🧠Sun’iy intellekt bilan ishlash uchun ham aql kerak
©️Nurxon ELMIRZAEVA,
“XXI asr” muxbiri
⚙️Bugungi raqamli texnologiyalar davrida sun’iy intellektning hayotimizga dadil kirib kelayotgani taraqqiyot bosqichida inson omilini yengillashtirayotgani haqiqat. Shu bilan birga, ayrim xavotirlarga ham sabab bo‘layotgani sir emas.
Masalan, “Endi bolalarimiz o‘qimaydi, yodlamaydi, ilm olishga ishtiyoqi va xotirasi susayib ketadi”, “SI vazifamizni olib qo‘ymoqda, bu ketishda ishsiz qolamiz-ku...” deganday.
🤔Albatta, bu kabi xavotirlar bir jihatdan o‘rinli va sog‘lom fikrlaydigan har bir insonning tabiiy reaksiyasidir. Eslang, har qanday texnologik inqilob (masalan, bir zamonlar radio-televidenie, kalkulyator, elektron jihozlarning paydo bo‘lishi yoki internetning ommalashuvi) shunday qo‘rquvlarni olib kelmaganmidi?
⚙️Aslida, sun’iy intellekt – inson ongiga xos bo‘lgan vazifalarni bajara oladigan kompyuter tizimlari yoki algoritmlaridir. Oddiy aytganda, bu mashinalarning fikrlashi, o‘rganishi va mustaqil qaror qabul qilishidir. Agar odatiy dasturlar faqat berilgan qat’iy buyruqlarni bajarsa, SI ma’lumotlarni tahlil qilish orqali o‘zi xulosa chiqaradi. Uning asosini mashinaviy o‘rganish (machine learning) tashkil etadi, katta hajmdagi ma’lumotlarni “hazm qilish” orqali qonuniyatlarni topadi.
🤔Sun’iy intellekt allaqachon hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Ko‘pincha biz uning borligini sezmaymiz ham, lekin u kundalik yumushlarimizni sezilarli darajada osonlashtirmoqda. Ilgari biz Googledan ma’lumot qidirgan bo‘lsak, endi SIdan tayyor javob olyapmiz. Bizning eng yaqin yordamchimiz bo‘lgan smartfonlar SIning eng katta uyasi hisoblanadi.
⚙️Siri, Google Assistant yoki Alexa orqali chiroqni yoqish, qo‘ng‘iroq qilish yoki eslatma yozish, bularning barchasi ovozni tanish algoritmlari yordamida ishlaydi. Yuzni tanish (FaceID) – telefoningizni ochishda qo‘llaniladigan texnologiya yuzingizning biometrik nuqtalarini soniyaning ming bo‘laklarida tahlil qiladi. Yozayotgan so‘zingizni oldindan sezish va xatolarni tuzatish, yo‘llarda vaqtimizni tejashda uning o‘rni beqiyos.
🤔Google yoki Yandex SI yordamida tirbandlikni baholab, eng tezkor yo‘lni hisoblab beradi. Yandex Go kabi ilovalar narxni belgilash va eng yaqin haydovchini topishda murakkab algoritmlardan foydalanadi. Til to‘siqlarini yengishda ham SI inqilob qildi.
⚙️Google Translate va DeepL orqali hozirgi tarjimalar shunchaki so‘zma-so‘z emas, balki matnning ma’nosini (kontekstni) tushungan holda amalga oshirilmoqda. Duolingo kabi ilovalar SI yordamida sizning xatolaringizni o‘rganadi va aynan siz qiynalgan mavzularni ko‘proq takrorlatadi.
🤔Hatto sizga nima yoqishini sizdan yaxshiroq bilishi mumkin, desam hayron bo‘lmassiz! Rad etishga shoshilmang, YouTube va Netflixda sizga yoqishi mumkin bo‘lgan videolar ro‘yxati sizning avvalgi ko‘rgan narsalaringiz asosida shakllantiriladi. Instagram yoki TikTok lentasidagi kontent aynan sizning qiziqishlaringizga moslab saralanadi.
⚙️Ijod va ish samaradorligida ham u sizga ko‘makchi va bu soha oxirgi yillarda eng tez rivojlandi. ChatGPT va boshqa chat-botlar ma’lumot izlash, xat, kod yozish yoki shunchaki g‘oyalar o‘ylab topishda eng yaqin ko‘makchiga aylandi. Midjourney yoki DALL-E kabi tizimlar birgina matnli buyruq orqali professional darajadagi rasmlar chizib bermoqda. Qisqacha aytganda, sun’iy intellekt bizning aqlli soyamizga aylanib qoldi.
🤔Qizig‘i shundaki, SI kundalik hayotimizda yana qator imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Endilikda u sizning kun tartibingizni biladi. Shu bois uchrashuvlarni irejalashtiradi, ya’ni elektron pochtadagi xatlarni tahlil qilib, muhim muloqotlarni taqvimga kiritadi. Ma’lumotlarni saralaydi, kun davomida kelgan yuzlab xabarlardan eng muhimlarini ajratib, qisqacha mazmunini ulashadi.
⚙️Uyingizni ham boshqaradi va odatlaringizni o‘rganadi. Uyda bo‘lmagan vaqtingizda chiroq va isitish tizimlarini o‘chiradi yoki minimal darajaga tushiradi. Kameralar SI yordamida begona odamni uy a’zolaridan ajrata oladi va shubhali harakat haqida darhol xabar beradi.
😎 😎
https://www.instagram.com/global_leaders_hub?igsh=MXB5b3A1NWxheWk4dQ==
🟥
https://youtube.com/@global_leaders_club?si=x5kV1wnEnaMjT9fl