2026-yil may oyida Germaniyada nimalar o‘zgaradi?
1. Elektromobillar uchun subsidiyalar
🟢Ariza topshirish uchun onlayn portal ishga tushirilmoqda. Yiliga 80 000 yevrogacha daromadga ega oilalar yangi elektromobillar va gibridlarni sotib olish yoki ijaraga olish uchun 1 500 yevrodan 6 000 yevrogacha mablag‘ olishlari mumkin (birinchi ro‘yxatdan o‘tish 2026-yilda). To‘lov miqdori daromad va bolalar soniga bog‘liq.
2. Yonilg‘i narxining pasayishi
🟢1 maydan boshlab hukumat vaqtincha (2 oyga) aksiz soliqlarini pasaytiradi. Benzin va dizel yonilg‘isining har litri taxminan 0,17 yevroga arzonlashishi kutilmoqda.
3. Davlat sektorida ish haqining o‘sishi
🟢Davlat xizmatlari va munitsipalitetlar xodimlari uchun ish haqini oshirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi. 1-maydan to‘lovlar +2,8%ga oshadi.
4. Binolarning yangi energiya sertifikatlari (GEG)
🟢29-maydan boshlab yangilangan A-G shkalasi (A+-H o‘rniga) joriy etiladi.
"A" sinfi endi faqat nol emissiyali binolarga beriladi.
Ijarani uzaytirish va kapital ta’mirlashda yangi sertifikat majburiy bo‘ladi.
5. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni kengaytirilgan skriningdan o‘tkazish
🟢15-maydan boshlab chaqaloqlarni tekshirish dasturi yangi testlar - jumladan, B12 vitamini tanqisligi va kam uchraydigan metabolik kasalliklar bilan to‘ldirilmoqda.
6. Biznes uchun yengillik
🟢Ma’muriy yuk kamayadi: endilikda faqat 50 nafar xodimga ega bo‘lgan kompaniyalar xavfsizlik bo‘yicha mas’ul shaxsni (Sicherheitsbeauftragter) tayinlashi shart (ilgari - 20 nafar).
7.1000 yevrogacha soliqdan ozod qilingan mukofot
🟢Ish beruvchilar xodimlarga 1000 yevrogacha bo‘lgan miqdorni soliqlar va ijtimoiy to‘lovlarsiz to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Muhim:
ushbu to‘lov majburiy emas
qaror to‘liq ish beruvchiga bog‘liq
Shu tariqa, qo‘llab-quvvatlash miqdori har bir kompaniyada turlicha bo‘lishi yoki umuman mavjud bo‘lmasligi ham mumkin.
🇺🇿🇩🇪 va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
2,560
17
0
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
20-avg, 2026, 06:03
📷 Photo
Germaniyada jurnal obunasini qanday bekor qilish mumkin
Quyida bosqichma-bosqich yo‘riqnoma:
1: Obuna haqidagi ma’lumotlarni toping
Quyidagilarni tekshiring:
🟢Jurnal va nashriyot nomi (masalan, „SPIEGEL“, „FOCUS“, „TV Digital“ va h.k.)
🟢Obuna bo‘lish usuli (sayt, pochta yoki „ http://abo-direkt.de/“ kabi agentlik orqali)
🟢Bekor qilish shartlari (Fristen zur Kündigung) — odatda tasdiq xatida yoki saytda ko‘rsatilgan bo‘ladi.
2: Kündigungsschreiben (bekor qilish xati) yozing
Quyida nemischa andoza:
[Dein Vor- und Nachname]
[Deine Adresse]
[PLZ und Ort]
An:
[Name des Verlags oder Abo-Dienstes]
[Adresse, falls bekannt]
Betreff: Kündigung meines Zeitschriftenabonnements
Kundennummer: [Deine Kundennummer, falls bekannt]
Sehr geehrte Damen und Herren,
hiermit kündige ich mein Abonnement der Zeitschrift [Name des Magazins] fristgerecht zum nächstmöglichen Zeitpunkt. Bitte bestätigen Sie mir die Kündigung schriftlich unter Angabe des Beendigungszeitpunkts.
Mit freundlichen Grüßen,
[Dein Name]
[Unterschrift – nur bei Briefversand]
3: Kündigung (bekor qilish xati)ni yuboring
🟢Pochta orqali (buyurtma xat — Einschreiben tavsiya etiladi) — qo‘lingizda kvitansiya bo‘lishi uchun.
🟢E-mail orqali — agar ular qo‘llab-quvvatlash xizmatining elektron pochtasini (odatda kundenservice@…) ko‘rsatgan bo‘lsa.
🟢Sayt yoki onlayn-forma orqali — agar bunday imkoniyat mavjud bo‘lsa.
4:Tasdiqnomani tekshiring
Ular sizga bekor qilinganlik haqida yozma tasdiqnoma yuborishlari kerak. Unda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘ladi:
🟢obunaning tugash sanasi,
🟢boshqa majburiyatlaringiz yo‘qligi.
Muhim jihatlar:
🟢Agar obuna tugashidan 1–3 oy oldin bekor qilinmasa, u odatda avtomatik ravishda uzaytiriladi.
🟢Sinov davri (masalan, „Probeabo“) tugagan bo‘lsa, ba’zi obunalarni darhol bekor qilish mumkin.
va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
20-avg, 2026, 06:03
📷 Photo
Germaniyada ishsiz qolish: viza yoki yashash ruxsatnomasi (VNJ) nima bo‘ladi?
Germaniyada har kim ishidan ayrilishi mumkin, biroq buning oqibatlari sizning mamlakatda qaysi asosga ko‘ra yashayotganingizga bog‘liq.
Quyida maqom turlari bo‘yicha tahlil keltirilgan:
Yevropa Ittifoqining Moviy kartasi (Blue Card EU) (§18b Abs. 2 AufenthG)
🟢Yuqori malakali mutaxassislar uchun.
🟢Uch oygacha ishsiz qolish mumkin.
🟢O‘z sohangizda yetarli maoshli yangi ish topishingiz kerak.
🟢Agar ulgurmasangiz, Ausländerbeho‘rde kartani bekor qilishga haqli.
Muhim: muddat ishdan bo‘shatilgan kundan emas, balki shartnoma yakunlangan sanadan boshlab hisoblanadi.
Ishchi viza (§18a, §18b Abs. 1 AufenthG)
🟢Germaniyada kasbi tan olingan mutaxassislar uchun.
🟢Qoidalar o‘sha-o‘sha — ko‘pi bilan 3 oy ishsiz qolish mumkin.
🟢Yangi ish malakaga mos kelishi shart.
🟢Agar o‘z vaqtida ish topilmasa, ruxsatnoma bekor qilinishi mumkin.
§19c Abs. 2 AufenthG + Beschäftigungsverordnung
🟢Diplomsiz, biroq tajribaga ega mutaxassislar uchun.
🟢Uch oylik ishsizlikka yo‘l qo‘yiladi.
🟢Xavf yuqoriroq: Moviy karta egalariga qaraganda yashash asosini o‘zgartirish qiyinroq.
O‘zini o‘zi band qilish (§21 AufenthG)
🟢Tadbirkorlar va frilanserlar uchun.
🟢“3 oy” degan cheklov yo‘q.
🟢Asosiysi — biznesingiz haqiqatan ham ishlashi va daromad keltirishi kerak.
🟢Agar biznes xujjat bilan tasdiqlangan bo‘lmasa, ruxsatnomani uzaytirib bo‘lmaydi.
✅ Talabalik vizasi (§16b AufenthG)
🟢Asosiy shart — o‘qish.
🟢Agar universitetni tashlab, boshqasiga o‘qishga kirmasangiz, viza o‘z kuchini yo‘qotadi.
🟢Bu yerda ish ikkinchi darajali: cheklangan miqdordagi soatlarda ishlashga ruxsat etiladi.
