Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
So'nggi postlar
ASAKA ZIYOSI
8-may, 2026, 06:58
📷 Photo
#Kazbek #Taqdimot
📣 Joriy yilning 9-may kuni soat 18:00da “O‘ZBEK ARSLONI” badiiy filmining katta taqdimot marosimi bo’lib o’tadi
🎬 “O‘ZBEK ARSLONI” — jasorat va insoniylik haqida kuchli tarixiy drama
Ikkinchi jahon urushi fonida yaratilgan ushbu film oddiy qishloq yigitining buyuk sinovlar yo‘lidagi taqdirini hikoya qiladi. Asar markazida — Mamadali Topivoldiyev. U frontda mislsiz jasorat ko‘rsatib, dushman ortidagi xavfli operatsiyalarda qatnashadi. Og‘ir yaralansa-da, iroda va do‘stlik uni tirik saqlab qoladi. Partizanlar safida esa u “Kazbek” laqabi bilan afsonaga aylanadi.
Filmda jang maydonidagi qahramonlik bilan birga, insoniy rishtalar ham chuqur ochib beriladi. Vanya Rilkov bilan samimiy do‘stlik, begona yurtda ham ona mehrini topish kabi lavhalar tomoshabinni befarq qoldirmaydi.
Urushdan keyin Mamadali tinchlikning haqiqiy qadrini anglab, qishloqni tiklash yo‘lida kurashadi. Kolxoz raisi sifatida u nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy yuksalish — maktablar, klublar qurish, odamlar qalbiga umid berishni o‘z oldiga maqsad qiladi. Ammo bu yo‘lda ham u shubha, hasad va adolatsizlikka qarshi kurashishga majbur bo‘ladi.
“Qahramonlik faqat jangda emas — tinchlikni asrashda ham namoyon bo‘ladi.”
📌 “KAZBEK” — bu nafaqat urush qahramoni haqida hikoya, balki haqiqiy g‘alaba inson qalbi va jamiyatni tiklashda ekanini eslatuvchi ta’sirchan drama.
✅ Kinematografiya agentligi Axborot xizmati
🌐 https://uzbkino.uz/ 🔵 https://www.facebook.com/uzbekkino.uz/
📷 https://www.instagram.com/uzkinematografiya_official 🚀 https://t.me/uzbekkinopress
Joriy yilning 30-aprel kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Asaka tuman bo’linmasi hamkorligida tumanning Amir Temur MFY hududida mahallaning faol fuqarolari, “Ma’rifat targ’ibotchilari” jamiyati a’zolari hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha ma'sul mahalla raisi ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida taklif va mulohazalar tinglandi hamda shu bilan bir qatorda tavsiya va ko’rsatmalar berildi
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Asaka tuman boʻlinmasi tomonidan tashkilotlarda ta'lim muassasalarda ma'naviy ma'rifiy ishlar tizimini yanada tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlar" togrisidagi PQ 5040-son qarorining ijrosi tumandagi barcha korhona, tashkilot, ta'lim muassaslari va mahallalarda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan tuman boʻlinmasi tomonidan “Vatanparvar” tashkilotini oʻrganildi va kerakli maslahatlar berildi.
105
0
ASAKA ZIYOSI
8-may, 2026, 06:58
📷 Photo
Davlat tili — milliy g‘ururimiz: Tashqi yozuvlar nazoratda! 🏛🇺🇿
Yurtimizning barcha hududlarida, xususan, markaziy ko‘chalar, aholi gavjum joylar va binolarning tashqi qismidagi peshlavhalar, reklama bannerlari hamda axborot matnlarining “Davlat tili haqida”gi Qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan monitoring ishlari olib borilmoqda. 📑✅
Ona tilimizning nufuzini oshirish va ko‘chalarimizning milliy qiyofasini shakllantirish barchamizning burchimizdir! 🤝💎
Nomingiz dillarda mangu yashaydi, ey Vatan fidoyilari! 🎖❤️
Bugungi osmonimiz musaffoligi, yurtimiz tinchligi uchun jon fido qilgan bobolarimiz va matonatli momolarimiz xotirasi hamisha muqaddasdir. ✨🏛
O‘tkazilgan xotira darslarida yoshlarimiz qalbida bir tuyg‘u jo‘sh urdi: Biz — buyuk qahramonlar avlodimiz! 🛡🇺🇿
Urush qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari bilan o‘tkazilgan muloqotlar, tarixiy lavhalar har bir o‘quvchi-talabaga vatanparvarlikning asl ma’nosini anglatdi.
Xotira — abadiy, qadr — muqaddas! 🕊🌟
134
0
ASAKA ZIYOSI
8-may, 2026, 06:58
📷 Photo
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Asaka tuman boʻlinmasi tomonidan tashkilotlarda ta'lim muassasalarda ma'naviy ma'rifiy ishlar tizimini yanada tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlar" togrisidagi PQ 5040-son qarorining ijrosi tumandagi barcha korhona, tashkilot, ta'lim muassaslari va mahallalarda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan tuman boʻlinmasi tomonidan oila va xotin-qizlar bo'limini oʻrganildi va kerakli maslahatlar berildi.