TTYSI rasmiy kanali
Официальный канал ТИТЛП
Veb-sayt ttysi.uz
Facebook www.facebook.com/ttysi.uz
Instagram www.instagram.com/ttysi_uz/
YouTube www.youtube.com/@ttysi_uz
Murojaat uchun @suhrob_bek3
Follow @ttysi_uz to stay updated with the latest wwwinstagramcomttysi_uz and rasmiy trends and news
✔️🟦🟦🟦
“YANGI KITOB” SHOU-TAQDIMOTI BO'LIB O'TDI
Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Yoshlar ijod saroyida “Yangi kitob” — kitoblarning shou-taqdimoti tashkil etildi.
🗣Mazkur tadbirda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari ham faol ishtirok etib, yangi nashr etilgan kitoblar, ularning mazmun-mohiyati hamda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
⏺Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislar va mualliflarga murojaat qilib, kitobxonlik madaniyati, zamonaviy adabiyot hamda yangi loyihalar yuzasidan atroflicha javob oldilar.
⏺Shuningdek, tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib etish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda zamonaviy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
https://www.youtube.com/@TTYSI/streams🌍🌍🌍🌍🌍🌍https://www.instagram.com/ttysi_uz/https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d https://ttysi.uz/oz https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4dhttps://youtube.com/@ttysi_uz?si=xhztj4HdK8Lw_MiL
✔️😖😫😩🥺
NOMZOD TALABALAR BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida 2026–2027-o‘quv yili uchun “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari” tanlovlarida ishtirok etuvchi nomzod talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
🗣Uchrashuv davomida nomzod talabalarga Prezident stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalarining mazmun-mohiyati, tanlovning saralash bosqichlari va unda ishtirok etish talablari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
⏺Shuningdek, nomzodlardan talab etiladigan hujjatlar, ilmiy faoliyat natijalari, akademik ko‘rsatkichlar, jamoat ishlaridagi faollik hamda ilmiy maqola va loyihalarning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
⏺Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda davlat stipendiyalari tanlovlarida faol ishtirok etishga rag‘batlantirish maqsadida o’tkazilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob olib, stipendiya tanlovlariga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha zarur tavsiyalar bilan tanishdilar.
#TTYSI_Yoshlar_Akademiyasi
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
https://www.instagram.com/ttysi_uz/https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d https://ttysi.uz/oz https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4dhttps://youtube.com/@ttysi_uz?si=xhztj4HdK8Lw_MiL
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Dizayn va texnologiyalar fakultetida kitobxonlik targ‘iboti! 📚✨
Bugun fakultetimizda talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda “Eng yaxshi kitobxon talaba” tanlovining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿Dizayn va texnologiyalar fakulteti Yoshlar ittifoqi jamoasi tomonidan o'tkazilgan kitobxonlik tadbiridan video lavha
📲 Bizni kuzatishda davom eting:
😎 https://t.me/dizaynvatexnologiyalarfakulteti 😎 https://www.instagram.com/dizayn_texnologiya?igsh=eTk5Y2JrcDdqc3Ri
#TMF
🎓 Ishga joylashish va kelajak rejalari muhokama qilindi
💬 Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 4-bosqich talabalari ishtirokida ochiq suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida bitiruvchilarning ishga joylashish masalalari, kasbiy rivojlanish yo‘llari hamda kelgusi rejalari muhokama qilindi.
🗣 Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, muhim tavsiyalar bilan tanishishdi.
https://www.instagram.com/toqimachilik_muhandisligii?igsh=aGs3YmpwcWU3Zm56&utm_source=qrhttps://t.me/tstf_talabalari
541
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
1 апр. 2026 г., 01:52
🎥 Video
🎓Farzandingiz kelajagi uchun eng muhim qadam — bu to‘g‘ri ta’lim!
🗣Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasiga kirish har bir o‘quvchining orzusi. Ammo ko‘pchilik ota-onalarni bir savol o‘ylantiradi:
qo‘shimcha darslar uchun mablag‘ yetarlimi?
🔻Endi bu muammo ortda qoldi!
✔️ Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan
10–11-sinf o‘quvchilari uchun “Muhandislar maktabi” tashkil etildi.
🔹Ushbu loyiha orqali o‘quvchilar:
⚫️Matematika ⚫️Fizika
⚫️Kimyo ⚫️Ingliz tili
⚫️Dasturlash
fanlarini o‘z sohasining malakali professor-o‘qituvchilaridan o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu yerda nafaqat bilim, balki kelajak kasbiga yo‘l ham beriladi. O‘quvchilar mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va zamonaviy ko‘nikmalarni egallashadi.
✔️Eng muhimi — ushbu ta’lim mutlaqo BEPUL!
👌 YOSHLAR AKADEMIYASI ILM-FAN SOHASIGA O‘Z HISSANGNI QO‘SH!
🚀 https://t.me/ttysi_yoshlar_akademiyasi 📷 https://www.instagram.com/yoshlar__akademiyasi?igsh=dTYwaHQ1N2xidG1o
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
1 апр. 2026 г., 01:52
📷 Photo
✔️📰📰📰📰📰📰📰
Xalqaro hamkorlik doirasida master-klass darslari tashkil etildi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar manfaatli uchun foydali bo'lgan navbatdagi amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🗣Unda Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filiali professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, qiziqarli va mazmunli master-klass darslarini o‘tkazdilar.
⏺Darslar davomida talabalar xorijiy tajriba, zamonaviy bilim va yondashuvlar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutaxassislardan javob oldilar. Ushbu jarayon talabalarning bilimini mustahkamlash bilan birga, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga ham ijobiy turtki bo‘ldi.
⏺Shuningdek, uchrashuv davomida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, kelgusida xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokida muntazam master-klasslar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
💬Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filiali vakillarining taklifiga binoan, institut talabalari 11-aprel kuni filialda bo‘lib o‘tadigan “Ochiq eshiklar kuni”da ishtirok etadi.
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
1 апр. 2026 г., 01:52
📷 Photo
✔️🟦🟦🟦🟦🟦
“MUSO TOSHMUHAMMAD OʻGʻLI OYBEK” NOMLI STIPENDIYA TANLOVIGA START BERILDI
2025/2026- o‘quv yili uchun Oʻzbek adabiyotining rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan ulugʻ adib, shoir, olim, jamoat arbobi “Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek” nomli stipendiya tanloviga start berildi.
🗣Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek hayoti va ijodini oʻrganib, yoritayotgan, ilmiy-tadqiq qilish yoʻnalishida izlanish olib borayotgan, targʻibot-tashviqot ishlarida alohida faollik koʻrsatib kelayotgan faqat kundizgi taʼlimda tahsil olayotgan faol talaba-yoshlar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
⏺Hujjatlarni Nizom talablari asosida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga topshirishingiz lozim.
💬Hujjatlarni qabul qilish jarayoni 2026 -yil 22-aprel kuniga qadar davom etadi.
❗️ https://ttysi.uz/oz/ads/hurmatli-talaba-yoshlar
https://youtube.com/@ttysi_uz?si=xhztj4HdK8Lw_MiL🌍🌍🌍🌍🌍🌍https://www.instagram.com/ttysi_uz/https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d https://ttysi.uz/oz| https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d|https://youtube.com/@ttysi_uz?si=xhztj4HdK8Lw_MiL
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
1 апр. 2026 г., 01:52
📷 Photo
✔️✅✅✅✅
Ishga joylashish va kelajak rejalari muhokama qilindi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 4-bosqich talabalari ishtirokida ochiq suhbat tashkil etildi.
🗣Mazkur uchrashuvda bitiruvchi talabalarning ishga joylashish masalalari, kasbiy rivojlanish yo‘llari hamda kelgusi rejalari muhokama qilindi. Talabalar tomonidan bildirilgan savol va takliflarga atroflicha javob berilib, ularga amaliy tavsiyalar berildi.
⏺Uchrashuv davomida http://Osonish.uz/ platformasi imkoniyatlari ham batafsil tushuntirildi. Mazkur platforma ish topishning eng oson va tezkor yo‘llaridan biri bo‘lib, foydalanuvchilarga bir necha daqiqada rezyume joylashtirib, minglab ish beruvchilar e’tiboriga tushish imkonini yaratadi.
⏺Platformada doimiy, vaqtinchalik hamda masofaviy ish o‘rinlari jamlangan bo‘lib, har bir foydalanuvchi o‘ziga mos ishni oson topishi mumkin.
⏺Ish izlovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishning bir necha qulay usullari mavjud: telefon raqami orqali, OneID yoki Face ID orqali tezkor ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan.
⏺Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, yoshlarning kelajak faoliyatiga yo‘naltiruvchi muhim fikrlar bilan boyitildi.
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
1 апр. 2026 г., 01:52
📷 Photo
✔️✅✅✅✅
Moliyaviy savodxonlik olimpiadasi — bilim va tajriba maydoni!
🗣 Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining Iqtisodiyot fakultetida talabalarning moliyaviy bilimlarini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida “Moliyaviy savodxonlik olimpiadasi” yuqori saviyada tashkil etildi.
⏺Ushbu olimpiada fakultetimiz professor-o‘qituvchilari boshchiligida o‘tkazilib, unda talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Ishtirokchilar moliyaviy hisob-kitoblar, tahlil va qaror qabul qilish bo‘yicha qiziqarli hamda murakkab topshiriqlarni bajardilar.