Kasbiy ta’lim (Ausbildung) (§16a AufenthG)
🟢Asos — kasb-hunar ta’limi olish.
🟢Agar o‘qishni to‘xtatib, boshqa muassasada davom ettirmasangiz, ruxsatnoma bekor qilinadi.
Xulosa:
🟢Moviy karta va ishchi viza(§18B, §18A) egalari uchun 3 oy ichida yangi ish topish o‘ta muhim.
🟢O‘zini o‘zi band qilganlar(§21 AufenthG) daromadini va biznesning hayotiyligini tasdiqlashi kerak.
🟢Talabalar va Auszubildende (kasb o‘rganuvchilar) uchun o‘qishni to‘xtatmaslik muhim.
va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
20-avg, 2026, 06:03
📷 Photo
Germaniyadagi ish beruvchini qanday tekshirish va tanlovda adashmaslik mumkin?
Kutilmagan noxushliklarning oldini olib, kompaniyadagi haqiqiy ahvolni bilmoqchimisiz? Unda quyidagi muhim punktlarga e'tibor qarating.
Ishga joylashishdan oldin nimalarga e’tibor berish kerak:
🟢 Rahbariyat o‘zini qanday tutadi va xodimlarga hurmat bormi?
🟢 Haqiqiy maosh vakansiyada ko‘rsatilganiga mos keladimi?
🟢 Ishdan keyin ortiqcha ishlash holatlari bormi va buning uchun haq to‘lanadimi?
🟢 Jamoada qanday muhit hukm suradi va kadrlar qo‘nimsizligi darajasi qanday?
Ish beruvchilar haqidagi fikrlarni quyidagi web-portallar orqali o'qishingiz mumkin:
1. Kununu — Germaniyadagi xodimlarning fikr-mulohazalari jamlangan eng yirik platforma.
2. Glassdoor — kompaniyalar va maoshlar haqida insayd ma’lumotlar beruvchi xalqaro servis.
3. Indeed — vakansiyalar + xodimlarning haqqoniy fikrlari.
4. Jobvoting — asosiy mezonlar bo‘yicha baholar: maosh, muhit, sharoitlar.
5. MeinChef — kompaniyalar rahbariyatiga alohida e’tibor qaratuvchi manba.
6. Workzone — mehnat sharoitlari va jamoaviy ish haqidagi fikr-mulohazalar.
7. Jobvergleich — ish beruvchilarning reyting va sharhlari.
Tanqidiy yoki Ijobiy Fikr-mulohazalarni qanday to‘g‘ri tahlil qilish kerak:
🟢Bitta fikrga asoslanib xulosa qilmang — umumiy manzaraga e’tibor bering.
🟢 Ijobiy va salbiy fikrlarni solishtiring.
🟢Yozilgan sanalarga ahamiyat bering — ma’lumotning yangiligi muhim.
🟢Aniq dalillarni izlang: tafsilotlar hissiyotlardan doim qimmatliroq.
Fikr-mulohazalar buyurtma asosida yozilgan yoki haddan tashqari bo'rtirilgan bo‘lishi ham mumkin. Juda mukammal yoki o‘ta salbiy sharhlar shubha uyg‘otishi kerak. Xolis fikrga kelish uchun izohlardagi ohang, dalillar va ularning sonini baholang.
Agar O'zbekistonda turib Ish beruvchi topgan bo'lsangiz va shartnoma haqiqiy yoki soxtaligini tekshirish uchun:
“Istiqbolli avlod” tashkilotining
📞 +998 95 143 94 94
raqamiga telefon qiling va hujjatlaringizni tekshirtiring.
⠀
https://t.me/istiqbolliavlod_uz
⠀
💰 Mutlaqo bepul! ❗️Asosiysi — aldanmang!
va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
20-avg, 2026, 06:03
📷 Photo
2027-yilga mo‘ljallangan katta soliq islohoti konsepsiyasi taqdim etildi
CDU/CSU deputatlari (Yannik Buri va Florian Dorn) keng ko‘lamli soliq islohoti konsepsiyasini taqdim etdilar. Maqsad - soliq to‘lovchilarning yukini yiliga 25-30 milliard yevroga kamaytirish. Loyiha SPD bilan koalitsiyada muzokaralar uchun asos bo‘ladi.
Asosiy o‘zgarishlar:
Soliq solinmaydigan minimum: Minimal 1000 yevroga ko‘payish (hozir 12 348 yevro)
Spitzensteuersatz (maksimal stavka 42%): 85 000 yevrodan (hozirda taxminan 70 000 yevrodan) yuqori daromad uchun qo‘llaniladi. Bu malakali ishchilarni "boylar" toifasiga muddatidan oldin tushib qolishdan himoya qiladi.
Ilgari 70 000 yevro soliqqa tortiladigan daromad bilan eng yuqori soliq toifasiga kiritilgan soliq to‘lovchi kelajakda yiliga deyarli 1400 yevro kamroq soliq to‘laydi (rasmga qarang).
Solidaritätsteuer (birdamlik solig‘i): Hamma uchun to‘liq bekor qilish (hozirda uni faqat eng yuqori 10% va kompaniyalar to‘laydi).
Reichensteuer (boylik solig‘i): stavkani 45% dan 47,5% gacha oshirish, ammo kirish chegarasi 210 000 yevrogacha (hozirda 277 826 yevro) pasayadi.
Germaniya OECD mamlakatlari orasida soliq yuki bo‘yicha 2-o‘rinni egallaydi (yolg‘izlar uchun 47,9%). Tizim adolatsiz deb hisoblanadi: stavkalarning keskin oshishi va yuqori ijtimoiy to‘lovlar tufayli ko‘pchilik uchun ko‘proq ishlash foydasiz.
Byudjet taqchilligini subsidiyalarni keskin qisqartirish orqali qoplash rejalashtirilmoqda (rasmda ko'rsatilgan): uch yil davomida davlat to‘lovlarini har yili 15 foizga qisqartirish. Bu taxminan 22 milliard yevro beradi.
Bundan tashqari, hukumat xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’muriy xarajatlarni 10 foizga kamaytirishga va’da berdi, ammo hozircha bu unchalik yaxshi natija bermayapti.
Umumiy aytganda: Hozircha koalitsiyada muhokama qilish uchun taklif. Islohotning o‘zi 2027-yil 1-yanvarga rejalashtirilgan.
🇺🇿🇩🇪 va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
20-avg, 2026, 06:03
📷 Photo
Shtamplar o‘rniga biometriya: Yevropa ittifoqi 10-apreldan chegara nazorati qoidalarini o‘zgartiradi
2026-yil 10-apreldan boshlab EES (Kirish/Chiqish Tizimi)ga ulangan mamlakatlarning tashqi chegaralarida chegara nazoratining yangi tartibi amal qila boshlaydi.
Pasportdagi odatiy shtamplar o‘rniga mamlakatga kirish va chiqishning raqamli hisobi joriy etiladi.
Bu O'zbekistonliklar uchun nimani anglatadi:
🟢 birinchi marta kirishda pasportni skanerlash, suratga olish va barmoq izlarini topshirish talab etilishi mumkin
🟢tizim Shengen hududiga qisqa muddatga — 90 kungacha bo‘lgan davrga kiruvchi uchinchi davlat fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi
🟢vaqtincha va doimiy yashash huquqiga ega bo‘lgan vatandoshlarga ta'siri qilmaydi
Asosiy o‘zgarish:
🟢Sayyohlar va qisqa muddatli sayohatlar uchun nazorat yanada raqamli va avtomatlashtirilgan bo‘ladi.
🟢Noquniy migratsiya, boshqa Evropa davlatlaridan ruxsatsiz Germaniyada ishlashga keladigan fuqarolarni nazorat qilish va qonun ustuvorligini ta’minlash.
