Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi.
Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot
https://www.instagram.com/pmtermiz
https://m.facebook.com/pmtermiz
https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Follow @pmtermiz to stay updated with the latest takliflar and shahridagi trends and news
Reyting
Global reyting
#456
+2
Til reytingi
#45
+1
Toifa reytingi
#23
-1
Obunachilar sonining o'sishi (Oxirgi 6 kun ichida)
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
So'nggi postlar
Termiz shahridagi Prezident maktabi
26-apr, 2026, 17:30
🎥 Video
#kitobxonlik
#kitob_hadyasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ-9-son qarori bilan tasdiqlangan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda ushbu qaror asosida ishlab chiqilgan “Kitob – ma’rifat manbayi” dasturi ijrosini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
📚Termiz shahridagi Prezident maktabida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida maktabimiz o‘quvchilari tomonidan tashkil etilgan badiiy sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, shuningdek, maktabimiz orkestr jamoasi, raqs hamda zarbli cholg‘u to‘garagi a’zolari tomonidan turli kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
🎁Shu bilan birga, tashrif buyurgan ota-onalar tashkil etilgan kitob yarmarkasidan o‘z oila a’zolari, farzandlari hamda maktabimiz fondi uchun yangi nashrdagi kitoblarni sovg‘a qilishdi.
Bizni kuzatib boring
https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hAhttps://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
745
16
0
Termiz shahridagi Prezident maktabi
26-apr, 2026, 17:30
🎥 Video
#Kitobxonlik
📚Kitob — ma’rifat manbai
Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishni oshirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.
✅Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, kitobni hayot tarziga aylantirishga chorlaydi.
Bizni kuzatib boring
https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
574
13
Termiz shahridagi Prezident maktabi
26-apr, 2026, 17:30
📷 Photo
#matbuot_anjumani
✅ MIT, Garvard, maksimal SAT bali va xalqaro medallar
Maktab o‘quvchilari va bitiruvchilari tomonidan qayd etilayotgan ijobiy natijalar faoliyat samaradorligini baholashda ijobiy ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy o‘quv yilida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 34 nafar 11-sinf o‘quvchilari dunyo reytingida TOP-300ga kiruvchi oliygohlarga 100 foizlik grant asosida muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi;
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatovlar dunyo reytingida 1-o‘rinda turuvchi MIT (Massachusetts Institute of Technology) universitetiga;
✅ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z dunyo reytingida 5-o‘rinda turuvchi Garvard universitetiga to‘liq grant asosida muddatidan oldin qabul qilindi;
✅ Qolaversa, Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muxtorjon Mo‘ydinov xalqaro SAT imtihonida maksimal – 1600 ball to‘plab, yuksak natijaga erishdi;
✅ 2025 yilda o‘tkazilgan nufuzli, xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarda 127 ta medal (24 ta oltin, 46 ta kumush, 57 ta bronza) qo‘lga kiritildi. Bu o‘zbekistonlik o‘quvchilar qo‘lga kiritgan medallarning 60,4 foizini tashkil etadi.
Joriy yilning I choragi davomida xalqaro, mintaqaviy va nufuzli fan olimpiadalarida 27 ta medal (5 ta oltin, 10 ta kumush, 12 ta bronza) qo‘lga kiritildi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Termiz shahridagi Prezident maktabi
26-apr, 2026, 17:30
📷 Photo
#matbuot_anjumani
✅ Agentlikning tashkil topishi va bugungi ko‘lami
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan so‘nggi 7 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, istiqboldagi rejalar, yangi o‘quv yilida maktablarga qabul jarayonlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot.
Bugungi kunda ta’lim sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanib, keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, hurmatli Prezidentimiz qo‘llab-quvvatlashlari bilan so‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar sohani butunlay yangi qiyofa va yangi bosqichga olib chiqdi.
Ayni shunday islohotlar davrida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-sentabrdagi
Ayni shunday islohotlar davrida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 sentyabrdagi PF–5815-son farmoni bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi faoliyati tashkil etildi.
Tashkil etilgan davrda tarkibida 16 ta (4 ta Prezident, 9 ta ijod va 3 ta ixtisoslashtirilgan) maktabga ega bo‘lgan tizim, bugungi kunda 234 ta ta’lim tashkiloti faoliyatini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Joriy o‘quv yilida tizimda:
⏺14 ta Prezident maktabi
⏺9 ta ijod maktabi
⏺2 ta sport maktabi
⏺203 ta ixtisoslashtirilgan maktab
⏺3 ta oliy ta’lim muassasasi
⏺2 ta markaz va 1 ta oromgoh faoliyat yuritib kelmoqda.
✅ “Yangi O‘zbekiston” universitetida 1,6 ming nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Shundan:
⏺1,2 ming nafari bakalavriatning 10 ta yo‘nalishida
⏺352 nafari magistraturaning 11 ta yo‘nalishida
⏺91 nafari PhD bosqichida o‘qimoqda.
