#qizimdan_savol
Qozon qanday yasaladi?
Odatda bolalar 3-4 yoshlarda juda ko’p savol beradigan yoshi bo’ladi. Qizimda ham o’sha yosh oralig’ida juda ko’p “nima uchun…?” bilan boshlanadigan savollariga javob berganmiz.
Hozirga kelib endi “ikkinchi dixaniya” ochilgan, ayni kunlarda ham qiziq savollar bilan bizni “qiynab”(xursand qilib) boshlagan. Yuqoridagi berilgan savolga ham to’liq tushunarli qilib javob berdik: metal eritilib, suyuq holatga keltiriladi, so’ngra qozon shaklidagi qolipga quyilib, sovutiladi. Sovugandan keyin qozon tayyor bo’ladi deb, internetdan mavzuga doir https://youtube.com/shorts/xz-ZvqxQGMQ?si=AjeLPnyIsNOcIPP9 topib ko’rsatdik.
https://youtube.com/shorts/SKZkudXHVUg?si=h2-Kgf2H47652en9
104
6
Sardor Erjigitov | Shaxsiy blog
25 Nis 2026 06:37
📷 Photo
DAHOLAR QANDAY YO'QOLMOQDA va TA’LIMDA TABAQALANISH
#post_3
#talim
Haftalik postlarimizning 3-siga ham yetib keldik.
Hozircha yozayotgan postlarim ta’lim haqida, sababi ishlayotgan soham bo’lishi bilan birga qizimni keyingi yil maktabga berishim, meni doimiy shu mavzuda o’ylashga majbur qiladi. Chunki endi uning aqliy va ahloqiy shakllanishiga bevosita ustozlari va o’rtoqlari ta’sir ko’rsatadi.
Ta’limda maktab va sinflar taqsimotida har xil tabaqalanish bor: iqtisodiy-ijtimoiy, etnik, intellektual.
Masalan ba’zi maktablarda (ko’p holatda xususiy maktablarda) o’ziga to’q insonlarning farzandlari ta’lim olishadi. Yana birlarida faqat bir millatga mansub insonlarning farzandlari o’qishadi (qirg’iz, qozoq, qoraqalpoq sinflari kabi).
Qolganlari asosan aralash tipdagi bo’ladi. Asosan davlat maktablari.
Men o'qigan bir https://www.researchgate.net/publication/250184481_Classroom_Intellectual_Composition_and_Academic_Achievement ilmiy tadqiqotning asosiy xulosasiga ko'ra, sinfdagi intellektual kompozitsiya (aqliy qobilyatlariga ko'ra tabaqalash) o'quvchining akademik yutuqlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu esa bilvosita ...
https://telegra.ph/DAHOLAR-QANDAY-YOQOLMOQDA-va-TALIMDA-TABAQALANISH-11-23
Sardor Erjigitov | Shaxsiy blog
25 Nis 2026 06:37
DAHOLAR QANDAY YO'QOLMOQDA va TA’LIMDA TABAQALANISH #post_3 #talim Haftalik postlarimizning 3-siga ham yetib keldik. Hozircha yozayotgan postlarim ta’lim haqida, sababi ishlayotgan soham bo’lishi bilan birga qizimni keyingi yil maktabga berishim, meni doimiy…
120
11
0
Sardor Erjigitov | Shaxsiy blog
25 Nis 2026 06:37
📷 Photo
"Choyga darding so‘zlasang,
Ne deyishni bilmaydi,
Keraksiz so‘zlar bilan,
Asabni ham buzmaydi..."
Rasmini yubordim-u, afsus ta'mini yuborolmaymanda. Bir ajoyib ichimlik bo'ldi - da!
172
17
Sardor Erjigitov | Shaxsiy blog
25 Nis 2026 06:37
Kamchiliklar haqida ko’p eshitmasdan katta bo’lgan odam o’zini kamchiliklardan holi deb o’ylashni boshlaydi. Kamchiligi aytilgan payti qabul qilishi qiyin bo’ladi. Aybni birovdan izlaydi.
258
10
0
Sardor Erjigitov | Shaxsiy blog
25 Nis 2026 06:37
Qaysi biri muhim?:
Ega bo’lish 👍
Yoki
Erishish 🔥
212
13
0
Sardor Erjigitov | Shaxsiy blog
25 Nis 2026 06:37
Iroda qilsa ul Hay-yu tavono,
Qilur bir lahzada bilmasni dono!
So’fi Olloyor
https://youtu.be/yy8U2Bm3upA?si=Jm6Vo8PdepTsOZ2V ko’rib yuqoridagi misralar esimga tushdi.
Hikmatni qarangki, kimnidir ingliz tili o’rganishi uchun boshqa bir ilmlini qamoqqa tushirib unga o’rgatuvchi qilib qo’yibdi.
Biz ozodlikda shuncha imkoniyat bilan ham vaqtimizni bekorga sarflayapmiz.
232
8
0
Sardor Erjigitov | Shaxsiy blog
25 Nis 2026 06:37
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qilib, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turnirida qozongan tarixiy gʻalabasi bilan tabrikladi. @alisher_sadullaev