P.s oxirgi paytlarda boshqa Evropa davlatlaridan schengen Viza bilan qolish, yoki Polsha va Slovakiya ID bilan Germaniyada ishlash huquqi mavjud emas va noqonuniy migratsiya hisoblanadi. Qo'lga tushib qolish kamida 5 yillik deportatsiya va 10000€ gacha shtrafga olib kelishi mumkin!
va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1.
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
20-avg, 2026, 06:03
Assalomu alaykum vatandoshlar va kanalimiz a’zolari.
Kimgadir Sug'urta (gesetzliche Krankenversicherung) yoki Bank Kartasi - IBAN kerak bölsa bizga aloqaga chiqishilar mn tekinga qilib beramiz.
Qog'ozlar, Antraglar bn boshingizni og'ritib ötirmaysiz
Siz uchun bu xizmatlar nafaqat tekinga tushadi, balki Bank kartangizni ishlata boshlaganizdan 3 oy o'tgach sizga 50 € Prämie💵 ham beriladi. (bizga xizmat xaqqini esa Bank to'laydi)
Agar Sayoxat sugurtasi yoki Lebenslauf kk bo'lsa, ukam 150 ming evaziga qilib berishi mn.
Murojat uchun: Bahodir aka https://t.me/bankai_bringer1
P.s Bahodir aka, Bunyod aka anchadan beri Germaniyadalar va ishlarni holisona va vaqtida bajaradilar.
2,530
18
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
20-avg, 2026, 06:03
😁😆😁Germaniyaga qanday ketsa bo‘ladi?
Trenddan qolmaylik dedim🪖
Germaniyadagi vatandoshlar uchun bepul maslahat va yo'l xaritasi!
Hurmatli Vatandoshlar va O'zbekistonliklar
agar siz Germaniyada bo'lsangiz sizga quyidagi mavzular bo'yicha bepul maslahatlarimiz bilan bo‘lishamiz
🟢Au-Pair, Til-kursi, Oila birlashtirish, Weiterbildung, 8 oylik va Chancenkarte vizalaridan ishchi vizalariga o'tish.
🟢Ausländerbehörde va Bundesagentur für Arbeit da yuzaga kelgan savol va tushunmovchiliklar bo'yicha yordam berish.
🟢Davlat organlari tomonidan kelgan xujjatlarni ko'rib chiqib to'g'ri yo'lanish berish
🟢Davlat tominidan beriladigan imtiyoz va yordamlar böyicha savollar
🟢Sug'urtalar to'g'risida savollar
Faqat iltimos! GERMANIYADA bölmasangiz, meni ham o'zingizni ham vaqtingizni bekorga sarflamang! Bunday savollarga javob berilmaydi!
Juda sayoz va mantiqsiz savollar ham javobsiz qoldiriladi! Google va Chatgpt so'rang!
Admin o'zi Germaniyada va ma'lum sohalarda tajriba ega, shuning uchun bemalol yozishing mumkin.
Telegram Premium obunasiga ega obunachilarimiz bo'lsa kanal rivoji uchun https://t.me/boost qilsangiz minnatdor bo'lamiz.
🇺🇿🇩🇪 va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
3,170
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
20-avg, 2026, 06:03
🎥 Video
Germaniyaga kelayotgan yurtdoshlarimiz ko‘pincha kelganidan keyin asosan nima ishlar qilish kerakligi to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega emasliklari uchun, juda ko‘p vaqt va resurslar yo‘qotilishiga olib keladi.
muhim postlar sizga Germaniyada moslashish jarayonini osonlashtiradi:
.
Foydali Telegram Mini Dasturlari
1. https://t.me/germaniya_viza_bot -
Germaniyaga kelish uchun mavjud bo'lgan yo'l xaritasi va viza turlari.
2. https://t.me/brutto_netto_bot -
Germaniyada barcha soliqlardan keyin qancha oylik daromad qolishini ko'rish va nimalarga ushlab qolinishi bilish.
3. https://t.me/xarita_de_bot
Germaniyaga kelgandan keyingi bosqichma bosqich qilinadigan ishlar bo'yicha yo'l xaritasi.
4. https://t.me/tarjimon_de_bot
Germaniyada rasmiy O'zbekistonlik tarjimonlar ro'yxati va ma'lumotlari
Kanalga a'zo bo'lish uchun link
va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
20-avg, 2026, 06:03
📷 Photo
Germaniya islohotlarga tayyorlanmoqda: Bundestagda qanday o‘zgarishlar muhokama qilinyapti?
Germaniyada tarkibiy islohotlar zarurati haqidagi munozaralar kuchaymoqda. Iqtisodiy bosim, siyosiy keskinlikning ortishi va xarajatlarning ko‘payishi sharoitida davlat byudjeti jiddiy bosim ostida qolmoqda. Mutaxassislar va siyosatchilar bir fikrda yakdil: dunyoning yetakchi iqtisodiyotlaridan biri sifatidagi mavqeini saqlab qolish uchun mamlakat murakkab va ba’zi o‘rinlarda nomaqbul qadamlarni qo‘yishiga to‘g‘ri keladi.
XDI yetakchisi Fridrix Mers iyul oyi o‘rtalariga qadar – parlament ta’tillari va Saksoniya-Anxalt o‘lkasidagi muhim mintaqaviy saylovlar arafasida keng ko‘lamli islohotlar paketini ilgari surishga harakat qilishi kutilmoqda. Tahlilchilarning baholariga ko‘ra, ushbu saylovlarda AFD “Germaniya uchun muqobil” partiyasi tarixiy natijaga erishishi mumkin.
Muhokamalar markazida bir vaqtning o‘zida bir nechta asosiy yo‘nalish turibdi:
🟢Soliq siyosati
Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi soliq yukini qayta taqsimlashni yoqlamoqda: o‘rta daromadli fuqarolar uchun daromad solig‘ini kamaytirish va badavlatroq qatlamlar uchun stavkalarni oshirish. Shuningdek, meros solig‘ini kuchaytirish va QQSni oshirish ehtimoli muhokama qilinmoqda. Daromadlari notekis bo‘lgan oilalar uchun foydali bo‘lgan “er-xotin soliq birdamligi” deb ataluvchi soliq modelini qayta ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zgarishlar yuz bergan taqdirda, asosan bitta boquvchisi bor uy xo‘jaliklari eng ko‘p jabr ko‘rishi mumkin.
🟢Sog‘liqni saqlash
Ekspert guruhlari tizim xarajatlarini kamaytirish chora-tadbirlarini taklif qilmoqda. Eng ko‘p muhokama qilinayotganlar orasida ishlamaydigan turmush o‘rtoqlar uchun bepul tibbiy sug‘urtani bekor qilish (kichik farzandli oilalar bundan mustasno), tamaki mahsulotlari, alkogol va shirin ichimliklarga aksiz solig‘ini oshirish, shuningdek, tibbiy xizmatlar va dori-darmonlar uchun shaxsiy qo‘shimcha to‘lovlarni ko‘paytirish kabilar bor. Bundan tashqari, muqobil davolash usullarini, jumladan gomeopatiyani moliyalashtirishdan voz kechish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
🟢Mehnat bozori
Takliflar qatorida qat’iy belgilangan 8 soatlik ish kunidan hafta davomida ish vaqtini hisobga olishning moslashuvchan tizimiga o‘tish ham bor. Bu ish beruvchilarga smenalar davomiyligini o‘zgartirish imkonini beradi. Biroq kasaba uyushmalari xodimlarga yuklamaning ortishi va buning ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi xavfidan ogohlantirmoqda.
Shu bilan birga, muhokama qilinayotgan paketda aholi qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan chora-tadbirlar ham mavjud. Gap xususiy pensiya jamg‘armalarini rag‘batlantirish va elektr energiyasi uchun soliqlarni kamaytirish haqida bormoqda.
