Nenhuma avaliação ainda. Seja o primeiro a compartilhar sua experiência!
Últimos Posts
Ishtixon tuman hokimligi
14 de mai. de 2026, 10:44
📷 Photo
“INFOTEACH – 2026” doirasida Samarqandda 450 ga yaqin informatika fani oʻqituvchilarining bilim va malakalari oshirildi
🗣Samarqand shahrida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun “INFOTEACH – 2026” respublika forumi tashkil etildi.
⬇️Forumda tajribali mentorlar tomonidan:
➡️ Informatika darslarida zamonaviy raqamli platformalardan foydalanish;
➡️ Zamonaviy dasturlash muhitlari va Python asoslari;
➡️ Kiberxavfsizlik va raqamli mas’uliyat;
➡️ Loyiha asosida o‘qitish (PBL) metodikasi kabi mavzularda amaliy treninglar boʻlib oʻtdi.
⚜️Qolaversa, forum davomida tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi.
📑Maʼlumot uchun, “INFOTEACH – 2026” respublika forumi hozirgacha https://t.me/digitaledu_uz,https://t.me/digitaledu_uz,https://t.me/digitaledu_uz,https://t.me/digitaledu_uz,https://t.me/digitaledu_uz,https://t.me/digitaledu_uz viloyatlarida tashkil etildi.
⚡️Forum 2026-yil davomida respublikaning barcha hududlarida boʻlib oʻtadi. Keyingi manzil Qashqadaryo viloyati. Ishtirok etish uchun https://forms.gle/e3Vo6j19AfVyyv7AA.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ | | https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qr | http://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
713
2
0
Ishtixon tuman hokimligi
14 de mai. de 2026, 10:44
🎥 Video
Ishtixon tumanida g‘alla yig‘im-terimiga puxta tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Ishtixon tumanida joriy yilgi g‘alla yig‘im-terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, hosilni nes-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda yig‘ib olish hamda mavsumni samarali o‘tkazish maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat va tuman hokimligi mas’ullari, qishloq xo‘jaligi sohasi rahbarlari, fermer xo‘jaliklari vakillari, mexanizatorlar hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida g‘alla o‘rim-yig‘im jarayonini tizimli tashkil etish, texnikalar shayligini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda hosilni talafotlarsiz yig‘ib olish yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
Amaliy seminarda g‘alla o‘rish kombaynlari va yordamchi texnikalarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, ularning mavsumga to‘liq tayyorligi yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, yonilg‘i-moylash materiallari zaxirasini yaratish, ehtiyot qismlar bilan uzluksiz ta’minlash hamda mexanizatorlar uchun munosib mehnat sharoitlarini tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida mutasaddilarga g‘alla hosilini sifatli va qisqa muddatlarda yig‘ib olish, mehnat unumdorligini oshirish hamda mavsumni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ | | https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qr | http://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
Ishtixon tuman hokimligi
14 de mai. de 2026, 10:44
📷 Photo
Bugun, 14 - may kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:
☀️ +29°...+17°, Ochiq havo
Hozir: ☁️ +17°, ↖️ 2.9 m/s
Tong: ☁️ +21°
Kun: ☀️ +28°
Oqshom: ☁️ +25°
Namlik: 28%
Shamol: Shimoli-sharqiy, 5.6 m/s
Bosim: 757 mm sim. ust.
Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 05:19
Quyosh botishi: 19:37
Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ | | https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qr | http://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
1,290
Ishtixon tuman hokimligi
14 de mai. de 2026, 10:44
📷 Photo
Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Husan Toʻxtayev Ishtixon tumanida boʻlib, tuman shtabida ogʻir toifadagi (ishsiz) yoshlarning bandligini taʼminlash, otaliqqa olingan hamda muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarni ish bilan taʼminlash masalalari yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Muhokamalar davomida yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning muammolarini manzilli oʻrganish hamda doimiy daromad manbaini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha koʻrib chiqildi.
Shuningdek, hududlarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda bandlik koʻrsatkichlarini oshirish yuzasidan mutasaddilar oldiga aniq vazifalar qoʻyildi.
