#utıslı_chek
Húrmetli watanlaslar!
Usı jıl 1-iyulden baslap Qaraqalpaqstan Respublikası hám Xorezm wálayatı aymaǵında jaylasqan
sawda hám xızmet kórsetiw obyektlerinde onlayn qadaǵalaw-kassa
texnikası arqalı ámelge asırılǵan satıp alıwlar boyınsha berilgen chekler tiykarında hár ayda utıslı oyınlar ótkeriledi.
Qaraqalpaqstan Respublikası estrada qosıqshısı Islam Muratbaev bul baǵdarda óz pikirin bildirdi.
Qaraqalpaqstan Respublikası salıq basqarması Baspasóz xızmeti
___
#yutuqli_chek
Hurmatli yurtdoshlar!
2026-yil 1-iyuldan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida joylashgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida onlayn nazorat-kassa texnikasi orqali amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha berilgan cheklar asosida har oyda yutuqli o‘yinlar o‘tkaziladi.
Qoraqalpoǵiston Respublikasi estrada xonandasi Islom Muratbaev bu borada oz fikrini bildirdi.
Qoraqalpoǵiston Respublikasi Soliq boshqarmasi Matbuot xizmati
🔴 https://www.facebook.com/qrsoliq 🔵 https://www.instagram.com/saliq_xabarlari 🟠 http://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHEZV7vrNsW5bLYlLw
Mahallalar budjetini mustahkamlash bo‘yicha ham yangi tashabbuslar ilgari surildi. Joriy yil mahallalar budjetiga 600 milliard so‘m mablag‘ qolishi reja qilingan edi.
Iyun oyidagi Prezident farmoni bilan mahallada qoladigan yer va mol-mulk solig‘ining ulushi 10 foizdan 15 foizga oshirildi. Sanitariya qoidalarini buzganlik va noqonuniy qurilish uchun jarimalarning 10 foizi mahallaga tushadigan bo‘ldi.
Shuningdek, 5 ming kvadrat metrgacha bo‘sh binolarni mahallaning o‘zi sotuvga chiqarishiga ruxsat berildi. Buning hisobidan mahallalar budjetiga yana 405 milliard so‘m tushadi.
Endi mahalladagi noturar obyektlardan tushgan yer va mulk solig‘ining 5 foizi ham mahallaning o‘ziga beriladi. Bu orqali mahallalar ixtiyorida yiliga yana 400 milliard so‘m mablag‘ qoladi.
Yil davomida eng ko‘p tadbirkorlarni ro‘yxatga olgan, eng ko‘p yangi ish o‘rni yaratgan, tushum darajasi eng yuqori bo‘lgan va eng ko‘p qo‘shimcha soliq bazasi topgan 200 ta mahallaga 2 milliard so‘mdan mukofot beriladi.
Umuman, yangi tashabbuslar hisobiga mahallalar budjetiga tushum bu yil 1 trillion 600 milliard so‘mga, kelasi yildan esa 2 trillion so‘mga yetadi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ|https://www.instagram.com/press_secretary_uz/|https://x.com/Sherzod_Asadov
Salıq xızmeti xabarları
18 Tem 2026 04:16
📷 Photo
Ijtimoiy tadbirkorlikning jamiyatdagi o‘rni qanday deb o‘ylaysiz?
🇺🇿 "Yuksalish" harakati aholi orasida ijtimoiy tadbirkorlik tushunchasi, uning zaruriyati, ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi roli va mavjud to‘siqlarni o‘rganish maqsadida so‘rov o‘tkazmoqda.
Sizninig ajratgan 5 daqiqangiz sohaga oid siyosatni shakllantirish, imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish hamda ijtimoiy ehtiyojlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
🔗 https://ee.kobotoolbox.org/single/ecc74340838ff9c0a138bad37b756e94
🇺🇿 Telegram sahifamizga obuna bo'ling - https://t.me/uzbyuksalish
337
Salıq xızmeti xabarları
18 Tem 2026 04:16
📷 Photo
Qoraqalpog‘iston Respublikasida soliq sohasida ko‘p yillar davomida
fidokorona mehnat qilgan tajribali mutaxassis Raxmetullayev Azat
Naurizbayevich 61 yoshida bevaqt vafot etdi.
A. Raxmetullayev
hayot yo‘li davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Soliq boshqarmasi
bo‘lim boshlig‘i, Chimboy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining
o‘rinbosari va Mo‘ynoq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida
sharafli xizmat qildi. O‘zining halol mehnati bilan mamlakatimiz
taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shib, 2025 yilda sharafli nafaqaga
chiqqan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi soliq boshqarmasi
jamoasi marhumning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va
yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100050775283837&sk=reels_tab | https://www.instagram.com/saliq_xabarlari | http://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHEZV7vrNsW5bLYlLw
Salıq xızmeti xabarları
18 Tem 2026 04:16
📷 Photo
Yangi Quva mahallasi misolida aholini ish bilan ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha yangi tartib ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu mahallada 51 nafar ishsiz fuqaro bor, ularning 4 nafari agrotexnikumni bitirgan va xonadonida 10 sotixdan tomorqasi mavjud.
Mahalla raisi tomorqada gul ko‘chatiga ixtisoslashgan yengil konstruksiyali issiqxona qurish uchun mahalla bankiriga buyurtma beradi.
Qolgan ishsiz aholi bo‘yicha ham mahalla raisi kim tadbirkor bo‘lmoqchi, qaysi oila daromadini oshirmoqchi, kimga kredit, uskuna yoki yer kerakligini aniqlab, bankirga aniq vazifa qo‘yadi.