Universitetda dars berib kelayotgan 80 nafar professor-o‘qituvchining ilmiy salohiyati 81 foizni tashkil etadi.
✅ Al-Xorazmiy universitetida 98 nafar talaba 3 ta ta’lim yo‘nalishida tahsil olmoqda. Yangi o‘quv yilida qo‘shimcha 2 ta bakalavriat hamda 3 ta magistratura yo‘nalishlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Tizimdagi jami 228 ta maktabda 75 mingga yaqin o‘quvchilarga 9 ming nafar pedagog tomonidan ta’lim-tarbiya berib kelinmoqda.
Mazkur maktablarning 78 tasi bugungi kunda maktab-internat maqomiga ega (14 ta Prezident, 9 ta ijod, 2 ta sport va 52 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internat).
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Termiz shahridagi Prezident maktabi
26-apr, 2026, 17:30
📷 Photo
#matbuot_anjumani
✅ Xalqaro e’tirof, akkreditatsiya va yuqori maoshlar
Keyingi 7 yilda iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimi yo‘lga qo‘yilib, ta’lim jarayonlariga xorijiy tajriba va xalqaro standartlar joriy etildi.
✅ Xususan, qisqa muddat ichida Prezident maktablari Cambridge, CIS, Cognia. Inc va Pearson-Edexcel kabi xalqaro ta’lim tashkilotlari akkreditatsiyasidan o‘tkazilib xalqaro maktab maqomiga ega bo‘ldi.
✅ Prezident maktablari IELTS, SAT, A-level hamda AS-level sertifikatlari imtihonlari o‘tkaziladigan British Council, College Board, Cambridge va Pearson-Edexcel tashkilotlarining rasmiy markazlariga aylandi.
✅ Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar – Xalqaro Bakalavriat tashkilotining Middle Years Programme dasturi bo‘yicha.
✅ Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati – Diploma Programme dasturi bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Prezident maktablarining 43 nafar mahalliy o‘qituvchilari xorijiy kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab xalqaro o‘qituvchi maqomini qo‘lga kiritdi.
“Xalqaro o‘qituvchi” maqomiga ega pedagoglar bugungi kunda 3 ming AQSh dollariga yaqin miqdorda oylik maosh olmoqda.
Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlari bosqichma-bosqich ingliz tilida o‘qitib kelinmoqda.
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 1 500 nafar ishtirokchi nufuzli xorijiy oliygohlarga maqsadli tayyorlab kelinmoqda.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: O‘QUVCHI RESPUBLIKADAGI XOHLAGAN PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?
✅ JAVOB: Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.
🔴 SAVOL: PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN O‘QUVCHINING BAHOLARIGA QANAQA TALAB QO‘YILADI?
✅ JAVOB: Talabgor o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Termiz shahridagi Prezident maktabi
26-apr, 2026, 17:30
🎥 Video
#STEM_Expo_2026
#Termiz_shahri
Termiz shahridagi Prezident maktabida STEM Expo-2026 ilmiy-amaliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
✅ Maktabimizda har yili o‘tkazilishi an'anaga aylangan mazkur ko‘zgarma bu yil ham keng ko‘lamda tashkil etildi.
🔗O‘quvchilar zamonaviy texnologiyalarga asoslangan, ustozlaridan o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini atrof-muhit uchun xavfsiz, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga qaratilgan turli loyihalar, ko‘rgazmalar hamda tajribalarini mahorat bilan namoyish etishdi.
💫Qolaversa 10-sinf o‘quvchilarining badiiy chiqishlari barcha tomoshabinlarga birday manzur bo‘lib yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
📌Ushbu ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad, kelajak avlodda ilmiy qiziqish va ilmiy savodxonlikni oshirish, ularga ilm-fan olami, muhandislikning cheksiz imkoniyatlari hamda koinotning sirlarini namoyon etishdan iborat.
Bizni kuzatib boring
https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hAhttps://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Termiz shahridagi Prezident maktabi
26-apr, 2026, 17:30
📷 Photo
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRISHDA QANDAY HUJJATLAR TALAB QILINADI
✅ JAVOB: Ijod maktablariga ariza topshirish uchun o‘quvchilarning:
- oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati,
- tug‘ilganlik haqida guvohnomasi (ya’ni metrkasi),
- ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari,
- bog‘lanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Termiz shahridagi Prezident maktabi
26-apr, 2026, 17:30
📷 Photo
🇺🇿 “TURON YO‘LBARSLARI” RESPUBLIKA BOSQICHI: JASORAT VA VATANPARVARLIK MAKTABI
📌 Chirchiq shahridagi Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internat o‘quvchilari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi boshlandi. Maqsad – yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy tayyorgarlikni mustahkamlash hamda mardlik, jasorat kabi fazilatlarni shakllantirish.
🇺🇿 Tadbirni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova kirish so‘zi bilan ochdi, ishtirokchilarni respublika bosqichiga yetib kelganligi bilan tabrikladi hamda bunday musobaqalar yoshlarning jismoniy tayyorgarligi va vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi. Shundan so‘ng musobaqaning respublika bosqichiga rasman start berildi.
🇺🇿 Hududiy bosqichda 212 ta jamoa (1484 nafar o‘quvchi) 9 ta sinov bo‘yicha bellashdi: saf mashqlari, qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish, otish, kamondan otish, arqondan o‘tish, himoya vositalarini kiyish, turnikda tortilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va “Temur tuzuklari bilimdoni”. Eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar respublika bosqichiga yo‘l oldi.
Musobaqa 22–25-aprel kunlari davom etadi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
#OAV_biz_haqimizda
🌙 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga ma'naviy sayohat amalga oshirdilar
✅ Agentlik rahbariyati va xodimlari uchun Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ma'naviy-ma'rifiy ekskursiya tashkil etildi. Ushbu tashrif "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" dasturi doirasidagi ichki turizmni rivojlantirish hamda davlat ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarining madaniy salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlardan biri sifatida amalga oshirildi.
✨ Bu maskan — juda o‘zgacha maskanlardan biri. Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy maqsadlaridan biri – yirik ilmiy, madaniy va ma’rifiy markaz bo‘lishdir. Bu yerda O‘zbekistonning har bir tarixiy voqeasi, rivojlanish davrlari mukammal o‘ylangan va har biri yorqin, jonli tarzda ochib berilgan.
Biz — Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va umuman ta’lim sohasi vakillari, shuningdek, har bir soha fidoyilari g‘urur bilan aytishimiz mumkin: bu markazimiz bekorga Ginneslar rekordiga kiritilmagan emas.
Bu maskan — o‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik, bilim va iymon chirog‘idir... dedi Agentlik direktori S. Shakirova
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Termiz shahridagi Prezident maktabi
21-apr, 2026, 06:26
📷 Photo
🏆 “ZAKOVAT” RESPUBLIKA BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan https://t.me/zakovat intellektual musobaqasining g‘olib va sovrindor jamoalari ma’lum bo‘ldi!
Qizg‘in bahslar va shiddatli raqobat ostida o‘tgan musobaqa yakunida quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
🥇1-o‘rin – Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi jamoasi
🥈 2-o‘rin – Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi
🥉 3-o‘rin – Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi
Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga “Zakovat” klubi tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovg‘a qilindi!
Endilikda ushbu jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihonlarisiz qabul qilinadi.
Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lanadi!
Zakovat – bu nafaqat g‘alaba, balki kelajakka yo‘llanma!
Ushbu musobaqa yoshlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish va iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Termiz shahridagi Prezident maktabi
21-apr, 2026, 06:26
📷 Photo
📖Surxondaryoda “Moliyaviy savodxonlik” olimpiadasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi PQ-346-son qarori hamda tegishli topshiriqlar asosida Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Surxondaryo viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida olimpiadaning II (viloyat) bosqichi o‘tkazildi.
Viloyat bosqichida tuman (shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan 8–9–10-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Olimpiada jarayonlari test sinovlari asosida tashkil etilib, ishtirokchilarga 30 ta savol uchun 90 daqiqa vaqt ajratildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin: Xoliyorov Doniyor Muhiddin o‘g‘li (Qumqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktab)
🥈 2-o‘rin: Tojiboyev Shohruh Xoliyorovich (Termiz shahar Prezident maktabi)
🥉 3-o‘rin: Zokirov Zafar Faxriddinovich (Termiz shahar Prezident maktabi)
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanib, qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.
🕊 https://t.me/surxonvmmtb 📱 https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb
📱 https://www.instagram.com/sv_mmtb/ 📺 https://www.youtube.com/channel/UC8yvh-M1nDkj-aoEv6FKX-Q
🕊 https://x.com/Sur_v_MMTB?t=e110Dp64V0GzfMuz614Reg&s=09 💡 https://surxonedu.uz/uz.html
✅ Agentlik direktorining sayyor qabulida har bir murojaatchi eshitildi
Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova boshchiligida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab Samarqand filialida sayyor qabul tashkil etildi.
Samimiy va ochiq ruhda o‘tgan muloqotda 35 dan ortiq fuqaro o‘z taklif va murojaatlarini bevosita yetkazdi. Ota-onalar va o‘qituvchilar o‘qish jarayoni, darslarni tashkil etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan esa mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ular nazoratga olindi.
✅ Shu bilan birga, Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari bilan bo‘lib o‘tgan muhokamada ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning samarali yechimlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
So‘ngra Agentlik rahbari maktab hududida bo‘lib o‘tayotgan “Robocoding” olimpiadasining Samarqand viloyat bosqichi bilan tanishdi. Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari tomonidan yasalgan loyihalar alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.
✅ Yurtimiz iqtidorli yoshlarining dunyoning eng nufuzli universitetlariga qabul qilinayotgani qayd etildi – bu Agentlik tizimidagi uzluksiz ishlarning natijasidir.
Agentlik fuqarolar bilan ochiq muloqotni muntazam davom ettiradi. Har bir murojaat – e’tibor markazida!
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/