Assalomu alaykum,
Menga bir yigit yozdi. Aytadi: «men 25 yoshda, oyiga taxminan $1000 topaman. Umuman olganda biroz mablag‘ ham qoladi. Lekin keyin nima qilishni tushunmayman. Bu puldan qanday qilib kapital yaratishni bilmayman».
Men unga bitta savol berdim: “O‘zingni va daromadingni 10 yildan keyin qanday ko‘rasan?”. U aniq javob bera olmadi. Va muammo aynan shu yerda.
Muammo sen qancha topayotganingda emas. Muammo sening juda qisqa gorizontda fikrlayotganingda. Sen oyni ko‘rasan. Eng ko‘pi bilan bir yilni.
Lekin o‘zingni uzoqroqda ko‘rmaysan. Demak, o‘z kapitalingni ham ko‘rmaysan.
Agar sen 25 yoshda bo‘lib, yiliga $12,000 topayotgan bo‘lsang, va agar 30-40 yil ishlab, har yili daromading kamida 5-10% o‘sib borsa, hatto inflyatsiyani hisobga olganda ham, bugungi pulda bu taxminan $800,000 – $1,000,000 bo‘ladi.
Bu qandaydir noyob holat emas. Bu barqaror ishlagan va o‘zini rivojlantirgan deyarli har bir inson uchun odatiy ssenariy.
Lekin aynan shu pul oqimini qanday boshqarganing, bir insonni boshqasidan ajratadi.
Bu sening intellektual/aqliy ehtimoliy kapitaling. Faqat hozircha u bankda emas, sening o‘zingda.
Lekin muhim bir jihat bor. Har yili sen shu kapitalning bir qismini “yoqasan”, ya’ni o‘z bilim va mehnatingni pulga aylantirasan.
Savol - keyin nima qilasan? Sen butun umr ishlab, topib, sarflab, oxirida kapitalsiz qolisan, yoki tizim qurasan.
Birinchidan, sening daromading sening ko‘nikmalaring va fikrlashingga bog‘liq. Agar sen o‘smasang, daromading ham o‘smaydi.
Ikkinchidan, intellektual kapitalingni moliyaviy kapitalga aylantirish. Faqat topish emas, balki daromadni aktivlarga aylantirish kerak.
Sening ishing yoki biznesing bu daromad va sening moliyaviy erkinliging. U senga yashash, tanlash va harakat qilish imkonini beradi. Lekin bu moliyaviy xavfsizlik emas.
Sening investitsiyalaring bu sening moliyaviy va hatto ruhiy xavfsizliging. Bu sendan mustaqil ravishda topiladigan daromad.
Sen bugun moliyaviy erkinlikka ega bo‘lishing mumkin (ya’ni ish va daromading bor), lekin ertaga xavfsizlikka ega bo‘lmasliging mumkin (investitsiyalar va passiv daromad yo‘q).
Chunki daromad to‘xtashi mumkin: bozor o‘zgaradi, sog‘liq yomonlashadi, xarajatlar oshadi, sharoitlar o‘zgaradi.
Shu sababli har bir inson bir vaqt kelib, faqat topish qobiliyati haqida emas, balki xavfsizlik ya’ni passiv daromad haqida o‘ylay boshlaydi.
Ayniqsa daromad pasayish xavfi paydo bo‘lganda, yoki oila, bolalar, ota-ona, oshib borayotgan xarajatlar va kamayib borayotgan energiya hayot bosqichida.
Uchinchidan, to‘g‘ri tamoyillar. Zakot va sadaqa bu yo‘qotish emas. Bu poklanish va barakaning sababi.
To‘rtinchidan, intizom. Xarajatlardagi kamtarlik bu kapitalni saqlaydigan narsa.
Va nihoyat, investitsiyalar. bularni qilishdan oldin tushunish kerak: qayerga, qachon, qanday va nima uchun.
Shunda sen bir vaqtning o‘zida bir nechta frontda yutasan:
Sen o‘zingni rivojlantirasan
Sen kapital yaratacan
Sen uni saqlaysan
Sen uni oshirasan
Va uni to‘g‘ri maqsadlarga yo‘naltirasan
Chunki boylik maqsad emas. Bu vosita. Va savol doim bitta:
sen hayotingga 1 oy oldindan qarayapsanmi yoki 20 yil oldindan?
intellektual kapitalingni moliyaviy kapitalga o'girtira olasanmi ?
moliyaviy erkinligini moliyaviy havfsizlikka o'girtira olasanmi ?