“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
@Namangan_Hetk_Murojaat_bot
https://t.me/namenergy ёки @NamanganHETK_admin
"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI AXBOROT XIZMATI
Facebook https://www.facebook.com/namanganhetk
Yutube https://www.youtube.com/@namanganhetk9958
@namhetk offers specialized information about hududiy and namangan_hetk_murojaat_bot for subscribers interested in Вирусные видео
Пока нет отзывов. Будьте первым, кто поделится своим опытом!
Последние посты
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
13 мая 2026 г., 10:34
📷 Photo
📌📌📌📌📌📌
“O‘zbekiston energetika haftaligi”: energetika tizimining ishonchliligini oshirish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi
“O‘zbekiston energetika haftaligi – 2026” doirasida Energetika vazirligi, “Silk Road Energy Planning and Engineering” hamda “Huawei” kompaniyasi o‘rtasida energetika tizimi obyektlarini zamonaviy sinovdan o‘tkazish bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik energetika tizimining ishonchliligi va barqarorligini oshirish, elektr tarmoqlarini xavfsiz boshqarish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tizimga samarali integratsiya qilishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida real vaqt simulyatorlari va Hardware-in-the-Loop (HIL) texnologiyalaridan foydalaniladi. Bu esa elektr stansiyalari va boshqaruv tizimlarini haqiqiy ish sharoitiga yaqin holatlarda, jumladan avariya vaziyatlarida ham xavfsiz sinovdan o‘tkazish imkonini beradi.
Memorandum texnologik hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda O‘zbekiston energetika tizimining xavfsizligi va samaradorligini yanada mustahkamlash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
614
1
0
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
13 мая 2026 г., 10:34
📷 Photo
📌📌📌📌📌📌
Ammo ushbu raqamlar ortida yanada muhim jihatlar bor: yangi elektr stansiyalari, yangi texnologiyalar, yangi ish o‘rinlari, mustahkam infratuzilma, ishonchli ta’minot va biznes hamda aholi uchun yanada katta ishonch.
Biz uchun alohida ustuvor yo‘nalish — “yashil” energetikadir.
Bugungi kunda O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari quvvati 5,5 gigavattdan oshdi.
Gidroenergetika bilan birgalikda toza energiyaning umumiy energetika balansdagi ulushi 30 foizga yetdi.
Shuningdek, aholi xonadonlari, ijtimoiy obyektlar va xususiy biznes subyektlari binolarida 2 gigavattdan ortiq quyosh panellari o‘rnatildi.
Bu — juda katta o‘zgarishdir.
📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
13 мая 2026 г., 10:34
🎥 Video
⚡️ YORUQ TONG, NAMANGAN! ☀️
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! 🌸
Bugungi tong sizga faqat ijobiy energiya, porloq kayfiyat va yangi imkoniyatlar olib kelsin! 💫
Quyosh nurlari bilan birga hayotingizga ham fayz va baraka yog‘ilsin.
Har bir ishda muvaffaqiyat, har bir daqiqada quvonch sizni tark etmasin! 💛
Eslab qoling: biz sizga nafaqat elektr energiyasi, balki yorug‘lik va umid ulashamiz! ⚡️🌈
🔹 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
712
0
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
13 мая 2026 г., 10:34
📷 Photo
📌 “Korrupsiya oqibati javobgarlikni keltirib chiqaruvchi salbiy illatdir”
2026-yil 8-may kuni “HET” AJ Namangan hududiy filialida filial xizmat va bo‘lim boshliqlari, tuman-shahar elektr tarmoqlari hamda “Energo-savdo” Namangan filiali tuman-shahar bo‘limlari rahbarlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan navbatdagi targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish filial direktori T. Mullajonov raisligida tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsion holatlar va ularning salbiy oqibatlari yuzasidan aniq misollar keltirilib, qonunbuzarlik sodir etgan har qanday rahbar yoki xodimga nisbatan muqarrar ravishda qonuniy choralar ko‘rilishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, barcha tuman va shahar Elektr tarmoqlari hamda “Energo-savdo” tarkiblarida xodimlar faoliyatini qat’iy nazorat qilish, ular bilan muntazam profilaktik suhbatlar o‘tkazib borish, jamoada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish zarurligi tushuntirildi.
