket qamrab olgan bunday miqyosdagi media haftalik mamlakatimiz tarixida birinchi marta o‘tkazilmoqda. Dastur o‘zining zamonaviyligi bilan ham hayratda qoldirdi. Tadbirni tashkil qilgan Kontent tayyorlash markazi tomonidan mashg‘ulotlar uchun mavzular eng ilg‘or texnologiyalarga e’tibor qaratgan holda ishlab chiqilgan.
Biz nafaqat klassik jurnalistikani, balki bugungi kunda faoliyatimizning ajralmas qismiga aylanib borayotgan IT va sun’iy intellekt vositalari olamiga chuqur kirib boryapmiz. Darslar shunchaki ma’ruzalar emas, balki biz jahon miqyosida raqobatlasha oladigan sifatli milliy kontent yaratishni muhokama qiladigan intensiv mashg‘ulotlarga aylanib ketmoqda. Ayniqsa, o‘qitish Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilayotgani, mahalliy mutaxassislar respublika darajasidagi kuchli ekspertlarning professional tajribasidan bahramand bo‘layotgani ham g‘oyat muhim.
〰️〰️〰️〰️〰️
🎤 Bektursin Muxtarovich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashining axborot xizmati rahbari Xojanov
Qoraqalpog‘istonda o‘tayotgan media haftalik biz uchun haqiqiy kasbiy o‘sish nuqtasi bo‘ldi. Bu yerda televideniye, bosma ommaviy axborot vositalari, matbuot kotiblari, umuman media sohasiga qiziquvchi ko‘plab yoshlar o‘rtasida ajoyib hamkorlik muhiti yaratilgan. Kontent markazi tashkilotchilari bizga qulay o‘quv sharoitlarini ta’minlab, eng dolzarb bilimlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi deyish mumkin.
Biz kontent yaratish uchun zamonaviy texnologiyalardan qanday samarali foydalanish va bugungi sharoitda axborot xavfsizligini qanday ta’minlashni batafsil o‘rganmoqdamiz. Muhimi, har bir mashg‘ulot hozirgi dolzarb muammolarga moslashtirilgan. Yetakchi blogerlar, inflyuyenserlar, ekspertlarning mashg‘ulotlari, tajriba almashish bizning ijodiy faoliyatimizga kuchli turtki beradi.
〰️〰️〰️〰️〰️
🎤 Shoxrux Xodjayev, Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi Axborot xizmatlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Mediahaftalikning boshlanishi O‘zbekistonimizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tadigan misli ko‘rilmagan ta’lim marafonining boshlanishidir. Maqsad – butun mamlakat bo‘ylab media sohasidagi va unga qiziqadigan mutaxassislar bilimini oshirish, ularga teng imkoniyatlar yaratish. Shu orqali milliy axborot makonini sifat jihatidan yangilashdir.
Buning uchun biz eng yaxshi intellektual resurslarni: yetakchi ekspertlar, amaliyotchilar va taniqli inflyuyenserlarni safarbar qildik. Treninglarimiz rejasi ham shu asosda ishlab chiqilgan. Ishonamizki, bunday haftaliklar yangi yorqin loyihalarning paydo bo‘lishi va joylardagi matbuot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari xodimlarining umumiy kasbiy darajasini oshirish uchun kuchli turtki bo‘ladi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Karakalpakstan.uz
13:23 4 thg 4, 2026
📢 DAǴAZA
Húrmetli puxaralar hám qurılıs tarawında jumıs alıp barıp atırǵan isbilermenler!
Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesi Baslıǵınıń tapsırmasına muwapıq Kadastr hám qurılıs tarawında ushırasıp atırǵan mashqalalardı anıqlaw, olardıń sebeplerin úyreniw hám tarawda ushırasıp atırǵan sistemalı mashqalalardı saplastırıw maqsetinde «Call Center» shólkemlestirildi.
Húrmetli puxaralar!
Kadastr hám qurılıs tarawına baylanıslı sistemalı mashqalalarǵa yamasa xızmet kórsetiw sapasın jaqsılaw boyınsha pikir hám usınıslarıńızdı qaldırıw ushın usı jıldıń 1-may sánesine shekem Ministrler Keńesi janındaǵı Arnawlı shtabtıń
️☎️61 222 45 25
️☎️61 222 91 87
telefon nomerine azanǵı saat 09:00 den keshki 18:00 ge shekem baylanısıwıńız mumkin.
