Nenhuma avaliação ainda. Seja o primeiro a compartilhar sua experiência!
Últimos Posts
DXSH Rasmiy | Kanal
11 de mai. de 2026, 07:26
Yoʼqlamadan oʼtkazish boʼyicha tavsiya!
Xozirda yangi mobil ilovadan oʼtkazilgan yoʼqlamalar yuborilganidan soʼng nodavlat-bogcha dasturida siyoxrangda koʼringanligi sababli yangi mobil ilovadan yoʼqlamadan oʼtkazishni tavsiya qilamiz.
Yangi ilovani yuklab olish uchun
Ilovaga login parolni oʼzi bilan kirish uchun xodim login paroli bilan kiring.
Xodim login parolini yangilash uchun
Eski ilovada oʼtkazilgan yoʼqlamani qabul qilingunga qadar ilovani oʼchirmaslik soʼraladi.
Hurmat bilan,
DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
38,400
34
0
DXSH Rasmiy | Kanal
11 de mai. de 2026, 07:26
DXSH asosidagi MTTlarga 2026 yil fevral oyi subsidiyalarni moliyalashtirish jarayoni boshlanganligini ma’lum qilamiz.
Subsidiyalarni moliyalashtirish Respublika bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
To‘lov topshiriqnoma to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan mobil ilova hamda http://nodavlat-bogcha.uz/ dasturi orqali tanishish mumkin.
https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
32,500
122
0
DXSH Rasmiy | Kanal
11 de mai. de 2026, 07:26
🌙Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni DXSH jamoasi nomidan muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz. Ushbu qutlug‘ ayyom har bir xonadonga tinchlik, fayzu baraka va cheksiz quvonch olib kelsin!
Ramazon oyi davomida qalblarimiz poklanib, ezgulik, saxovat va bag‘rikenglik kabi oliy fazilatlar yanada mustahkamlandi. Hayit esa ana shu go‘zal tuyg‘ularni baham ko‘rish, mehr ulashish va insoniy qadriyatlarni ulug‘lash kunidir.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha ezgu tashabbuslar, hamkorlik va bunyodkorlik ishlari xalqimiz farovonligi yo‘lida bardavom bo‘lishini tilaymiz. Har bir oilaga sog‘lik, baxt va baraka tilaymiz!
Hurmat bilan,
DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
22,600
80
DXSH Rasmiy | Kanal
11 de mai. de 2026, 07:26
📆Ramazon hayiti va Navro‘z bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz?
✨ Bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
🔵 20 mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
🔵 21 mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
🔵 22 mart (yakshanba) – dam olish kuni;
🔵 23 mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni)
DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
97,800
47
DXSH Rasmiy | Kanal
11 de mai. de 2026, 07:26
🗣 Muloqotga tayyor boʻling
📲 Hurmatli Tadbirkorlar, siz uchun Onlayn Chat (savol-javob) tashkil etilmoqda!
📝Chatda, oʻzingizni qiynayotgan muammolar, takliflar va savollar bilan uyushma rahbariga bevosita murojaat qilishingiz mumkin.
👉Muloqotning asosiy maqsadi:
🔵Sohada yuzaga kelayotgan muammolar va rivojlantirishga qaratilgan takliflarni birgalikda muhokama qilish
🔵Yangiliklar, imtiyozlar va huquqiy oʻzgarishlar haqida toʻliq maʼlumot berish;
❓Chat qachon va qayerda boʻladi?
Chat guruhda
⏰ Vaqt: Bugun 20:30
🤝 Bugungi muloqotimizda faol ishtirok eting va sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob oling.
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
25,000
43
DXSH Rasmiy | Kanal
11 de mai. de 2026, 07:26
⏩⏩⏩⏩
HURMATLI TADBIRKORLAR!
⏳Chat boshlanishiga oz fursat qoldi
O‘zingizni qiziqtirgan savol va takliflaringiz bilan faol ishtirok eting.
