https://telegra.ph/file/4c90e317ada9fee94bf58.jpgKoinotdagi sayyoralar soni Big Bangdan beri o’tgan soniyalardan ko’proq.
Xo’sh bu xulosaga qanday kelish mumkin?
Bu juda oson!
Birinchidan, so’ngi hisob kitoblarga ko’ra koinotning biz ko’ra oladigan qismida 2 trillion atrofida galaktika mavjud bo’lib, bizning Somon Yo’li galaktikamiz o’sha galaktikalardan biridir.
Ikkinchidan, bizning Somon Yo’li galaktikamiz taxminan 100 milliard yulduzni o’z ichiga oladi. Galaktikamiz esa o’rtacha kattalikdagi galaktika hisoblanadi.
Uchinchidan, keling galaktikamizdagi yulduzlar sonini koinotdagi galaktikalar soniga ko’paytiramiz; buning javobi mutlaqo hayratlanarli – 200 sekstillion, yani 200,000,000,000,000,000,000,000 yulduz koinotda mavjud degani.
To’rtinchidan, astronomlar fikriga ko’ra koinotdagi deyarli har bir yulduz atrofida - 1tadan bir necha 10tagacha sayyora mavjud. Shu faktdan kelib chiqib xulosa qilsa bo’ladiki koinotdagi sayyoralar soni yulduzlar sonidan salmoqli darajada ko’proqdir.
Beshinchidan, olimlarning hisob kitoblariga ko’ra Big Bang taxminan 13.7 milliard yil oldin sodir bo’lgan (bu juda juda uzoq vaqt); agar uni soniyalarga aylantiradigan bo’lsak:
1 daqiqa = 60 soniya
1 soat = 3,600 soniya
1 kun = 86,400 soniya
1 yil = 31,556,952 soniya
13.7 milliard yil esa =
436,117,076,600,000,000 soniya
(436 kvadrillion, 117 trillion, 76 milliard, 600 million)
Ko’rib turganingizdek koinotdagi yulduzlar va sayyoralar soni Big Bang sodir bo’lganidan beri o’tgan soniyalardan aql bovar qilmas darajada ko’proqdir.
To’g’ri bu raqam jo’n hisob-kitoblarga asoslanib chiqarildi ammo shunga qaramasdan koinotdagi yulduzlar va sayyoralar soni haqida kichikroq bo’lsada tasavvurga ega bo’lishga katta yordam beradi.