Nenhuma avaliação ainda. Seja o primeiro a compartilhar sua experiência!
Últimos Posts
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
25 de mai. de 2026, 20:08
⚡️ Yuridik yo‘nalishga kirmoqchi bo‘lganlar diqqatiga: Imtiyozlar keskin kamaytirilmoqda!
2026-yil 1-martdan boshlab “Yurisprudensiya” yo‘nalishiga qabul qilishda ko‘plab imtiyozlar bekor qilinishi haqida xabar berilgandi.
📉 Faqat 4 ta toifada imtiyoz saqlanib qoladi:
Harbiy xizmatchilar
IIO xodimlari
Fan olimpiadasi g‘oliblari
Ijtimoiy himoyaga muhtojlar
🛑 Kimlar yuridik yo‘nalishda imtiyozdan mahrum bo‘ladi?
“Zulfiya” mukofoti, “Mard o‘g‘lon” sovrindorlari va boshqa huquq sohasiga aloqador bo‘lmagan umumiy imtiyoz egalari endi yuridik yo‘nalishga faqat o‘z bilimi (umumiy tartibdagi test) bilan kirishadi.
🎯 Maqsad: Sun’iy ustunliklarga chek qo‘yish, tizimda adolatni ta’minlash va eng kuchli kadrlarni saralash.
Huquqshunoslikni tanlamoqchi bo‘lgan do‘stlaringizga yuborib qo‘ying!
👉 Obuna bo‘ling -
2,390
6
0
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
25 de mai. de 2026, 20:08
🎓 Bitiruvchilar diqqatiga: Endi bitiruv ishlarini HEMIS orqali plagiatga tekshirish mumkin!
HEMIS tizimi plagiatni aniqlash dasturlari bilan integratsiya qilindi. Endilikda barcha OTMlarning bitiruvchi talabalari o‘z bitiruv malakaviy ishlari (BMI) yoki magistrlik dissertatsiyalarini tizim orqali mustaqil ravishda tekshirishlari mumkin.
⚠️ Asosiy shart: Ushbu funksiyadan foydalanish uchun talaba tizimda qat’iy “Bitiruvchi” statusida bo‘lishi lozim.
💻 Tizimdan foydalanish bo‘yicha bosqichma-bosqich yo‘riqnoma:
1️⃣ http://my.hemis.uz/ platformasidagi shaxsiy kabinetingizga kiring;
2️⃣ “Tashqi xizmatlar / Plagiat tekshiruvi” menyusiga o‘ting;
3️⃣ “Hujjat yuklash” tugmasini bosib, bitiruv ishingiz faylini yuklang va tekshirishga yuboring;
4️⃣ Tekshirish jarayoni biroz vaqt talab etadi. Natijani ko‘rish uchun sahifani “Yangilash” (Refresh) tugmasi orqali yangilab turing;
5️⃣ Jarayon yakunlangach, status “Tugallangan” holatiga o‘tadi va ishingizning originallik hamda plagiat foizlari aks etadi.
📄 Natijani yuklab olish:
Tekshiruv muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘ng, tizim orqali plagiatdan o‘tganlik haqidagi maxsus sertifikat va batafsil tekshiruv hisobotini (report) yuklab olishingiz mumkin.
📌 Yaqinlaringizga ham ulashing!
👉 Obuna bo‘ling -
2,980
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
25 de mai. de 2026, 20:08
📷 Photo
📌 Rasman: OTMlarga imtihonsiz kirish va maksimal ball beradigan fan olimpiadalari ro‘yxati e’lon qilindi
Batafsil: https://regimtihon.uz/post/rasman-otmlarga-imtihonsiz-kirish-va-maksimal-ball-beradigan-fan-olimpiadalari-royxati-elon-qilindi
👉 Obuna bo‘ling -
2,600
4
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
25 de mai. de 2026, 20:08
📷 Photo
⚡️ O‘zbekiston tibbiyoti tarixida ilk bor masofaviy robot-jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Batafsil: https://regimtihon.uz/post/ozbekiston-tibbiyoti-tarixida-ilk-bor-masofaviy-robot-jarrohlik-amaliyoti-muvaffaqiyatli-otkazildi
👉 Obuna bo‘ling -
2,590
8
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
25 de mai. de 2026, 20:08
📷 Photo
⚡️ Rasman: O‘zbekistonda Soliq oliy maktabi tashkil etiladi va yangi soliq imtiyozlari joriy etiladi
Batafsil: https://regimtihon.uz/post/rasman-ozbekistonda-soliq-oliy-maktabi-tashkil-etiladi-va-yangi-soliq-imtiyozlari-joriy-etiladi
Yangi oliy ta’lim muassasasiga qabul kvotalari va imtiyozlar haqidagi batafsil ma’lumotlar tez kunda e’lon qilinadi. Saytimizni kuzatib boring!
