🚀 Nodex Kiberxavfsizlik Klubi rasmiy sayti ishga tushdi!
Bugundan boshlab klubimizning rasmiy sayti faoliyat boshladi. Barchangizni saytga kirib, uni sinab ko‘rishga va o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirishga taklif qilamiz.
🌐 Sayt: https://nodex.uz/
Shu bilan birga, Nodex Bug Bounty dasturi ham start oldi!
🎯Vazifa:
Nodex rasmiy saytida zaiflik (vulnerability) topish
‼️Qoidalar:
• Faqat etik hacking doirasida ishlang
• Sayt ishiga zarar yetkazmang
• DoS/DDoS hujumlari taqiqlanadi
📩 Hisobot yuborish:
Topilgan zaiflik bo‘yicha hisobot (PoC)ni https://t.me/ciprobex ga yuboring.
💰 Zaiflik darajasiga qarab kichik mukofotlar taqdim etiladi.
😎 O‘z bilimingizni amalda sinab ko‘ring!
🔗 Bizni kuzatib boring:
📱 | 🤖 https://t.me/nodexccbot | 🌐 https://nodex.uz/
312
13
0
Nodex kiberxavfsizlik klubi
28 Nis 2026 21:22
📷 Photo
💻Nodex oilasida 200 nafar obunachi!
Kanalimiz a’zolari soni 200 nafardan oshdi! Bu biz uchun shunchaki raqam emas, balki maktabimizda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. 🛡
Biz bilan birga ekanligingiz va loyihalarimizga qiziqish bildirayotganingiz uchun rahmat. Oldinda sizni yanada qiziqarli musobaqalar va yangi yutuqlar kutmoqda. Biz to‘xtab qolmaymiz — bu hali boshlanishi!
🔗 Bizni kuzatib boring:
📱 | 🤖 https://t.me/nodexccbot | 🌐 https://nodex.uz/
164
Nodex kiberxavfsizlik klubi
28 Nis 2026 21:22
#CTF CUTS CTF 2026 MUSOBAQASI — RASMIY AXBOROT Kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalaringizni amalda sinab ko‘rish imkoniyatini boy bermang! "CUTS CTF 2026" musobaqasida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ochiq deb e’lon qilindi. Mazkur…
490
13
0
Nodex kiberxavfsizlik klubi
28 Nis 2026 21:22
📷 Photo
🛡CUTS CTF 2026: Nodex jamoasi TOP-15 talikda
18-aprel kuni Turan Security, Cyber University va Cybersecurity Center tomonidan o‘tkazilgan https://t.me/cyberuni_uz musobaqasida Nodex klubining faol a’zolari 170 dan ortiq jamoalar orasidan faxrli 15-o‘rinni qo‘lga kiritishdi! 🏆
Bu maktab o‘quvchilarimiz uchun ilk CTF tajribasi bo‘lishiga qaramay, juda katta va muhim natija hisoblanadi. Ayniqsa, ularning asosiy raqiblari universitet talabalari bo‘lganini hisobga olsak — bu haqiqatan ham faxrli yutuq! 🔥
📌 Ma’lumot uchun: Top 10 jamoa final bosqichga yo‘l oldi.
O‘quvchilarimizga keyingi ishlarida omad tilaymiz — bu hali boshlanishi!🚀
📱 — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabining birinchi va yagona kiberxavfsizlik klubi.
975
Nodex kiberxavfsizlik klubi
28 Nis 2026 21:22
📷 Photo
💻Kiberxavfsizlik sohasida o'z ishingizni topishingiz va qay darajada bilimingiz borligini isbotlovchi narsa bu — SERTIFIKATLAR!
💻Bugungi kunda OffSec, HackTheBox, TryHackMe, PortSwigger, Altered Security, Zero Point Security, INE Security, TheSecOps Group, EC-Council, TCM Security va CompTIA kabi kompaniyalar o‘z o'quv kurslari va sertifikatlarini taqdim etib kelmoqda.
Bularga misol qilib quyidagi sertifikatlarni keltirishimiz mumkin:
OSCP – OffSec
CPTS – HackTheBox
CDSA – HackTheBox
CNPen / CAPen – TheSecOps Group
eJPT – INE Security
CRTP - Altered Security
PT1 – TryHackMe
BSCP – PortSwigger
BT1 – Security Blue Team
🛡Boshlovchilar uchun esa BSCP (PortSwigger), eJPT (INE Security), PNPT (TCM Security) va BT1 (Security Blue Team) kabi hamyonbop va amaliy sertifikatlar yaxshi tanlov bo‘ladi.
🔗Yana ko‘proq va o'z yo'nalishingizga mos bo'lgan sertifikatlarni bu yerda ko‘rishingiz mumkin:
https://pauljerimy.com/security-certification-roadmap/
📲 - xalqaro sertifikatlarga biz bilan tayyorlaning!
401
Nodex kiberxavfsizlik klubi
28 Nis 2026 21:22
📷 Photo
Hayit Ayyomingiz Muborak Bo'lsin 🌙
404
19
Nodex kiberxavfsizlik klubi
28 Nis 2026 21:22
📷 Photo
🌸 Navro‘z muborak bo‘lsin, azizlar!
Nodex jamoasi barchangizni ushbu go‘zal bayram - yangilanish va yasharish ayyomi bilan samimiy tabriklaydi! Bilimlaringiz bahordek rivojlanib, kiberxavfsizlik sohasida yanada mustahkam bo‘ling. Har bir yozgan kodingiz xavfsiz, har bir tizimingiz himoyalangan bo‘lsin.
— kiberxavfsizlikda birga rivojlanamiz
531
13
Nodex kiberxavfsizlik klubi
28 Nis 2026 21:22
📷 Photo
🚀 CYBERHACK CONFERENCE 2026!
📱Ushbu konferensiya kiberxavfsizlikka qiziquvchi yuzlab yoshlarni bir joyga jamladi. Tadbir davomida turli ekspertlar tomonidan qiziqarli ma’ruzalar, amaliy workshoplar hamda O‘zbekistondagi eng yirik oflayn CTF lardan biri – "CyberHack CTF 2026" musobaqasi tashkil etildi.
🔒"Nodex" jamoasi ham ushbu tadbirda faol ishtirok etdi. Shuningdek, Web Security, Mobile Security va Blue Team yo‘nalishlarida o‘tkazilgan master-klasslarda qatnashib, yangi bilim va tajribalar orttirishdi. Musobaqada esa jamoamiz sardori 5-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bunday tadbirlar yosh kiberxavfsizlik ixlosmandlari uchun katta tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi va xalqaro musobaqalarga tayyorlanishda muhim ahamiyatga ega.
📱 — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!
573
Nodex kiberxavfsizlik klubi
28 Nis 2026 21:22
📷 Photo
🌷HURMATLI USTOZLAR VA AZIZ O'QUVCHILAR!
Nodex kiberxavfsizlik klubi jamoasi sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, ko‘ngil xotirjamligi va o‘qish hamda ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Doimo hurmat va e’tibor og‘ushida bo‘lib yuring!
💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin!
😎 — bizni kuzatishda davom eting
376
13
Nodex kiberxavfsizlik klubi
28 Nis 2026 21:22
📷 Photo
🖥 MAKTABIMIZDA ILK BOR O‘TKAZILGAN CTF MUSOBAQASI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLANDI!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda tarixiy voqea yuz berdi — ilk bor kiberxavfsizlik bo‘yicha “Al-Khwarizmi CyberCup 1.0” CTF musobaqasi o‘tkazildi.
“Nodex” kiberxavfsizlik klubi tomonidan tashkil etilgan ushbu bellashuvda o‘quvchilarimiz axborot texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi va kriptografiya yo‘nalishlarida o‘z bilim va mahoratlarini amalda namoyish etdilar. Maktabimiz faollar zali haqiqiy intellektual jang maydoniga aylandi!
🏆 Musobaqa natijalariga ko‘ra:
Eng yuqori ball to‘plagan TOP-3 ishtirokchi maktabimizning kiberxavfsizlik bo‘yicha terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi. Endilikda ularni soha mutaxassislari tomonidan o‘tiladigan professional mahorat darslari va xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari kutmoqda.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! Maktabimizda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish va yosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi ilk muhim qadam tashlandi.
💬 — Kiberxavfsizlikni o‘rganishni bugun biz bilan boshlang!
Nodex kiberxavfsizlik klubi
15 Nis 2026 11:37
📷 Photo
🌐 FIRST mintaqaviy simpoziumi — Markaziy Osiyo uchun tarixiy voqea
2026-yil 26–27-fevral kunlari Toshkent shahridagi Inha Universitetida “First Regional Symposium for Central Asia – 2026” xalqaro simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Kiberxavfsizlik markazi ko‘magida hamda https://www.first.org/ doirasida tashkil etilib, mintaqa uchun ilk yirik anjuman sifatida e’tirof etildi.
✔️ Ikki kun davomida xalqaro ekspertlar threat hunting va threat modeling metodologiyalari, ethical hacking va malware tahlili, milliy erta ogohlantirish tizimlari, bug bounty platformalari, kiberbardoshlilik hamda incident response jarayonlari bo‘yicha dolzarb ma’ruzalar bilan chiqish qildilar. Tadbirning 2-kuni Bobur Abdullaev (Inha University in Tashkent rektori), Chris Gibson (FIRST ijrochi direktori) va Olimjon Mirzaev (Kiberxavfsizlik markazi direktori) ning nutqlari bilan boshlandi.
🎓 Maktabimizning Nodex kiberxavfsizlik klubi a’zolari hamda bir guruh faol o‘quvchilarimiz ushbu nufuzli xalqaro tadbirda faol qatnashib, dunyoning yetakchi mutaxassislaridan qimmatli bilim va amaliy tajriba orttirdilar.
💬 — bizni kuzatishda davom eting
Showing 11 of 11 posts
No more posts
16
0
23
0
11
0
0
0
19
0
0
4,240
17
0
359
10
0
Henüz yorum yok. Deneyiminizi ilk paylaşan siz olun!