Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyatini ushbu telegram kanalimiz orqali kuzatib boring!
Admin: @Urgut_IM_25
Tel: +998941709077
Follow @Urgut_IM to stay updated with the latest maktabi and talim trends and news
Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib tajribangizni baham ko'ring!
So'nggi postlar
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
22-may, 2026, 19:58
📷 Photo
Maktabimiz jamoasi "Eko Zakovat" intellektual o'yinida faxrli 3-o'rinni egalladi! 🥉🌍
Samarqand viloyati eko maktablari o'rtasida "Eco Schools Uzbekistan" loyihasi doirasida o'tkazilgan "Eko Zakovat" intellektual o'yinining final bosqichi bo'lib o'tdi.
Ushbu qizg'in va murosasiz kechgan bilimlar bellashuvida maktabimizning zukko va tabiatsevar o'quvchilaridan iborat Eko qo'mita jamoasi yuqori intellektual salohiyat ko'rsatib, faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritdilar! 🏆👏
Yutuqlarimiz bardavom bo'lsin! Kelgusi turnirlarda jamoamizdan faqat va faqat chempionlikni kutib qolamiz! 🎉🥳
🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇👇👇
| https://facebook.com/groups/511612076967177/
701
30
0
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
22-may, 2026, 19:58
📷 Photo
DIQQAT, QABUL DAVOM ETMOQDA! 🚨
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2026-2027 oʻquv yili uchun hujjatlar qabulini qizgʻin davom ettirmoqda!
Farzandingiz zamonaviy bilimlarni egallashi va kuchli mutaxassis boʻlib yetishishi uchun imkoniyatni boy bermang!
Qaysi sinflarga qabul qilinmoqda?
🎒 5-sinf — Aniq fanlar
🎒 7-sinf — Aniq va tabiiy fanlar
🎒 8-sinf — Aniq fanlar
🎒 9-sinf — Tabiiy fanlar
🎒 10-sinf — Aniq va tabiiy fanlar
📅 Eslatmaning muhim qismi: Hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha onlayn shaklda http://my.gov.uz/ yoki http://ariza.piima.uz/ saytlari orqali amalga oshiriladi.
Vaqtni boy bermang, hoziroq roʻyxatdan oʻting!
🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇👇👇
| https://facebook.com/groups/511612076967177/
13,200
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
22-may, 2026, 19:58
📷 Photo
#APhO_2026
TERMA JAMOA A’ZOLARI OSIYO FIZIKA OLIMPIADASIDA ISHTIROK ETISH UCHUN JOʻNAB KETDI
📍Janubiy Koreya
✅Xalqaro olimpiada 17-25-may kunlari fizika fani bo’yicha tashkil qilinib, unda 30 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli oʻquvchilari ishtirok etishi https://apho2026.kr/en/sub1_1.html.
🛩 Bugun mazkur xalqaro olimpiadada ishtirok etish uchun shakllantirilgan Terma jamoa a'zolari (O'quvchimiz To'xtayev Rabbimjon ham bor) Janubiy Koreyaga jo‘nab ketdi.
🇺🇿 Vatanimiz sharafini himoya qilish uchun otlangan oʻquvchilarimizga omad va zafarlar yor boʻlsin! 🏆
🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇👇👇
| https://facebook.com/groups/511612076967177/
850
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
22-may, 2026, 19:58
📷 Photo
🚀 IV-chorak CHSB sinovlariga start berildi!
Bugun maktabimizda hayajonli va mas'uliyatli kun. 8-sinf o'quvchilarimiz IV chorak yakuni bo'yicha Choraklik Hamma (ChSB) sinovlarini birinchilardan bo'lib boshlab berishdi.
Yil davomida olgan bilimlarni sinovdan o'tkazadigan ushbu jarayonda barcha o'g'il-qizlarimizga mustahkam bilim, diqqat-e'tibor va omad yor bo'lishini tilaymiz!
💡 Aziz o'quvchilar! O'zingizga ishoning, siz buni uddalaysiz! Bilimingiz sizga yo'lchi yulduz bo'lsin.
Barcha o'quvchilarimizga omad va zafarlar yor bo'lsin!
🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇👇👇
| https://facebook.com/groups/511612076967177/
816
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
22-may, 2026, 19:58
📷 Photo
🔔 DIQQAT, EʼLON!
❗️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2026-2027-o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinishini ma’lum qiladi:
🔹 5-sinf – aniq fanlar;
🔹 7-sinf – aniq va tabiiy fanlar;
🔹 8-sinf – aniq fanlar;
🔹 9-sinf – tabiiy fanlar;
🔹10-sinf – aniq va tabiiy fanlar.
🗓 Hujjat topshirish jarayoni: 15-maydan 4-iyungacha onlayn shaklda http://my.gov.uz/ yoki http://ariza.piima.uz/ saytlari orqali bo‘lib o‘tadi.
⚡️ Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Maxsus shtab tashkil etilgan bo‘lib, soat 09:00 dan 18:00 ga qadar hujjat topshirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi.
📞 Murojaat uchun:
+998 (88) 612-17-17
+998 (77) 105-30-95
+998 (94) 170-90-77
📍 Manzil: Urgut tumani, Do‘stlik MFY, Navoiy shoh ko‘chasi, 186-uy.
📍 Mo‘ljal: Urgut tumani markaziy istirohat bog‘i.
🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇👇👇
| https://facebook.com/groups/511612076967177/
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
22-may, 2026, 19:58
📷 Photo
Bilimdonlar Maydonida: Urgut IMda "Zakovat" Qizg'in Pallada!
Bugun Urgut IMda o'quvchilar o'rtasida intellektual salohiyatni sinovdan o'tkazuvchi "Zakovat" o'yini bo'lib o'tdi. Bellashuv nafaqat bilim, balki jamoaviy birdamlik va tezkor fikrlash maydoniga aylandi.
📊 Turnir Jadvali va Natijalar:
O'yin yakunlariga ko'ra, jamoalar quyidagi natijalarni qayd etishdi:
🥇 Slizirin (Urgut IM) — 9 ochko (365 reyting) bilan mutloq g'olib!
🥈 Grifindor (Urgut IM) — 8 ochko (330 reyting)
🥉 8-d va Cosmos jamoalari — 7 tadan ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇👇👇
| https://facebook.com/groups/511612076967177/
998
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
22-may, 2026, 19:58
📷 Photo
🚀 Ochiq eshiklar kuni ko‘tarinki ruhda davom etmoqda!
Urgut tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilayotgan bugungi tadbir barchada katta qiziqish uyg‘otmoqda. Maktabimizga tashrif buyurgan yuzlab ota-onalar va o‘quvchilar ta’lim jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar va maktabimiz ruhiyatini yaqindan his qilmoqdalar.
✨ Ayniqsa, mahorat darslari va laboratoriya tajribalari yosh o‘quvchilarning ilmga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirmoqda. Savol-javoblar va samimiy muloqotlarga boy o‘tayotgan ushbu kun kelajakdagi muvaffaqiyatlarga poydevor bo‘lishiga ishonamiz.
🌍Biz ijtimoiy tarmoqlarda
👇👇👇
| https://facebook.com/groups/511612076967177/