👉 Obuna bo‘ling -
3,620
0
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
25 de mai. de 2026, 20:08
⚡️ Abituriyentlar diqqatiga: Kimlar test uchun 206 ming so‘m to‘laydi va kimlar ozod?
Eski yillarda bitiruvchi bo‘lgan abituriyentlar test sinovlarida qatnashish uchun BHMning yarim baravari (50%) miqdorida to‘lovni amalga oshirishlari lozim.
Ayni paytda 1 BHM: 412 000 so‘m
Yarim baravari: 206 000 so‘m
❗️ Lekin hamma ham to‘lov qilmaydi! Quyidagi toifalar test to‘lovidan mutlaqo ozod etiladi:
➡️ Joriy yilgi (o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili) bitiruvchilar;
➡️ Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
➡️ Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchasi bitiruvchilari;
➡️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da ro‘yxatda turuvchi shaxslar va ularning farzandlari;
➡️ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
📌 Yaqinlaringizga ham ulashing, xabardor bo‘lishsin!
👉 Obuna bo‘ling -
3,070
0
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
25 de mai. de 2026, 20:08
📷 Photo
⚡️ Rasman: Navbatdagi attestatsiya sinovidan ozod etiladigan pedagoglar ro‘yxati e’lon qilindi
Shu yilning 26-may kuni o‘tkaziladigan navbatdagi majburiy attestatsiya jarayonida o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining ayrim o‘qituvchilariga imtiyoz qo‘llaniladi.
💡 Kimlar malaka sinovidan ozod etiladi va maksimal 80 ball oladi?
Chet tili o‘qituvchilari — kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa;
Umumta’lim fani o‘qituvchilari — Bilimni baholash agentligi tomonidan berilgan kamida B+ (yoki avvalgi tizim bo‘yicha 80 ball va undan yuqori) darajadagi sertifikatga ega bo‘lsa.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mazkur imtiyozga ega bo‘lgan 102 nafar o‘qituvchining ro‘yxati e’lon qilindi.
👉 Obuna bo‘ling -
4,500
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
25 de mai. de 2026, 20:08
📷 Photo
🎓 OTMga qabul boshlanishiga 15 kun qoldi: abituriyentlar nimalarni bilishi kerak?
Batafsil: https://regimtihon.uz/post/otmga-qabul-boshlanishiga-15-kun-qoldi-abituriyentlar-nimalarni-bilishi-kerak
👉 Obuna bo‘ling -
3,760
2
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
25 de mai. de 2026, 20:08
⚡️ Nega xotin-qizlar uchun ajratilgan grant tavsiyanomasini olishda ijtimoiy daftarda turish talab qilinmoqda?
So‘nggi kunlarda http://my.gov.uz/ portali orqali ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun qo‘shimcha davlat granti tavsiyanomasiga ariza topshirishda ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Ko‘pchilik nizomdagi toifalarga mos kelsa-da, “Ijtimoiy reyestr” yoki daftarlarda bo‘lmagani uchun ariza yubora olmayotganini aytmoqda.
📌 Vaziyatga rasmiy tushuntirish:
http://my.gov.uz/ portalidagi ushbu xizmat tasdiqlangan vaqtinchalik ma’muriy reglament asosida ishlaydi. Unga ko‘ra, ariza topshirishda ijtimoiy daftarlardan birida turish majburiy shart qilib belgilangan.
⚙️ Tizim qanday ishlaydi?
1️⃣ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalar vakillari uchun tavsiyanoma avtomatik shakllantiriladi.
2️⃣ Agar talabgor “Ayollar daftari” yoki “Yoshlar daftari”dan birida ro‘yxatda tursa, quyidagi mezonlardan biriga mos kelishi kerak:
🔹 Otasi yoki onasi (yoki ikkalasi ham) vafot etgan, to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan ijtimoiy muhtoj qizlar;
🔹 Turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan muhtoj ayollar;
🔹 Nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
🔹 Ikki va undan ortiq farzandni tarbiyalayotgan, alohida (ijarada) yashayotgan yolg‘iz ayollarning qizlari;
🔹 Ota-onasidan biri yoki har ikkisi I yo II guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.
⚠️ DIQQAT! Agar mezonlarga mos kelsangiz-u, lekin daftarda bo‘lmasangiz nima qilish kerak?
Siz avvalo o‘zingiz yashayotgan hududdagi Mahalla fuqarolar yig‘iniga (MFY) murojaat qilishingiz va qonunchilik asosida tegishli daftarga kiritilishingiz lozim.