❗️️Siziń bergen pikir hám usınıslarıńız arqalı tarawdaǵı bar mashqalalardıń sheshimi boyınsha arnawlı jol karta islep shıǵıladı hám olardı saplastırıw, xalqımızdıń tilek-ótinishlerin ámelge asırıw ilajları kóriledi.
___
📢 E’LON
Hurmatli fuqarolar va qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining topshirig‘iga muvofiq Kadastr va qurilish sohasidagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning sabablarini o‘rganish va sohada uchrayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish maqsadida «Call Center» tashkil etildi.
Hurmatli fuqarolar❕
Kadastr va qurilish sohasiga oid tizimli muammolar yoki xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha fikr va takliflaringizni qoldirish uchun joriy yilning 1-may sanasigacha Vazirlar Kengashi huzuridagi Maxsus shtabning
☎️61 222 45 25
☎️61 222 91 87
telefon raqamiga ertalab soat 09:00 dan kechki 18:00 gacha bog‘lanishingiz mumkin.
❗️Sizning bergan fikr va takliflaringiz orqali sohadagi mavjud muammolarning yechimi bo‘yicha maxsus yo‘l xarita ishlab chiqiladi va ularni bartaraf etish, xalqimizning xohish-istaklarini amalga oshirish choralari ko‘riladi.
Kanalǵa aǵza bolıw: https://t.me/joqargikenes
https://joqargikenes.uz/ https://t.me/joqargikeneshttps://www.instagram.com/orinbayev_a/https://www.facebook.com/OrinbayevAmanbayTleubayevichhttps://youtube.com/@joqargikenes
🦋 Mediahaftalik, 3-kun.
↪️ Ikki auditoriya — bir maqsad. 150+ ishtirokchi, zamonaviy media bilimlari va amaliy ko‘nikmalar.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🦋 Mediahaftalik: 3-kun — nazariya va amaliyot uyg‘unlashgan kun
✅ Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilayotgan mediahaftalikning uchinchi kunida 60 dan ziyod axborot xizmati rahbarlari va xodimlari uchun ularning kasbiy faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiluvchi zamonaviy va dolzarb mavzularda treninglar tashkil etildi.
✏️ Treninglar doirasida muhokamalar markazida bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar:
➡️ axborot sohasini tartibga soluvchi qonunchilik asoslari;
➡️ “Davlat organlari va OAV hamda blogerlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish” bo‘yicha uslubiy qo‘llanma taqdimoti;
➡️OAV, bloger va inflyuyenserlar bilan samarali hamkorlik mexanizmlari;
➡️ axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari (KPI va ochiqlik indeksi);
➡️ korrupsiyaga qarshi kurashishda axborot xizmatlarining o‘rni;
➡️ SMM va algoritmlar asosida rasmiy sahifalarni yuritish yondashuvlari.
🔃 Treninglar davomida ishtirokchilar:
👀 axborot bilan ishlashda huquqiy va institusional yondashuvlarni mustahkamlashdi;
👀 mediamaydonda samarali kommunikatsiya o‘rnatishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirishdi;
👀 raqamli platformalarda auditoriya bilan ishlash, kontentni rejalashtirish va tahlil qilish ko‘nikmalarini oshirishdi;
👀 axborot xizmatlari faoliyatida ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalarga ega bo‘lishdi;
👀 korrupsion holatlar haqidani xabarlar tarqalganda va inqirozli kommunikatsiya vaziyatlarida tezkor munosabat bildirish, axborotni to‘g‘ri va ishonchli taqdim etish bo‘yicha amaliy keyslar asosida o‘z malakalarini sinab ko‘rishdi.
🧑🏫 Mentorlar:
U. Kurbanbaev, D. Qurbonova, D. Soliev, N. Abdullaev
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Energetika sohasida yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov hamda Xitoy Xalq Respublikasining "FARPHIE electric group., ltd." kompaniyasi bosh menejeri Zhang Yadong bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
https://gov.uz/oz/karakalpakstan/news/view/147713
———-
Energetika tarawında jańa investiciyalıq joybarlar dodalandı
Búgin Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesiniń Baslıǵı Farxod Ermanov hám Qıtay Xalıq Respublikasınıń "FARPHIE electric group., ltd." kompaniyası bas menedjeri Zhang Yadong penen ushırasıwı bolıp ótti.
https://gov.uz/qr/karakalpakstan/news/view/147713
https://gov.uz/oz/karakalpakstan | http://instagram.com/qr.ministrlerkenesi | https://www.facebook.com/profile.php?id=61572924556334
Jas óspirimlerdiń sociallıq tarmaqlardan paydalanıwın sheklew: siz buǵan qalay qaraysız?