Islohotlarning yakuniy ro‘yxati va ularni amalga oshirish muddatlari hozircha aniqlanmagan. Ayni paytda, jamoatchilik fikri so‘rovlariga ko‘ra, hukumat ishidan norozilik darajasi rekord ko‘rsatkichga – qariyb 75 foizga yetgan. Shunga qaramay, fuqarolarning aksariyati islohotlar zarurligini tan oladi, biroq ularning uchdan bir qismigina xarajatlarni qisqartirish va shaxsiy yo‘qotishlar bilan bog‘liq aniq choralarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.
va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
3-may, 2026, 00:35
📷 Photo
#livestream
Oila birlashtirish ✅
Germaniyada o‘qib turgan talaba qanday qilib O‘zbekistonda qolgan oilasi va farzandlarini olib ketsa bo‘ladi? Qanday bosqichlardan o‘tish kerak? Qancha mablag'lar ketadi?
Shunga o'xshash savollar hozirda ko‘pchilikni qiziqtirmoqda. Shuni inobatga olgan holda, ko‘pchilikka foyda bo'lishini umid qilib bir JONLI SUHBAT tashkillayapmiz. Suhbat davomida men, https://t.me/Deutschkreis, o'zim qanday qilib bu bosqichdan muvaffaqiyatli o'tib, butun oilamni Germaniyaga olib kelganimni va Germaniyaga kelgandan keyin ham nimalarga e'tibor qaratish kerakligini aytib bermoqchiman.
100% sinalgan va boshdan o‘tgan tajribalarni bo‘lishaman. Qatnashish bepul va albatta do‘stlarni ham taklif qilish sharti bilan 😉
Vaqti: 05.04 (yakshanba) O'zbekiston vaqti bilan 20:00 da
Manzil: https://t.me/Deutschkreis kanali
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
3-may, 2026, 00:35
📷 Photo
2026-yil aprel oyidan Germaniyada nimalar o‘zgaradi?
Aprel oyidan Germaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida kundalik hayotga ta’sir ko‘rsatadigan bir qator muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi.
Yoqilg‘i
🟢Yoqilg‘i quyish shoxobchalariga narxlarni kuniga faqat bir marta — soat 12:00 da oshirishga ruxsat beriladi.
Narxni esa istalgan vaqtda pasaytirish mumkin.
Qoidabuzarlik uchun 100 000 yevrogacha jarima belgilangan.
Salomatlik
50–75 yoshdagi shaxslar uchun o‘pkani bepul tekshirtirish imkoniyati joriy etiladi.
Sharti:
• chekish staji — kamida 25 yil bo‘lishi kerak.
Cheklovlar
12-apreldan boshlab:
🟢voyaga yetmaganlarga kuldiruvchi gaz (Lachgas) sotish taqiqlanadi;
Maoshlar
Davlat sektori xodimlari (aksariyat federal o‘lkalarda) oylik maoshda quyidagi o'zgarishlar bo'ladi:
🟢maoshning 2,8 foizga, biroq kamida 100 yevroga oshirilishi;
🟢 2027 va 2028-yillarda qo‘shimcha oshirishlar rejalashtirilgan.
Texnika
🟢28-apreldan e’tiboran Yevropa Ittifoqida sotiladigan barcha noutbuklar USB-C porti bilan jihozlanishi shart.
Banklar va bonuslar
Lufthansaning Miles & More dasturida:
🟢eski kredit kartalari amal qilishdan to‘xtaydi;
🟢yangi kartani mustaqil ravishda rasmiylashtirish kerak bo‘ladi.
Yevropa ittifoqi chegaralari:
Kirish/chiqishni nazorat qilishning raqamli tizimi joriy qilinadi:
🟢muhrlar o‘rniga — biometrik ma’lumotlar (barmoq izlari va yuz skaneri) olinadi.
Manba: https://www.antenne.de/experten-tipps/verbraucherschutz/das-aendert-sich-im-april-2026
va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
3-may, 2026, 00:35
📷 Photo
Nemis tilini mustaqil ravishda noldan qanday qilib bepul o‘rganish mumkin
1. Nemis tilini o‘rganishga mo‘ljallangan saytlar
🟢 https://www.vhs-lernportal.de/wws/9.php#/wws/home.php?sid=73141200611361408536055745903876793541971505825107154977494239423850S701c5086 — noldan B2 darajasigacha bo‘lgan bepul kurslar. Darslar sodda va qiziqarli tarzda taqdim etilgan.
🟢 https://www.easygerman.org/ — ushbu sahifada ko‘plab ko‘cha intervyulari e’lon qilinadi. Ya’ni, siz jonli nutqni tushunishni mashq qilishingiz mumkin.
🟢 https://deutsch.info/?hl=en — juda ko‘p bepul materiallarga ega super manba. Darslar, grammatik to‘plamlar va testlardan tortib mediakutubxonagacha — barchasi bor.
🟢 https://learngerman.dw.com/en/learn-german/s-9528 — boshlang‘ich darajalar uchun bepul darsliklar va seriallar jamlangan manba. Masalan, “Nicos Weg”.
🟢 https://easyoriginal.com/ — Ilya Frank usuli bo‘yicha o‘qishga moslashtirilgan bepul kitoblar taqdim etilgan original sayt. Unda matn davomida iboralarning tarjimasi ham berib boriladi. Bu yerda istalgan darajaga mos adabiyot topish mumkin.
🟢 https://www.sprachenlernen24.de/ — bu yerda ham nemis tilini endi o‘rganayotganlar uchun bepul kurslarni topasiz.
🟢 https://tutorspace.de/ — bu yerda sizga bepul yordam berishga tayyor bo‘lgan xususiy nemis tili o‘qituvchilarini topishingiz mumkin. Shuningdek, onlayn yoki joyiga borib o‘qish turlaridan birini tanlashingiz mumkin.
2. Nemis tilini mustaqil o‘rganishga yordam beradigan ilovalar
🟢 https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&opi=89978449&url=https://play.google.com/store/apps/details?id=com.halloglobal.flutterapp.hallo&hl=de&referrer=utm_source%3Dgoogle%26utm_medium%3Dorganic%26utm_term%3Dhallo+app&pcampaignid=APPU_1_aHnLadbcJIStxc8P7NHsgAs&ved=2ahUKEwjWsLGq0MmTAxWEVvEDHewoG7AQ8oQBegQIHxAB&usg=AOvVaw0YKsPiYLZ-HP4ysY4diphZ — nemis tilini o‘rganish uchun bepul dastur. Unda kattalar, o‘smirlar va bolalar nemis tilini o‘rganishi mumkin.
🟢 https://www.mondly.com/offer/en-sale?utm_source=google&utm_medium=cpc&utm_campaign=brand-ww-en&avangate_src=src-go-brand-ww-en-exact&gad_source=1&gad_campaignid=10465747876&gbraid=0AAAAAD347UIWA6c8veivgU2PSMxbiofOS&gclid=Cj0KCQjw4a3OBhCHARIsAChaqJPxuwdKgmtHNp6IXZXpaL0g3Ew4gL_isflN6EYElwKHbphqm0uSDMoaAuUxEALw_wcB — agar ilovada ona tilingiz sifatida ukrain tilini ko‘rsatsangiz, ukrainaliklar uchun bepul.
3. Nemis tilini mustaqil o‘rganishga yordam beradigan YouTube kanallar
🟢 https://m.youtube.com/channel/UC5ZnpdkQIit8TWhGVDiDnQQ – tilni noldan o‘rganish. Siz alifbo bilan tanishishdan boshlab, asta-sekin dialoglar tuzishgacha o‘tasiz;
🟢 https://m.youtube.com/channel/UC1XrG1M_hw8103zO2x-oivg – sodda mavzularni va gap tuzish xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan qisqa o‘quv videolari;
🟢 https://m.youtube.com/@KurzgesagtDE – kattalar va bolalar uchun qiziqarli hamda tushunarli bo‘lgan subtitrli videolar.
va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
3-may, 2026, 00:35
📷 Photo
🇩🇪 Germaniyada oilaviy tibbiy sug‘urta: Familienversicherung
Germaniyaning davlat tibbiy sug‘urta tizimida — Gesetzliche Krankenversicherung — oila a’zolarini bepul sug‘urtalash imkoniyati mavjud.
Ushbu model Familienversicherung deb ataladi va Germaniya Ijtimoiy Kodeksining V kitobi 10-paragrafi (§10 Sozialgesetzbuch V) bilan tartibga solinadi.
Kimlar bepul sug‘urtalanishi mumkin?
1. Turmush o‘rtoq yoki qayd etilgan sherik
🟢er/xotin (Ehegatte)
🟢ro‘yxatdan o‘tgan sherik (Lebenspartner)
Asosiy shart — ularning o‘zida majburiy sug‘urta bo‘lmasligi kerak.
2. Farzandlar
Oilaviy sug‘urtaga quyidagilar kiritilishi mumkin:
🟢o‘z farzandlar
🟢asrab olingan farzandlar
🟢o‘gay o‘g‘il va qizlar
🟢vasiylikka olingan bolalar
🟢ba’zan, agar qaramog‘ida bo‘lsa, nevaralar.
Farzandlarni necha yoshgacha sug‘urtalash mumkin?
🟢18 yoshgacha — doim
🟢23 yoshgacha — agar farzand ishlamasa
🟢25 yoshgacha — agar ta’lim olayotgan bo‘lsa (maktab, Ausbildung, universitet)
Bu muddat, masalan, harbiy xizmatni o‘tash yoki ko‘ngillilik dasturlarida qatnashish sababli uzaytirilishi mumkin.
Oilaviy sug‘urtaning asosiy shartlari
Oila a’zosi bepul sug‘urtalanishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
1. Germaniyada istiqomat qilish
Yashash joyi (Wohnsitz) yoki doimiy turar joyi bo‘lishi kerak.
2. Daromad bo‘yicha cheklov
2026-yil uchun amaldagi miqdor (o‘zgarishi mumkin):
🟢oyiga 565 yevrogacha — umumiy daromad chegarasi
🟢 oyiga 603 yevrogacha — agar bu Minijob bo‘lsa
Daromad hisobiga quyidagilar kiradi:
🟢ish haqi
🟢o‘zini o‘zi band qilishdan olinadigan daromad
🟢ijara to‘lovlaridan keladigan daromad
🟢kapitaldan olinadigan daromadlar
🟢pensiyalar (jumladan, xorijiy pensiyalar)
🟢alimentlar.
3. Shaxsiy sug‘urtaning yo‘qligi
Agar shaxsning o‘z majburiy sug‘urtasi bo‘lishi shart bo‘lsa, Familienversicherung qo‘llanilmaydi.
4. Xususiy sug‘urtaning yo‘qligi
Bu tizim xususiy tibbiy sug‘urtaga (private Krankenversicherung) ega bo‘lgan shaxslarga (masalan, ko‘plab amaldorlar, sudyalar yoki harbiylarga) nisbatan qo‘llanilmaydi.
5. O‘zini o‘zi band qilish asosiy faoliyat emasligi
Agar shaxsning asosiy faoliyati o‘zini o‘zi band qilish (hauptberuflich selbstständig) bo‘lsa, u mustaqil ravishda sug‘urta qilinishi kerak.
Hayotiy oilaviy holatlar
🟢Er-xotindan biri ishlaydi → ikkinchisi bepul sug‘urtalanishi mumkin (agar daromadi oyiga 565 yevrogacha bo‘lsa).
🟢Minijob’dagi daromad 603 yevrogacha bo‘lsa → oilaviy sug‘urta saqlanib qoladi.
🟢Ikkala ota-ona ham ishlaydi → har birining o‘z sug‘urtasi bo‘ladi, farzand esa ota-onadan biri orqali sug‘urtalanishi mumkin.
🟢Farzand oyiga 565 yevrodan ko‘p daromad topa boshlasa → oilaviy sug‘urta to‘xtatiladi.
Qaysi hollarda oilaviy sug‘urta qilib bo‘lmaydi?
🟢daromad belgilangan chegaradan oshib ketsa;
🟢shaxsning o‘z majburiy sug‘urtasi mavjud bo‘lsa;
🟢shaxsning asosiy faoliyati o‘zini o‘zi band qilish bo‘lsa;
🟢xususiy tibbiy sug‘urtasi bo‘lsa.
Muhim jihat
Agar ota-onadan biri xususiy tibbiy sug‘urta bilan sug‘urtalangan bo‘lsa, farzand oilaviy sug‘urtaga kiritilmasligi mumkin. Ayniqsa, bu ota-onaning daromadi ikkinchisinikidan yuqori bo‘lsa.
va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
3-may, 2026, 00:35
📷 Photo
Germaniyada 2026-yilda yozgi vaqtga o‘tish
Unutmang, Bugun 2026-yil 28-martdan 29-martga o‘tar kechasi Germaniya yozgi vaqt tartibiga o‘tadi.
Bu nima degani:
Tungi soat 2:00 da soat millari bir soat oldinga suriladi, ya’ni vaqt birdaniga 3:00 bo‘ladi.
Ertaroq uyg‘onishga to‘g‘ri keladi, biroq buning evaziga oqshomlar yorug‘roq bo‘ladi!
Nimalarni bilish muhim:
🟢Elektron gadjetlar (telefon, kompyuterlar) odatda vaqtni avtomatik tarzda o‘zgartiradi.
🟢Biroq mexanik soatlar, budilniklar va qo‘lda sozlanadigan qurilmalarni tekshirib qo‘ygan ma’qul.
🟢Vaqt o‘zgarishidan keyingi dastlabki kunlarda kun tartibining almashgani sababli biroz holsizlik kuzatilishi mumkin – organizm bir necha kunda bunga moslashadi.
va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
2,550
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
3-may, 2026, 00:35
📷 Photo
Er-Xotinlar uchun bepul sug‘urta bekor qilinadi: koalitsiya nima tayyorlamoqda?
Germaniya hukumati tibbiy sug‘urta tizimini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Asosiy yangilik — ishlamaydigan turmush o‘rtoqlar uchun bepul qo‘shma sug‘urtani (Mitversicherung) bekor qilishdir. Agar hozirda sheriklardan biri ikkinchisiga “qo‘shilib” bepul sug‘urtalanishi mumkin bo‘lsa, kelajakda buning uchun oyiga taxminan 225 yevro (200€ tibbiy xizmat + 25€ parvarish uchun) miqdorida qat’iy belgilangan badal to‘lash kerak bo‘ladi.
Islohotning maqsadi ikki xil: tibbiy sug‘urta kassalari budjetidagi kamomadni qoplash (2027-yilda GKV taqchilligi 15 milliard yevro bo‘lishi kutilmoqda) va odamlarni ishga chiqishga rag‘batlantirish. Iqtisodchilar ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, amaldagi tizimni o‘tmish sarqiti deb hisoblashmoqda, chunki u oiladagi ikkinchi sherikning to‘laqonli ishga chiqishini iqtisodiy jihatdan samarasiz qilib qo‘yadi.
Bu kimlarga taalluqli EMAS:
🟢Bolalar — ular bepul sug‘urtalanganicha qoladi.
🟢Olti yoshgacha farzandi bor ota-onalar.
🟢Og‘ir kasal yaqinlarini parvarishlayotganlar.
Qolgan 3 million nafar katta yoshli “tekin sug'urta” egalar uchun esa hayot yiliga qariyb 2700 yevroga qimmatlashishi mumkin.