Oila daftarga kiritilgandan so‘nggina, http://my.gov.uz/ portali orqali ariza muvaffaqiyatli yuboriladi.
👉 Obuna bo‘ling -
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
25 de mai. de 2026, 20:08
🎓 Akademik litsey, Texnikum, OTM, 2-mutaxassislik hamda O‘qishni ko‘chirishda hujjat topshirish uchun kerakli platformalar:
➖ Akademik litseylarga qabul (10-iyundan 10-iyulgacha)
👉 http://my.edu.uz/
➖ OTM va texnikumlarga qabul (5-iyundan 25-iyungacha)
👉 http://my.uzbmb.uz/
➖ Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulgacha)
👉 http://magistr.edu.uz/
➖ Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 http://my.edu.uz/
➖ Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 http://my.edu.uz/
➖ O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustgacha)
👉 http://transfer.edu.uz/ — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 http://my.uzbmb.uz/ — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
📌 Ushbu ma’lumotni yaqinlaringizga ulashing!
👉 Obuna bo‘ling -
3,510
5
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
10 de mai. de 2026, 21:09
🛡 "Jasorat maktablari"ga qabul boshlanmoqda!
Vatanparvarlik va mardlik ruhidagi ta'limga qiziquvchilar diqqatiga! Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi "Jasorat maktablari"ga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabulini e’lon qildi.
🗓 Qabul muddati:
15-maydan 4-iyunga qadar.
🌐 Hujjatlar qanday topshiriladi?
Arizalar faqat onlayn shaklda quyidagi saytlar orqali qabul qilinadi:
http://my.gov.uz/
http://ariza.piima.uz/
📋 Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
📁 Direktor tomonidan tasdiqlangan baholar tabeli nusxasi;
🏥 Belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
🆔 O‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
👤 Ota-onaning pasport yoki ID-karta ma’lumotlari;
📞 Aloqa uchun mobil telefon raqami.
🆘 Sizga yordam kerakmi?
Murojaatchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan:
📞 1206 — qisqa raqamli Call-markaz savollaringizga javob beradi.
🏢 Hududiy shtablar: Barcha hududiy boshqarmalarda soat 09:00 dan 18:00 gacha mutaxassislar hujjat topshirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
⏳ Imtihonlar qachon?
Kirish imtihonlari joriy yilning iyun-iyul oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📌 Farzandining kelajagini harbiylik va vatanparvarlik bilan bog‘lamoqchi bo‘lgan tanishlaringizga ushbu xabarni yuboring!
👉 Obuna bo‘ling -
#JasoratMaktabi #Qabul2026 #HarbiyTalim #Vatanparvarlik #BBA
8,920
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
10 de mai. de 2026, 21:09
📷 Photo
📌 O‘zbekistonda nodavlat maktablar soni 21 foizga oshdi: Statistika bilan tanishing
Batafsil: https://regimtihon.uz/post/ozbekistonda-nodavlat-maktablar-soni-21-foizga-oshdi-statistika-bilan-tanishing http://Regimtihon.uz/
👉 Obuna bo‘ling -
8,280
18
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
10 de mai. de 2026, 21:09
📷 Photo
⚡️ Ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul boshlanmoqda
Batafsil: https://regimtihon.uz/post/ixtisoslashtirilgan-va-ijod-maktablariga-20262027-oquv-yili-uchun-qabul-boshlanmoqda
👉 Obuna bo‘ling -
8,780
12
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
10 de mai. de 2026, 21:09
⚡️ Akademik litsey o‘quvchilari uchun ajoyib yangilik: Imtihonlardan ozod bo‘lish imkoniyati!
Akademik litseylarda yakuniy davlat imtihonlarini topshirish va baholash tizimida o‘quvchilar uchun qator qulayliklar joriy etildi.
✅ Sertifikatingiz bormi? Imtihon shart emas!
Endilikda tegishli fan bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega o‘quvchilar davlat imtihonidan ozod etiladi. Ularga ushbu fandan avtomatik ravishda maksimal ball yoziladi.
⚖️ Bahodan norozimisiz? Apellyatsiya tartibi osonlashdi:
Endi o‘quvchilar o‘z haq-huquqlarini quyidagicha himoya qilishlari mumkin:
Muddati: Imtihon natijasi chiqqandan so‘ng 3 ish kuni ichida ariza berish mumkin.
Adolatli ko‘rik: Shikoyatni 5 nafar mutaxassisdan iborat maxsus komissiya ko‘rib chiqadi.
Xavfsizlik: Apellyatsiya jarayonida ball pasaytirilmaydi.