Búgin hár bir ata-ana ózine usı sorawdı beriwi kerek.
📱Sociallıq tarmaqlar, zıyanlı kontent, belgisiz biytanıslar...
Balalarımız hár kúni usı qáwip-qáterler menen júzbe-júz duslaspaqta. Biraq biz olardı qorǵay alamız ba?
🏛Ádillik ministrligi jas óspirimlerdiń sanlı dúnyadaǵı qáwipsizligi temasında arnawlı sociallıq sorawnama ótkermekte.
✅Tek ǵana 2-3 minutıńızdı ajıratıń - bul balalarımızdıń keleshegi ushın!
📌Sorawnamada qatnasıń:
___________________________
🇺🇿Qaraqalpaq tilindegi sorawnama
📚Jas óspirimler ushın https://forms.gle/fe4fQwRs2PyNP6vG8
👩🍼Ata-analar ushın https://forms.gle/fe4fQwRs2PyNP6vG8 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf8_DCzjPuCX_uGXkRv87imUu4NaSTaijF3sEpqP60Fm78A5A/viewform
◼️◼️◼️◼️◼️◼️◼️
Voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash: siz bunga qanday qaraysiz?
Bugun har bir ota-ona o‘ziga bu savolni berishi kerak.
📱Ijtimoiy tarmoqlar, zararli kontent, noma’lum begonalar...
Bolalarimiz har kuni shu xatarlar bilan yuzma-yuz. Lekin biz ularni himoya qila olamizmi?
🏛Adliya vazirligi voyaga yetmaganlarning raqamli dunyodagi xavfsizligi mavzusida maxsus ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
✅Atigi 2-3 daqiqangizni ajrating — bu bolalarimizning kelajagi uchun!
📌So‘rovnomada ishtirok eting:
___________________________
🇺🇿Qoraqalpoq tilidagi so‘rovnoma
📚Voyaga yetmaganlar uchun https://forms.gle/fe4fQwRs2PyNP6vG8
👩🍼Ota-onalar uchun → https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf8_DCzjPuCX_uGXkRv87imUu4NaSTaijF3sEpqP60Fm78A5A/viewform
__
🇷🇺Анкета на русском языке
📚Для несовершеннолетних → https://docs.google.com/forms/d/1__wO6kSuW4-iNyTlnWatfs2Cf6uhNosLbTh1ZS2j8Tw/edit
👩🍼Для родителей → https://docs.google.com/forms/d/1mo9FF-1k7O_BDHvMrX0rb9BOhIL_od8CmqLSha5W6zc/edit
Karakalpakstan.uz
00:09 1 thg 4, 2026
🎥 Video
16:00 30.03.2026
Yoshlar bilan muloqotda aniq taklif va tashabbuslar bildirildi
#Qoraqalpog'iston
muxbir: Tamara Jumaniyazova
https://t.me/zamon_lavhalar
1,220
0
Karakalpakstan.uz
00:09 1 thg 4, 2026
📷 Photo
Toʻrtkoʻl tumani hokimligida tumanda kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov olib bordi. Tadbirda tuman hokimi I. Xudaybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlik va idoralari masʼullari, hokim oʻrinbosarlari, soha rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.03.2026 yildagi “Ipakchilik sohasini yangi tizim asosida rivojlantirish hamda ozuqa bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-87-sonli qarori ijrosi yuzasidan topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari Mahallalarda «Bir kontur — bir mahsulot» tamoyili asosida dehqonchilikni tashkil etish, aholi tomorqasida oziq-ovqat mahsulotlarini ekish ishlarini jadallashtirish, chorvachilik yoʻnalishidagi imtiyozli kreditlar ajratish, aholini naslli mol, qoʻy- echki va parranda yetishtirib berish orqali bandligini taʼminlash va daromadini oshirish maqsadida aholiga yetkazib berishni jadallashtirish kabi masalalar boʻyicha topshiriqlar berildi.
———
Tórtkúl rayonı hákimliginde rayonda kámbaǵallıqtı qısqartıw baǵdarında ámelge asırılıp atırǵan hám rejelestirilgen tiykarǵı wazıypalarǵa qaratılǵan keńeytilgen májilis bolıp ótti.
