https://t.me/c
Demak, nikoh aqdini tuzishdan oldin aytadigan bir so'zim bor.
Bugun men sizlarning oldingizda shunchaki aytilib, keyin unutiladigan gap uchun emas, balki bir va'da uchun turibman. Uni sizlarning oldingizda va hayot yo'limda menga hamroh bo'lishini, qalbimga taskin bo'lishini hamda farzandlarimga ona bo'lishini umid qilgan inson qarshisida aytaman.
Alloh menga O'zining aziz Kitobini to‘liq yod olishni nasib etdi. Men o'zimga: qalbimni Robbimning kalomi bilan to'ldirmagunimcha, Qur'onni niyatimga guvoh, axloqimga tarbiyachi va hayotimni qurishda asos qilmagunimcha, biror qizga sovchi bo'lib bormayman, deb qaror qilgan edim.
Bugun men ushbu Mus'haf nusxasini - u bilan birga ko'z yoshli kechalarni, umidga to‘la lahzalarni, yodlash va munojot soatlarimni o‘tkazgan ushbu Mus'hafni - dunyo va oxiratda menga hamroh bo'lishini istagan insonimga hadya qilaman.
Bu Mus'haf: undagi narsalarni yod bilishimga va undagi buyruqlarga amal qilishim uchun menga hujjat bo'lishiga guvoh bo‘lsin.
Allohni va sizlarni ham guvoh qilamanki, men bu nikohga oltin marjonlar bilan emas, balki mas'uliyat, mustahkam ahd, ayolimning qadrini va uning Allohning shariatidagi haqqini biladigan qalb bilan kiryapman.
Uning mening zimmamda bo‘lgan haq-huquqlari bor, ulardan ba’zilarini aytib o‘taman (boshqalarini esa vaqt cho‘zilib ketmasligi uchun aytmayman).
Ulardan ba'zilari:
Birinchi: har qanday holatda ham u bilan muloyim xulq, samimiy tuyg'u va karim amal bilan chiroyli muomalada bo'lishim.
Zero, Alloh taolo aytgan:
"Ular bilan yaxshilik bilan yashanglar" (Niso, 19).
Ikkinchi: unga moddiy narsalardan oldin ruhiy xotirjamlik berishim.
Chunki Alloh taolo aytgan:
"Va sizlar sokinlik topishingiz uchun o'zingizdan juftlar yaratganligi ham Uning oyatlaridandir" (Rum, 21).
Uchinchi: unga mehribon bo'lishim - kasal bo'lsa rahmli, g'azablanganida sabrli bo'lishim va bunda muhabbat hamda rahm-shafqatni ustun qo'yishim.
Chunki uy aynan shu ikki narsa bilan barpo bo‘ladi.
Zero, Alloh taolo aytgan:
"Oralaringizga sevgi va marhamat soldi" (Rum, 21).
To‘rtinchi: unga imkonim darajasida, minnat qilmasdan va ozor bermasdan nafaqa qilishim.
Zero, Alloh taolo aytgan:
"Rizqi keng bo‘lgan kishi kengligidan nafaqa qilsin" (Taloq, 7).
Beshinchi: uning satrini va sha'nini, u yo'qligida ham, yonimda bo'lganidek asrashim.
Chunki u men uchun omonatdir. Omonatni asrash mo‘min kishining sifatlaridandir.
Alloh taolo aytgan:
"Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qiluvchilardir" (Mo‘minun, 8).
Oxirgisi (oltinchi): uni ne'mat, Allohning ixtiyori va ko'z quvonchim deb bilishim.
Men unda doimo duo qilib kelgan duoyimning ijobatini ko‘rdim.
"Robbimiz, bizga juftlarimizdan va zurriyotlarimizdan ko‘z quvonchi ato etgin va bizni taqvodorlarga peshvo qilgin." Tavfiq Allohdandir.
©️
https://t.me/c
Xulosa | ملخص