Пока нет отзывов. Будьте первым, кто поделится своим опытом!
Последние посты
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
15 мая 2026 г., 11:14
📷 Photo
#ilmiy_faoliyat
#ilmiy_daraja
#DSc
🎉 TABRIKLAYMIZ!
👍 O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy kengash qaroriga asosan
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti "Organik sintez texnologiyasi" kafedrasi mudiri Ziyadullayev Anvar Egamberdiyevichga
📆 2026-yil 8-maydagi 385/1-sonli bayonnoma asosida "Texnika fanlari doktori" (DSc) ilmiy darajasi berildi.
🎓 Dissertatsiya ishi
texnika fanlari doktori, professor Nurmanov Suvonqul Erxonovich
ilmiy maslahatchiligida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
👏 Mazkur yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ https://t.me/tkti_ilmiy |🌐 https://www.instagram.com/tkti_ilmiy |✅ https://www.facebook.com/share/1HZGb2HLUc
327
14
0
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
15 мая 2026 г., 11:14
📷 Photo
#har_payshanba_yoshlar_kuni
☄️ Har payshanba-yoshlar kuni
Talabalar turar joyida ingliz tili kursi davom etmoqda.
🗓 Bugun talabalar turar joyida ingliz tili bo‘yicha bepul kursning navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
🎙 Ushbu darsni Tillar kafedrasi katta oʻqituvchisi Sarsenbayev Hamudulla Abdullayevich olib bordilar.
💬 Mashg‘ulot davomida talabalar faol ishtirok etib, ingliz tilidan yangi bilimlar hamda amaliy ko‘nikmalarni egallashdi.
✨ Qiziqarli va do‘stona muhitda o‘tayotgan ushbu darslar:
— ingliz tilida og‘zaki nutqni rivojlantirish
— bilimlarni mustahkamlash
— bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda
📍 Bunday tashabbuslar talabalar orasida til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda.
⏰ Biz bilan qoling va yangiliklarni kuzatib boring: https://t.me/denglish2026
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | ✅ https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
15 мая 2026 г., 11:14
📷 Photo
#har_payshanba_yoshlar_kuni
👩🎓 Toshkent kimyo texnologiya instituti jamoasi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi
📚 Har payshanba — Yoshlar kuni doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Biotexnologiya kafedrasi “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari kafedra katta o‘qituvchisi M. M. Mahmudova boshchiligida Chirchiq davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan “Zamonaviy biologik tadqiqotlar va tabiiy fanlarni o‘qitishning dolzarb muammolari, innovatsion yechimlari hamda rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.
🔺 Konferensiya zamonaviy biologik tadqiqotlar va tabiiy fanlarni o‘qitishdagi dolzarb muammolarni tahlil qilish, genetika, genomika, molekulyar biologiya va bioinformatika yutuqlariga asoslangan innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish, shuningdek biotexnologiya va bioinjeneriya yo‘nalishlarida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | ✅ https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
15 мая 2026 г., 11:14
📷 Photo
🏆“Respublika kengashi stipendiyasi” ko‘rik-tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
👩🎓Toshkent kimyo-texnologiya institutida O‘zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi “Respublika kengashi stipendiyasi” ko‘rik-tanlovining tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.
⌛Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori B. N. Boborajabov, Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining o‘rinbosari I. D. Isoqov, institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A. K. Abduraxmonov, Respublika kengashining yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Sh. F. Tairov, Respublika kengashi apparati xodimlari, tanlov g‘oliblari hamda faol talabalar ishtirok etishdi.
🗣️Tadbir davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan, ta’lim va jamoatchilik ishlaridagi faolligini rag‘batlantirish, iqtidorli talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💡So‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, kasbiy salohiyati hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikrlar bildirilib, bugungi kunda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuksak e’tirof etildi.
💥Yakunda ko‘rik-tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularning kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tilandi.