Májilisti Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesiniń Baslıǵı Farxod Ermanov alıp bardı. Ilajda rayon hákimi I. Xudaybergenov, Qaraqalpaqstan Respublikası ministrlikleri hám uyımlarınıń juwapkerleri, hákim orınbasarları, taraw basshıları hám máhálle belsendileri qatnastı.
Ózbekstan Respublikası Prezidentiniń 06.03.2026-jıldaǵı "Jipekshilik tarawın jańa sistema tiykarında rawajlandırıw hám ot-jem bazasın bekkemlewge baylanıslı qosımsha ilajlar haqqında"ǵı PQ-87-sanlı qararınıń orınlanıwı boyınsha tapsırmalar berildi.
Bunnan tısqarı, Máhállelerde "Bir kontur — bir ónim" principi tiykarında diyqanshılıqtı shólkemlestiriw, xalıqtıń qıytaq jerinde azıq-awqat ónimlerin egiw jumısların jedellestiriw, sharwashılıq baǵdarında jeńilletilgen kreditler ajıratıw, xalıqtı násilli mal, qoy-eshki hám qus jetistiriw arqalı bántligin támiyinlew hám dáramatın arttırıw maqsetinde xalıqqa jetkerip beriwdi jedellestiriw sıyaqlı máseleler boyınsha tapsırmalar berildi.
https://gov.uz/oz/karakalpakstan | http://instagram.com/qr.ministrlerkenesi | https://www.facebook.com/profile.php?id=61572924556334
Nókis qalasında ǵalabalıq juwırıw marafonı ótkerildi
Búgin Nókis qalasında 5 jónelis boyınsha sportshılar, studentler, jámlespegen jaslar hám baqsha tárbiyalanıwshıların ózinde jámlegen ǵalabalıq juwırıw marafonı ótkerildi.
Marafonnıń sıylıqlaw máresiminde Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń Baslıǵı Amanbay Orınbaev qatnastı.
Atap ótilgenindey, sońǵı jılları húrmetli Prezidentimizdiń basshılıǵında barlıq tarawlar qatarında dene tárbiya hám sporttı rawajlandırıwǵa hám ǵalabalıq sporttı en jaydırıwǵa, jaslardı sportqa tartıwǵa ayrıqsha itibar qaratılıp, bul baǵdarda keń kólemli ilajlar ámelge asırılmaqta.
Búgingi marafon da mine usı baǵdardaǵı ilajlardan biri bolıp, sportshılar, áskeriy xızmetkerler, joqarı oqıw orınları studentleri, máhállelerdegi 7 jastan 70 jasqa shekemgi 5 mıńnan aslam qatnasıwshılardı ózinde jámledi.
Álbette, bunday ilajlar salamat turmıs tárizin qáliplestiriw, xalqımızdıń densawlıǵın bekkemlewde áhmiyetli esaplanadı.
Ótkerilgen marafon juwmaǵında qarsılaslarına ústem kelip, jeńimpazlıqtı qolǵa kirgizgen qatnasıwshılar medal hám bahalı sawǵalar menen sıylıqlandı.
___
Nukus shahrida ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
Bugun Nukus shahrida 5 yo‘nalish bo‘yicha sportchilar, talabalar, uyushmagan yoshlar va bog‘cha tarbiyalanuvchilarini o‘z ichiga olgan ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
Marafonning taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida barcha sohalar qatori jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, ommaviy sportni keng targ’ib qilishga, yoshlarni sportga jalb etishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi marafon ham ana shu yo‘nalishdagi tadbirlardan biri bo‘lib, sportchilar, harbiy xizmatchilar, oliy o‘quv yurtlari talabalari, mahallalardagi 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 5 mingdan ortiq ishtirokchilarni o‘zida jamladi.
Albatta, bunday tadbirlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xalqimiz salomatligini mustahkamlashda muhim hisoblanadi.