Ochiqlik: Jarayonda o‘quvchining o‘zi yoki ota-onasi bevosita qatnashishi mumkin.
🎓 Shahodatnoma olishning qo‘shimcha imkoniyati:
Agar o‘quvchi yakuniy attestatsiyadan 3 yil davomida o‘ta olmasa, unga eksternat tartibida imtihon topshirish huquqi beriladi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlarga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.
Ushbu o‘zgarishlar ta’limda adolatni ta’minlash va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
👉 Obuna bo‘ling -
8,100
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
10 de mai. de 2026, 21:09
🎓 Diplomni tan olish (Nostrifikatsiya) bo‘yicha test sinovlari sanasi aniq bo‘ldi!
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish uchun navbatdagi test sinovlari 2026-yil 8-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar diqqatiga:
Ro‘yxatni tekshiring: Test topshiruvchilar ro‘yxati, fanlar va imtihon manzili bilan maxsus PDF fayl orqali tanishishingiz mumkin.
Qidiruv: Ro‘yxatdan o‘z ismingizni http://my.gov.uz/ yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan ariza raqami yordamida topasiz.
Kerakli hujjat: Imtihonga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishingiz shart.
📍 Manzil va vaqt:
Test sinovlari o‘tkaziladigan hududlar va imtihon boshlanish vaqtlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
🔄 Ma’lumotlarni o‘zgartirish zarurmi?
Agar biron sababga ko‘ra test topshirish hududi yoki tilini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Bunda ariza raqami va F. I. Shni ko‘rsatishni unutmang.
📌 Xorijda o‘qigan do‘stlaringizni ham xabardor qilib qo‘ying!
👉 Obuna bo‘ling -
#Nostrifikatsiya2026 #DiplomTanOlish #Imtihon #BBA #TalimYangiliklari
8,850
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
10 de mai. de 2026, 21:09
📄 086-tibbiy ma’lumotnomani endi uydan turib yuklab olish mumkin!
Navbatlar va ortiqcha ovvoragarchilikka chek qo‘yildi. Endilikda 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma raqamlashtirildi va uni http://my.gov.uz/ portali orqali onlayn olish imkoniyati yaratildi.
Kimlar foydalanishi mumkin?
🎓 Abituriyentlar (OTM, litsey va kollejlarga hujjat topshiruvchilar);
💼 Ishga kiruvchilar;
🏆 Sportchilar;
⚖️ Sudyalik lavozimiga nomzodlar;
🏠 “Muruvvat” va “Sahovat” uylariga yo‘llanma oluvchilar.
Qanday tartibda olinadi?
1️⃣ Avvalgidek, tibbiyot muassasasida shifokor ko‘rigidan o‘tasiz.
2️⃣ Shifokor xulosalari elektron bazaga kiritilgach, ma’lumotnoma portalda avtomatik shakllanadi.
3️⃣ http://my.gov.uz/ saytining “Sog‘liqni saqlash” bo‘limiga kirib, tayyor hujjatni yuklab olasiz.
Asosiy qulayliklar:
✅ Xizmat mutlaqo bepul.
✅ Hech qanday qo‘shimcha hujjat talab etilmaydi.
✅ Tibbiyot muassasasiga qayta borish va navbatda turish shart emas.
📌 Yaqinlaringizga ham ulashing, bu ma’lumot ayniqsa abituriyentlar va ish izlayotganlar uchun juda asqotadi!
👉 Obuna bo‘ling -
#Raqamlashtirish #MyGovUz #086Malumotnoma #Qulaylik #Abituriyent2026
8,050
30
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
10 de mai. de 2026, 21:09
❓ QABULGA OZ QOLDI: ABITURIYENTLAR UCHUN KERAKLI HUJJATLAR RO‘YXATI
2026-2027-o‘quv yili uchun OTMlarga hujjat topshirish jarayoni boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi. Tayyorgarlikni hozirdan ko‘ring!
📋 Ro‘yxatdan o‘tish uchun nimalar kerak bo‘ladi?
1️⃣ Pasport yoki ID-karta — shaxsni tasdiqlash uchun (metrika bilan hujjat topshirib bo'lmaydi).
2️⃣ O‘rta ta’lim hujjati — maktab attestati, litsey yoki kollej diplomi.
❗ Eslatma: Joriy bitiruvchilar haqidagi ma'lumotlar bazada mavjud bo'ladi. Avvalgi yillarda tugatganlar esa diplom seriyasi va raqamini kiritadilar.
3️⃣ Imtiyoz hujjatlari — agar sizda imtiyoz beruvchi sertifikat (milliy yoki xalqaro), mukofot yoki tavsiyanomalar bo‘lsa.
📲 Qayerda va qachon topshiriladi?
Hujjatlar to‘liq onlayn shaklda qabul qilinadi. Hech qayerga borish shart emas!
⏳ Muddat: 5-iyun sanasidan boshlab http://my.uzbmb.uz/ platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi.
💡 Muhim maslahat:
Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqamingiz o‘z nomingizda ekanligini va faol holatdaligini tekshirib oling. Shuningdek, imtiyoz sertifikatlaringiz bazada ko‘rinayotganiga ishonch hosil qiling.
🚀 Kelajakdagi talabalarga va abituriyent tanishlaringizga yuborib qo‘ying!
#Qabul2026 #Abituriyent #OliyTalim #Imtihon #Hujjatlar
👉 Obuna bo‘ling -
7,760
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
10 de mai. de 2026, 21:09
⚡️ TALABALAR O‘QISHINI KO‘CHIRISH TARTIBIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITILISHI KUTILMOQDA
Joriy yilda talabalar o‘qishini ko‘chirish (perevod) jarayonlariga oid ayrim istisnolar ko‘rib chiqilayotganligi yuzasidan ma’lumotlar berilmoqda.
📌 Rejalashtirilayotgan asosiy takliflar:
🔹 Xotin-qizlar uchun: Abituriyent sifatida 5 ta OTMni tanlash natijasida o‘z hududidan uzoqdagi (boshqa viloyatdagi) oliygohga o‘qishga kirgan talaba-qizlarga, istisno tariqasida, o‘qishini o‘z yashash hududidagi OTMga ko‘chirishga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda.
🔹 Yigitlar uchun: Mazkur imkoniyatni erkak jinsidagi talabalar uchun ham joriy etish masalasi ayni vaqtda mas’ul idoralar tomonidan taklif sifatida o‘rganilmoqda.
⚠️ Eslatma: Ushbu tartib hozirda loyixa va taklif bosqichida bo‘lib, rasmiy tasdiqlanganidan so‘ng to‘liq tartib va mezonlar e’lon qilinishi kutilmoqda.
📌 Mazkur yangilikdan manfaatdor yaqinlaringizga yuboring va rasmiy ma’lumotlarni kuzatib boring.
👉 Obuna bo‘ling -
7,370
20
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
10 de mai. de 2026, 21:09
⚡️ May oyida o‘tkaziladigan chet tili imtihonining sanalari va ruxsatnomalari e'lon qilindi
May oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari uchun ruxsatnomalar shakllantirildi.
📅 Imtihon grafiklari bilan tanishing:
✍️ Yozma qism: 16-17, 23-24 va 30-31-may kunlari (shanba va yakshanba).
🗣 Gapirish (Speaking) bosqichi: 5-maydan 12-iyungacha (ish kunlari).
📥 Ruxsatnomani qayerdan olamiz?
Talabgorlar http://my.gov.uz/ portalidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
📍 Ruxsatnomada nimalar ko‘rsatilgan?
Imtihon o‘tkaziladigan aniq sana va vaqt;
Imtihon manzili.
⚠️ Muhim eslatmalar:
1️⃣ Imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmasdan yetib boring.
2️⃣ O‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) olib olishni unutmang.
3️⃣ Imtihon o‘tkaziladigan binolarning geolokatsiyasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
🚀Chet tili imtihoniga tayyorgarlik ko‘rayotgan do‘stlaringizga ham yuboring! Barchaga omad!
👉 Obuna bo‘ling -
8,440
24
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
10 de mai. de 2026, 21:09
🏠 TALABALAR DIQQATIGA: IJARA KOMPENSATSIYASI UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI!
Bugun, 1-maydan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bo‘limida tahsil olayotgan talabalar ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish (kompensatsiya) uchun ariza topshirishlari mumkin.
⏳ Muddat: Arizalar har oyning 1-sanasidan 7-sanasiga qadar qabul qilinadi.
💰 Kompensatsiya miqdori:
📍 Toshkent shahrida — 412 000 so‘m (BHMning 1 baravari);
📍 Viloyatlarda — 206 000 so‘m (BHMning 0,5 baravari).
✅ Asosiy talablar:
Faqat kunduzgi ta’lim shakli (sirtqi, kechki va masofaviyga berilmaydi);
Faqat davlat OTM talabalari uchun;
Ijara shartnomasi http://ijara.soliq.uz/ saytida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart;
Yotoqxonada joy bo‘lmasligi kerak;
Doimiy ro‘yxatda turgan hududidan boshqa joyda ijarada turishi lozim.
📲 Qanday murojaat qilinadi?
Hech qanday ortiqcha hujjatlarsiz, http://my.gov.uz/ portali orqali "Davlat OTM talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish" xizmatini tanlaysiz. Ma’lumotlar avtomatik tekshiriladi.
⚠️ Muhim eslatma:
Agar ariza oyning 7-sanasidan keyin yuborilsa, u keyingi oy uchun ko‘rib chiqiladi. Shuning uchun hozir ayni vaqti!
📌 Kursdoshlarga va ijarada turadigan do'stlaringizga ulashing!
👉 Obuna bo‘ling -
#Talaba #Ijarakompensatsiya #MyGovUz #Eslatma
7,040
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
28 de abr. de 2026, 07:59
❗️Nodavlat o‘quv markazlarining eng yaxshi o‘qituvchilari xorijda stajirovka o‘taydi
Prezidentning PF–66-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi doirasida xususiy ta’limni qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda.
✈️ Pedagoglar malakasini oshirish:
Nodavlat o‘quv markazlarining yuqori natija ko‘rsatayotgan o‘qituvchilari malaka oshirish va tajriba almashish uchun xorijiy ilg‘or ta’lim markazlariga yuboriladi. Muddat: 2026-yil 1-iyulgacha.
💰 Moliyaviy ko‘mak va kengayish:
Olis va chekka hududlarda xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga o‘z ishini kengaytirish uchun BHMning 730 baravarigacha miqdorda foizsiz qarz (ssuda) ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
✅ Strategik maqsad:
Ushbu choralar orqali xususiy sektorda ta’lim sifatini oshirish hamda hududlardagi yoshlarga xalqaro andozalar darajasida bilim berish ko‘zda tutilgan.
👉 Obuna bo‘ling -
#Rasmiy #Islohot #Talim #Strategiya2030 #NodavlatTalim
4,160
4
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
28 de abr. de 2026, 07:59
📷 Photo
📌 Chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga qabulda sertifikat talabi bormi?
Batafsil: https://regimtihon.uz/post/chet-tili-1-fan-bolgan-yonalishlarga-qabulda-sertifikat-talabi-bormi
👉 Obuna bo‘ling -
4,190
11
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
28 de abr. de 2026, 07:59
📷 Photo
⚡️ Ayrim maktab bitiruvchilariga bolalar musiqa va san’at maktablarida oʻqituvchilik qilish huquqi beriladi
Batafsil: https://regimtihon.uz/post/ayrim-maktab-bitiruvchilariga-bolalar-musiqa-va-sanat-maktablarida-oqituvchilik-qilish-huquqi-beriladi
👉 Obuna bo‘ling -
4,140
15
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
28 de abr. de 2026, 07:59
⚡️ Yoshlar uchun 32 ta yangi imtiyoz va imkoniyat: Prezident Farmoni mazmuni
Prezident tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid tarixiy hujjatlar qabul qilindi. Eng muhim tashabbuslarni guruhlangan holda taqdim etamiz:
📈 Tadbirkorlik va Moliyaviy ko‘mak
Xalqaro ta’lim: 20 ming yosh Garvard va Stenford kabi nufuzli maktablar dasturi asosida o‘qitiladi.
Imtiyozli ssudalar: 1 000 tadbirkorga 500 mln so‘mgacha, til markazi ochganlarga 300 mln so‘mgacha foizsiz mablag‘ beriladi.
Kitob savdosi: Oyiga 10 mingdan ortiq kitob sotganlarga 1 mlrd so‘mgacha ssuda ajratiladi.
🎓 Ta’lim va Til o‘rganish
C1 sertifikati borlarga: Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish 50% arzonlashadi.
B2 sertifikati borlarga: Xorijga chiqish pasporti ("Zagran") boji 50% ga kamaytiriladi.
Soliq imtiyozi: Chekka hududdagi xususiy markazlar uchun ijtimoiy va daromad solig‘i 1% etib belgilandi.
🏠 Ijtimoiy himoya va Uy-joy
Ipoteka: Har yili 10 mingta yosh oila imtiyozli uy-joy bilan ta’minlanadi.
Sertifikat xarajatlari: Zamonaviy kasblarni o‘qib, sertifikat olganlarning xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.
Psixologik ko‘mak: Yoshlar uchun 24/7 rejimida ishlovchi bepul koll-markazlar tashkil etiladi.
💼 Karyera va Stajirovka
Pullik amaliyot: Ijtimoiy faol yoshlar davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘taydi.
Lavozimda ko‘tarilish: Davlat organlarida 3 yillik stajga ega yoshlarning martaba pog‘onasidan ko‘tarilish ulushi 30% ga oshadi.
Volontyorlik: Loyihalar uchun 100 mln so‘mgacha grantlar beriladi.
🎭 Madaniyat va Sport
Sayilgohlar: Har bir hududda turizm, gastronomik va kitobxonlik "Yoshlar ko'chalari" tashkil etiladi.
Mukofotlar: Eng yaxshi ijodkorlar uchun "Ilg‘or ijodkor" Prezident mukofoti joriy etiladi.
Kibersport: 50 ming yoshni qamrab oluvchi milliy musobaqalar o‘tkaziladi.
📢 Bu hali hammasi emas! To‘liq ro‘yxat va batafsil ma’lumot:
👉 http://president.uz/oz/lists/view/9120
📌 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang, xabarni sertifikat olmoqchi bo‘lgan va tadbirkor do‘stlaringizga ulashing!
👉 Obuna bo‘ling -
#YoshlarSiyosati #PrezidentFarmoni #Imtiyozlar2026
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
28 de abr. de 2026, 07:59
🎓 TALABALAR UCHUN IMTIYOZLI TA’LIM KREDITI: BILISHINGIZ KERAK BO‘LGAN 10 TA MUHIM FAKT
O‘qish pulini to‘lashda qiynalyapsizmi? Davlat tomonidan berilayotgan imtiyozli ta’lim krediti haqida eng so‘nggi va muhim qoidalarni eslatib o‘tamiz:
🔹 1. Xotin-qizlar uchun 0%: Ayol-qizlarga kredit foizsiz beriladi. Yigitlar uchun esa Markaziy bankning asosiy stavkasida (14%) ajratiladi.
🔹 2. Barcha OTMlar uchun: Kreditni ham davlat, ham nodavlat (xususiy) OTM talabalari olishi mumkin.
🔹 3. Faqat kunduzgi ta’lim: Joriy yildan boshlab kredit faqat kunduzgi (o‘rtacha) shaklda o‘qiydiganlarga beriladi.
🔹 4. Baholar muhim: 2-kurs va undan yuqori talabalarning o‘zlashtirishi “3” dan past bo‘lsa, kontraktning faqat 80% qismigacha kredit berilishi mumkin.
🔹 5. Foizlar ko‘tarilmaydi: Agar Markaziy bank stavkasi tushsa — kredit foizi ham tushadi. Agar stavka ko‘tarilsa — sizning foizingiz o‘zgarmasdan (pastligicha) qoladi.
🔹 6. Har yili olish imkoni: Kreditni bir marta emas, har o‘quv yili uchun qaytadan rasmiylashtirish mumkin.
🔹 7. "Superkontrakt"ga yo‘q: Afsuski, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) asosida kirganlarga bu imtiyoz berilmaydi.
🔹 8. Uzoq muddatli to‘lov: Kredit o‘qish tugagach, 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 1-kurs talabasi uchun umumiy muddat deyarli 12 yilgacha cho‘zilishi mumkin.
🔹 9. Garovsiz kredit: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oila farzandlaridan garov va kafillik talab etilmaydi.
🔹 10. Onlayn ariza: Hujjatlarni uydan chiqmasdan http://talim-krediti.mf.uz/ yoki http://my.gov.uz/ portali orqali topshirishingiz mumkin.
📢 Talaba do‘stlaringizga ham ulashing!
📌 Ma’lumot o‘z vaqtida yetib borsa, kimningdir o‘qishini davom ettirishiga sababchi bo‘lishingiz mumkin.
👉 Obuna bo‘ling -
#TalimKrediti #Talabalar #OTM #Imtiyoz #OliyTalim
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
28 de abr. de 2026, 07:59
⚡️ Milliy sertifikat imtihonlari: Ruxsatnomalar e’lon qilindi!
Ona tili va adabiyot (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etuvchi talabgorlar diqqatiga!
📅 Imtihon sanalari:
Aprel: 25, 26, 27-kunlari.
May: 2, 3, 4, 11, 12, 13 va 25-kunlari.
📥 Ruxsatnomani qayerdan olamiz?
Talabgorlar o‘z ruxsatnomalarini http://my.gov.uz/ portali orqali, “Mening arizalarim” bo‘limidan yuklab olishlari mumkin.
⚠️ MUHIM VAQT VA TARTIB:
⏰ Binoga kirish vaqti:
1-smena: 07:00 dan 08:15 ga qadar.
2-smena: 13:00 dan 14:15 ga qadar.
🚫 Kechikmang! Belgilangan vaqtdan (08:15 va 14:15) keyin kelgan talabgorlar testga qo‘yilmaydi va ular uchun qayta imtihon tashkil etilmaydi.