Yangi Quva mahallasida bog‘cha yetishmasligi sabab 50 nafar bola qo‘shni mahallaga qatnayapti, hududda esa 70 sotix bo‘sh yer bor. Shu munosabat mahallalarda xususiy bog‘cha, maktab, klinika va sport inshootlari qurish uchun yerni auksionga chiqarish vakolati ham mahalla raislariga beriladi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ|https://www.instagram.com/press_secretary_uz/|https://x.com/Sherzod_Asadov
Salıq xızmeti xabarları
18 Tem 2026 04:16
📷 Photo
Davlatimiz rahbari mahalla raisi ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va daromadni ko‘paytirishga xizmat qiladigan loyihalarda tashabbuskor bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.
Bunday loyihalar uchun “mahalla yettiligi”ga 10 million so‘mdan grant ajratiladi. Agar 8 ming 992 ta mahallaning har birida bittadan shunday loyiha amalga oshirilsa, hududlardagi muhit sezilarli o‘zgaradi.
Ushbu maqsadlar uchun jami 240 milliard so‘m resurs shakllantiriladi.
Mahalla raisi o‘z hududining haqiqiy boshqaruvchisi bo‘lishi shart. Buning uchun u hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliqchi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik ish rejasini tasdiqlab beradi. Rais “yettilik” a’zolariga aniq vazifa qo‘yib, ulardan so‘rov qilib boradi.
Shuningdek, “yettilik” faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash va hududdagi muammolarga ilmiy yondashish uchun Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi. U “yettilik”ni o‘qitadi, mahallalardagi dolzarb masalalarga ilmiy yechimlar ishlab chiqadi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ|https://www.instagram.com/press_secretary_uz/|https://x.com/Sherzod_Asadov
Salıq xızmeti xabarları
18 Tem 2026 04:16
📷 Photo
#
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4038 ta yuridik shaxsning o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq qarzi 333.4 milliard so‘mni tashkil etmoqda.
Shu bois hududda soliq xizmati organlari va Majburiy ijro byurosi, Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari hamkorligida qarzdor korxonalarning mol-mulklarini xatlash ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, qarizdor korxonalarning soliq qarizi uchun avtotransport vositalari xatlovga olindi.
Agar qarzdorlik belgilangan muddatda to‘lanmasa, mazkur bino va avtomashinalar elektron auksion orqali sotilib, qarzdorlik davlat
budjetiga undiriladi. Yil boshidan buyon hamkorlikda olib borilgan
ishlar natijasida 421 ta korxonaning 81,0 milliard so‘mlik soliq qarzi evaziga ularga tegishli mol-mulklar xatlovga olindi. Natijada korxonalar tomonidan 51,1 milliard so‘mlik soliq qarzi to‘lab berildi.
Eslatib o‘tamiz, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash — har bir fuqaro va tadbirkorning konstitutsiyaviy burchidir!
| https://www.facebook.com/profile.php?id=100050775283837&sk=reels_tab | https://www.instagram.com/saliq_xabarlari | http://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHEZV7vrNsW5bLYlLw
Salıq xızmeti xabarları
18 Tem 2026 04:16
📷 Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarga yangi muhit olib kirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini yangicha tashkil qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Davlatimiz rahbari bu yil infratuzilmani yaxshilash, odamlar va tadbirkorlar uchun sharoit yaratish maqsadida tumanlarga o‘rtacha 250 milliard so‘mdan, mahallalarga esa 5,5 milliard so‘mdan mablag‘ berilganini ta’kidladi.
Tuman hokimlari va mahalla raislarining tushum bo‘yicha vakolatlari kengaytirilgani natijasida hududda qoladigan qo‘shimcha daromad 2 barobargacha ko‘paydi. Tumanlarda o‘rtacha 22 milliard so‘mdan qo‘shimcha mablag‘ qoldi, mahalla budjetiga esa o‘rtacha 150-200 million so‘m tushdi.
“Lo‘nda aytganda, hududdagi masalalarni hal qilish uchun hokimda ham, mahalla raisida ham, umuman, “yettilik”ning har bir vakilida resurs va vakolat bor. Yetishmayotgan jihat – mas’uliyat va tashabbuskorlik”,
– dedi Prezidentimiz.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ|https://www.instagram.com/press_secretary_uz/|https://x.com/Sherzod_Asadov
Salıq xızmeti xabarları
18 Tem 2026 04:16
📷 Photo
Ayrim tumanlarda amalga oshirilayotgan loyihalarda kambagʻal oilalar ishtiroki 15 foizga ham yetmayapti. Qoraoʻzak, Marhamat, Mirishkor, Nurobod va Termiz tumanlari misolida bu boradagi sustkashliklar koʻrsatib oʻtildi.
Achinarlisi, 960 ta kambagʻal oila yashaydigan 32 ta mahallada birorta ham ehtiyojmand odam doimiy ishga joylashtirilmagan. 883 ta mahallada esa bankirlar xonadonbay yurib, loyiha qilmagan, tadbirkorlar bilan uchrashmagan.
Shuning uchun yil boshidan mahallada ishni toʻgʻri tashkil qilmagan 152 nafar rahbar ishdan olindi, yana 700 nafariga intizomiy chora koʻrildi.
Mahallalarda soliq tushumlari, jinoyatchilikni jilovlash va aholi muammolarini hal etish boʻyicha ham masʼullarga savollar qoʻyildi. Davlatimiz rahbari mahalla odamlar uchun chinakam “ishonch, tayanch va imkoniyatlar markazi” boʻlishi zarurligini taʼkidladi.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ|https://www.instagram.com/press_secretary_uz/|https://x.com/Sherzod_Asadov
Showing 10 of 10 posts
No more posts
0
0
334
0
0
0
0
532
0
0
163
0
0
204
0
0
222
0
0
127
0
0
112
0
0
Henüz yorum yok. Deneyiminizi ilk paylaşan siz olun!