Henüz yorum yok. Deneyiminizi ilk paylaşan siz olun!
Son Yazılar
Qaraqalpaq mámleketlik jas tamashagóyler teatrı
24 Nis 2026 13:59
📷 Photo
Húrmetli Watanlaslar, qádirli Mádeniyat hám kórkem óner tarawı pidayıları!
Sizlerdi búgingi Mádeniyat hám kórkem óner tarawı xızmetkerleri kúni múnásibeti menen qızǵın qutlıqlaymız.
Hár qanday xalıqtıń mádeniyatı menen kórkem ónerine degen húrmet – bul sol xalıqtıń ótmish tariyxı, milliyligi, úrp-ádet hám dástúrlerine bolǵan húrmet sanaladı.
Sonlıqtan da búgingi bayram tamırı tereń tariyxqa iye kóp milletli xalqımızdıń, pútkil elimizdiń bayramı, desek aljaspaǵan bolamız.
Mádeniyat hám kórkem óner tarawı xızmetkerleri eń dáslep, biytákirar óneri menen xalqımızdıń ruwxıy dúnyasın bayıtıp kiyatırǵan mashaqatlı hám maqtanıshlı kásip iyeleri esaplanadı.
Húrmetli taraw xızmetkerleri!
Sizlerdi búgingi bayram menen qutlıqlap, hámmeńizge bekkem densawlıq, shańaraǵıńızǵa tınıshlıq-amanlıq, mashaqatlı hám maqtanıshlı jumıslarıńızda tasqın tabıslar tileymiz!
—
Hurmatli Vatandoshlar, qadrli Madaniyat va san’at sohasi fidoyilari!
Sizlarni bugungi Madaniyat va san’at sohasi xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.
Har qanday xalqning madaniyati va san’atiga bo‘lgan hurmat - bu o‘sha xalqning o‘tmish tarixi, milliyligi, urf-odat va an’analariga bo‘lgan hurmat hisoblanadi.
Shuning uchun ham bugungi bayram ildizi chuqur tarixga ega ko‘p millatli xalqimizning, butun yurtimizning bayrami, desak adashmagan bo‘lamiz.
Madaniyat va san’at sohasi xodimlari eng avvalo, betakror san’ati bilan xalqimizning ma’naviy dunyosini boyitib kelayotgan mashaqqatli va sharafli kasb egalari hisoblanadi.
Hurmatli soha xodimlari!
Sizlarni bugungi bayram bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, mashaqqatli va sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Amanbay Orınbaev,
Qaraqalpaqstan Respublikası
Joqarǵı Keńesiniń Baslıǵı
Kanalǵa aǵza bolıw: https://t.me/joqargikenes
https://joqargikenes.uz/ https://t.me/joqargikeneshttps://www.instagram.com/orinbayev_a/https://www.facebook.com/OrinbayevAmanbayTleubayevichhttps://youtube.com/@joqargikenes
142
0
0
Qaraqalpaq mámleketlik jas tamashagóyler teatrı
24 Nis 2026 13:59
📷 Photo
#Tabrik
⭐️ 15-aprel — O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni muborak bo'lsin!
Hurmatli madaniyat va san’at sohasi fidoyilari!
Sizlarni 15-aprel – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Madaniyat va san’at xalq ma’naviyatining asosi, millatning tarixi va kelajagini bog‘lab turuvchi bebaho qadriyatdir. Shu ma’noda, bu yilgi kasb bayramimizning bosh g‘oyasi sifatida ilgari surilayotgan “Madaniyat o‘lmasin” shiori chuqur ma’no va yuksak mazmun kasb etadi.
Zero, madaniyat millatning xotirasi, uning o‘zligidir. Madaniyat bor joyda ma’naviyat, taraqqiyot va barqarorlik bo‘ladi. Madaniyat o‘lmas ekan – millat ham yashaydi.
Globallashuv sharoitida, turli mafkuraviy tahdidlar kuchayib borayotgan bir davrda madaniyat va san’at sohasi vakillarining mas’uliyati yanada ortmoqda. Sizlar jamiyat ma’naviy muhitini yuksaltirish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, xalqimizning boy madaniy merosini asrab-avaylash va keng targ‘ib etish yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelmoqdasiz.
Aziz do‘stlar!
Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida so‘nggi yillarda sohada qator tizimli islohotlar amalga oshirildi. Madaniyat muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, teatr, kino, musiqa va nomoddiy madaniy meros yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etildi, milliy san’atimizni xalqaro miqyosda targ‘ib etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi, ijodkorlar va soha xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari kuchaytirildi.
Bugungi kunda oldimizda turgan ustuvor vazifalar — madaniyatni jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylantirish, madaniyat markazlari va ijodiy muassasalar faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, yosh iste’dodlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atimizni xalqaro miqyosda yanada keng targ‘ib qilishdan iborat.
Ishonchim komilki, sizlar o‘zingizning bilim, tajriba va iste’dodingiz bilan bu ezgu maqsadlarni amalga oshirishda munosib hissa qo‘shasiz.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yurtimizda madaniyat nuri doimo porlasin! Madaniyat o‘lmasin!
Hurmat bilan, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri — Ozodbek Nazarbekov
🚀 https://t.me/ozodbek_axmadovich 📷 https://instagram.com/ozodbek_axmadovich
Qaraqalpaq mámleketlik jas tamashagóyler teatrı
24 Nis 2026 13:59
🎥 Video
#Premyera
#Madhiya
⭐️ 15-aprel — "O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni" munosabati bilan vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida sohaning "Madaniyat o'lmasin..." nomli ilk madhiyasi yaratildi.
