🤍🤍💜💜🤍 💜💜🤍
الَّذِينَ آمَنُوا يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ ۖ وَالَّذِينَ كَفَرُوا يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ الطَّاغُوتِ
📖 «Iymon keltirganlar Allohning yoʻlida jang qilurlar. Kufr keltirganlar togʻutning yoʻlida jang qilurlar...».
🤲Rasululloh ﷺ dedilar: «Botil bilan haqni yo'q qilishga bir zolimga kimki yordam bersa, Alloh va Rasulini zimmasi undan bariydi» {Hokim rivoyati}.
✍️Ibn Umar roziyallohu anhumo
aytganlar: «Zolimlarning
yordamchilari va mirshablar qiyomat
kunidagi do‘zax itlaridir».
✍️Bir tikuvchi kishi Sufyon Savriydan: «Men sultonning kiyimlarini tikib beraman. Ayting-chi, men zolimlarning yordamchilaridanmi?» deb so‘ragan edi, «Yo‘q, sen zolimning o‘zisan. Senga ip-igna sotadigan kishi zolimlarning yordamchilaridandir», deb javob berdilar.
✍️Imom Ahmad rahimahulloh qamoqqa olinganida qamoq nazoratchisi so‘radi:
– Ey, Abu Abdulloh (imom Ahmad), zolimlar va ularning yordamchilari haqidagi hadis sahih-ishonchlimi?
– Ha, sahih.
– Men ham zolimlarning yordamchilaridan sanalamanmi?
– Zolimlarning yordamchilari sening sochingni oladigan, kiringni yuvadigan, ovqatingni tayyorlab beradigan, senga nimadir sotgan, sotib olganlardir. Ammo sen esa zolimlarning o‘zidansan, – dedi.
🚀 📷 http://instagram.com/OYAT_TV
🤍💜💜💜🤍🤍🤍💜🤍
لَكُمۡ دِينُكُمۡ وَلِيَ دِينِ
📖 «Sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!»
🤲Rasululloh ﷺ dedilar: “Oʻzini bizdan boshqalarga oʻxshatgan kishi bizdan emas” [Termiziy]. Izoh: Bu hadis kofirlarning soʻzlarida, ishlarida, liboslarida, bayramlarida, ibodatlarida va bizning shariatimizga kiritilmagan, biz qabul qilmagan boshqa barcha ishlarida ularga oʻxshab qolishdan qattiq taʼqiqqa dalolat qiladi.
✍️Shayx Abu Is'hoq Huvayniy hafizahulloh aytadilar: "Sizni nazdingizda bu bayram yangi yil bayrama bo'lsa, ularni nazdida bu Robbilarining tug'ulgan kunining bayrami. Nima siz ularning bu aqidasida sherik bo'lasizmi? Unutmang siz musulmonsiz, siz Allohni yakkalovchisiz".
❌️"Men boshqa niyat bilan nishonlayman"- demay qo'yavering. Chunki bayramning kelib chiqishi ulardan boshlangan, nima desangiz ham siz ular asos solgan bayramni nishonlayapsiz.
🚀 📷 http://instagram.com/OYAT_TV
🤍🤍💜🤍💜💜💜💜
مَّا الْمَسِيحُ ابْنُ مَرْيَمَ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ الرُّسُلُ وَأُمُّهُ صِدِّيقَةٌ ۖ كَانَا يَأْكُلَانِ الطَّعَامَ ۗ انظُرْ كَيْفَ نُبَيِّنُ لَهُمُ الْآيَاتِ ثُمَّ انظُرْ أَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ
📖 «Masih ibn Maryam bir Paygʻambar, xolos. Undan oldin ham Paygʻambarlar oʻtgan. Uning onasi esa, siddiqadir. Ikkovlari ham taom yer edilar. Biz ularga oyatlarni qanday bayon qilayotganimizga nazar sol-u, keyin ularning qanday burilib ketayotganlariga nazar sol».
📌Izoh: Bibi Maryam binti Imron Allohning aytganlarini, amru farmonini tasdiqlovchi–siddiqadir. Sodiq, pok bir bandadir. Bu kishini ham “ona Xudo” deb eʼtiqod qilib boʻlmaydi. Demak, Masih ibn Maryamni ham, uning onasi Maryam siddiqani ham “xudo” deb eʼtiqod qilish xatodir.
🚀 📷 http://instagram.com/OYAT_TV