Пока нет отзывов. Будьте первым, кто поделится своим опытом!
Последние посты
“O‘ZARXIV” AGENTLIGI
7 мая 2026 г., 08:34
📷 Photo
O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira va qadrlash – mening sohamda” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti U. A. Saliyev, Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi katta ilmiy xodimi G. S. Gaponenko, Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universiteti professori, tarix fanlari doktori F. N. Ernazarov, O‘zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi “Muzey ashyolari, fond kolleksiyalarini ro‘yxatga va hisobga olish” bo‘limi bosh mutaxassisi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori M. M. O‘rolova, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi D. N. Aberkulov ishtirok etdilar.
BATAFSIL: https://gov.uz/oz/archive/news/view/162481
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
| https://www.instagram.com/uzarxiv/|https://www.facebook.com/uzarxiv| https://ok.ru/group/61327207956574 | https://www.youtube.com/@ozarxivagentligi-7908
311
0
0
“O‘ZARXIV” AGENTLIGI
7 мая 2026 г., 08:34
🎥 Video
#korrupsiya
📡OAV biz haqimizda
📺"NAVOIY" teleradiokompaniyasining "HUQUQIY JAMIYAT SARI" axborot dasturida Navoiy viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida "Korrupsiyani oldini olish har birimizning ishimiz" mavzusida qilingan tadbir yuzasidan telereportaj.
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
| https://www.instagram.com/uzarxiv/|https://www.facebook.com/uzarxiv| https://ok.ru/group/61327207956574 | https://www.youtube.com/@ozarxivagentligi-7908
378
“O‘ZARXIV” AGENTLIGI
7 мая 2026 г., 08:34
📷 Photo
#xotira_va_qadrlash_kuni #ochiq_eshiklar_kuni
9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Toshkent shahar markaziy davlat arxivida “Tarixiy g‘alabani unutmaylik—xotirani asraylik” shiori ostida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Toshkent shahar markaziy davlat arxivida saqlanayotgan ikkinchi jahon urushiga doir foto va arxiv hujjatlari namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar arxivda saqlanayotgan ikkinchi jahon urushiga doir hujjatlar bilan tanishib, arxiv hujjatlari asosida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
| https://www.instagram.com/uzarxiv/|https://www.facebook.com/uzarxiv| https://ok.ru/group/61327207956574 | https://www.youtube.com/@ozarxivagentligi-7908
“O‘ZARXIV” AGENTLIGI
7 мая 2026 г., 08:34
📷 Photo
2026-yil 5-may kuni Toshkent shahrida “Birodar shaharlar – 2026” birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konferensiyada "O‘zarxiv" agentligi direktori U. Yusupov o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi saqlovidagi arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur tadbir birodar shaharlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalq diplomatiyasini mustahkamlash hamda xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirishga qaratildi. Unda 10 dan ortiq xorijiy mamlakatlardan ekspert va mutaxassislar, shahar ma’muriyati vakillari, diplomatik korpus, xalqaro va mahalliy tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Anjuman doirasida xalq diplomatiyasiga bag‘ishlangan konferensiya, yalpi majlis va seksiyalar, ko‘rgazmalar hamda hamkorlik hujjatlarini imzolash marosimlari tashkil etildi.