• Buxoro davlat universiteti
• Бухарский государственный университет
• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Axborot xizmati bo'limi boshlig'i Otabek Jalolov
@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Follow @buxdu_uz to stay updated with the latest universiteti and davlat trends and news
Пока нет отзывов. Будьте первым, кто поделится своим опытом!
Последние посты
BuxDU •БухГУ •BukhSU
14 мая 2026 г., 22:17
📷 Photo
✍️✍️✍️✍️✍️
📘 “III Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali”
Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan “III Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali”ning ochilish va yopilish marosimlari uchun sahna dasturlariga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayonlarda Buxoro davlat universitetidan jalb etilgan ko‘ngilli talaba-qizlar sahna chiqishlari hamda badiiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida faol qatnashmoqdalar. Ularning tadbirlarda uyushqoqlik bilan ishtirok etishini tashkil etish maqsadida Yoshlarni ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish departamenti mutaxassislari Sh. Radjavova va N. Mirshayeva boshchiligida tyutorlar fidokorona faoliyat olib bormoqda.
Festival milliy hunarmandchilik, zardo‘zlik va zargarlik san’atini keng targ‘ib qilish, yoshlarning madaniy hayotdagi faolligini oshirish hamda milliy merosimizni keng namoyon etishga xizmat qiladi.
#Buxoro #ZardozlikFestivali #MilliyMeros #TalabaYoshlar #Festival2026
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu
274
1
0
BuxDU •БухГУ •BukhSU
14 мая 2026 г., 22:17
📷 Photo
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun Buxoro shahrida o‘z ishini boshlagan Osiyo xotin-qizlari ikkinchi forumida https://t.me/SShMirziyoyeva
Tadbir davomida Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining forum ishtirokchilari — Osiyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan siyosatchilar, tadbirkor ayollar, olimalar va ekspertlarga yo‘llagan murojaatini o‘qib eshittirdi.
Davlatimiz rahbari murojaatida forum qatnashchilarining yuksak kasbiy salohiyati, boy bilim va tajribasi nafaqat mintaqamizda, balki butun dunyoda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga samarali xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
🎙 "Debyut" vaynerlar maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!
❗️ Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.
📢“Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.
📌 Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:
➡️ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.
☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.
🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq https://t.me/debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
BuxDU •БухГУ •BukhSU
14 мая 2026 г., 22:17
📷 Photo
Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha olimpiada g‘oliblari aniqlandi!
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialida bo‘lib o‘tgan “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha respublika olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Murosasiz va qiziqarli kechgan intellektual bellashuvning yakuniy natijalariga ko‘ra, shohsupani quyidagi iqtidorli talabalar egalladi:
🥇 1-o‘rin: Uteshova Rahima Tolgatovna — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi;
🥈 2-o‘rin: Omonov Ahmadjon Zafar o‘g‘li — Buxoro davlat universiteti talabasi;
🥉 3-o‘rin: Mamadiyorov Samandar Baxtiyor o‘g‘li — O‘zbekiston milliy universiteti talabasi.
🎁 Go‘lib talabalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
🎓 Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritdilar!
G‘oliblarimizni ushbu munosib g‘alaba bilan chin dildan muborakbod etamiz va ularning kelgusi ilmiy-amaliy faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz! 🎉👏
#FanOlimpiadasi #Taqdirlash
👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/165399
👉 https://gov.uz/en/edu/news/view/165399
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
BuxDU •БухГУ •BukhSU
4 апр. 2026 г., 18:29
📷 Photo
🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉
📘BuxDUda "Kelajak muhandislari" tanlovi yakunlandi: "Oliygoh kubogi" sohiblari aniqlandi!
✅Murosasiz va yuqori texnologik bahslar natijasida hakamlar hay’ati tomonidan 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha universitetning eng kuchli ixtirochilari e’lon qilindi.
🚁 Dron loyihalash va boshqarish yo‘nalishi bo‘ycha:
Rustamov Doston Tursunovich
🏗 “Eng yaxshi konstruksiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha:
Merajov Nurmuhammad Ikrom o‘g‘li
🚤 Suv roboti yo‘nalishi bo‘yicha:
Satorov Ramazonbek Hasanovich
🤖 Topshiriq bajaruvchi robot yo‘nalishi bo‘yicha:
Kamolov Kamronbek Qobilovich
🖼️Tanlov nizomiga muvofiq, g‘olib deb topilgan har bir talaba (yoki jamoa) o‘zining innovatsion loyihasi uchun 11 393 400 so‘m (bazaviy stipendiya miqdorining 20 barobari) miqdoridagi yirik pul mukofoti bilan taqdirlandi.
⭐️Mazkur g‘alaba universitetimizda yosh ixtirochilar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar hamda muhandislik sohasidagi yuksak salohiyatning amaldagi isbotidir. Buxoro davlat universiteti jamoasi barcha g‘oliblarni ushbu zafar bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusi ilmiy-ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu
❗️❗️❗️❗️❗️
📘BuxDUda “Kelajak muhandislari” tanlovi va “Oliygoh kubogi” bellashuvlari o‘tkazildi
✅Buxoro davlat universitetida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni muhandislik va robototexnika sohalariga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Kelajak muhandislari” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Iqtidorli talabalarimiz o‘zlarining innovatsion ishlanmalari bilan “Oliygoh kubogi” uchun murosasiz bahs olib bordilar.
Musobaqa quyidagi 4 ta asosiy yo‘nalishda tashkil etildi:
🚁Dron loyihalash va boshqarish — havoda mahorat va texnik aniqlik sinovi;
🏗“Eng yaxshi konstruksiyalar” — binolarning zilzilabardoshligini ta’minlovchi muhandislik yechimlari;
🚤 Suv roboti — suv havzasida tezlik va barqarorlik bahsi;
🤖 Topshiriq bajaruvchi robot — murakkab algoritmlar va sun’iy intellekt imkoniyatlari namoyishi.
🟡Universitetimiz rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi rahbariyati va professor-o'qituvchilar tomonidan yosh ixtirochilarning tashabbuslari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu kabi tanlovlar yurtimizda uchinchi renessans poydevorini qo‘yuvchi malakali muhandis-kadrlarni tayyorlashda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu
#Tabriklaymiz 🟦🟦
✅Shoyimova Gulshod Shoyim qizi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi!
Shoyimova Gulshod Shoyim qizi Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12. Fil.08.07 raqamli Ilmiy kengash yig'ilishida 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek mumtoz adabiyotida dehqonga va dehqonchilikka munosabat (Navoiy va Bobur ijodi misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertant Shoyimova Gulshod Shoyim qizi hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu
BuxDU •БухГУ •BukhSU
1 апр. 2026 г., 01:51
🎥 Video
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
📘Shahrimizda yangi yashil hudud va favvoralar maydoni foydalanishga topshirildi
✅Buxoro davlat universitet tasarrufidagi “Universal sport majmuasi” binosi oldida yangi yashil hudud va favvoralar maydoni barpo etildi. Ushbu hududda BuxDU Binolarni saqlash va obodonlashtirish departamenti xodimlari tomonidan qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
🖼️Zamonaviy qiyofada qurib bitkazilgan ushbu maskan aholining madaniy hordiq chiqarishi, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi hamda hududning ekologik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.
⭐️Yangi favvoralar va ko‘kalamzorlashtirilgan maydon shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish bilan birga, fuqarolarimiz uchun qulay dam olish maskaniga aylanishi shubhasiz.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu
BuxDU •БухГУ •BukhSU
1 апр. 2026 г., 01:51
📷 Photo
#Tabriklaymiz 🟦🟦
📘 O‘roqova Nafosat Yoriyevna filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi!
O‘roqova Nafosat Yoriyevna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12. Fil.08.07 raqamli Ilmiy kengashning 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Olam badiiy manzarasining floristik va faunistik obrazlar orqali ifodalanishi (yangi o‘zbek she’riyati misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertant O‘roqova Nafosat Yoriyevna hamda ilmiy maslahatchilarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu
BuxDU •БухГУ •BukhSU
1 апр. 2026 г., 01:51
📷 Photo
#Tabriklaymiz 🟦🟦
📘 Navruzova Muyassar Gaybullayevna filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi!
Navruzova Muyassar Gaybullayevna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12. Fil.08.07 raqamli Ilmiy kengashning 10.00.01 – o‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “Tibbiy birliklarning leksikografik tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertant Navruzova Muyassar Gaybullayevna hamda ilmiy maslahatchilarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu
BuxDU •БухГУ •BukhSU
1 апр. 2026 г., 01:51
📷 Photo
#Tabriklaymiz 🟦🟦
✅To‘xtayeva Dilafruz Ashurovna filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi!
To‘xtayeva Dilafruz Ashurovna Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12. Fil.08.07 raqamli Ilmiy kengash yig'ilishida 10.00.01 – o‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tilida darajalanishning yondosh hodisalarga munosabati (O‘zbek xalq maqollari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
🎉 Dissertant To‘xtayeva Dilafruz Ashurovna hamda ilmiy rahbarini muvaffaqiyat bilan universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu
BuxDU •БухГУ •BukhSU
1 апр. 2026 г., 01:51
📷 Photo
🔴 💥💥💥💥✍️✍️✍️✍️✍️
📘 Buxoro davlat universiteti Kengashining 2025-2026 o'quv yili 8-sonli yig'ilishi
Kengash avvalida Oliy Attestatsiya komissiyasi qarori bilan tasdiqlangan ilmiy unvon va ilmiy daraja olgan professor-o‘qituvchilar va turli tanlovlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan professor-o'qituvchilar hamda talabalarga diplomlar berildi va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
https://t.me/buxdumediabank
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu
BuxDU •БухГУ •BukhSU
1 апр. 2026 г., 01:51
📷 Photo
830
0
0
BuxDU •БухГУ •BukhSU
30 мар. 2026 г., 06:27
📷 Photo
✍️✍️✍️✍️✍️
📘 Xushxabar! NDPI (Qoraqalpog‘iston) 🆚 BuxDU (Buxoro) — 0:3
Ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda Buxoro davlat universiteti voleybolchi qizlar jamoasi navbatdagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
📍 “Yoshlik” sport majmuasida o‘tkazilgan uchrashuv davomida jamoamiz boshidan oxirigacha ustun o‘yin namoyish etib, raqibga imkoniyat qoldirmadi. Har bir setda aniq va puxta taktika, jamoaviy hamjihatlik hamda yuqori sport mahorati yaqqol namoyon bo‘ldi.
🎤 O‘yin jarayonida jamoa a’zolari bilan olingan intervyularda ularning g‘alabaga bo‘lgan ishonchi, jamoaviy ruh va qat’iyati alohida ta’kidlandi.
👏 Mazkur g‘alaba BuxDU qizlarining chempionatdagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirayotganini yana bir bor namoyon etdi.
BuxDU jamoasini ushbu yorqin g‘alaba bilan tabriklaymiz va keyingi bahslarda ham omad tilaymiz!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu
Buxoro mezbonlik qilayotgan ayollar voleybol chempionatida navbatdagi g'oliblar aniqlandi
Buxoro shahridagi "Yoshlik" sport maktabida voleybol bo'yicha ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati oliy ligasining 1-tur o'yinlari murosasiz kurashlar ostida o'tmoqda. 22-martdan start olgan ushbu nufuzli musobaqaning 26-mart kungi (to'rtinchi kun) bahslari quyidagi natijalar bilan yakunlandi:
Andijon viloyatining "ADPI" jamoasi Surxondaryo viloyatining "Boysun" jamoasi bilan ro'baro' kelib, 3:0 hisobida ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Buxoro viloyatining "BuxDU" qizlari Xorazm viloyatining "UrDU" jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, 3:0 hisobida zafar quchdi.
Namangan viloyatining "NamDU" jamoasi Jizzax viloyatining "JDPU-Ziyokor" sportchilari ustidan 3:0 hisobida ustun keldi.
Surxondaryo viloyatining "TerDPI" jamoasi esa Toshkent shahrining "U-18" jamoasi bilan qizg'in kechgan bahsda 3:1 hisobida g'oliblikni tantana qildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
https://bviib.uz/ https://t.me/bviibhttps://www.facebook.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmatihttps://www.instagram.com/buxoro.vil.iib.axborot.xizmati/https://www.youtube.com/channel/UCEB79s0thWSVXGnwom8TaZw
👥👥👥👥👥👥
📘O‘zbekistonlik 31 nafar yosh olim Malayziyada ilmiy stajirovka o‘tamoqda
Innovatsion rivojlanish agentligi tanlovi g‘oliblari bo‘lgan bir guruh tadqiqotchilar qatorida Buxoro davlat universiteti Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi o‘qituvchilari — Atoyeva Maxliyo Djalolitdinovna hamda Fuzaylova Nigina Hakimovna Malayziyaning Sultan Idris ta’lim universitetiga yetib bordilar. Mazkur stajirovka dasturi yashil iqtisodiyot, turizm, aqlli shaharlar hamda zamonaviy tadqiqotchilik kabi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Ushbu amaliy tashrif 2025-yilda imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan.
Stajirovka davomida yosh olimlar xalqaro ilmiy muhitda zamonaviy metodologiyalarni o‘zlashtirib, ilg‘or xorijiy tajribani mamlakatimiz iqtisodiyotiga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu
BuxDU •БухГУ •BukhSU
27 мар. 2026 г., 02:40
📷 Photo
❗️❗️❗️❗️❗️
📘 “Oyda bir kitob” loyihasi doirasida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi
Bugun, 26-mart kuni universitet rektorining 2026-yil 10-martdagi buyrug‘i asosida “Oyda bir kitob” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi. Dastlab tanlov taniqli o‘zbek adibi Said Ahmadning “Ufq” romani asosida tashkil etildi. Barcha fakultetlardan tanlovda ishtirok etish uchun ariza topshirgan 100 nafardan ortiq kitobxon talabalar roman yuzasidan tuzilgan test savollariga javob berdilar. Kuchli raqobat ostida o‘tgan tanlov, avvalo, kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish, yoshlarni mutolaaga rag‘batlantirish hamda ularning o‘zbek adabiyoti durdonalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi. Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadi. Tanlov har oy muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.
PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 http://www.buxdu.uz/ | ✅ 🌐 http://instagram.com/buxdu1 ✅ https://fb.com/buxdu | 📹 https://www.youtube.com/buxduuzedu