👇👇👇👇👇
https://t.me/+VrCV2q_BB2IxMDUy
20,600
8
0
DXSH Rasmiy | Kanal
11 de mai. de 2026, 07:26
📷 Photo
📲 Yangi mobil ilovaga kirish va undan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma
📱Endi yangi mobil ilovaga kirishda Telegram-botdan keladigan kodni kutish shart emas. Tizimga login va parol yordamida kirish imkoniyati yaratildi.
1. Ilovaga kirish tartibi: Ilovani oching va xodimning shaxsiy login hamda parolini kiriting. Bu usulda kirilganda, xodim uchun quyidagi imkoniyatlar avtomatik ravishda ochiladi:
🔵 Yo‘qlama o‘tkazish (davomad qilish);
🔵Rasmni tasdiqlash (foto-fiksatsiya).
⚠️Eslatma: MTTning barcha moliyaviy ma’lumotlari faqat Rahbar logini bilan kirilganda ko‘rinadi.
2. Login va parolni olish (agar mavjud bo‘lmasa): Agar xodimning login va paroli bo‘lmasa yoki yodidan chiqqan bo‘lsa, quyidagi bosqichlarni bajaring:
🔵Dasturga kirish: Asosiy dasturning "Davomad" menyusiga kiring.
🔵Xodimni tanlash: Kerakli xodimni topib, "Tahrirlash" tugmasini bosing.
🔵Parolni yangilash: Ma’lumotlar oynasidan "Parolni yangilash" tugmasini bosing.
🔵SMS xabar: Xodimning tizimda ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqamiga login va parol SMS shaklida yuboriladi.
3. Telefon raqami xato bo‘lsa nima qilish kerak? Agar xodimning telefon raqami noto‘g‘ri bo‘lsa, SMS bormaydi.
👉Bunda:
🔵Avval to‘g‘ri telefon raqamini kiriting va "Saqlash" tugmasini bosing.
🔵So‘ng qaytadan "Tahrirlash" tugmasiga kirib, "Parol yangilash"ni bosing.
DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
DXSH Rasmiy | Kanal
11 de mai. de 2026, 07:26
📷 Photo
🗣 Tadbirkorlarga yo'l bering! : " http://NODAVLAT-BOGCHA.UZ/" tizimidagi to'siqlar korrupsiyaga yo'l ochmaydimi?
⚠️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi diqqatiga!
📲Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va davlat xizmatlarini raqamlashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Biroq, “ http://Nodavlat-bogcha.uz/” axborot tizimida yuzaga kelgan vaziyat ushbu islohotlarga mutlaqo zid kelmoqda!
👉Muammo nimada?
🔵2026-yildan boshlab tadbirkorlarning 2022–2025-yillar uchun subsidiyalar, kompensatsiyalar va to‘lov jadvallari haqidagi arxiv ma’lumotlariga kirishi hech qanday huquqiy asoslarsiz cheklab qo‘yildi.
👉Bu cheklov ortida qanday xavflar turibdi?
🔵Soliq va moliya xavfi: Tadbirkor o‘tgan davr uchun soliq hisobotlarini qanday shakllantiradi? Xodimlar uchun to‘langan ajratmalarni qanday tasdiqlaydi?
🔵Audit va tekshiruvlar: Moliyaviy tekshiruv kelganda, tizimdan ma’lumot ololmagan tadbirkor asossiz ayblovlar oldida himoyasiz qolmoqda.
🔵Yashirin korrupsiya: Ma’lumotlarning yashirilishi — ayrim mansabdor shaxslarga "kimga to‘lash, kimga to‘lamaslik" masalasida o‘zboshimchalik qilish imkonini beradi. Shaffoflik yo‘q joyda korrupsiya gullaydi!
🔵Huquqiy qarama-qarshilik: 426-sonli qarorga ko‘ra, kamchiliklar to‘ldirilgach subsidiya to‘lanishi kerak. Lekin tadbirkor qaysi oyda kamchilik borligini ko‘ra olmasa, uni qanday tuzatadi?
