Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
14 мая 2026 г., 09:33
#innovator_podcast
🎙 “Innovator” podkastining navbatdagi soni e’tiboringizga havola etamiz!
Bu galgi mehmonimiz — iqtisodiyot fanlari doktori, professor, xalqaro grantlar va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida katta tajribaga ega olima, shuningdek, “Hive” ilmiy-tadqiqot platformasi asoschilaridan biri Zebo Kuldosheva.
Podkast davomida:
🔹 xalqaro grantlarni qo‘lga kiritish tajribasi;
🔹 xorijda ta’lim olish va ilmiy faoliyat yuritish imkoniyatlari;
🔹 ilm-fanda networking va inson kapitalining ahamiyati;
🔹 Scopus va Web of Science bazalarida maqola chop etish jarayonlari;
🔹 yosh tadqiqotchilar uchun tavsiyalar haqida suhbatlashildi.
Shuningdek, suhbat davomida Zebo Kuldosheva AQSH, Xitoy, Malayziya kabi davlatlardagi ilmiy va ta’lim tajribasi, xalqaro grantlar orqali O‘zbekiston ilm-fani nufuzini oshirish hamda “Hive” platformasining yosh tadqiqotchilar uchun yaratib berayotgan imkoniyatlari haqida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
📹 https://youtu.be/CZM-FStOD3I
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
14 мая 2026 г., 09:33
🎥 Video
🟦🟦🟦
🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi "Farmatsevtika sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar" bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!
00:09 – Eshitish qobiliyatini tiklashga xizmat qiluvchi ilk gen terapiyasi tasdiqlandi;
00:53 – Insulin ukollari o‘rnini bosuvchi tabletka sinovdan o‘tmoqda;
01:43 – Oshqozon osti bezi saratonida yangi davolash imkoniyati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
14 мая 2026 г., 09:33
📷 Photo
#xalqaro_hamkorlik
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Argonne National Laboratoryda ilmiy hamkorlik masalalari muhokama qilindi
AQShning Illinois shtatida joylashgan Argonne National Laboratory (ANL) faoliyati bilan yaqindan tanishildi hamda laboratoriya mutaxassislari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida Bruce Hamilton va Ji-Hyun Kim bilan ilmiy hamkorlik istiqbollari, zamonaviy ilmiy infratuzilmalar va innovatsion texnologiyalar yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Advanced Photon Source ilmiy majmuasi hamda Aurora superkompyuter tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, yuqori unumdor hisoblash tizimlari, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va yirik tadqiqot infratuzilmalarining imkoniyatlari o‘rganildi.
Muloqotlar davomida GENESIS platformasi, AI Model Consortium va American Science Cloud tashabbuslari, shuningdek, sun’iy intellekt asosida ilmiy boshqaruv va innovatsion siyosatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalarni davom ettirish yuzasidan fikr almashdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
14 мая 2026 г., 09:33
📷 Photo
#xalqaro_hamkorlik
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
The Ohio State Universityda ilmiy hamkorlik va axborot tizimlari masalalari muhokama qilindi
AQShning Ohio shtati, Columbus shahrida joylashgan The Ohio State Universityda universitet kutubxona tizimi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, Kelsey Badger, Megan Powell, Patricia Verdines hamda Meris Longmeier bilan Thompson Libraryda muloqotlar olib borildi.
Uchrashuv davomida ilmiy ma’lumotlarni boshqarish tizimlari, ilmiy kutubxonalar faoliyati va xizmatlari, muhandislik hamda tabiiy fanlarga oid axborot resurslari, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, universitetda “Uzbek Science Day” tadbiri tashkil etilib, O‘zbekistonning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlari hamda xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlariga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.