✨Yuksak bilim va faol tashabbus — yoshlar muvaffaqiyatining poydevori!
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | ✅ https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
📝 Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar doirasida qator muhim yo‘nalishlar yuzasidan ma’ruzalar va axborotlar tinglandi.
✅ Jumladan Registrator ofisi direktori U. Kadirov tomonidan 2025–2026 o‘quv yilining kuzgi semestri yakunlari yuzasidan tahliliy ma’ruza taqdim etildi. Unda talabalar o‘zlashtirishi, ta’lim samaradorligi va mavjud natijalar batafsil ko‘rib chiqildi, Ilmiy kadrlar tayyorlash, tadqiqotlar va tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i A. Kamolov tomonidan institut kafedralarining 2025-yildagi ilmiy va innovatsion faoliyati, shuningdek 2026-yil uchun ustuvor vazifalar belgilab berildi, “Sanoat ekologiyasi” va “Yashil texnologiyalar” kafedrasi mudiri F. Igitov kafedraning o‘quv, ilmiy hamda xalqaro aloqalar bo‘yicha faoliyati yuzasidan taqdimot qildi.
🔰 Shuningdek, turli masalalar doirasida:
— budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalanish holati;
— iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
5 апр. 2026 г., 13:31
📷 Photo
📊 Yig'ilish davomida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimiga tayinlangan Rahimov Farhod Xushboqovich jamoaga tanishtirildi.
✅ Farhod Rahimov – texnika fanlari doktori, professor bo‘lib, ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishida katta tajribaga ega yetuk mutaxassis hisoblanadi. U o‘z faoliyati davomida oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot va davlat boshqaruvi tizimlarida samarali faoliyat yuritib kelgan.
🔰 Mehnat faoliyati davomida u:
– Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida turli lavozimlarda, jumladan kafedra mudiri, dotsent va ilmiy markaz rahbari sifatida ishlagan;
– Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi yo‘nalishida respublika darajasidagi loyihalarda ishtirok etgan;
– Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda Iqtisodiyot va sanoat tizimida innovatsion rivojlanish yo‘nalishida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan;
– So‘nggi yillarda Innovatsion rivojlanish agentligi tizimida ilmiy-texnik axborot va patent tadqiqotlari yo‘nalishida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
5 апр. 2026 г., 13:31
📷 Photo
👩🎓 2026-yil 4-aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Institut Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi
🔝 Unda institut rektori-Kengash raisi Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida soha prorektorlari, fakultet dekanlari, professor-o'qituvchilar hamda kengash a’zolari ishtirok etishdi.
✔️ Yig'ilish avvalida Toshkent kimyo-texnologiya instituti
“Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mo‘minova Dildora Dilshadovnaga “Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)” ilmiy darajasini beruvchi guvohnoma tantanali ravishda topshirildi, shuningdek Prezident va nomli davlat stipendiyalari g‘oliblarini hamda institutimizning Atoqli olimlar stipendiyasi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
1 апр. 2026 г., 12:04
📷 Photo
#ilmiy_faoliyat
🆕 Kafedradan beshinchi maqola
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi professor-o'qituvchilari Asliddin Fayzullaev, Akbarali Ruzibayev hamda hamkor tashkilot olimlari bilan hammualliflikdagi
📝«Tailoring the properties of low oil phase Pickering emulsion gels through polysaccharide reinforcement» nomli maqolasi
🗂 Elsevier nashriyotiga tegishli, Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan Colloids and Surfaces A: Physicochemical and Engineering Aspects (Q1) jurnalida nash etildi.
🔗 Maqolani o'qish:
https://doi.org/10.1016/j.colsurfa.2026.140372
👏 Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!
P/S: Hurmatli professor-o'qituvchilar va talabalar! Siz ham maqolalaringizni https://t.me/TKTIilmiy ga yuborishingiz mumkin.
🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ https://t.me/tkti_ilmiy |🌐 https://www.instagram.com/tkti_ilmiy |✅ https://www.facebook.com/share/1HZGb2HLUc
🔈 E’LON
⌛ Hurmatli professor-o‘qituvchilar!