❗️ Vazirlik mutasaddilariga ochiq savollar:
😳Nima uchun tadbirkor o‘zi pul to‘lab foydalanayotgan tizimda o‘z ma’lumotlarini ko‘ra olmaydi?
❓Ushbu "taqiq" qaysi qonun yoki normativ hujjatga asoslangan?
✨Tadbirkor o‘z huquqini talab qilishidan kim manfaatdor emas?
👉Biz talab qilamiz:
🔵2022–2025-yillar uchun barcha arxiv ma’lumotlariga to‘liq va erkin kirish huquqi tiklansin!
🔵Tizimdan oylik to‘lovlarni qabul qilishni biladigan mas’ullar, tizimning shaffof ishlashini ham ta’minlasin!
🔵 Ma’lumotlarni yashirish amaliyotiga sababchi bo‘lgan shaxslarning javobgarligi ko‘rib chiqilsin!
🤝Kamchiliklar bartaraf etilishida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda boshqa vakolatli organlarini etiborini qaratish hamda ushbu muammo ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik muhokamasiga chiqarilishini so’raymiz.
DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
DXSH Rasmiy | Kanal
11 de mai. de 2026, 07:26
🎥 Video
Yangi mobil ilovada yo‘qlama qilish.
Yangi maktabgacha ta’lim 2.0 ilovasida davomaddan o‘tkazish ishlab chiqildi.
Afzalliklari:
- yo‘qlamani yuborishdan avval ma’lumotlarni tekshirish
- xatolik aniqlansa yuborilmagan yo‘qlamani bekor qilish va qayta o‘tkazish
- bolani asosiy rasmini kattalashtirib ko‘ra olish
- yo‘qlama yuborilgan vaqtda dasturda ko‘rinishi
- ilovaning barcha xizmatlari onlayn ishlashi
Ilovaning barcha imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.
Ilovani yuklab olish uchun https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.realsoft.i.talim.imkon&pcampaignid=web_share
DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
42,400
DXSH Rasmiy | Kanal
11 de mai. de 2026, 07:26
🎥 Video
📣"Maktabgacha ta’lim 2” ilovasini ishga tushirish tartibi
📲Faoliyatingizni yanada shaffof va qulay boshqarish uchun yaratilgan "Maktabgacha ta'lim 2" mobil ilovasini ishga tushirishning to'liq va bosqichma-bosqich tartibi bilan tanishing.
1️⃣ Ilovani ishga tushirish. Avvalo, foydalanayotgan telefon raqami (SIM-karta) aynan YATT rahbari nomiga rasmiylashtirilganiga ishonch hosil qiling.
🔵Telegramdagi qidiruv maydoniga https://t.me/Nodavlatbogchabot deb yozing.
🔵Botga kirib, tizim bilan aloqani o'rnatish uchun "Start" tugmasini bosing.
2️⃣. Ilovani o'rnatish va kirish
🔵Telefondan Play Market ilovasiga kiring.
🔵Qidiruv orqali "Maktabgacha ta'lim 2" ilovasini toping va uni yuklab oling.
🔵Yuklangan ilovani oching va sizga oldindan berilgan login hamda parolni kiritish oynasiga o'ting.
3️⃣. Xavfsiz tasdiqlash
🔵Tizim xavfsizligini ta'minlash maqsadida, ilovaga kirish uchun tasdiqlash kodi to'g'ridan-to'g'ri 1-bosqichda aktivlashtirilgan Telegram bot orqali yuboriladi.
🔵Ushbu kodni mobil ilovaga kiriting. Shu bilan ilova to'liq ishga tushadi.
🤝Moliyaviy nazoratni o'z qo'lingizga oling! Ilovani hoziroq ishga tushiring!