1,290
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
13 мая 2026 г., 10:34
📷 Photo
📌📌📌📌📌📌
Jamshid Xodjayev: So‘nggi yillarda O‘zbekiston energetika sohasiga qariyb 35 mlrd AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev “Uzbekistan Energy Week 2026”ning ochilish marosimida nutq so‘zlamoqda:
Biz sanoat, investorlar, aholi, mintaqaviy hamkorlik va “yashil” transformatsiya uchun energetikani O‘zbekistonning eng kuchli ustunlaridan biriga aylantirishni istaymiz.
Bu — energetika sohasidagi islohotlarimizning asosiy mazmunidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida energetika sohasi xususiy investitsiyalar uchun ochildi, davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlari yaratildi, investorlar uchun shaffof qoidalar joriy etildi va rejalar amaliy loyihalarga aylantirildi.
Natijalar esa yaqqol ko‘rinib turibdi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston energetika sohasiga qariyb 35 milliard AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilindi.
9 gigavatt yangi generatsiya quvvatlari ishga tushirildi.
Mamlakatimizning umumiy generatsiya quvvati 25,8 gigavattga yetdi.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi qariyb 40 foizga oshib, 60 milliard kilovatt•soatdan 85 milliard kilovatt•soatga yetdi.
Bu — juda katta raqamlar.
📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
13 мая 2026 г., 10:34
🎥 Video
📌📌📌📌📌📌
Birozdan so‘ng poytaxtdagi “CAEx” Milliy ko‘rgazmalar markazida “O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2026” o‘z ishini boshlaydi
Energetika sohasidagi eng yirik xalqaro platformalardan biri hisoblangan mazkur haftalik neft-gaz, energetika, qayta tiklanuvchi energiya va “yashil iqtisodiyot” yo‘nalishlaridagi zamonaviy tendensiyalar, investitsiyaviy imkoniyatlar hamda innovatsion yechimlarni muhokama qilish uchun muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qilmoqda.
Haftalik doirasida 28-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2026” ko‘rgazmasi, 19-Xalqaro “Power Uzbekistan 2026” energetika ko‘rgazmasi hamda “GETCA 2026” yashil energiya tejovchi texnologiyalar bo‘limi tashkil etildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston energetika forumi” doirasida 28-Xalqaro neft va gaz anjumani, 6-Xalqaro energetika anjumani va “Youth Energy Section” yoshlar energetika platformasi ham o‘tkaziladi.
📱 https://www.facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari | 📱 https://t.me/hetmuloqot | 📱 https://www.youtube.com/@HUDUDIYELEKTRTARMOQLARI | 📱 https://www.instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari/ | 📱 https://twitter.com/HET_AJ | 📱 https://het.uz/oz
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
3 апр. 2026 г., 11:15
📷 Photo
Uychi tumanida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
Elektr ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida Uychi tumanida 190 km havo uzatish tarmoqlari hamda 71 ta transformator punkti mukammal ta’mirlanadi.
Hozirda Yangichek mahallasidagi 250 kVA quvvatli 300-son TP va Qo‘rg‘oncha mahallasidagi 160 kVA quvvatli 423-son TPda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olish va iste’molchilarga uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.
🔌 Hududlarda modernizatsiya ishlari bosqichma-bosqich davom etmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
332
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
3 апр. 2026 г., 11:15
🎥 Video
Yangi Namangan tumanidan yo’llangan murojaat ijobiy hal etildi
Yangi Namangan tumani “Saxovat” mahallasining “Gaiston” ko‘chasida aholi murojaatlari asosida hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, hududda 130 dona beton tayanch ustunlari o‘rnatilib, 2 kilometr uzunlikdagi yangi elektr uzatish tarmog‘i tortilmoqda. Shuningdek, 250 kVA quvvatga ega transformator punkti o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Ushbu ishlar yakunlangach, 200 ga yaqin xonadon barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Bundan tashqari, ichki yo‘llarni tartibga keltirish maqsadida 2 kilometr yo‘l shag‘allandi, yana 2 kilometr hududda qurilish ishlari davom etmoqda. Aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini yaxshilash maqsadida esa 500 metr yangi suv tarmog‘i tortish ishlari ham rejalashtirilgan.
Olib borilayotgan ushbu ishlar hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda aholi uchun qulay va munosib turmush sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.
244
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
3 апр. 2026 г., 11:15
📷 Photo
Viloyat miqyosida ma’naviy-ma’rifiy seminar o‘tkazildi
2026-yil 2-aprel kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali binosida viloyatdagi tashkilot va idoralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlari ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
“Tashkilot va idoralarda ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samarasi va ta’sirchanligini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ma’naviy-ma’rifiy sohani rivojlantirishga qaratilgan qarorlari hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
Mazkur viloyat seminari uchun “HET” AJ Namangan hududiy filiali ma’naviy-ma’rifiy ishlarni namunali yo‘lga qo‘ygani bois tajriba maydoni sifatida tanlab olindi.
Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish, xodimlar o‘rtasida milliy qadriyatlar va ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
31 мар. 2026 г., 07:20
📷 Photo
MUKAMMAL TA'MIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Chortoq tumani elektr ta’minoti xodimlari tomonidan aholining barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan quvvati 100 kVA bo'lgan 103-sonli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
1,540
1
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
31 мар. 2026 г., 07:20
📷 Photo
Hududlarda mukammal ta’mirlash ishlari davom etmoqda
Namangan viloyati hududlarida elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida rejali mukammal ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Kadamjo MFY hududida joylashgan quvvati 100 kVA bo‘lgan 1705-sonli transformator punktini texnik ko‘rik va mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.
Mazkur ishlar elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.
Hududlarda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ularni soz holatda saqlash bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
1,630
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
31 мар. 2026 г., 07:20
🎥 Video
⚡️ YORUQ TONG, NAMANGAN! ☀️
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! 🌸
Bugungi tong sizga faqat ijobiy energiya, porloq kayfiyat va yangi imkoniyatlar olib kelsin! 💫
Quyosh nurlari bilan birga hayotingizga ham fayz va baraka yog‘ilsin.
Har bir ishda muvaffaqiyat, har bir daqiqada quvonch sizni tark etmasin! 💛
Eslab qoling: biz sizga nafaqat elektr energiyasi, balki yorug‘lik va umid ulashamiz! ⚡️🌈
🔹 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
1,880
1
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
31 мар. 2026 г., 07:20
📷 Photo
TAJRIBA ALMASHISH, ISH SAMARASINI OSHIRADI
Hududiy elektr tarmoqlari AJ raisining topshiriqlariga asosan, hududlarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish hamda ish jarayonlarini o‘rganish maqsadida Jizzax viloyati xodimlari Namangan viloyatiga yuborildi.
Mazkur tajriba almashish jarayonida mutaxassislar o‘zaro bilim va ko‘nikmalarini boyitib, ish faoliyatidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda. Bu esa kelgusida tizimda yanada samarali va sifatli faoliyat olib borilishiga xizmat qiladi.
Tajriba almashish – taraqqiyot va rivojlanish garovi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
2,480
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
28 мар. 2026 г., 13:42
🎥 Video
⚡️ YORUQ TONG, NAMANGAN! ☀️
Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar! 🌸
Bugungi tong sizga faqat ijobiy energiya, porloq kayfiyat va yangi imkoniyatlar olib kelsin! 💫
Quyosh nurlari bilan birga hayotingizga ham fayz va baraka yog‘ilsin.
Har bir ishda muvaffaqiyat, har bir daqiqada quvonch sizni tark etmasin! 💛
Eslab qoling: biz sizga nafaqat elektr energiyasi, balki yorug‘lik va umid ulashamiz! ⚡️🌈
🔹 “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
831
0
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
28 мар. 2026 г., 13:42
🎥 Video
Tepaqo‘rg‘on mahallasida muammolar ijobiy hal etilmoqda
Namangan tumani Tepaqo‘rg‘on mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh aholi vakillari tomonidan yo‘llangan murojaatlar e’tiborsiz qoldirilmadi.
Mazkur murojaatlar asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali Namangan tumani elektr taʼminoti mas’ullari zudlik bilan hududga chiqib, mavjud muammolarni o‘rganib chiqdilar.
Natijada hududda amaliy ishlar boshlab yuborildi. Shuningdek yangi elektr tarmoqlarini qurish ishlari ham boshlandi.
Bu kabi amaliy ishlar hudud aholisi uchun yanada qulay sharoit yaratish, elektr ta’minoti sifatini yaxshilash hamda infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
1,420
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
28 мар. 2026 г., 13:42
📷 Photo
Yuksalish mahallasida muammolar ijobiy hal etilmoqda
Namangan tumani Yuksalish mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh aholi vakillari tomonidan yo‘llangan murojaatlar e’tiborsiz qoldirilmadi.
Mazkur murojaatlar asosida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali Davlatobod tumani elektr taʼminoti mas’ullari zudlik bilan hududga chiqib, mavjud muammolarni o‘rganib chiqdilar. Uzunligi 1 km masofaga elektr tarmog‘i tortiladi, 28 dona temir beton tayanchlar o‘rnatiladi
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
1,490
“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL