📺 Makon TV – har bir ko‘rsatuv, yangilik va ko‘ngilochar dastur bilan sizning hayotingizga yangi ranglar qo‘shadi, biz har doim sizning yoningizdamiz.
➖➖➖
📞 Xat va reklama bo’yicha murojaat qilish uchun: +998 55 517 66 66
@makontv offers specialized information about hayotingizga and makon for subscribers interested in Streaming ve IPTV
“Benom” konserti: ilk kun hissiyotlari va jamoani birlashtirgan sir
“Benom” guruhining konsert dasturining ilk kuni yuqori kayfiyat va unutilmas lahzalarga boy tarzda o‘tdi. Sahnaga chiqishlari bilan zalni to‘ldirgan muxlislar jo‘shqin kutib oldi, ijrolar esa jonli energiya va samimiyat bilan ajralib turdi. Har bir qo‘shiq tomoshabinlar bilan birga kuylanib, haqiqiy musiqiy bayram muhitini yaratdi.
Konsert nomi — “The Best” — bejiz tanlanmagan. Dastur davomida guruh o‘zining eng mashhur va muxlislar qalbidan joy olgan qo‘shiqlarini taqdim etdi. Bu orqali “Benom” nafaqat o‘z ijodining eng saralangan qismini sahnaga olib chiqdi, balki o‘zining mustahkam o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.
Siz-chi, konsertda bo‘ldingizmi? “Benom” ijrosidagi qaysi qo‘shiq sizga eng yaqin?
Bizning sahifalarimiz:
https://www.instagram.com/makon.tv?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw== | https://www.facebook.com/share/196ZeX7EpL/?mibextid=wwXIfr | https://www.youtube.com/@MakonTelekanal
O‘qituvchi darsga anime qahramonlarining shlyapalarini kiyib yoki ularning obrazlarida kelishi mumkin.
U dars davomida qahramonlarning qobiliyatlarini (masalan, Luffining elastikligi yoki personajlarning zarba kuchi) fizika formulalari orqali tushuntiradi. Bu usul talabalarning zerikarli deb hisoblaydigan mavzularga bo‘lgan e’tiborini keskin oshirdi. Uning darslari aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda millionlab ko‘rishlar yig‘moqda.
Ximenesning fikricha, ta’lim va ommaviy madaniyatni (anime, kino) birlashtirish — yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otishning eng samarali yo‘lidir.
Bizning sahifalarimiz:
https://www.instagram.com/makon.tv?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw== | https://www.facebook.com/share/196ZeX7EpL/?mibextid=wwXIfr | https://www.youtube.com/@MakonTelekanal
Makon telekanalidan musiqiy loyiha: "Yangi Ovoz"! 🎙
Makon telekanalida musiqiy "Yangi Ovoz" loyihasi boshlandi! Bu loyiha orqali biz yosh, umidli ijodkorlarni yangi janrlarda ijod qilishga undaymiz.
Bugun bizning loyihamizda ishtirokchisi , yosh iste'dod egasi Abdulloh Sagdullayev bo'ldi.
"Yangi Ovoz" bilan yosh ijodkorlarning ijodiy imkoniyatlari kengayadi va biz tomoshabin sifatida yangi, kutilmagan ijrolarga guvoh bo'lamiz.
Abdulloh Sagdullayev ijrosini tomosha qiling va Makon telekanalidagi "Yangi Ovoz" loyihasining keyingi ishtirokchisi kim bo'lishini hohlaysiz, izohlarda yozib qoldiring!
Bizning sahifalarimiz:
https://www.instagram.com/makon.tv?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw== | https://www.facebook.com/share/196ZeX7EpL/?mibextid=wwXIfr | https://www.youtube.com/@MakonTelekanal
Makon Tv
22 May 2026 14:50
🎥 Video
“Million” konserti nafaqat tomoshabinlarga unutilmas lahzalarni taqdim etdi,
balki uning ortida katta mehnat va puxta tayyorgarlik jarayonlari yotgani ham e’tibordan chetda qolmadi. Konsert oldidan jamoa tomonidan olib borilgan keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari sahnadagi yuqori darajani ta’minladi.
MominLive esa muxlislari uchun yanada qiziqarli yangilik bor. Mominlive jamoasi ayni damda yangi kino kontent ustida faol ish olib bormoqda. Ma’lum qilinishicha, ushbu loyiha konsertdan keyin tez kunlarda muxlislarga taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Bu esa MominLive nafaqat sahna, balki kino yo‘nalishida ham o‘z muxlislarini xursand qilishni davom ettirishini anglatadi.
Bizning sahifalarimiz:
https://www.instagram.com/makon.tv?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw== | https://www.facebook.com/share/196ZeX7EpL/?mibextid=wwXIfr | https://www.youtube.com/@MakonTelekanal
Muxlislar tomonidan sevib tinglanadigan xonanda Umidaxon bu yil ham ijodiy yangiliklari bilan barchani xursand qilish arafasida.
So‘nggi yillarda o‘ziga xos uslubi, samimiy qo‘shiqlari va sahnadagi jozibasi bilan ajralib turgan Umidaxon 2026-yilda bir nechta yangi qo‘shiqlar ustida ishlayotgani ma’lum bo‘ldi. Xonanda yaqin kunlarda zamonaviy ohanglar va milliy ruh uyg‘unlashgan yangi treklarini taqdim etishi kutilmoqda. Ushbu qo‘shiqlar sevgi, hayotiy kechinmalar va insoniy tuyg‘ularni aks ettirib, muxlislar qalbidan chuqur joy olishi shubhasiz.
Siz Umidaxon ijrosidagi qaysi qo‘shiqlarni sevib tinglaysiz? Izohlarda yozib qoldiring!