DXSH UYUSHMASI
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
DXSH Rasmiy | Kanal
24 de abr. de 2026, 11:09
✨Muhtaram va ilhom baxsh etuvchi tadbirkor ayollar! ✨
Sizlar nafaqat oila mehrining, balki jamiyat taraqqiyotining ham muhim tayanchisiz. Sizning matonatingiz, donoligingiz va mehnatsevarligingiz bilan hayot yanada mazmunli, kelajak esa yanada porloq bo‘lib bormoqda. Ayol qalbidagi mehr va latofat kuchli iroda bilan uyg‘unlashganda, buyuk natijalar dunyoga keladi.
DXSh uyushmasi barcha aziz opa-singillarimizni, ayniqsa fidoyi va tashabbuskor tadbirkor ayollarni 8-Mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi! 💐
Sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz ilhom, barakali mehnat va yanada ulkan yutuqlar tilaymiz. Har bir tashabbusingiz muvaffaqiyat bilan bezansin, har bir kuningiz quvonch va farovonlikka to‘lsin.
🌷Doimo e’zozda bo‘ling, qadri baland, qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin!
💐Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va mo‘tabar ayollar! 💐
DXSH Uyushmasi
19,100
126
DXSH Rasmiy | Kanal
24 de abr. de 2026, 11:09
📷 Photo
🗣Hurmatli tadbirkorlar!
✨ Maktabgacha ta’lim axborot tizimida shaffoflikni ta’minlash va subsidiyalarni hisoblashdagi xatoliklarni kamaytirish maqsadida davomatni qayd etish tartibi tubdan o‘zgardi.
❓ Yangi tartib qanday ishlaydi?
🔵Bolaning davomati subsidiyaga hisoblanishi uchun bitta asosiy talab mavjud:
🔵Kameraga tushayotgan jonli qiyofa (face-ID) tizimdagi SMS-tasdiqlashdan o‘tgan asosiy rasmga 100% mos kelishi shart.
❓Agar rasm mos kelmasa nima bo‘ladi?
🔵Ilgari rasmda tafovut bo‘lsa, tizim buni "shubhali" deb belgilab, o‘rganish uchun qoldirar edi. Endi esa:
🔵Agar bola kameraga tushganda asosiy rasmga mos kelmasa, tizim bu kunni davomatga mutloq qo‘shmaydi.
🔵Bu degani, ushbu kun uchun subsidiya hisoblanmaydi.
👉 Ma’lumotlarni nazorat qilish:
🔵Har bir tadbirkor o‘z xotirjamligi uchun ilovaning "Menyu" → "Asosiy rasm" bo‘limi orqali quyidagilarni tekshirishi tavsiya etiladi:
🔵Bolaning amaldagi rasmi sifati;
🔵Rasmning tasdiqlanganlik holati;
🔵Eskirgan rasmlarni o‘z vaqtida yangilash.
❗️Eslatma: Davomatda uzilishlar bo‘lmasligi va moliyaviy yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun har bir tarbiyalanuvchining asosiy rasmi uning joriy ko‘rinishiga mosligini qat'iy nazoratga oling!
DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
DXSH Rasmiy | Kanal
24 de abr. de 2026, 11:09
✨8-mart bayrami munosabati bilan dam olish kunlari tartibi
📝O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi (208-modda) hamda Prezident Farmoniga https://president.uz/oz/lists/view/8985 bu yilgi bayram kunlarida yurtdoshlarimiz uchun qo‘shimcha dam olish imkoniyati yaratildi.
👉Shu munosabat bilan:
🔵8-mart, yakshanba — Rasmiy bayram kuni sifatida dam olinadi.
🔵9-mart, dushanba — Bayram yakshanbaga tushganligi sababli, barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.
📆Shunday qilib, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan yurtdoshlarimiz 7, 8 va 9-mart kunlari ketma-ket 3 kun hordiq chiqaradilar. 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun esa 8 va 9-mart kunlari dam olish kuni hisoblanadi.
⚠️Barcha muassasalarda ish jarayonlari 10-mart, seshanba kunidan boshlab odatdagi tartibda davom etadi.
💐Fursatdan foydalanib, barcha onajonlarimizni, opa-singillarimizni va aziz ayollarimizni kelayotgan bahor ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz! Dam olish kunlaringiz maroqli va mazmunli o‘tsin!
DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
89,900
DXSH Rasmiy | Kanal
24 de abr. de 2026, 11:09
🗣Hurmatli tadbirkorlar!
🔐Oxirgi vaqtlarda ayrim hududiy bo‘lim xodimlari tomonidan tadbirkorlarning ERI (elektron raqamli imzo) kalitlari va login-parollarini so‘rab olish, ular orqali tadbirkorning ruxsatisiz "plan" yoki "qamrov" uchun begona bolalarni bazaga kiritish holatlari uchramoqda.
📲Bu kabi harakatlar nafaqat qonunga xilof, balki bevosita sizning faoliyatingizni xavf ostiga qo‘yadi.
📲ERI — bu sizning qo‘l qo‘ygan imzoyingiz! “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq, kalit egasi uning maxfiyligini ta’minlashga majbur. Kalit orqali tasdiqlangan har qanday harakat (soxta bola kiritish yoki hujjat imzolash) uchun shaxsan siz javobgar bo‘lasiz.
👉Siz berishga majbur emassiz! Hech bir xodim sizdan login-parolni talab qila olmaydi. Bu “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 34-moddasiga zid bo‘lib, tadbirkor faoliyatiga noqonuniy aralashish hisoblanadi.
🔖Soxta ma’lumot — jinoiy javobgarlik! Amalda kelmaydigan bola uchun subsidiya olish Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jazolanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
📝Hozirda noqonuniy kiritilgan bolalar bo‘yicha AKTLAR shakllantirilmoqda. Tekshiruv natijasida:
🔵 Ortiqcha to‘langan mablag‘lar tadbirkordan undiriladi;
🔵 Faoliyat to‘xtatiladi va litsenziya bekor qilinishi mumkin.
⚠️O‘z shaxsiy kalitingiz va parolingizni hech kimga ishonmang! Begonalarning "reja" (plan) to‘ldirishi uchun o‘z biznesingiz va obro‘yingizni qurbon qilmang.
DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
DXSH Rasmiy | Kanal
24 de abr. de 2026, 11:09
🗣Yolg‘iz kurashmang. Biz tadbirkorlar bilan birgamiz doimo!
🤯To‘planib qolgan muammolar: subsidiya adolatsizligi, "soxta davomat" mashmashalari, cheksiz byurokratiya va huquqiy bo‘shliqlar charchatib qo‘ydimi?
🤝DXSH UYUSHMASI aynan sizning ovozingizni yuqori minbarlarga yetkazish uchun faoliyat olib bormoqda. Biz takliflarimizni shunchaki aytmaymiz, ularni rasmiy tarzda Vazirlik va yuqori tashkilotlar oldiga masala sifatida qo‘yamiz!
❓ Uyushma sizga nima beradi?
🔵 Huquqiy himoya: Sizni har oy qiynaydigan "17-ijara shartnomasi" va boshqa raqamli tekshiruvlardan qonuniy himoya qilamiz. Albatta siz ham qonuniy faoliyat olib borishingiz shart
🔵 Muammolar yechimi: Subsidiya tizimidagi nohaqliklar va davomat mexanizmlarini isloh qilish bo‘yicha yagona pozitsiya.
🔵 Vaqtni tejash: Muammolar yechimi uchun Vazirlikka borib yurishingizga hojat qolmaydi — biz siz uchun ishlaymiz.
👉Sizning kuchli ovozingiz va tajribangiz biz uchun muhim. Safimizga qo‘shilish uchun atigi 3 qadam:
➖Shartnoma tuzamiz: Shartnomani bizni https://t.me/shoira4183 bog'lansangiz sizga taqdim etadi, "Mijoz" bo‘limini to‘ldirib, muhr bosgan holda bizga yuboring.
➖A’zolik badali: Dastlabki 3 oy (I-chorak) uchun jami 412 000 so‘m to‘lovni amalga oshiring va chekni yuboring.
➖ Eksklyuziv hamjamiyat: Uyushma a’zolari uchun maxsus yopiq guruhga qabul qilinasiz va muammolaringiz ustida mutaxassislarimiz ish boshlaydi.
✏️ Hoziroq bizga yozing, shartnoma namunasini oling va safimizga qo‘shiling!
📲 Mas'ul hodimimiz: https://t.me/shoira4183
Hurmat bilan, DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
DXSH Rasmiy | Kanal
1 de abr. de 2026, 12:12
❗️MA’LUMOT UCHUN
📲Avvalo yuborilgan xabarnomada chet el fuqarosi bo‘lgan bolalarni elektron raqamli imzo (ERI) orqali tasdiqlash jarayoni vaqtinchalik ekani hamda 1-fevraldan boshlab tasdiqlash SMS kod orqali amalga oshirilishi ko‘rsatilgan edi.
📆1-fevraldan boshlab chet el bolalarini qabul qilgan MTTlarda tasdiqlash jarayoni SMS kod orqali amalga oshiriladi.
🤝Mazkur tartib amaldagi texnik yangilanishlar doirasida joriy etilgan.
DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
20,200
11
DXSH Rasmiy | Kanal
1 de abr. de 2026, 12:12
Diqqat, chet elda tug‘ilgan bolalarni tizimga kiritish tartibi o‘zgardi!
Hurmatli ota-onalar va tizim foydalanuvchilari!
Fevral oyidan boshlab, chet elda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilarni BBIT (Bog‘cha boshqaruvining axborot tizimi)ga kiritish va tasdiqlash tartibi soddalashtirildi. Endilikda E-IMZO (ERI) kaliti o‘rniga SMS-kod orqali tasdiqlash tizimiga o‘tilganini ma’lum qilamiz.
📲 Bolani tizimga kiritish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma:
🪪 JShShIR (PINFL) olish: Chet elda tug‘ilgan bola uchun hududiy Davlat xizmatlari markazi (DXM) yoki pasport stoliga murojaat qilib, bolaga JShShIR raqamini olishingiz shart. Busiz bolani tizimga kiritib bo‘lmaydi.
📂2. Ma'lumotlarni shakllantirish: Bola chet el fuqarosi sifatida tizimga yangidan kiritiladi.
🔵Ota yoki onasining JShShIR raqami orqali ularning ma’lumotlari FHDYo bazasidan avtomatik olinadi.
⚠️Eslatma: Ma’lumotlar taqdim etilgan rasmiy hujjatlarga to‘liq mos kelishi shart.
📲3. SMS-tasdiqlash jarayoni:
🔵Tizimga ota-onaning amaldagi telefon raqami to‘g‘ri kiritilganiga ishonch hosil qiling.
🔵Tasdiqlash jarayonida ota-onaning telefoniga maxsus kod yuboriladi. Ushbu kodni tizimga kiritish orqali bolaning ro‘yxatdan o‘tishi yoki davomati tasdiqlanadi.
⚠️MUHIM ESLATMA: Ushbu yangi tartib bo‘yicha barcha Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (MTT) yanvar oyida rasmiy xabarnomalar yuborilgan. Tizimning uzluksiz ishlashi uchun ma’lumotlarni vaqtida va xatosiz kiritishingizni so‘raymiz.
DXSH Uyushmasi
| https://www.instagram.com/dxsh_uyushma?igsh=b3lrdWE0ejR0NXU=
DXSH Rasmiy | Kanal
1 de abr. de 2026, 12:12
Mobil ilovaga kira olmagan MTTlar bo‘yicha.
Yangi bitim olgan MTT http://nodavlat-bogcha.uz/ dasturiga kirib ommaviy ofertani imzolamaganligi sababli dastur imkoniyatlaridan foydalana olmaydi.
Mobil ilova yordamida yo‘qlamani amalga oshirish uchun dasturga kirib ofertani tasdiqlash zarur.