⏺Bunday tadbirlar yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.
#TTYSI #TITLI #ТИТЛП
645
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
30 мар. 2026 г., 06:28
🎥 Video
✔️🟦🟦🟦🟦🟦
“Lider Qizlar Akademiyasi”
🗣Oddiy talaba bo‘lib qolishni xohlaysizmi yoki kelajakda haqiqiy lider bo‘lishni?
⏺Agar siz o‘z fikriga ega, tashabbuskor, jamiyatda o‘z o‘rnini topadigan kuchli shaxs bo‘lishni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun.
⏺Sizni yangi tashkil etilayotgan “Lider qizlar akademiyasi” safiga taklif qilamiz.
❗️Bu akademiya — shunchaki klub emas. Bu yerda o‘z ustida ishlaydigan, katta maqsadlarga intiladigan va boshqalarga ilhom bera oladigan qizlar jamlanadi.
⏺Akademiyaning maqsadi:
fikri aniq, nutqi ravon, mas’uliyatli va kelajakda jamiyatda yetakchi bo‘la oladigan qizlarni shakllantirish.
🗣Klubga faqat 20 nafar eng munosib va faol qizlar saralab olinadi. Shuning uchun bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
⏺Akademiya sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
⏺Liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish
⏺Jamoa bilan samarali ishlash tajribasi
⏺Omma oldida erkin va ishonch bilan nutq so‘zlash mahorati
⏺Qiziqarli loyihalar yaratish va ularni amalga oshirish imkoniyati
⏺Shaxsiy rivojlanish va o‘sish muhiti
⏺Maxsus treninglar va master-klasslar
🗣Saralash mezonlari:
-Faollik va tashabbuskorlik
-Mas’uliyat va intizom
-Jamoada ishlay olish qobiliyati
-Nutq va muloqot madaniyati
-O‘z ustida ishlashga tayyorlik
💬Suhbat muddati: 31.03.2026
14:00 da 4 bino 201 xona
⏺Murojat uchun:👇
✈️ https://t.me/G_Beknazarova ga murojaat qiling.
⏺Ehtimol, bu akademiya sizning hayotingizdagi yangi bosqichning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
Agar siz ham o‘zingizni rivojlantirishni va haqiqiy lider bo‘lishni istasangiz — biz sizni kutamiz!
⏺Bugun qaror qiling. Ertangi lider aynan siz bo‘lishingiz mumkin.
Bizga qo‘shiling!
https://youtube.com/@ttysi_uz?si=xhztj4HdK8Lw_MiL🌍🌍🌍🌍🌍🌍https://www.instagram.com/ttysi_uz/https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d https://ttysi.uz/oz| https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d|https://www.youtube.com/@TTYSI/streams
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
30 мар. 2026 г., 06:28
🎥 Video
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Hurmatli talabalar, o‘qituvchilar va innovatsion fikrlashga qiziquvchilar!
🗣O‘z fikrlash doirangizni yanada kengaytirishga tayyormisiz?
⏺Sizlarga hammualliflikda yaratilgan “Kreativ fikrlash” darsligini taqdim etamiz!
⏺Ushbu darslik iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Nasimov Baxtiyor Vasiyevich hamda professor Madraximova Gulasal Ro‘zimboyevna tomonidan tayyorlangan bo‘lib, unda:
— kreativ fikrlashni rivojlantirish usullari
— innovatsion yondashuvlar
— muammolarni noodatiy hal qilish ko‘nikmalari
— zamonaviy tafakkur strategiyalari batafsil yoritilgan
⏺Har qanday darajadagi bilim egasi uchun ushbu darslik dolzarb:
— Talabamisiz? Bilimingizni oshiradi
— Magistr yoki tadqiqotchimisiz? Yangi g‘oyalar beradi
— Mutaxassismisiz? Ish faoliyatingizga yangicha yondashuv olib kiradi
⏺Darslikni PDF shaklida hoziroq yuklab oling:
⬇️ https://drive.google.com/file/d/1TTaFDKHIZvWZu7wUtf1xpKZteZW6FK_z/view?usp=drivesdk
💬Imkoniyatni boy bermang — kreativ fikrlashni bugundan rivojlantiring!
https://youtube.com/@ttysi_uz?si=xhztj4HdK8Lw_MiL🌍🌍🌍🌍🌍🌍https://www.instagram.com/ttysi_uz/https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d https://ttysi.uz/oz| https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d|https://www.youtube.com/@TTYSI/streams
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
30 мар. 2026 г., 06:28
🎥 Video
✔️🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Hurmatli talabalar, o‘qituvchilar va iqtisodiyot sohasiga qiziquvchilar!
🗣Sizlarga hammualliflikda tayyorlangan “Sanoat iqtisodiyoti” darsligini taqdim etamiz.
