*Asoslangan Astronomik Xabarlar,
*Asoslangan Astronomik Tafsilotlar,
*Asteroidlar Xavfidan Ogohlantirish,
*Astronomning Qiziqarli Hikoyalari,
*Astronomdan Lirik Chekinishlar...
Follow @Astronom_Kamoliddin_Ergashev to stay updated with the latest ogohlantirish and astronomik trends and news
PAYSHANBANI OSHI
Bugun oshni yeb boʻlgach, uydagingiz: "boshim ogʻriyapti" desa - "obbo, yana bahona qilyapti" deb asabiylashishga shoshilmang.
Shu safar rostdan boshi ogʻriyotgan boʻlishi mumkin.
Sababi bugun tunda 7 balli "kuchligina" magnit boʻronlari boʻlib oʻtishi kutilmoqda.
Ichki xotirjamli-i-ik...
🔭
332
6
0
Astronom Kamoliddin Ergashev
03:44 1 thg 8, 2026
📷 Photo
YANGI TADQIQOT
Koinotda "CW Cas" nomli yulduz bor. 1938-yilda bu yulduz aslida bir biriga juda yaqin joylashgan 2 ta zich-qo'shaloq yulduzlar bo'lishi mumkinligi taxmin qilingan.
Yaqinda Amerikaning "The Astrophysical Journal" ilmiy nashrida O'zbekistonlik va Xitoylik astronomlarning birgalikdagi tadqiqotlari nashr etildi. Ma'lum bo'lishicha u yerda butun boshli 4 ta yulduzdan iborat tizim joylashgan ekan.
Markazda og'irligi Quyoshnikidek bo'lgan yulduz va Quyoshni yarmidek yana bir yulduz bir-biriga tegar-tegmas masofada aylanadi. Katta yulduzning ustida kattagina dog'i bor va bu dog' 350 kunlik davr bilan o'zgarib turar ekan.
Bu ikkovidan biroz olisroqda quyoshdan biroz kichikroq mitti yulduz 99.4 yillik davr bilan aylanib yuradi;
Bu uchchovidan ancha olislarda esa boshqa bir qizil mitti yulduz aylanadi. Ya'ni tizim 4 ta Quyoshli tizim bo'lib, markazini o'zida 2 ta quyoshi bor.
P. S.: Bitta Quyoshlilarga alam qilsinmi... 😝
🔭
339
Astronom Kamoliddin Ergashev
03:44 1 thg 8, 2026
📷 Photo
Yer sekinlaganmish, tushib qolmoqchilar harakatni qilinglar...
Mahalliy saytlarimiz " https://www.sciencefocus.com/news/unprecedented-earths-rotation" dan olgan va u ham aslida " https://agupubs.onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1029/2025JB032161" jurnalidagi bir ilmiy maqoladan olingan ma'lumotga ko'ra - Yer 1.33 millisekund/asr, ya'ni 0.0133 millisekund/yil ga sekinlashgan emish.
Bu sekinlashishni insoniyat deyarli sezmaydi desak, vohimachilar endi GPSlar va sun'iy yo'ldosh tizimlariga qiyin bo'ladi, bla-bla deyishyapti.
Keling faktlarga qaraylik: Sutka uzunligining yillik fluktuatsiyalari 2023-yilda 2.63 millisekund, 2024-yilda 2.61 millisekund va 2025-yilda esa 3.09 millisekund ga teng bo'lgan. Ya'ni trend o'zgarishining yillik fluktuatsiyasi - trendning yillik ortishidan o'rtacha 200 baravar katta !!!
Demak, bundan 200 baravar katta yillik fluktuatsiyalarda qiynalmayotgan GPSlar va sun'iy yo'ldosh tizimlari shunchaki arzimas trendga qiynalib qolarmish-da.
Rostdan tushib qolinglar...
🔭
310
Astronom Kamoliddin Ergashev
03:44 1 thg 8, 2026
XAVFLI ASTEROIDLAR
Bundan ikki hafta avval "FIKRAT" dasturida "Xavfli asteroidlar - insoniyat sayyoraviy mudofaaga tayyormi?" degan mavzuda suhbat qilgan edik.
Bir yarim soat davomida - Quyosh tizimi, Xavfli asteroidlar, Maydanak observatoriyasida kuzatuvlar va Insoniyatning sayyoraviy mudofaa sohasidagi tajribalari haqida gaplashganmiz.
Kuzatuvchi astronom sifatida real masalalarni keltirib berishga harakat qilganman.
Suhbat havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=fmOnyinGt0Q&t=5136s.
🔭
294
3
Astronom Kamoliddin Ergashev
03:44 1 thg 8, 2026
📷 Photo
O'G'IRLANGAN OMAD
Asteroidlardan biri Maydanak observatoriyasida 2005-yildan boshlab kuzatilgan. 2012-yildan boshlab men davom ettirib keldim. O'tgan 20 yilning 11 yilida - ya'ni asteroid har yaqin kelganida tunlari uxlamasdan kuzatilgan.
