Nega Telegram Ads ta'lim loyihalari uchun samarali ishlaydi?
Onlayn dars berasizmi? O‘quv markazingiz bormi? Yoki shunday loyihalar bilan ishlaydigan marketologmisiz?
Unda bu post siz uchun.
Quyida Telegram Ads ta'lim yo‘nalishidagi loyihalar uchun nega samarali ishlashining 3⃣ ta asosiy sababini ko‘rib chiqamiz.
1⃣ Allaqachon kerakli auditoriya mavjud — va u katta
SAT, IELTS, CEFR, Milliy sertifikat va shu kabi boshqa ta'lim yo'nalishlarda Telegramda ko'plab katta auditoriyaga ega kanallar faoliyat yuritadi. Bu kanallarda o'n minglab faol obunachi bor — va ular bu yerda tasodifan emas. Ular bilim olish, o'z sohasida rivojlanish yoki imtihonga tayyorlanish uchun yig'ilgan auditoriya.
Demak, sizning potensial o'quvchilaringiz allaqachon Telegramda, allaqachon ushbu mavzularga qiziqadi va ta'lim olish uchun faol ma'lumot izlaydi. Bu — eng muhim narsa. Chunki siz "sovuq" auditoriyaga emas, o'qishga tayyor, motivatsiyasi bor auditoriyaga reklama ko'rsatasiz.
Auditoriya allaqachon yig'ilgan. Qolgan narsa — to'g'ri vaqtda, to'g'ri taklif bilan reklama yoqish.
2⃣ Raqobatchilar auditoriyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklama yoqish imkoniyati
Telegram Ads'ning eng kuchli jihatlaridan biri — ma'lum kanallarning auditoriyasiga reklama ko'rsatish imkoniyatidir. Ya'ni siz reklama chiqarmoqchi bo'lgan yo'nalishga mos kanallarni tanlab, aynan o'sha kanallar obunachilariga reklama ko'rsatishingiz mumkin. Masalan, IELTS yoki SAT bo'yicha faoliyat yuritayotgan raqobatchi kanallarning obunachilariga to'g'ridan-to'g'ri reklama yoqa olasiz.
Bu oddiy targetingdan farq qiladi. Oddiy targetingda siz faqat taxminiy demografik belgilar asosida auditoriya tanlaysiz — til, joylashuv, qiziqishlar. Lekin bu yerda boshqacha — kanal obunachisi o'sha mavzuga aniq qiziqadi: o'sha kanalga obuna bo'lgan, o'sha kanalni o'qiydi, vaqt sarflaydi. Demak, u "sovuq" auditoriya emas — u allaqachon isigan, faqat to'g'ri taklifni kutayotgan odam.
Bunday auditoriyaga chiqarilgan reklama boshqacha ishlaydi. To'g'ri yozilgan reklama matni ularda "bu men uchun" degan his uyg'otadi — va bu his sotib olish qaroriga olib keladi. Shuning uchun bunday targetingda konversiya ancha yuqori bo'ladi: siz ko'proq odamga emas, to'g'riroq odamga yetib borasiz.
3⃣ Telegram kanal — uzoq muddatli aktiv
Telegram Ads orqali faqat yangi o'quvchilar topmaysiz.
Agar o'z kanalingizni yuritib, muntazam rivojlantirib borsangiz, vaqt o'tishi bilan kanalingizda aynan shu sohaga qiziquvchi, sizga ishonuvchi, sizni kuzatib boruvchi katta auditoriya to'planadi. Har bir post, har bir foydali ma'lumot, har bir savol-javob ularning oldida sizning ekspertlik darajangizni ochib beradi. Bu auditoriya sizning kontentingizni kuzatadi, sizni taniydi va sizga nisbatan ishonch hosil qiladi.
Natijada yangi kurs, intensiv, marafon yoki boshqa mahsulotlarni e'lon qilganingizda har safar noldan boshlashingizga to‘g‘ri kelmaydi. Bir marta yig‘ilgan auditoriya keyingi mahsulotlaringiz uchun ham ishlashda davom etadi.
Shuning uchun Telegram'da to‘g‘ri qurilgan kanal shunchaki kanal emas — bu kelajakdagi sotuvlar uchun aktiv hisoblanadi.
Agar ta'lim loyihangiz uchun Telegram Ads dan foydalanishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, biz sizga Yevro kabinet ochib beramiz hamda reklamalarni ishga tushirishingiz uchun moderatsiya & targeting bo'yicha bepul yordam beramiz. Batafsil ma'lumot olish uchun
https://t.me/m ga murojaat qiling