Yakuniy qaror mart oyi oxirida ekspertlar komissiyasi hisobotidan so‘ng kutilmoqda, ammo Sog‘liqni saqlash vaziri Nina Varken (XDS) ushbu mexanizm orqali ayollarni mehnat bozoriga jalb qilish g‘oyasini hozirdanoq faol ilgari surmoqda.
Manba: https://www.br.de/nachrichten/wirtschaft/krankenkasse-keine-beitragsfreie-mitversicherung-mehr-fuer-ehepartner,VEsjSQq
🇺🇿🇩🇪i va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
3-may, 2026, 00:35
📷 Photo
Germaniyadagi telefonda pullik obunalar: tasodifiy bosib qo'yish qanday qilib qimmatga tushishi mumkin
Germaniyada ko‘plab smartfon foydalanuvchilari “Abofallen”, ya’ni pullik obunalar tuzog‘iga duch kelmoqda. Obunaning faollashishi va mobil aloqa operatori hisobidan (haftasiga 9,99 yevrogacha) pul yechila boshlashi uchun reklamani bir marta tasodifan bosish kifoya qiladi. Ko‘pincha odamlar bu haqda faqat hisobvaraqni olgandan keyingina bilib qolishadi.
Iste’molchilar himoyasi: Verbraucherzentrale (Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish markazi) tashqi xizmatlar uchun to‘lovlarni bloklashni — Drittanbietersperre’ni yoqishni tavsiya qiladi.
“Tuzoq” qanday ishlaydi?
🟢Siz smartfoningizda mobil internet orqali veb-sahifa ochasiz.
🟢 Sayt telefon raqamingizni operator tarmog‘i orqali aniqlaydi.
🟢 To‘lov ma’lumotlari operatorga uzatiladi.
🟢 Obuna hisobingizga avtomatik tarzda qo‘shiladi.
SIM-kartasiz Wi-Fi orqali bu mexanizm ishlamaydi.
Qanday qilib chalg‘itishadi?
Ommabop usul — Clickjacking (bosishni o‘g‘irlash):
🟢ekranda reklama paydo bo‘ladi;
🟢 siz “yopish” tugmasini bosasiz;
🟢 aslida esa yashirin “sotib olish” tugmasi faollashadi.
To‘lov haqidagi ma’lumotlar ko‘pincha yashirin bo‘ladi va foydalanuvchi pullik xizmatga rozi bo‘lganini anglamaydi.
Nima uchun obuna manbasini aniqlash qiyin?
Operator hisobvarag‘ida odatda haqiqiy xizmat ko‘rsatuvchi emas, balki to‘lovni amalga oshiradigan vositachigina ko‘rsatiladi. Hisobvaraq mobil aloqa operatorining oddiy hisobvarag‘idan farq qilmaydi.
Drittanbietersperre
Mobil hisob orqali tashqi xizmatlarga to‘lovlarni bloklash.
🟢Tashqi xizmatlar pul yecha olmaydi.
🟢Telefon raqamidan bunday xizmatlar uchun to‘lov vositasi sifatida foydalanib bo‘lmaydi.
Bloklashni quyidagilar orqali yoqish mumkin:
🟢operatorning shaxsiy kabineti;
🟢 mobil ilova;
🟢 elektron pochta;
🟢 yozma ariza.
Ba’zi operatorlar faqat ayrim toifalarni cheklashga ruxsat beradi: obunalar, erotik kontent, dasturiy ta’minot va boshqa xizmatlar.
Qo‘shimcha himoya
2019-yildan boshlab Redirect tizimi ishlaydi: tugmani bosganda operatorning qo‘shimcha sahifasi ochiladi va u yerda to‘lovni yana bir marta tasdiqlash kerak bo‘ladi.
Ba’zi operatorlar Mobilfunkgarantie — suiiste’mollik holatlarida pulni qaytarib berish kafolatini taklif qiladi.
Muhim: Drittanbietersperre mobil to‘lovlarni (Google Pay, Apple Pay va hokazo) bloklamaydi, chunki to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri karta yoki bank hisobidan amalga oshiriladi.
Agar obuna allaqachon rasmiylashtirilgan bo‘lsa, nima qilish kerak?
🟢Obuna operatorini toping (hisobvaraqdagi ma’lumotlarga qarab).
🟢 Obunani zudlik bilan bekor qiling.
🟢 Obuna operatoriga hisobvaraq yuzasidan e’tiroz bildiring va pulni qaytarishni talab qiling.
🟢 Mobil aloqa operatoriga to‘lov yuzasidan e’tiroz bildiring.
🟢Bir vaqtning o‘zida ham aloqa operatoriga, ham tashqi xizmat ko‘rsatuvchiga shikoyat yuboring.
https://www.euroconsumatori.org/de/was_ist_eine_abofalle
https://abo-hilfe.de/de/abofalle-kündigen
🇺🇿🇩🇪 va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
3-may, 2026, 00:35
📷 Photo
Germaniyadagi soliq tizimida katta o'zgarishlar:
Hukumat QQSni (Mehrwertsteuer) 19% dan 21% ga oshirishni muhokama qilmoqda, deb xabar beradi https://www.handelsblatt.com/politik/deutschland/haushalt-bundesregierung-prueft-hoehere-mehrwertsteuer/100210914.html o‘z manbalariga tayanib.
Bu havotirli eshitilishi mumkin, biroq hukumatning rejasi shunchaki pulni olib qo‘yish emas, balki uni “bir cho‘ntakdan ikkinchisiga solish” bo'lishi mumkin.
Almashuvning mohiyati nimada?
Asosiy g‘oya — xaridlardan ko‘proq soliq yig‘ib, ish haqidan olinadigan soliqni kamaytirish.
🟢QQS: 21% gacha oshiriladi. Bu byudjetga qo‘shimcha €31 mlrd olib keladi.
🔴Daromad solig‘i: Mablag‘lar hisobidan kam va o‘rta daromadli aholi uchun soliqlar kamaytirilishi rejalashtirilgan.
🟡Ijtimoiy badallar: shuningdek, ishchilarning qo‘lida ko‘proq “sof” pul qolishi uchun sug‘urta fondlariga to‘lanadigan badallarni kamaytirish ham muhokama qilinmoqda.
Kam daromadli aholi qanday himoya qilinadi?
Narxlar o‘sishi shusiz ham tejamkorlik qilayotganlarga og‘irlik qilmasligi uchun hukumat asosiy ehtiyoj mahsulotlariga QQSni keskin pasaytirishni taklif etmoqda:
🟢Oziq-ovqat mahsulotlari uchun QQS 0% gacha tushirilishi mumkin.
🟢Boshqa zaruriy tovarlar uchun (hozir 7%) — 4% gacha.
Nega aynan hozir ko'rib chiqilayapti?
1. Byudjetdagi “kamchiliklar”: 2028-yilga borib qariyb €60 mlrd yetishmaydi, shu sababli daromad solig‘ini shunchaki kamaytirib bo‘lmaydi.
2. Ishlashga rag‘bat: Iqtisodchilarning fikricha, “Germaniyada ish haqi uchun soliqlarning yuqoriligi sababli odam yollash juda qimmat, ko‘p ishlash esa foydasiz”. Daromad solig‘ining kamaytirilishi mehnat bozorini jonlantirishi kerak.
3. Inqiroz va urush: Eron atrofidagi ziddiyat energiya narxlarini keskin oshirib yubordi. Asosiy xavf shundaki, agar narxlar shusiz ham o‘sayotgan bo‘lsa, QQSning oshirilishi koalitsiya uchun ishonch yo'qolishi mumkin.
Byudjet va soliqlar uchun hal qiluvchi bahs aprel oyida aniq bo'ladi.
🇺🇿🇩🇪 va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
Assalomu alaykum hurmatli vatandoshlar, kanalimiz obunachilari. Sizlarni bugun Ramazon hayiti ayyomi bilan chin ko'ngildan tabriklayman. Kanalimiz rivojlanishda va ko'proq ma'lumot yetkazish ustida ish olib bormoqdamiz. Bugun ikkita yangilikni e'lon qilmoqchimiz.
1. https://t.me/germaniya_viza_bot -
Germaniyaga kelish uchun mavjud bo'lgan yo'l xaritasi va viza turlari.
2. https://t.me/brutto_netto_bot -
Germaniyada barcha soliqlardan keyin qancha oylik daromad qolishini ko'rish va nimalarga ushlab qolinishi bilish.
Yaqin orada kutiladigan Mini Dasturlar:
1. Tarjimon hizmati
2. Germaniyaga kelgandan keyingi jarayonlar.
Hamkorlik uchun hamda Miniapplardagi kamchiliklar uchun yozishingiz mumkin.
Hurmatli kanalimiz a'zolari, kanalimiz rivojlanishi uchun sizning qullab quvvatlashingizga muxtojmiz. Ko'proq vatandoshlarimizga ma'lumotlar yetib borishi uchun imkon bor darajada bizning kanalimiz bilan ijtimoiy tarmoqlarda bo'lishsangiz, zero bu bizga yanada qattiq ishlashga imkon yaratadi.
Telegram Premium obunasiga ega obunachilarimiz bo'lsa kanal rivoji uchun https://t.me/boost qilsangiz minnatdor bo'lamiz.
🇺🇿🇩🇪 va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
17-apr, 2026, 05:29
📷 Photo
SCHUFA: 2026-yil 17-martdan kuchga kirdi.
Germaniyada SCHUFA reytingi bilan deyarli hamma to‘qnash keladi. U uy-joyni ijaraga olish, kredit yoki ipoteka rasmiylashtirish, telefon, internet va boshqa moliyaviy xizmatlarni ulashda tekshiriladi.
Banklar, ijaraga beruvchilar va kompaniyalar uchun bu insonning to‘lov ishonchliligini baholashning asosiy vositalaridan biridir.
2026-yil 17-martdan boshlab SCHUFA Holding AG foydalanuvchilar uchun yanada shaffof va tushunarli bo‘lishi kerak bo‘lgan yangilangan SCHUFA-Score tizimini ishga tushiradi.
Nima o‘zgaradi
Yangilashdan keyin foydalanuvchilar quyidagilarni bajara oladi:
🟢Hisobingizni shaxsiy kabinetingizda bepul onlayn ko‘rish
🟢 reytingga ta’sir qiluvchi omillarni tushunish
🟢maxsus Erklärtool orqali baholash haqida tushuntirish olish
Yangi SCHUFA-Score qanday bo‘ladi
🟢shkala: 100 dan 999 ballgacha
🟢ball qancha yuqori bo‘lsa, kreditga layoqatlilik shuncha yuqori bo‘ladi.
🟢hisob-kitob 12 ta asosiy mezon asosida amalga oshiriladi.
Soddalashtirilgan holda, tizim uchta asosiy narsani baholaydi:
🟢moliyaviy tarixning barqarorligi
🟢oxirgi kredit faolligi
🟢to‘lov muammolarining mavjudligi
Asosiy baholash mezonlari
1. Eng eski kredit kartasining yoshi
2. Joriy manzilda yashash muddati
3. Oxirgi 12 oy ichida Girokonto yoki kredit kartalari bo‘yicha so‘rovlar va ochishlar soni
4. Qolgan muddati eng uzoq bo‘lgan kredit
5. O‘tgan yil davomida telekommunikatsiya va onlayn xaridlar sohasidagi so‘rovlar soni
6. Eng eski bank shartnomasining yoshi
7.ipoteka yoki kafillik mavjudligi
8. Oxirgi 12 oy uchun bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki iste’mol kreditlarini rasmiylashtirish
9.joriy kredit holati
10.shaxsni identifikatsiya qilishdan o‘tganlik fakti
11. Eng yangi ramkali kredit
12. Kechiktirilgan to‘lovlar mavjudligi
SCHUFA kredit berish yoki uy-joy ijarasi bo‘yicha qaror qabul qilmaydi.
Yakuniy qarorni esa qabul qiladi:
🟢bank
🟢ijaraga beruvchi
🟢telekommunikatsiya operatori yoki boshqa kompaniya
Bunda boshqa omillar: daromad, xarajatlar, moliyaviy xatarlar ham hisobga olinadi.
Biroq, amaliyotda SCHUFA ko‘pincha mijozni tekshirishda birinchi filtr hisoblanadi.
Yana bir muhim jihat: yangi tizim salbiy kredit tarixini nolga tenglashtirmaydi.
Agar odamda haqiqiy kechikishlar yoki salbiy yozuvlar bo‘lsa, ular saqlanib qoladi.
SCHUFA-Score qanday ochiladi
Yangi reytingga kirish uchun https://www.meineschufa.de/FA saytidagi SCHUFA-Account’da ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Kirish Warteliste (kutish ro‘yxati) orqali bosqichma-bosqich ochiladi.
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, bir martalik identifikatsiya talab qilinadi.
Buning uchun:
🟢Onlayn-Ausweis funksiyasi faollashtirilgan Personalausweis
🟢NFC chipga ega Aufenthaltstitel
PIN kod va NFC qurilma (smartfon yoki planshet) ham talab qilinadi.
Manba: https://www.schufa.de/newsroom/pressemitteilungen/neue-schufa-score-transparent-leicht-nachzurechnen/index.jsp
🇺🇿🇩🇪 va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
17-apr, 2026, 05:29
📷 Photo
Hausordnung: Germaniyadagi yashovchilar uchun ichki tartib qoidalari
Germaniyadagi ko‘p xonadonli uylarda yashovchilar rioya qilishi shart bo‘lgan ichki tartib qoidalari — Hausordnung amal qiladi.
Bu qoidalar, mulkdorlar va ijara shartnomalaridagi shartlardan qat’i nazar, uyning barcha yashovchilari uchun bir xildir.
Hausordnung umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Masalan:
🟢Dam olish vaqti yoki “sukunat rejimi”ni belgilash: tushlik vaqti — 12:00 dan 15:00 gacha, tungi vaqt — 21:00 dan 6:00 gacha.
🟢Umumiy foydalanishdagi joylar va qulayliklardan foydalanish vaqti: kir yuvish xonasi — 7:00 dan 21:00 gacha.
🟢Eshiklarni yopish vaqti: hovli eshigi har kuni 20:00 dan keyin qulflanishi kerak.
Shuningdek, uy qoidalarida odatda quyidagilarga oid tartiblar ham bo‘ladi:
🟢Xavfsizlik choralari
🟢Balkonlardan foydalanish
🟢Zinapoyalar va uy atrofini tozalash
🟢Chiqindilarni tashlash
🟢Umumiy hudud va bog‘dan foydalanish
🟢Avtomobil va velosipedlar turargohi
🟢Uy hayvonlarini boqish
Har bir ko‘p xonadonli uylarda Hausordnung bo'yicha qonuna farq qiladi. Asosiy belgilandan tartiblarga rioya qilish. Aks holda siz va oilaningiy quyidagi muammoli vaziyatlarga uchrashingiz mumkin:
1. Boshqa xonadon egalari bilan o'rtada kelishmovchilik
2. Jarima to'lash
3. Polizei ga murojaat qilingan bo'lsa ma'muriy bayonnoma
4. Qayta va takroriy shikoyatlardan so'ngra ijara uyini bo'shatib berish majburiyati.
🇺🇿🇩🇪 va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
17-apr, 2026, 05:29
📷 Photo
Mehnat shartnomasi tugagach, Sog'liq sug‘urta(Krankenversicherung) saqlab qolish uchun qo'llanma
1. Bandlik xizmatida (Agentur für Arbeit) ro‘yxatdan o‘ting
Sug‘urta qoplanishida uzilishlar bo‘lmasligi uchun birinchi navbatda quyidagilarni bajarish zarur:
🟢Shartnoma tugashiga kamida 3 oy qolganda ish qidiruvchi (Arbeitssuchend) sifatida ro‘yxatdan o‘ting.
