NIMA UCHUN CHANQAMAYAPMIZ?
#RuvayhaTarjima
"Qarang, hech kim chanqamayapti. Bemorlarimdan so'rayapman: 'Suv ichdingizmi?'. Ular esa: 'Doktor, siz aytganingiz uchun ichyapmiz, ikki yarim litrni to'ldirishga harakat qilyapmiz, lekin bizda chanqoq hissi yo'q', deyishadi. Chanqamayapmiz. Vaholanki, miyamizning chanqoq markazi gipotalamus deb ataladigan miya poyasidagi sohadir. Bu sohada biror narsa bo'ldimi? Nega chanqamayapmiz? Hech kim qonib-qonib, to'yib suv ichganini eslay olmaydi. Bizga nima bo'ldi?
Bolaligimizda qonib-qonib ichgan suvlarimiz... Bir qarashda butun dengizni ichib yuborgudek darajadagi chanqoqlar... Bularga nima bo'ldi?
Biz yeyotgan va ichayotgan oziq-ovqatlar tarkibidagi gidrofobik komponentlar, ya'ni suvni haydaydigan moddalar ikki narsaga sabab bo'lmoqda. Birinchisi: miya poyasidagi chanqoq markazimizga ta'sir qilib, kun bo'yi suv ichmasak ham chanqoq his qilmasligimizga olib kelmoqda. Ikkinchisi: gidrofobik moddalar hujayra ichiga kirganda (oziq-ovqatlar tarkibiga rang beruvchi, ta'm beruvchi, quyultiruvchi, namlikdan saqlovchi, saqlash muddatini uzaytiruvchi, donador bo'lib qolishni oldini oluvchi moddalarni, titandan tortib silikonigacha qo'shishgan; buzilmasligi uchun yoki bizni zaharlash uchun).
Shu tariqa, ushbu mahsulotlarni haddan tashqari ko'p iste'mol qilganimiz sababli hujayralarimizga kirgan o'sha gidrofobik moddalar suvni hujayralar ichidan tashqariga haydab chiqaradi. Hujayralar darajasidagi metabolizm buzilgani kabi, organ va to'qimalar darajasidagi metabolizmimiz ham ideal bioritmidan adashgan va tanamiz chanqamaydigan bo'lib qolgan.
Ya'ni hujayralar va to'qimalar qaqshab qurigan bo'lsa-da, tana chanqoq markazi ishga tushmayapti.
Bilingki, bu bir kimyoviy jarayon. Bu kimyo orqali inson fiziologiyasini o'zgartirishga harakat qilinmoqda va inson salomatligiga berilgan eng katta zarbalardan biri — insonning suvga bo'lgan ehtiyojini kamaytirishdir.
Jo'mraklarimizdan sharillab suv oqib turganida uning qadriga yetaylik. Iltimos, suv — bu hayot.
Qarang, hatto koinotda ham hayot alomatini qidirayotgan NASA va boshqa koinot bo'limlari, u yerda havo, ovqat, o'simlik, no'xat yoki loviya emas, hayot manbai bormi deb bir tomchi suv qidirishmoqda. Agar o'sha bir tomchi suvni topishsa, barchamizni shu yerda qoldirib, u yerda o'z koloniyalarini qurishni boshlaydilar. Alloh ularga bu imkonni bermasin. Bir tomchi suv topa olishmasin, aks holda dunyoni biz uchun yashab bo'lmaydigan joyga aylantirib, bu yerni tark etishni rejalashtirishmoqda.
Suvning qadriga yetaylik. Iltimos, majburan bo'lsa ham, 21 kun davomida kuniga 2,5 litr suv iching, tanangizning ideal bioritmi yana qaytib keladi va siz o'zingizda suv ichish ehtiyojini seza boshlaysiz. Hurmat bilan."
Op. Dr. G. Erdil
Xonimlar uchun asosiy kanal havolasi:
https://t.me/+1b46MznK8Rg0ZDM0