🇺🇿 Madaniyat o'lmasin...
Shou bo‘lsa shou, biznes bo‘lsa biznes.
Faqat bitta iltimos, adabiyot o‘lmasin.
Muammolarda, muomalalarda, yaxshi gapiring faqat.
Muhabbat o‘lmasin!
Ahamiyat o‘lmasin, jamiyat o‘lmasin.
Odam orasida madaniyat o‘lmasin.
Inson bolasida Hurriyat o‘lmasin,
Ofiyat o‘lmasin, samimiyat o‘lmasin.
Madaniyat o‘lmasin, hurriyat o‘lmasin,
Qo‘shiq, nolasida she’riyat o‘lmasin.
O‘ynasin-o‘ynasin, lazgiga o‘ynasin,
Nomus-u-qadriyat ishqida o‘ynasin.
Madaniyat o‘lmasin!
G‘olib bo‘lsa-g‘olib, mag‘lub bo‘lsa-mag‘lub,
Sog‘lom bo‘lsa mayliga raqobat o‘lmasin.
Hikoyalarda, risolalarda mardlar bo‘lsin e’tirof,
Adolat o‘lmasin!
Jasorat o‘lmasin, matonat o‘lmasin,
Inson yuragida diyonat o‘lmasin!
Salohiyat o‘lmasin (sadoqat o‘lmasin)
Saxovat o‘lmasin (fazilat o‘lmasin)
Ma’rifat o‘lmasin! Ma’naviyat o‘lmasin!
https://t.me/madaniyatvazirligi | https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/ | https://www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz https://gov.uz/madaniyat/ | https://www.youtube.com/@madaniyatvazirligirasmiy
#Teatr_festivali
🎭 "Amir Temur siymosi sahnada" respublika teatrlari festivali bo'lib o'tadi
Joriy yilning 11-13-aprel kunlari Samarqand shahrida "Amir Temur siymosi sahnada" respublika teatrlari festivali bo'lib o'tadi.
“Amir Temur siymosi sahnada” respublika teatrlari festivali joriy yilning 11-aprel kuni soat 10:00 dan 12:00ga qadar Samarqand shahrining Bibixonim madrasasidan Registon maydoniga qadar “Amir Temur va temuriylar davri liboslari” siymosida tantanali yurishi bilan start olib, Samarqand viloyati musiqali drama teatrida, Samarqand viloyati rus drama teatrida, Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatrida davom etadi.
Samarqand shahrida 3 kun davom etadigan ushbu teatrlari festivalida yurtimizdagi bir qator teatrlarining spektakllari namoyish etiladi, xususan:
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrining “Oqsaroy” spektakli, Qo‘qon shahar musiqali drama teatrining “Armonsiz o‘tgan umr” spektakli, Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining “Sohibqiron” spektakli, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining “Adolat fasli” spektakli, Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrining “Temurbekning bolaligi” spektakli, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining “Sohibqiron” spektakli, Namangan viloyati musiqali drama teatrining “Amir Temur yoxud adolat qilichi” spektakli namoyishi bo‘lib o‘tadi.
https://t.me/madaniyatvazirligi | https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/ | https://www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz https://gov.uz/madaniyat/ | https://www.youtube.com/@madaniyatvazirligirasmiy
Qaraqalpaq mámleketlik jas tamashagóyler teatrı
24 Nis 2026 13:59
📷 Photo
Húrmetli Watanlaslar, qádirdan xalqımız!
Sizlerdi búgingi Qaraqalpaqstan Respublikası Konstituciyasınıń qabıl etilgenliginiń 33 jıllıǵı múnásibeti menen qızǵın qutlıqlaymız.
Insan mápi hár qanday nárseden ústem ekenligi, onıń huqıq hám erkinlikleri, milletler aralıq tatıwlıqtı, puqaralardıń tınıshlıǵı hám abadan turmısın támiyinlew Konstituciyamızda belgilep qoyılǵan bolıp, usı tiykardaǵı iygilikli ámeller búgingi kúnde turmısta óz sáwleleniwin tawıp atır.
Áziz doslar!
Sizlerdi jáne bir márte Qaraqalpaqstan Respublikası Konstituciyası qabıl etilgenliginiń 33 jıllıǵı múnásibeti menen qızǵın qutlıqlap, shańaraǵıńızǵa amanlıq, tınıshlıq hám tatıwlıq tilep qalamız.
___
Hurmatli yurtdoshlar, qadrli xalqimiz!
Sizlarni bugungi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.
Inson manfaati har narsadan ustunligi, uning huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlikni, fuqarolarning tinchligi va farovon hayotini ta’minlash Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan bo‘lib, shu asosdagi ezgu amallar bugungi kunda hayotda o‘z aksini topmoqda.
Aziz do‘stlar!
Sizlarni yana bir bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklab, oilangizga omonlik, tinchlik va totuvlik tilab qolamiz.
Amanbay Orınbaev
Qaraqalpaqstan Respublikası Joqarǵı Keńesiniń Baslıǵı
Kanalǵa aǵza bolıw: https://t.me/joqargikenes
https://joqargikenes.uz/ https://t.me/joqargikeneshttps://www.instagram.com/orinbayev_a/https://www.facebook.com/OrinbayevAmanbayTleubayevichhttps://youtube.com/@joqargikenes