🔖 YUNESKOning 2026-yil 21-fevraldagi 11-4185-son xatiga asosan, YUNESKOning Xitoy Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda yosh tadqiqotchilar, doktorantlar, hamda yosh o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan masofaviy o‘quv dasturiga tanlov e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.
⬇️ Mazkur o‘quv dasturida:
• sun’iy intellekt asoslari;
• ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellektni qo‘llash;
• ma’lumotlar bilan ishlash;
• ScienceOne platformasidan foydalanish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi.
✔️ Tanlovda barcha professor-o'qituvchilar ishtirok etishi tavsiya etilgan.
⏸ Arizalar 2026-yil 31-martga qadar qabul qilinadi.
O‘quv jarayonlari aprel oyidan oktabr oyigacha davom etadi.
📎 Batafsil ma’lumot uchun:
https://www.unesco.org/en/articles/unesco-cas-call-remote-access-and-training-ai-use-scientific-research
🔗 Onlayn ariza topshirish havolasi:
https://unesco-2023.limesurvey.net/344315?lang=en
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
29 мар. 2026 г., 00:35
📷 Photo
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Workshop” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
🗓 2026-yil 26-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Workshop” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
🎓 Tadbir doirasida Neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti bitiruvchi talabalari yetakchi korxona va tashkilotlar vakillari bilan uchrashib, ularning faoliyati, mavjud vakansiyalar va amaliyot dasturlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🎙 Tadbirni fakultet dekani A. L. Yusupova kirish so‘zi bilan ochib berib, bugungi kunda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, shuningdek, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda hamkorlik muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
📊 Shuningdek, mutaxassislar tomonidan:
🪙yoshlar bandligini ta’minlash
🪙zamonaviy mehnat bozori talablari
🪙kasbiy rivojlanish va zarur ko‘nikmalar bo‘yicha muhim fikrlar bildirildi.
🏢 Tadbirda qator yirik korxona va tashkilotlar, jumladan:
✅“Kelajakka qadam” markazi
✅“Germec Teks” XK
✅“Makimyo” MChJ
✅“Chemical Expertise Center” MChJ
✅“Enter Engineering”
✅“Veolia Energy”
✅“Standart Elektro Texnika” MChJ vakillari ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
📄 “Workshop” davomida talabalar:
• o‘z rezyumelarini topshirish
• ish beruvchilar bilan bevosita suhbatdan o‘tish
• kelgusidagi ishga qabul jarayonlari haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✨ Mazkur mehnat yarmarkasi bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish hamda sanoat korxonalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
🏆 2025-yilda tayanch doktorantlar o‘rtasida o‘tkazilgan nufuzli tanlov natijalariga ko‘ra, “Tabiiy va aniq fanlar” yo‘nalishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga Tursunova Dilnozaxon Isroiljon qizi munosib deb topildi.
🔬 Ilmiy faoliyatiga yo‘l-yo‘riq berib kelayotgan ilmiy rahbar — Organik sintez texnologiyasi kafedrasi professori, k.f.d. Maksumova Oytura Sitdikovna.
🌟 Mazkur yutuq izchil ilmiy izlanishlar, qat’iyat va yuqori mas’uliyat natijasida qo‘lga kiritildi. Bu natija yosh olimlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi va salohiyatini yana bir bor namoyon etadi.
👏 Dilnozaxon Tursunovani ushbu sharafli natija bilan muborakbod etamiz va ilmiy faoliyatida yangi marralarni zabt etishini tilaymiz!
🚀 Kelgusida yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
29 мар. 2026 г., 00:35
📷 Photo
🇬🇧 Ingliz tili olimpiadasi: 1-bosqich muvaffaqiyatli o‘tkazildi
🔜 Bugun Tillar kafedrasi tomonidan ingliz tili olimpiadasining 1-bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
📍 Olimpiada Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti binosida 2 ta yo‘nalish bo‘yicha bo‘lib o‘tdi:
• Iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlari – 31 nafar ishtirokchi
• Oziq-ovqat, neft va gaz, kimyoviy injiniring yo‘nalishlari – 18 nafar ishtirokchi
📝 Ilk bosqichda ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar:
• Grammatik test
• Tinglab tushunish (listening)
• O‘qib tushunish (reading)
🎯 Olimpiada yoshlarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning bilim va salohiyatini aniqlash hamda raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
📅 Olimpiadaning 2-bosqichi 31-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
✨ Barcha ishtirokchilarga keyingi bosqichda omad tilaymiz!
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
27 мар. 2026 г., 05:01
📷 Photo
#har_payshanba_yoshlar_kuni
📚 Talabalar turar joyida Ingliz tili kursining navbatdagi darsi bo‘lib o‘tdi
✔️ Talabalar turar joyida tashkil etilgan ingliz tili bo‘yicha bepul kursning navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
🗓 Bugun bo‘lib o‘tgan ushbu darsni Tillar kafedrasi assistenti Mavlonova Feruzaxon Zafarjanovna olib bordilar.
💬 Mashg‘ulot davomida talabalar ingliz tilini o‘rganishda faol ishtirok etib, yangi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
✨ Qiziqarli va do‘stona muhitda tashkil etilayotgan to‘garak darslari:
— og‘zaki nutqni rivojlantirish
— bilimlarni mustahkamlash
— bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun xizmat qilmoqda.
📌 Bunday tashabbuslar talabalar rivoji va til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.
⏰ Bizni kuzatishda davom eting: https://t.me/denglish2026
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
27 мар. 2026 г., 05:01
📷 Photo
#har_payshanba_yoshlar_kuni
📌 Har payshanba Yoshlar kuni doirasida — hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
🗣️Har payshanba - yoshlar kuni doirasida Neft va gaz texnologiyalari fakultetida Toshkent farmasevtika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida tajriba almashish va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.
🔬 Tashrif davomida mehmonlar “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi”, “Organik sintez texnologiyasi” hamda “Sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi” kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga ilmiy-tadqiqot ishlari, zamonaviy laboratoriyalar, innovatsion yondashuvlar va talabalar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
📊 Muloqotlar jarayonida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvi va tajriba almashish tizimini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
🏓 Shuningdek, tashrif doirasida stol tennisi va shashka bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etilib, ular do‘stona va qizg‘in ruhda o‘tdi. Ushbu sport bellashuvlari ishtirokchilarda jamoaviylik, faollik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
✨ Bunday uchrashuvlar yoshlarning ilmiy va ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
27 мар. 2026 г., 05:01
📷 Photo
#ilmiy_faoliyat
#ilmiyyutuq
#biotexnologiya
#tktiilmiy
🧬 ILMIY YUTUQ
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Biotexnologiya” kafedrasi olimlari tomonidan muhim ilmiy natijaga erishildi.
➡️👈Professor Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixalikovich hamda katta o‘qituvchi Abdullayev Xurshidbek Odiljon o‘g‘li tomonidan Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani baliqchilik suv havzalaridan
🇺🇿 O‘zbekistonda ilk marotaba, dunyoda esa ikkinchi bor Ava limnothalassea And-Uz-76 mikrosuvo‘ti shtammi ajratib olindi.
📊 Mazkur natija suv biologiyasi va biotexnologiya yo‘nalishida muhim ilmiy yangilik hisoblanadi.
🌍 Ushbu shtamm ilk bor xalqaro miqyosdagi quyidagi yirik ma’lumotlar bazalarida ro‘yxatdan o‘tkazildi:
🇺🇸 • NCBI (AQSH) – Biotexnologiya axboroti milliy markazi
🇬🇧 • EMBL-EBI (Buyuk Britaniya, Kembrij)
🇪🇺 • ENA (Yevropa nukleotidlar arxivi)
🇯🇵 • DDBJ (Yaponiya, Bioinformatika markazi)
🔬 Natijada Ava limnothalassea turkumiga oid mikroorganizmlarni
molekulyar-genetik darajada o‘rganish va xalqaro miqyosda foydalanish imkoniyati yaratildi.
📈 Mazkur ilmiy yutuq biotexnologiya, ekologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida yangi tadqiqotlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
🔎 Ilmiy yangilik bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
https://www.ncbi.nlm.nih.gov/search/all/?term=PZ035442;
https://www.ebi.ac.uk/ena/browser/view/PZ035442;
https://www.ebi.ac.uk/ena/browser/view/PZ035442.1;
https://getentry.ddbj.nig.ac.jp/getentry/na/PZ035442?filetype=html.
👏 Olimlarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusi ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ https://t.me/tkti_ilmiy |🌐 https://www.instagram.com/tkti_ilmiy |✅ https://www.facebook.com/share/1HZGb2HLUc
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
27 мар. 2026 г., 05:01
📷 Photo
🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Workshop” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
🗓️ 2026-yil 26-mart kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Workshop” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
✔️ Mazkur tadbir doirasida Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti bitiruvchi talabalari yetakchi korxona va tashkilotlar vakillari bilan uchrashib, ish imkoniyatlari, amaliyot dasturlari hamda zamonaviy mehnat bozori talablari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🔺 Tadbir fakultet dekani Sh. Q. Jalilovning kirish so‘zi bilan ochildi. U o‘z nutqida talabalarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlashda ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
✅ Karyera markazi boshlig‘i A. M. Mirkomilov esa talabalar uchun ishga joylashish borasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar va bitiruvchilar bandligiga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi.
💼 Tadbirda “Kelajakka qadam” markazi hamda “Hududgazta’minot” AJ vakillari, shuningdek, fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
📌 “Workshop” davomida talabalar:
✔️ Rezyume va arizalar topshirish
✔️ Ish beruvchilar bilan bevosita suhbat
✔️ Saralash bosqichlariga yo‘llanma olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
✨ Mazkur mehnat yarmarkasi bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy yo‘lini belgilash hamda sanoat korxonalarini malakali kadrlar bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
#monitoring
#mustaqil_izlanuvchi
#ilmiy_faoliyat
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyati belgilangan tartib asosida monitoringdan o‘tkazilmoqda.
▶️ Monitoring quyidagi tartibda amalga oshirildi:
• 2023-yil II chorak, 2024-yil II chorak hamda 2025-yil III chorakda qabul qilingan izlanuvchilar — yillik monitoring asosida;
• 2024-yil IV chorak hamda 2025-yil IV chorakda qabul qilingan izlanuvchilar — yarim yillik monitoring asosida baholandi.
❔ Monitoring jarayonida izlanuvchilarning ilmiy faoliyati, olib borilayotgan tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar tahlil qilindi.
📌 Monitoring quyidagi ixtisosliklar kesimida tashkil etildi:
01.02.04 - Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi,
02.00.16 - Kimyo texnologiyasi va oziqovqat ishlab chiqarish jarayonlari va apparatlari,
05.01.08 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish,
08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti,
08.00.13- Menejment,
23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar,
09.00.04 - Ijtimoiy falsafa,
09.00.02 - Ong, madaniyat va amaliyot
shakllari falsafasi (nomi)
11.00.05 - Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish,
02.00.05 - Tsellyuloza va sellyulozaqogʻoz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi,
02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi,
02.00.13 - Noorganik moddalar va ular
asosidagi materiallar texnologiyasi,
02.00.14 - Organik moddalar va ular
asosidagi materiallar texnologiyasi,
02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan
notall materiallar texnologiyasi
✅ Mazkur monitoringdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish hamda dissertatsiya ishlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashdan iborat.
🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
💬 https://t.me/tkti_ilmiy |🌐 https://www.instagram.com/tkti_ilmiy |🌐 https://www.facebook.com/share/1HZGb2HLUc
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
26 мар. 2026 г., 12:55
📷 Photo
#har_payshanba_yoshlar_kuni
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Yoshlar kuni” loyihalari
🖥Toshkent kimyo-texnologiya institutida haftaning har payshanba kuni talaba-yoshlar uchun alohida bayramona ruhda o‘tadi. An’anaga aylangan “Yoshlar kuni” doirasida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, ma’naviy-ma’rifiy hamda intellektual faoliyatlarga keng jalb qilish maqsadida turli qiziqarli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
🔽Tadbirlar dasturi
🤼 Sport musobaqalari
⌛️10:00 — Kimyoviy injiniring fakultetida voleybol bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.
🏢 Konferensiyaga tashrif
⌛️11:00 — Kimyoviy injiniring fakulteti talabalari Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek jamg‘armasi”da bo‘lib o‘tadigan konferensiyaga tashrif buyuradi.
📘 Workshop
⌛️12:00 — Neft va gaz texnologiyalari fakultetida workshop tashkil etiladi.
🎙 Lokal radio efiri
⌛️12:30 — Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakultetidagi “Lider yoshlar” lokal radiosida “Buyuk Temur tarixi” mavzusida jonli efir o‘tkaziladi.
🏛 Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif
⌛️13:00 — Neft va gaz texnologiyalari fakulteti talaba-yoshlarining Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi amalga oshiriladi.
🏛 Moziyga sayohat
⌛️14:00 — Sanoat muhandisligi va menejmenti fakulteti tomonidan Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga tashrif amalga oshiriladi.
🏛 Yoshlar uchrashuvi
⌛️14:30 — Neft va gaz texnologiyalari fakulteti tomonidan 324-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etiladi.
🤝 Psixologik trening
⌛️15:00 — Kimyoviy injiniring fakultetida psixologik trening o‘tkaziladi.
🧪 Adiblar xiyoboniga tashrif
⌛️16:00 — Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti tomonidan Adiblar xiyoboniga tashrif amalga oshiriladi.
🏢 TTJda til kursi
⌛️16:00 — Tillar kafedrasi tomonidan talabalar turar joyida ingliz tili kursi tashkil etiladi.
🎬 TTJda to‘garak
⌛️17:00 — Talabalar turar joyida “Muhandislik asoslari va mexanika” kafedrasi tomonidan “Yosh muhandislar” to‘garagining ko‘rgazmali darsi o‘tkaziladi.
🏢 Rektor va yoshlar uchrashuvi
⌛️18:00 — Talabalar turar joyida rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etiladi
⚽️ Sport musobaqasi
⌛️ 20:00 — Talabalar turar joyida futbol bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi.
✨
Barchani “Yoshlar kuni” tadbirlarida faol ishtirok etishga taklif etamiz!
👩🎓 https://tkti.uz/ | 🚀 | https://t.me/TyutorTKTI | 📱 https://t.me/TKTI_KARYERA_MARKAZI | 🌐 https://www.instagram.com/tktiuz | 🌐 https://www.facebook.com/tktiuzrasmiy | 🌐 http://youtube.com/@tktiuzrasmiy | 🌐 https://vk.com/tktiuz | 🌐 http://linkedin.com/company/tktiuz | 🇺🇿 https://t.me/TKTI_Official | 🧮 https://t.me/TKTIBUXGALTERIYA |🔬 https://t.me/tkti_ilmiy
#ilmiy_faoliyat
#ilmiy_daraja
🎉 TABRIKLAYMIZ!
👍 O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy kengash qaroriga asosan,
👩🎓 Toshkent kimyo-texnologiya instituti
“Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Mo‘minova Dildora Dilshadovnaga
📆 2026-yil 5-martdagi 382/1-sonli bayonnoma asosida
“Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)” ilmiy darajasi berildi.