Bizning sahifalarimiz:
https://www.instagram.com/makon.tv?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw== | https://www.facebook.com/share/196ZeX7EpL/?mibextid=wwXIfr | https://www.youtube.com/@MakonTelekanal
Makon Tv
8 May 2026 03:33
🎥 Video
Makon telekanalidan musiqiy loyiha: "Yangi Ovoz"! 🎙
Makon telekanalida musiqiy "Yangi Ovoz" loyihasi boshlandi! Bu loyiha orqali biz yosh, umidli ijodkorlarni yangi janrlarda ijod qilishga undaymiz.
Bugun bizning loyihamizda birinchi ishtirokchi , yosh iste'dod egasi Marufjon Mahmadaliyev bo'ldi.
"Yangi Ovoz" bilan yosh ijodkorlarning ijodiy imkoniyatlari kengayadi va biz tomoshabin sifatida yangi, kutilmagan ijrolarga guvoh bo'lamiz.
Marufjon Mahmadaliyevning ijrosini tomosha qiling va Makon telekanalidagi "Yangi Ovoz" loyihasining keyingi ishtirokchisi kim bo'lishini hohlaysiz, izohlarda yozib qoldiring!
Bizning sahifalarimiz:
https://www.instagram.com/makon.tv?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw== | https://www.facebook.com/share/196ZeX7EpL/?mibextid=wwXIfr | https://www.youtube.com/@MakonTelekanal
Makon Tv
8 May 2026 03:33
🎥 Video
Makon telekanalidan musiqiy loyiha: "Yangi Ovoz"! 🎙
Makon telekanalida musiqiy "Yangi Ovoz" loyihasi boshlandi! Bu loyiha orqali biz yosh, umidli ijodkorlarni yangi janrlarda ijod qilishga undaymiz.
Bugun bizning loyihamizda birinchi ishtirokchi , yosh iste'dod egasi Marufjon Mahmadaliyev bo'ldi. Marufjon aslida estrada yo'nalishida ijod qiladi, lekin "Yangi Ovoz" loyihasi uchun u o'zini maqom yo'nalishida sinab ko'rdi.
"Yangi Ovoz" bilan yosh ijodkorlarning ijodiy imkoniyatlari kengayadi va biz tomoshabin sifatida yangi, kutilmagan ijrolarga guvoh bo'lamiz.
Marufjon Mahmadaliyevning ijrosini tomosha qiling va Makon telekanalidagi "Yangi Ovoz" loyihasining keyingi ishtirokchisi kim bo'lishini hohlaysiz, izohlarda yozib qoldiring!
Bizning sahifalarimiz:
https://www.instagram.com/makon.tv?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw== | https://www.facebook.com/share/196ZeX7EpL/?mibextid=wwXIfr | https://www.youtube.com/@MakonTelekanal
Braziliyalik baliqchi Joau Pereyra de Souza va Dindim ismli pingvin o‘rtasidagi bu ajoyib do‘stlik 2011-yilda butun dunyoni hayratda qoldirgan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, pingvin har yili o‘z qutqaruvchisini ko‘rish uchun taxminan 8000 kilometr yo‘l bosib kelgan. Dindim odatda yilning 8 oyini Joau bilan o‘tkazgan, qolgan vaqtda esa ko‘payish uchun Argentina va Chili qirg‘oqlariga suzib ketgan. Mutaxassislarning fikricha, pingvin Joauni o‘z oilasining a’zosi deb bilgan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Dindim 2018-yildan beri ko‘rinish bermagan va bu voqea asosida «Mening pingvin do‘stim» (My Penguin Friend) nomli badiiy film ham suratga olingan.
Bizning sahifalarimiz:
https://www.instagram.com/makon.tv?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw== | https://www.facebook.com/share/196ZeX7EpL/?mibextid=wwXIfr | https://www.youtube.com/@MakonTelekanal
World Happiness Report
bo'yicha Finlyandiya 2026-yilda ketma-ket to'qqizinchi marta dunyoning eng baxtli mamlakati deb topildi.
Mamlakatning turmish darajasini quyidagi omillar bilan izohlashadi:
1) Kuchsiz ijtimoiy tabaqalanish va daromadlar tengligi.
2) Yaxshi rivojlangan ta'lim va sog'liqni saqlash tizimi.
3) Tabiat bilan yaqinlik va xavfsizlik darajasining yuqoriligi.
4) Davlat organlariga bo'lgan yuksak ishonch.
Eslatib o'tamiz O'zbekiston 2025-yilgi hisobotda 53-o'rinni egallagan. (147 ta davlat ichida).
2024-yilda esa O'zbekiston 47-o'rinda edi, demak mamlakatimiz reytingda 6 pog'ona pastlagan.
Bizning sahifalarimiz:
https://www.instagram.com/makon.tv?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw== | https://www.facebook.com/share/196ZeX7EpL/?mibextid=wwXIfr | https://www.youtube.com/@MakonTelekanal
“Million”dan yangiliklar: konsert oldi matbuot anjumani qanday o‘tdi?
Million jamoasi o‘zining navbatdagi katta konserti arafasida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashib, matbuot anjumani o‘tkazdi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi — jurnalistlar qiziqarli savollar bilan, jamoa esa odatdagidek hazil-mutoyiba va ochiqlik bilan javob berdi. Anjumanda jamoa a’zolari yangi dastur haqida ilk tafsilotlarni oshkor qildi.
Xususan, dastur markazida “Formula 1” mavzusi tanlangani ham alohida qiziqish uyg‘otdi. Jamoa bu orqali tezlik, raqobat va zamonaviy hayot ritmini hazil orqali aks ettirishni maqsad qilganini bildirdi.