🟢Ishingiz tugagan kunning ertasiga ishsiz (Arbeitslos) sifatida ro‘yxatdan o‘ting.
Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?
🟢Telefon orqali: 0800 4 555500 (bepul)
🟢Onlayn: https://web.arbeitsagentur.de/portal/kontakt/de formasi
🟢Shaxsiy kabinet orqali: Agentur für Arbeit https://www.arbeitsagentur.de/ kirish
Agar Agentur für Arbeit’da maslahatchingiz bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri unga murojaat qiling.
2. Na’faqa olish uchun ariza topshiring
Maqomingizga qarab, yordamning turli shakllari mavjud:
🟢Arbeitslosengeld I (ALG I) — agar so‘nggi 30 oy ichida kamida 12 oy ishlagan bo‘lsangiz.
🟢Bürgergeld / ALG II — agar sizda doimiy yashash uchun ruxsatnoma bo‘lsa.
Har ikki nafaqa turi ham tibbiy sug‘urta xarajatlarini avtomatik tarzda qoplaydi.
3. Tibbiy sug‘urta nima bo‘ladi?
🟢Agar ALG I olayotgan bo‘lsangiz, sug‘urtani Agentur für Arbeit to‘laydi.
🟢Agar Bürgergeld olayotgan bo‘lsangiz, sizni va farzandlaringizni Jobcenter sug‘urtalaydi.
🟢Siz o‘z Krankenkasse’ngizda (masalan, AOK, TK, Barmer) sug‘urtalangan bo‘lib qolasiz.
Agar siz hali bu xizmatlarning birortasiga ham murojaat qilmagan bo‘lsangiz, zudlik bilan o‘z Krankenkasse’ngiz bilan bog‘laning. Ular ixtiyoriy sug‘urta (freiwillige Versicherung) taklif qilishlari mumkin, lekin u juda qimmat va barcha badallarni o‘zingiz to‘lashingizga to‘g‘ri keladi.
Barcha arizalarni iloji boricha ertaroq topshiring — bu tibbiy sug‘urtada uzilishlarning oldini olishga yordam beradi.
Qaysi nafaqaga haqli ekaningizni bilmasangiz, maslahat uchun murojaat qiling:
Agar 27 yoshdan katta bo‘lsangiz — https://bamf-navi.bamf.de/de/Themen/Migrationsberatung/
Agar 27 yoshgacha bo‘lsangiz — https://www.jugendmigrationsdienste.de/ueber-jmd/jmd-finden
🇺🇿🇩🇪 va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
17-apr, 2026, 05:29
📷 Photo
Germaniyada yashash ruxsatnomasini (VNJ) uzaytirish qaysi holatlarda rad etilishi mumkin?
Germaniyada yashash ruxsatnomasini (Aufenthaltstitel) uzaytirish faqat mamlakatda yashash uchun asoslar saqlanib qolgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Agar ushbu asoslar yo‘qolsa yoki mamlakatda bo‘lish shartlari buzilsa, rasmiy idoralar ruxsatnomani uzaytirishni rad etish huquqiga ega.
Asosiy sabablar:
1. Yashash uchun asosning yo‘qolishi
Agar yashash ruxsatnomasi berilishiga sabab bo‘lgan holat endi mavjud bo‘lmasa.
Masalan:
🟢o‘qishning tugashi yoki to‘xtatilishi;
🟢oilaviy birlashuv asosida olingan ruxsatnomadan keyin ajralish;
🟢agar ish joyi qolish uchun asos bo‘lgan bo‘lsa, ishdan ayrilish.
Shuningdek, moliyaviy mustaqillik muhim omil hisoblanadi. Agar shaxs o‘zini mustaqil ravishda ta’minlay olmasa, bu ham rad etish uchun sabab bo‘lishi mumkin.
2. Og‘ir jinoyatlar sodir etish
Agar chet el fuqarosi jiddiy jinoyat sodir etgan bo‘lsa, bu nafaqat ruxsatnomani uzaytirishni rad etishga, balki uni Germaniyadan deportatsiya qilishga ham olib kelishi mumkin.
Hatto jinoiy tergovning davom etayotgani ham ba’zan migratsiya idoralari qarorining chiqishini sekinlashtirishi yoki murakkablashtirishi mumkin.
3. Idoralar oldidagi majburiyatlarni buzish
Agar shaxs quyidagi hollarda ruxsatnomani uzaytirish rad etilishi mumkin:
🔴migratsiya idoralari bilan hamkorlik qilmasa;
🔴hujjatlarni taqdim etish talablarini e’tiborsiz qoldirsa;
🔴mamlakatda bo‘lish qoidalarini bir necha bor buzsa.
Bu, ayniqsa, Duldung (vaqtincha toqat qilinadigan maqom) statusiga ega bo‘lgan shaxslarga tegishlidir.
4. Germaniya tashqarisida uzoq muddat bo‘lish
Agar shaxs Germaniyani:
🟢6 oydan ortiq muddatga tark etsa;
🟢 yoki muayyan bir maqsadni ko‘zlamasdan uzoq vaqtga ketsa,
uning yashash ruxsatnomasi avtomatik ravishda o‘z kuchini yo‘qotishi mumkin.
5. Himoya maqomini yo‘qotish
Qochoqlar va himoya ostidagi shaxslar uchun rad etish sababi quyidagilar bo‘lishi mumkin:
🟢boshpana maqomining bekor qilinishi;
🟢kelib chiqqan mamlakatidagi vaziyatning sezilarli darajada yaxshilangani tan olinishi.
6. Ruxsatnomaning dastlab vaqtinchalik bo‘lgani
Ba’zan yashash ruxsatnomasi uzaytirish imkoniyatisiz, qat’iy cheklangan muddatga beriladi. Bunday holda, agar bu ruxsatnomani berish paytida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, idora uni uzaytirishni rad etishi mumkin.
Muhim: har bir holat alohida ko‘rib chiqiladi. Muammolar yuzaga kelgan taqdirda ham, ba’zan quyidagi imkoniyatlar mavjud:
🟢qaror ustidan apellatsiya (shikoyat) berish;
🟢yashash uchun asosni o‘zgartirish (masalan, o‘qishdan ishga);
🟢boshqa turdagi yashash ruxsatnomasini rasmiylashtirish.
Kanal rivoji uchun https://t.me/boost
🇺🇿🇩🇪 va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
12-apr, 2026, 02:59
pinned «Hurmatli kanalimiz obunachilari, qaysi mavzular sizlarga qiziq? Ko'proq qaysi mavzularni yoritishimizni xohlaysiz?
Bu judaham ahamiyatli so'rovnoma, sababi shunga qarab biz kelajakdagi mavzularni aniqlashtirib olamiz. Hurmat bilan, Ekspat.»
0
0
0
🇺🇿🇩🇪Ekspat/Musofir kundaligi
12-apr, 2026, 02:59
Ekspat kanalida haftalik daydjest
1.
2.?
3.
4.
5.
Telegram Premium obunasiga ega obunachilarimiz bo'lsa kanal rivoji uchun https://t.me/boost qilsangiz minnatdor bo'lamiz.
🇺🇿🇩🇪 va savollar uchun https://t.me/xpat_uz1
1,510
11
0
Showing 26 of 26 posts
No more posts
2,800
4
0
3,710
16
0
4,130
17
0
2,120
8
0
2,990
10
0
0
23
0
5,580
16
0
2,610
20
0
2,390
11
0
2,660
13
0
3,200
24
0
2,100
17
0
21
0
2,340
10
0
2,190
16
0
2,030
24
0
0
2,510
15
0
1,690
7
0
2,060
11
0
1,570
15
0
1,530
5
0
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!