🆔 Kerakli hujjat:
Imtihonga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.
📝 Natijalar qachon chiqadi?
Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, natijalar barcha imtihonlar yakunlangach, 21 ish kunida, ya’ni 23-iyun kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
📍 Imtihon topshiruvchi do‘stlaringizga yuboring va ruxsatnomani ertaroq yuklab olishlarini eslatib qo‘ying!
👉 Obuna bo‘ling -
4,220
19
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
28 de abr. de 2026, 07:59
⚡️ Sertifikati bor o‘quvchilar yakuniy imtihonlardan ozod qilinadi!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 15-apreldagi 138-sonli buyrug‘i bilan o‘quvchilarga imtiyoz berishning yangi tartibi tasdiqlandi.
Asosiy yangiliklar:
✅ Imtihonsiz maksimal ball: Ro‘yxatda keltirilgan milliy va xalqaro sertifikatlarga (minimal darajadan yuqori) ega bo‘lgan o‘quvchilar tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat imtihonlarini topshirishdan ozod etiladi.
✅ Raqamlashtirilgan tizim: Sertifikatlarni yuklash, ularning haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlash jarayonlari http://erp.maktab.uz/ elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
✅ Maktabdagi jarayon: Maktabda mas’ul xodim sertifikati bor o‘quvchilar ro‘yxatini shakllantiradi.
Buning uchun sertifikatning elektron nusxasi olinadi, asl nusxasi esa egasining o‘zida qoladi.
📢 Eslatma: Agarda sizda xorijiy tillar yoki umumta’lim fanlari bo‘yicha tan olingan sertifikat bo‘lsa, maktabingiz ma’muriyatiga murojaat qilishni unutmang!
📍 Yaqinlaringiz va sertifikati bor do'stlaringizga ham ulashing!
👉 Obuna bo‘ling -
4,200
17
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
28 de abr. de 2026, 07:59
📷 Photo
⚡️ Ijtimoiy faol yoshlarga davlat tashkilotlarida amaliyot oʻtagani uchun haq toʻlash tizimi joriy etilishi mumkin
Batafsil: https://regimtihon.uz/post/ijtimoiy-faol-yoshlarga-davlat-tashkilotlarida-amaliyot-otagani-uchun-haq-tolash-tizimi-joriy-etilishi-mumkin
👉 Obuna bo‘ling -
4,080
12
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
28 de abr. de 2026, 07:59
📷 Photo
🎓 Milliy sertifikat imtihonlarida yuqori natijaga erishish: Abituriyentlar uchun qo‘llanma
So‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirishda Milliy sertifikat tizimi eng muhim omillardan biriga aylandi. A+ yoki yuqori darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritish sizga mutaxassislik fanidan maksimal ballni kafolatlaydi. Xo‘sh, tayyorgarlikni qanday tashkil qilish kerak?
Batafsil: https://regimtihon.uz/post/milliy-sertifikat-imtihonlarida-yuqori-natijaga-erishish-abituriyentlar-uchun-qollanma
👉 Obuna bo‘ling -
4,430
9
RegImtihon.uz | rasmiy kanal
28 de abr. de 2026, 07:59
📊 O‘zbekistonlik talabalar qaysi sohalarni tanlamoqda?
So‘nggi uch yillik statistika shuni ko‘rsatadiki, oliy ta’limda talabalar soni 1,62 million nafarga yetgan. Bu — talabgorlar soni 21,8% ga oshganidan dalolat beradi.
Lekin yo‘nalishlar o‘rtasidagi farq katta. Qaysi soha yetakchi?
📈 O‘sish qayd etilgan yo‘nalishlar:
Ijtimoiy-gumanitar fanlar: Eng ommabop soha! Ulushi 59 foizdan 63 foizgacha ko‘tarildi.
Tibbiyot: Bu sohaga ham qiziqish ortib bormoqda, ulushi 7 foizdan 9 foizgacha yetdi.
📉 Pasayish kuzatilgan yo‘nalishlar:
Amaliy (texnik) fanlar: Afsuski, texnika va muhandislik yo‘nalishlariga qiziqish biroz pasaygan — 31 foizdan 25 foizga tushgan.
⚪️ O‘zgarishsiz qolganlar:
San’at va sport: Barqaror 3 foiz ko‘rsatkichni saqlab qolmoqda.
💡 Xulosa: Oliy ta'limda "gumanitarlar" soni keskin ortib borayotgan bir paytda, mehnat bozorida yuqori talabga ega bo'lgan texnik mutaxassislar kamaymoqda.
👉 Obuna bo‘ling -