O‘tkazilgan marafon yakunida raqiblaridan ustun kelib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Kanalǵa aǵza bolıw: https://t.me/joqargikenes
https://joqargikenes.uz/ https://t.me/joqargikeneshttps://www.instagram.com/orinbayev_a/https://www.facebook.com/OrinbayevAmanbayTleubayevichhttps://youtube.com/@joqargikenes
Karakalpakstan.uz
03:57 30 thg 3, 2026
🎥 Video
09:00 29.03.2026
Xorijlik muallimlar Orol dengizi hududi bilan tanishdilar
#Qoraqalpog‘iston
muxbir: Tamara Jumaniyazova
https://t.me/zamon_lavhalar
691
0
Karakalpakstan.uz
03:57 30 thg 3, 2026
📷 Photo
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan Xitoy Xalq Respublikasining “Chian Ningbo Guangyuan Investment Co., Ltd” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g'risida memorandumi imzolandi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Farxod Ermanov hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Chian Ningbo Guangyuan Investment Co., Ltd” kompaniyasi direktori Wu Yiming ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
https://gov.uz/oz/karakalpakstan/news/view/147122
——
Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesi menen Qıtay Xalıq Respublikasınıń "Chian Ningbo Guangyuan Investment Co., Ltd" kompaniyası arasında birge islesiw haqqındaǵı memorandumǵa qol qoyıldı
Búgin Qaraqalpaqstan Respublikası Ministrler Keńesiniń Baslıǵı Farxod Ermanov hám Qıtay Xalıq Respublikasınıń "Chian Ningbo Guangyuan Investment Co., Ltd" kompaniyası direktorı Wu Yimingtiń qatnasıwında ushırasıw bolıp ótti.
https://gov.uz/qr/karakalpakstan/news/view/147122
https://gov.uz/oz/karakalpakstan | http://instagram.com/qr.ministrlerkenesi | https://www.facebook.com/profile.php?id=61572924556334
Joriy yilning 29-mart kuni Nukus shahrida Silk Road Nukus, Talaba Yugur, Inson uchun va Kids Run bolalar ishtirokida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tadi.
Boshlanish joyi: O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston bayroqlari o‘rnatilgan joy;
Start 29-mart kuni soat 07:00 da.
Marafonda 5 km, 10 km va Kids Run nomi ostida kichkina bolalar uchun 250 m va 500 m masofalarga yugurish kerak bo‘ladi.
Marafonda ishtirok etish uchun: https://perfend.com/ru/events/sport/silkroad-nukus platformasidan ro‘yxatdan o‘ting.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi.
🏃 10 km masofadagi g‘oliblar uchun (erkaklar va ayollar):
🥇 1-o‘rin - 6 mln so‘m,
🥈 2-o‘rin - 5 mln so‘m,
🥉 3-o‘rin - 4 mln so‘m
🏃♂️ 5 km masofadagi g‘oliblar (erkaklar va ayollar):
🥇 1-o‘rin - 3,5 mln so‘m;
🥈 2-o‘rin - 3 mln so‘m;
🥉 3-o‘rin - 2,5 mln so‘m;
🏃♀️ Kids Run nomida kichkina bolalar uchun 250m va 500m masofalardagi g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
————
Usı jıldıń 29-mart kúni Nókis qalasında Silk Road Nukus, Talaba Yugur, Insan ushın hám Kids Run balalar qatnasıwında ǵalabalıq juwırıw marafonı bolıp ótedi.
Baslanıw ornı: Ózbekstan hám Qaraqalpaqstan bayraqları ornatılǵan jer;
Start 29-mart kúni saat 07:00 de.
Marafonda 5km, 10 km hám Kids Run atamasında kishkene balalar ushın 250m hám 500m aralıqlarǵa juwırıw kerek boladı.
Marafonda qatnasıw ushın: https://perfend.com/ru/events/sport/silkroad-nukus platformadan dizimnen ótiń.
Jeńimpazlar tómendegishe sıylıqlanadı.
🏃 10 km aralıqtaǵı jeńimpazlar ushın (er adamlar hám hayal-qızlar):
🥇 1-orın - 6 mln som,
🥈 2-orın - 5 mln som,
🥉 3-orın - 4 mln som
🏃♂️5 km aralıqtaǵı jeńimpazlar (er adamlar hám hayal-qızlar):
🥇 1-orın - 3,5 mln som;
🥈 2-orın - 3 mln som;
🥉 3-orın - 2,5 mln som;
🏃♀️ Kids Run atamasında kishkene balalar ushın 250m hám 500m aralıqtaǵı jeńimpazlar qımbat bahalı sawǵalar menen sıylıqlanadı.
https://gov.uz/oz/karakalpakstan | http://instagram.com/qr.ministrlerkenesi | https://www.facebook.com/profile.php?id=61572924556334