⏺Mazkur darslik iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Nasimov Baxtiyor Vasiyevich hamda iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Madraximova Gulasal Ro‘zimboyevna tomonidan tayyorlangan bo‘lib, unda sanoat korxonalarining iqtisodiy faoliyati, boshqaruv jarayonlari, resurslardan samarali foydalanish va zamonaviy iqtisodiy yondashuvlar keng yoritilgan.
⏺Darslik quyidagilar uchun foydali:
— Oliy ta’lim muassasalari talabalari
— Magistrlar va tadqiqotchilar
— Iqtisodiyot sohasi mutaxassislari
⏺Darslikni PDF shaklida quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
⬇️ https://drive.google.com/file/d/1dOPduaGokTIQ2bfEh3mjFuWPj_FweSuT/view?usp=drivesdk
https://youtube.com/@ttysi_uz?si=xhztj4HdK8Lw_MiL🌍🌍🌍🌍🌍🌍https://www.instagram.com/ttysi_uz/https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d https://ttysi.uz/oz| https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d|https://www.youtube.com/@TTYSI/streams
✔️✅✅✅✅
“KELAJAK MUHANDISLARI” XALQARO FESTIVALIGA TAYYORGARLIK AVJIDA
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Dron texnologiyasi ko’nikmalari bo’yicha ta’lim beruvchi bepul oʻquv kursi haqida e’lon berilgan edi.
🗣Yoshlar akademiyasi, xususan, Yosh muhandislar maktabida dronlar bilan ishlash bo‘yicha birinchi nazariy va amaliy mashg‘ulotlar boʻlib oʻtdi.
Ushbu mashg‘ulotlar doirasida yangi tuzilayotgan Dron terma jamoasi a’zolari dronni boshqarish, parvoz jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha dastlabki amaliy ko‘nikmalarni egallamoqda.
Joriy yilning aprel oyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Festival doirasida quyidagi yo‘nalishlarda turli xil musobaqa va tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan, aviatsiya, agro texnologiyalar, mashinasozlik, robot, yashil energetika, chip dizayni, arxitektura, tibbiyot hamda energetika muhandisligi yo’nalishlarida o’tkaziladi.
💬Eslatib o’tamiz, institutda tashkil etilgan mazkur bepul oʻquv kursini muvofaqiyatli oʻzlashtirgan talabalar Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi yoʻllanmasi bilan Inno Texnoparkda oʻqitiladi.
TTYSI • TITLI • ТИТЛП
30 мар. 2026 г., 06:28
🎥 Video
✔️🟦🟦🟦🟦🟦
YANGI O'ZBEKISTON TALABALARI OLIMPIADASI
"Yangi O'zbekiston talabalari olimpiadasi" sport musobaqalarining 2026 - yilgi mavsumiga start berilmoqda.
🗣Institut talaba – yoshlari "Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi"ning birinchi bosqichida sportning voleybol, basketbol(3x3), futbol, stol tennisi, yengil atletika va suzish turlari bo‘yicha musoboqalarda ishtirok etishlari mumkin.
⏺Musobaqalarda ishitirok etish orqali va o’z iste’dodingizni yuzaga chiqarish imkoniyatiga ega bo’ling.
❗️Musoboqada faqatgina http://erp.sport.uz/ sayti orqali ro‘yhatdan o‘tgan talabalar ishtirok etadilar.
⏺Ro‘yhatdan o‘tish 30-martga qadar davom etadi.
💬Qo‘shimcha savollar bo‘yicha o’z fakultetingiz guruh tyutoriga yoki dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishingiz mumkin.
https://youtube.com/@ttysi_uz?si=xhztj4HdK8Lw_MiL🌍🌍🌍🌍🌍🌍https://www.instagram.com/ttysi_uz/https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d https://ttysi.uz/oz| https://www.facebook.com/share/14KXd2YxYf/?mibextid=LQQJ4d|https://www.youtube.com/@TTYSI/streams
✔️#TTYSI_Yoshlar_Kuni
YOSHLAR KUNIDA HAM NAVRO‘Z SHODIYONALARI DAVOM ETDI
🗣Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalar turar joyida Navro‘z shukuhi “Yoshlar kuni” bilan uyg‘unlashib, bayramona ruhda davom etdi.
Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan yoshlar uchun turli madaniy tadbirlar, sport musobaqalari hamda diskoteka dasturlari tashkil etildi.
Tadbirda institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov hamda Xitoy davlatining Huansi Intelligent Technology Co., Ltd kompaniyasi katta vitse-prezidenti Benjamin Tao, institut prorektorlari, fakultet dekanlari, professor - o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan milliy taom — osh tayyorlanib, talabalar uchun ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.