🎓 Dissertatsiya ishi
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Akramov Tohir Abdiraxmanovich rahbarligida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
👏 Mazkur yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ https://t.me/tkti_ilmiy |🌐 https://www.instagram.com/tkti_ilmiy |✅ https://www.facebook.com/share/1HZGb2HLUc
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
26 мар. 2026 г., 12:55
📷 Photo
#ilmiy_faoliyat
#Scopus_WoS
#green_science
🔥 Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasidan 19-maqola
🔥 Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasidan 3-maqola
🇺🇿 👩🎓 🇭🇺 Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Botir Usmonov, Ilmiy kadrlar tayyorlash, tadqiqotlar va tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i Azizbek Kamolov, Xalqaro aloqalar, investisiyalar va reyting bo‘limi boshlig‘i Saidumarxon Saidaxmadov hamda Vengriyaning Obuda universiteti hamda Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv kafedrasi professori Andras Molnar hammuallifligidagi
📝 “Measuring Air Pollution in Populated Areas Using Sensors Installed on Vehicles and Drones” nomli maqolasi
🗂 MDPI nashriyotiga tegishli, Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan Engineering Proceedings (Q3) jurnalida nashr etildi.
🔬 Tadqiqotda avtomobillar hamda uchuvchisiz uchish qurilmalari (dronlar)ga o‘rnatilgan mobil sensorlar yordamida havoning ifloslanish darajasini (PM 2.5, PM 1.0, CO, CO₂, SO₂, NO₂, O₃, harorat, namlik va balandlik) yuqori aniqlikda monitoring qilish imkoniyatlari o‘rganildi. Mazkur yondashuv nafaqat aholi yashash hududlarida, balki inson qadami yetib bormagan yoki inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan hududlarda ham ekologik nazoratni amalga oshirish imkonini beradi.
🛩 Taklif etilayotgan ishlanma maxsus haydovchisiz va uchuvchisiz platformalar orqali ifloslanish manbalariga bevosita yaqinlashib, ularning aniq nuqtasidan turib real vaqt rejimida monitoring olib borishni ta’minlaydi. Bu esa an’anaviy statsionar monitoring tizimlarining hududiy cheklovlarini bartaraf etib, ifloslanish manbalarini aniqlash va baholashda yuqori aniqlik hamda operativlikni ta’minlaydi.
😀 Mazkur ilmiy ishlanma atrof-muhit monitoringi, ekologik xavfsizlik va “aqlli shaharlar” konsepsiyasini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
🔗 Maqolani o'qish:
https://doi.org/10.3390/engproc2025117068
👏 Mualliflarni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!
🔬Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ https://t.me/tkti_ilmiy |🌐 https://www.instagram.com/tkti_ilmiy |✅ https://www.facebook.com/share/1HZGb2HLUc
TKTI.UZ | Rasmiy kanal
26 мар. 2026 г., 12:55
📷 Photo
#monitoring
#mustaqil_izlanuvchi
#ilmiy_faoliyat
👩🎓 Institutda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati monitoringi bo‘lib o‘tdi.
📆 Joriy yilning 25–mart kuni institutda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy faoliyati belgilangan tartib asosida monitoringdan o‘tkazildi.
▶️ Monitoring quyidagi tartibda amalga oshirildi:
• 2023-yil II chorak, 2024-yil II chorak hamda 2025-yil III chorakda qabul qilingan izlanuvchilar — yillik monitoring asosida;
• 2024-yil IV chorak hamda 2025-yil IV chorakda qabul qilingan izlanuvchilar — yarim yillik monitoring asosida baholandi.
❔ Monitoring jarayonida izlanuvchilarning ilmiy faoliyati, olib borilayotgan tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar tahlil qilindi.
📌 Monitoring quyidagi ixtisosliklar kesimida tashkil etildi:
• 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi va biotexnologiyasi
• 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi
• 02.00.09 – Tovarlar kimyosi
• 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi