🟢Qishloq xo‘jaligida muhim pallа – ertangi hosil taqdiri bugun hal bo‘ladi.
Bugun, 22-may kuni Romitan tumani tuman hokimi Umedjon Barnoyev boshchiligida qishloq xo‘jaligi sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda qishloq xo‘jaligi sektori mutasaddilari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari, hokim yordamchilari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda dehqonchilik va fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan ishlar, g‘o‘za parvarishi, agrotexnik tadbirlarni sifatli tashkil etish, o‘t olish ishlari, mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, hosildorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahalla va fermer xo‘jaliklari hamkorligida yig‘ilgan mahalliy o‘g‘itlarni dalalarga chiqarish, g‘o‘za qator oralariga ishlov berish, kultivatsiya, chuqur yumshatish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda hosil yig‘im-terimi mavsumiga tayyorgarlik, texnikalar shayligi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, qo‘l kuchi va kimyoviy ishlov xarajatlarini maqbullashtirish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, chorva kasalliklarining oldini olish, mahalla yettiliklari hamkorligida ishchi brigadalarni shakllantirish, aholi bandligini ta’minlash, fermer xo‘jaliklari, pudratchilar va mahalla hamkorligini kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
Ta’kidlanganidek, qishloq xo‘jaligi xalqimiz dasturxoni, oziq-ovqat xavfsizligi va iqtisodiy barqarorlikning muhim tayanchi hisoblanadi. Shu bois bugungi mehnat, bugungi mas’uliyat ertangi mo‘l hosilning poydevoridir.
Har bir amal niyatga bog‘liq. Bugungi fidokorona mehnat — ertangi farovon hayot garovidir.