Muloqotlar davomida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy axborot almashinuvi istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida kutubxona faoliyati, ilmiy axborot resurslari va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish tizimi bilan yaqindan tanishildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
14 мая 2026 г., 09:33
📷 Photo
#xalqaro_hamkorlik
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Xalqaro aloqalar kengaymoqda
AQShning Chicago Council on Science and Technology tashkiloti ijrochi direktori Alexandra Prokuda bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ilm-fan natijalarini ommalashtirish, ilmiy ishlanmalarni jamoatchilikka yetkazish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ilmiy kommunikatsiya yo‘nalishida tajriba almashish va ushbu sohada samarali mexanizmlarni joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ilmiy kommunikatsiya, qo‘shma tadbirlar tashkil etish va tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish orqali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan memorandumni imzoladilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
14 мая 2026 г., 09:33
📷 Photo
#xalqaro_hamkorlik
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
AQShda yetakchi universitetlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi
Purdue University, Chicago State University hamda Illinois Institute of Technology universitetlarida uchrashuvlar tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvlar davomida universitetlar bilan global hamkorlik, ilmiy tadqiqotlar hamda kutubxona tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Jumladan, Purdue University’da Global hamkorliklar bo‘limi direktori Juan Diego Velásquez, Chicago State University’da Mohammad Salam hamda Illinois Institute of Technology prezidenti Raj Echambadi bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muloqotlar davomida ochiq ilmiy ma’lumotlar bazalari, stajirovka dasturlari, onlayn ta’lim kurslari, ilmiy axborot almashinuvi hamda innovatsion hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, universitetlarning akademik va ilmiy faoliyati yaqindan o‘rganilib, hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
4 апр. 2026 г., 05:30
📷 Photo
#foydali
1️⃣2️⃣4️⃣4️⃣5️⃣6️⃣
🟠 Xalqaro konferensiyalarni qayerdan topish mumkin?
Ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar, talabalar va tadqiqotchilar uchun xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish juda muhim. Quyidagi platformalar esa sizga dunyo bo‘ylab o‘tkazilayotgan ilmiy va akademik tadbirlarni oson topishda yordam beradi.
🌐 Eng foydali 6 ta platforma (rasmiy havolalar bilan):
⚪️ Conference Alerts
➡️ https://www.conferencealerts.info/
⚪️ http://AllConferenceAlerts.com/
➡️ https://allconferencealerts.org/
⚪️ Conference Monkey
➡️ https://www.conferencemonkey.org/
⚪️ International Conference Alerts
➡️ https://internationalconferencealerts.com/
⚪️ ResearchBib
➡️ https://www.researchbib.com/
⚪️ Conference Index
➡️ https://conferenceindex.org/
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
4 апр. 2026 г., 05:30
📷 Photo
https://murojaat.gov.uz/oz?organization_id=10117
✅Mustaqil ilmiy ekspert bo‘lish uchun qanday asosiy talablar mavjud?
❗️ Eslatib o‘tamiz, Innovatsion rivojlanish agentligiga o‘z murojaatlaringizni http://innovation.gov.uz/ rasmiy veb-sayti, [email protected] elektron pochta manzili orqali yozma shaklda, (+998 71) 203-32-31 ishonch telefoni orqali esa og‘zaki tarzda yo‘llashingiz
mumkin.
➡️ Rasmiy saytimizda tashkil etilgan https://gov.uz/oz/innovation/faq orqali ham ko‘plab savollaringizga javob olishingiz mumkin.
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/innovation | https://instagram.com/innovation.gov.uz/ | https://facebook.com/innovation.gov.uz/ | https://www.youtube.com/@innovation.gov-uz | https://www.linkedin.com/in/innovatsion-rivojlanish-agentligi-9a6a37392/
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
4 апр. 2026 г., 05:30
📷 Photo
🌍 World Youth Festival 2026 — yoshlar uchun global imkoniyat!
📍 Davlat: Rossiya 🇷🇺
💡 Moliyalashtirish: To‘liq va qisman
👥 Yosh toifasi: 14–35 yosh
2026-yil 11–17-sentyabr kunlari dunyoning turli davlatlaridan 10 000 nafar faol va iqtidorli yoshlarni birlashtiruvchi nufuzli World Youth Festival bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida ishtirokchilar ilm-fan, IT, biznes, media va sport yo‘nalishlarida tajriba almashish, yangi bilimlar olish va xalqaro aloqalarni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
⚪️ Ishtirokchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar:
— Bepul turar joy va oziq-ovqat;
— Tadbir davomida ichki transport xizmatlari;
— 14–17 yoshdagilar uchun aviachiptalar to‘liq qoplanadi;
— 18–35 yoshdagilar uchun yuqori natija ko‘rsatganlarga aviachiptalar taqdim etiladi;
— Xalqaro networking va tajriba almashish imkoniyati.
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish:
https://edugrants.uz/scholarships/world-youth-festival-2026-in-russia
⏳ Ro’yxatdan o’tishning so’nggi sanasi: 30-aprel
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
4 апр. 2026 г., 05:30
📷 Photo
#seminar
Davlat ilmiy dasturlari doirasida taqdim etilgan loyiha talabnomalari hamda moliyalashtirilgan loyihalarning oraliq/yakuniy hisobotini ko‘rib chiqish jarayonlarida ilmiy ekspertlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risida mavzusida o‘tkazilgan seminarda 50 nafardan ortiq hamyurtlarimiz onlayn shaklda ishtirok etdilar.
Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi Davlat ilmiy dasturlarga oid ilmiy va statistik ma’lumotlari bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassis B. Mirfayozov tomonidan 10 dan ortiq savollarga javob berildi.
✔️ Seminar YouTube'dagi sahifamizda saqlandi.
🗣 Havola https://www.youtube.com/live/V-zPmlLOTek?si=52go02gu0X_eznH8
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/innovation | https://instagram.com/innovation.gov.uz/ | https://facebook.com/innovation.gov.uz/ | https://www.youtube.com/@innovation.gov-uz | https://www.linkedin.com/in/innovatsion-rivojlanish-agentligi-9a6a37392/
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
4 апр. 2026 г., 05:30
📷 Photo
#seminar
❗️❗️❗️❗️❗️
Mavzu: “Davlat ilmiy dasturlari doirasida taqdim etilgan
loyiha talabnomalari hamda moliyalashtirilgan
loyihalarning oraliq / yakuniy hisobotini ko‘rib chiqish
jarayonlarida ilmiy ekspertlarni jalb qilish tartibi to‘g‘risida.”
📆 Sana: 01.04.2026
⏰ Vaqti: 11:00-12:00
🗣Seminar YouTube'dagi sahifamiz orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.
Havola: https://www.youtube.com/@innovation.gov-uz
♻️ E’lonni do‘stlaringiz va hamkasblaringiz bilan bo‘lishing!
Bizni kuzating
https://gov.uz/oz/innovation | https://instagram.com/innovation.gov.uz/ | https://facebook.com/innovation.gov.uz/ | https://www.youtube.com/@innovation.gov-uz | https://www.linkedin.com/in/innovatsion-rivojlanish-agentligi-9a6a37392/
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
4 апр. 2026 г., 05:30
📷 Photo
#internship
📢 Xitoyda to‘liq moliyalashtiriladigan tadqiqot dasturi
Tsinghua University tomonidan Global Research Program 2026 e’lon qilindi.
Dastur bakalavr, magistr va PhD talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kamida 6 hafta davomida ilmiy tadqiqot olib borish imkonini beradi.
🎓 Ishtirokchilar:
— yetakchi professorlar bilan ishlaydi;
— zamonaviy laboratoriyalarda tajriba orttiradi;
— xalqaro ilmiy muhitga kiradi.
✅ Moliyalashtirish: to‘liq
📂 Ariza topshirish muddati: 20-aprel
🔗 Batafsil ma’lumot:
https://edugrants.uz/scholarships/2026-tsinghua-university-global-research-program
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
4 апр. 2026 г., 05:30
📷 Photo
#internship
Stanford Venture Fellowship: AQShda xarajatlari qoplanadigan 1 haftalik intensiv dastur
Stanford universiteti tomonidan AQShda 1 haftalik intensiv Stanford Venture Fellowship dasturi taqdim etiladi. Dastur uchun 10 nafar ishtirokchi saralab olinadi.
Dastur davomida ishtirokchilar startap va loyihalar yaratish bo‘yicha bilim va tajriba olishadi, kichik guruh mashg‘ulotlari va biznes suhbatlarida qatnashadilar.
🗓 Dastur sanasi: 29-may – 3-iyun 2026
📍 Joylashuv: Kaliforniya, AQSh
Talablar:
🟠16 yoshdan katta bo‘lish;
🟠Tashabbuskor va yaratishga qiziqishi bo‘lishi kerak;
🟠Dastur tadbirlarida to‘liq ishtirok etish.
Foydali tomonlari:
🟧Safar va turar joy xarajatlari qoplanadi;
🟧Vizani qo‘llab-quvvatlovchi hujjatlar taqdim etiladi;
🟧Universitet talabalari va professorlari bilan bevosita muloqot.
Arizalar 2026-yil 4-aprelgacha qabul qilinadi.
📎 Batafsil ma’lumot va ariza uchun: https://www.svfellow.com/apply
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
4 апр. 2026 г., 05:30
🎥 Video
🟦🟦🟦
🌐 Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi "Sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy va innovatsion ishlanmalar" bo‘yicha so‘nggi yangiliklarni taqdim etadi!
00:17 – Alibaba robototexnika uchun yangi sun’iy intellekt modelini taqdim etdi;
01:06 – Sun’iy intellekt yordamida matematika va fizika endi vizual va interfaol tushuntiriladi;
01:52 – Neuralink ilk bor inson fikrini ovozga aylantirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
31 мар. 2026 г., 21:53
📷 Photo
#vebinar
📣 “Clarivate” kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladigan vebinarda ishtirok eting!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda “Clarivate” kompaniyasi hamkorligida vebinar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mavzu: ”Samarali ilmiy faoliyat uchun Web of Science va Clarivate’ning boshqa resurslari"
🗓 Sana: 25-mart
🕑 Vaqti: 15:00–16:00
(Toshkent vaqti bilan)
🟢 https://us02web.zoom.us/webinar/register/WN_FOm7ZU-eTuyI-J1AaD3BqA
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
31 мар. 2026 г., 21:53
📷 Photo
#internship
🇸🇰 Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!
Slovakiya hukumati har yili xorijlik bakalavriat, magistratura va PhD talabalar, universitet o‘qituvchilari hamda tadqiqotchilar uchun National Scholarship Programme (Milliy stipendiya dasturi) taklif qiladi.
✅ Dastur imkoniyatlari:
🔘Slovakiyadagi oliy ta’lim yoki tadqiqot muassasalarida 1 oydan 10 oygacha tahsil olish, tadqiqot olib borish yoki dars berish;
🔘Dastur ingliz yoki slovak tilida bo‘lib, ishtirokchilar tegishli sohalar bo‘yicha qatnashishlari mumkin;
🔘Sohalar cheklanmagan: siz o‘zingiz qiziqqan Slovakiya OTMlari yoki tadqiqot markazlarida ishtirok etishingiz mumkin.
🗓 Ariza topshirish muddati:
30-aprelgacha
31-oktabrgacha
Batafsil: https://www.scholarships.sk/en/main/programme-terms-and-conditions/foreign-applicants
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
31 мар. 2026 г., 21:53
📷 Photo
Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin! 🌱
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni xalqimizning qadimiy va betakror qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, tabiatning yangilanishi, mehr-oqibat va ezgulik timsoli bo‘lgan Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz.
Asrlar davomida milliy an’ana va qadriyatlarimizning ajralmas qismi sifatida nishonlab kelinayotgan ushbu qutlug‘ ayyom har bir xonadonga fayzu baraka, tinchlik va osoyishtalik olib kirishini tilaymiz. Navro‘z bayrami yurtimizda o‘zaro hurmat, hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilsin.
Ushbu muborak kunlarda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ulkan zafarlar hamda barcha ezgu niyat va intilishlaringizning ro‘yobga chiqishini tilab qolamiz.
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lsin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
31 мар. 2026 г., 21:53
📷 Photo
Ramazon Hayiti muborak bo‘lsin! ⭐️
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni muborak Ramazon Hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.
Ushbu bayram kunlari yurtimizda tinchlik va osoyishtalik mustahkam bo‘lib, xonadonlaringizga fayzu baraka, qalblaringizga xotirjamlik olib kelsin. Hayit ayyomi barchangiz uchun quvonchli lahzalar va yangi imkoniyatlarga boy bo‘lsin.
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lidagi sa’y-harakatlaringiz samarali davom etib, ilg‘or g‘oya va tashabbuslaringiz yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga tilakdoshmiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda kasbiy faoliyatingizda yuksak natija va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat bilan,
Ilmiy-texnik axborot markazi jamoasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://www.youtube.com/channel/UCu5N4HrrCflOyyGORVM2aRQ/about
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
Ilmiy-Texnik Axborot Markazi | Центр научно-технической информации
30 мар. 2026 г., 00:40
🟦🟦🟦
Ekspertlar bilan tuziladigan shartnoma raqamlashtirildi!
Amaldagi platformaga yangi imkoniyat joriy etildi — endilikda ilmiy ekspertlar bilan tuziladigan shartnoma to‘liq elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Ilmiy ekspert sifatida ro‘yxatdan o‘tish va shartnoma imzolash jarayoni onlayn tarzda amalga oshiriladi:
— platformaga Science ID orqali kiriladi;
— tizim Didox axborot tizimi bilan integratsiya qilingan;
— elektron raqamli imzo (ERI) orqali ro‘yxatdan o‘tiladi va shartnoma imzolanadi.
Shundan so‘ng, ekspert davlat ilmiy dasturlari doirasida bajariladigan loyihalar hamda tadqiqot natijalari bo‘yicha oraliq va yakuniy hisobotlarni ko‘rib chiqish va baholash jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
➡️ Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-martdagi https://lex.uz/docs/4759202#5625706qarori https://lex.uz/docs/4759202#5625706 muvofiq, ekspertlarga har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi va uning hisobotini ilmiy ekspertizadan o‘tkazganlik uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizi hajmida gonorar to‘lanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring⬇️
🚀 🔵 https://www.facebook.com/cstiuzb 📷 https://www.instagram.com/ilmiy_texnik_axborot_markazi/ 🎬 https://youtu.be/bzSFzxzwj4s