❗️Kogon shahar filialida faoliyat samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi
Korrupsiyaning holatlarini oldini olish, ushbu illatning sabablari va sodir etilishiga imkon beradigan shart-sharoitlarni bartaraf etish, mazkur masalada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
‼️ Kuni kecha “Buxoro suv taʼminoti” AJ direktori v.v.b. A. Moʻminov boshchiligida jamiyatning Kogon shahar filialining boʻlim boshliqlari hamda jismoniy va yuridik isteʼmolchilariga xizmat koʻrsatuvchi nazoratchilari bilan tanqidiy-tahliliy ruhda yigʻilish oʻtkazildi.
✔️ Unda debitor qarzdorlikni qisqartirish, tushum rejalari ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, xizmat sifati va nazorat faoliyatidagi kamchiliklarga alohida e’tibor qaratildi.
🖥 Yig‘ilish davomida jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens xizmati tomonidan xodimlarning mehnat intizomi, xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishi, aholiga muomala madaniyati va korrupsiyaga qarshi profilaktik choralarni kuchaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
📌 O‘z xizmat vazifalariga loqaydlik bilan yondashgan 11 nafar mas’ul xodimga intizomiy jazo qo‘llanildi hamda 3 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi topshirigʻi berildi. Filial rahbariga esa faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha 20 kun muddatda aniq natija ko‘rsatish yuzasidan ogohlantirish bildirildi.
⌛ Shu oʻrinda, olib borilayotgan ishlar chuqur tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, suv yo‘qotishlarini qisqartirish, korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, debitor qarzdorlikni qisqartirish va moliyaviy intizomni mustahkamlash, noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida nazorat-reyd tadbirlarini yanada jadallashtirish zarurligi ta’kidlanib, mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.
🫥 O‘rganish ishlari maxsus ishchi guruh tomonidan joylarga chiqqan holda davom etmoqda.
—
❗️В Каганском городском филиале критически проанализирована эффективность деятельности
В целях предупреждения коррупционных проявлений, устранения причин и условий, способствующих совершению подобных правонарушений, проводится комплексная работа.
‼️ Накануне под руководством и.о. директора АО «Buxoro suv ta’minoti» А. Муминова состоялось критико-аналитическое совещание с начальниками отделов Каганского городского филиала общества, а также контролёрами, обслуживающими физических и юридических потребителей.
✔️ В ходе заседания обсуждены вопросы сокращения дебиторской задолженности, исполнения планов по поступлениям, существующие проблемы и меры по их устранению. Особое внимание было уделено качеству обслуживания и недостаткам в контрольной деятельности.
🖥 Также службой комплаенса по противодействию коррупции были подробно рассмотрены вопросы трудовой дисциплины сотрудников, ответственного отношения к служебным обязанностям, культуры общения с населением и усиления профилактических антикоррупционных мер.
📌 За халатное отношение к служебным обязанностям к дисциплинарной ответственности привлечены 11 ответственных сотрудников, а также дано поручение о расторжении трудового договора с 3 работниками. Руководителю филиала вынесено предупреждение о необходимости в течение 20 дней показать конкретные результаты по повышению эффективности деятельности.
⌛️ В ходе совещания особо подчеркнута необходимость углублённого анализа проводимой работы, устранения существующих недостатков, сокращения потерь воды, усиления борьбы с коррупцией, совершенствования механизмов внутреннего контроля, снижения дебиторской задолженности и укрепления финансовой дисциплины, а также активизации контрольных рейдов по выявлению и предотвращению незаконных подключений.
🫥 Изучение ситуации специальной рабочей группой с выездом на места продолжается.