❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi
#abituriyent
Arizalarni Yagona portal orqali 8-iyunga qadar onlayn yuborish mumkin:
📝 https://my.gov.uz/uz/service/1432
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga har yili 2 mingta qoʻshimcha grant o’rni berilar edi, o’tgan yildan boshlab bu ikki baravar ko’paytirildi va 4 mingta grant o’rni beriladigan bo’ldi.
✅ Talabgorlar quyidagi 6 ta mezondan biriga tushsa, tavsiyanoma beriladi:
— Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari;
— tо‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
— turmush о‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
— nogironligi bо‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
— ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
— ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, shuningdek, umumiy о‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bо‘lgan ehtiyojmand oilalardagi BARCHA talabgor xotin-qizlarga beriladi. Ya’ni tavsiyanoma soni cheklanmagan.
Mazkur tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi. O’tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin o’qishga kira olmagan xotin-qizlar joriy yilda tavsiyanoma olish uchun yana qayta murojaat qilishlari kerak.
‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️
Ko‘pchilik tavsiyanoma olsam 4% ball qo‘shiladi, deb xato tushunadi.
Shuningdek, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan:
https://t.me/xushnudbek
Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2025-yilgi o‘tish bali bu yerda:
https://t.me/xushnudbek
❗️Shuningdek, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uchun joriy yilning 31-mayga qadar (shu kuni ham) ariza yuborishi kerak. Bu haqda batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek
Bu ikkita tavsiyanoma boshqa-boshqa bo’lib, bir kishi ikkala tavsiyanomani ham olishi mumkin (agar mezonlariga to’g’ri kelsa).
👉
https://t.me/xushnudbek 👈