Natijalarni umunlashtirib, tahlillarni ya'kunlab, endi mana yangilikni e'lon qilaman deb tursam - kuni kecha Kosmik teleskoplardan biri SHATAAAAAQ etib rasmga olib, SRAZZZII yangiligikni e'lon qivordi. Hozir BASHARAM xo'rozqandi tortib olingan bolaniki bilan bir-xil...
Keyingi oyni oyligini olsam - kosmosga bitta teleskop uchirtiraman, o'z-o'zimga, shaxsiy...
🔭
328
Astronom Kamoliddin Ergashev
03:44 1 thg 8, 2026
📷 Photo
TILIM QURSIN...
Oʻtgan bayramda qoʻyni rasmi bor tabriknomalar rosa urf boʻldi.
Bir tanishim SI da oʻzi qoʻy koʻtarib tushgan rasmidan tabriknoma yasab, menga ham yuborgan ekan. Tilim qichib: ...rasmda koʻrinishiz ancha yaxshi, lekin orqadagi bratni tanimadim - deb hazillashgan edim.
Palakat, endi telefonini koʻtarmayapti...
🔭
253
8
Astronom Kamoliddin Ergashev
03:44 1 thg 8, 2026
📷 Photo
DUSHANBA HAQIDA
Dushanbani men - o'z orbitasining Quyoshdan eng uzoq nuqtasidan o'tayotgan kometaga o'xshataman:
- Yorqinligi pasaygan;
- Faolligi so‘ngan;
- Dumi parchalanib ketgan;
- Tezligi minimumga yaqin;
- Energiya zaxirasi tugagan;
- Sovuq va sust;
Ammo orbital mexanika shafqatsiz - u qaytishga majbur va mahkum.
🔭
275
3
Astronom Kamoliddin Ergashev
03:44 1 thg 8, 2026
📷 Photo
Oddiy Oʻzbek nuqtai-nazaridan qaralsa - bu missiya toʻyga borib, toʻyxonaga kirmasdan qaytilgandek gap. 😁
Aslida esa missiya maqasadi toʻyxonaga kirish emas, uning yaqiniga borib-qaytishni mashq qilish edi.
🔭
318
9
Astronom Kamoliddin Ergashev
03:44 1 thg 8, 2026
📷 Photo
OYDAGI CHIQINDILAR
Oyga amalga oshirilgan missiyalar Oyda o'zidan ma'lum miqdor chiqindi tashlab kelgan.
Buni qarang-ki, 2020-yilda qabul qilingan AQShning "Kosmosda inson merosini himoya qilish uchun bitta kichik qadam (One Small Step to Protect Human Heritage in Space Act)" qonuniga ko'ra kimdir Oyga bormoqchi bo'lsa - shu chiqindilarga tegmasligi, zarar yetkazmasligi yoki o'zgartirmasligi kerak. Kamiga o'sha chiqindilar bor hududlarda faoliyat olib borish uchun AQSHdan ruxsatnoma ham olishi lozim bo'ladi.
Aslida 1967-yilda qabul qilingan "Outer Space Treaty" xalqaro kelishuviga ko'ra Oydagi hududlarga hech kim egalik qila olmaydi. Lekin endi agar o'sha hududda AQSHga tegishli chiqindi mavjud bo'lsa, siz u hududda erkin emassiz. Zo'r-a.
Kimga Oydan hudud kerak bo'lsa, zudlik bilan borib, tanlagan hududingizga biror chiqindi tashlab keling. Adashib ketib, xalqaro mojaroga sabab bo'lmasligingiz uchun - AQSHga tegishli chiqindilar koordinatalarini mana https://www.nasa.gov/wp-content/uploads/2024/02/final-catalogue-of-manmade-material-on-the-moon.pdf qoldiraman.
🔭
Astronom Kamoliddin Ergashev
03:44 1 thg 8, 2026
🎥 Video
KASHFIYOTLAR OQIMI
Men o'zimizdagi texnika (!) bilan hali yangi asteroid kashf qila olmadim deb yurgan bir vaqtda - Rubin observatoriyasidagi eng zamonaviy va eng katta teleskop hali ishga tushar tushmas naq 11 mingta yangi asteroid kashf qilibdi.
Vera C. Rubin Observatoriyasidagi asosiy teleskop SST (Simonyi Survey Telescope) diametri 8.4 metr. Uning juda katta - 3.2 Gigapikselli kamerasi bor. Bu kameraning bir dona rasmi 20 Terabaytgacha yetishi mumkin. Qurilmaning umumiy narxi 700 mln dollar atrofida. Videoda SST tomonidan kashf etilgan asteroidlar ko'rsatilgan.
Keyingi oyda oyligim chiqqanida menam o'zimga shundan bitta yasattirvolaman...
🔭
368
6
Showing 10 of 10 posts
No more posts
5
0
5
0
0
6
0
0
0
0
420
4
0
0
Chưa có đánh giá nào. Hãy là người đầu tiên chia sẻ trải nghiệm của bạn!