Muhokama yakunida masʼullarga mavjud muammolarni tizimli hal etish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda bandlikni taʼminlash borasida tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ | | https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qr | http://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
Ishtixon tuman hokimligi
4 de abr. de 2026, 06:44
📷 Photo
Samarqand delegatsiyasi Malayziyada: investitsiya va turizm yo‘nalishida yangi imkoniyatlar
Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziyadagi tashrifi doirasida qator muhim uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilmoqda. Ushbu muloqotlar turizm va madaniy aloqalarni yanada kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Xususan, turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan “BUMITRA”, “PAPUH”, “SAFTTA”, “BARAKAH UMHAJ”, “WITEX”, “KURMA” va “MATA” turizm assotsiatsiyalari vakillari bilan samarali uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralarda o‘zaro tajriba almashish, sayyohlik xizmatlari sifatini oshirish hamda Samarqandga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish masalalari atroflicha https://www.facebook.com/share/p/18X5aQgjyo/
***
Делегация Самарканда в Малайзии: новые возможности в сфере инвестиций и туризма
В рамках визита делегации во главе с хокимом Самаркандской области Адизом Бобоевым в Малайзию проводится ряд важных встреч и переговоров. Данный диалог имеет ключевое значение для дальнейшего расширения туристических и культурных связей.
В частности, организованы плодотворные встречи с представителями ведущих туристических ассоциаций, таких как BUMITRA, PAPUH, SAFTTA, BARAKAH UMHAJ, WITEX, KURMA и MATA. В ходе переговоров подробно обсуждались вопросы обмена опытом, повышения качества туристических услуг и увеличения потока иностранных https://www.facebook.com/share/p/18X5aQgjyo/
https://samarkand.uz/ | https://t.me/samviloyatihokimligi|https://www.facebook.com/share/1A43q8EsjB/ | https://instagram.com/adizboboyev72|https://youtube.com/@samarqandviloyatihokimligi?si=26CtRM8tHuIxWMY3
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
❓Чет элдаги пенсионерга ишончнома билан пенсия тўланиши тартиби қандай?
Қонунчиликка мувофиқ расмийлаштирилган ишончнома билан https://t.me/PensionFundRUz
Бу қандай амалга оширилади?
🔢 Дастлаб, фуқаро чет элда бўлган вақтда ишончнома расмийлаштиради ҳамда ваколатли давлат органи томонидан https://telegra.ph/Apostil-nima-02-05 қўйдиради.
🛬 Мазкур жараённи пенсионер чет элга кетган кундан бошлаб 3 ой ичида амалга ошириши тавсия этилади. Акс ҳолда пенсия 3 ойдан кейин вақтинча тўхтатиб турилиши мумкин.
ЭСЛАТМА: "Фуқаролик, оилавий ва жиноят ишлари бўйича ҳуқуқий ёрдам ва ҳуқуқий муносабатлар тўғрисида"ги https://lex.uz/docs/2741647 иштирокчи https://telegra.ph/Mustaқil-Davlatlar-Ҳamdўstligi-MDҲga-azo-davlatlar-02-05 https://telegra.ph/Mustaқil-Davlatlar-Ҳamdўstligi-MDҲga-azo-davlatlar-02-05 юритаётган Ўзбекистон фуқаролари ишончномага апостиль қўйдиришлари талаб этилмайди.
❓Нима учун 3 ойлик муддат қўйилган?
⏺ Сабаби, қонунга кўра, вафот этган шахсларга пенсия тўланмайди. Амалиётда гарчи пенсионер вафот этган бўлсада, унинг яқин қариндошлари томонидан пенсия олиб юриш давом этган ҳолатлари мавжуд. Шунинг учун, бюджет маблағларини тўғри сарфлаш мақсадида 3 ойлик муддат киритилган.
🔢 Пенсионер ишончноманинг асл нусхасини ишончли вакилга топширади. Ишонч билдирилган шахс ишончномани пенсионер пенсия олаётган банкка тақдим қилади. Қонунчилик талабларига асосан ишончномани олган банкнинг тегишли бўлими томонидан ишончнома нусхаси Пенсия жамғармасининг туман (шаҳар) бўлимига юборилади. Мазкур ишончнома билан ишончли вакил пенсияни олишни давом эттириши мумкин.
Бунда яна шуни таъкидлаб ўтиш керакки, ишончнома берган шахс (пенсионер) Пенсия жамғармаси бўлимига 1 йилда камида 1 марта келиб тайинланган пенсияга бўлган ўз ҳуқуқини тасдиқлаши керак бўлади.
❓Пенсионернинг пенсияси тўхтатиб турилган тақдирда ёки пенсионер Ўзбекистонга келиш имконияти бўлмаса нима қилиш лозим?
🔢 Ўзбекистонга келиш имкониятига эга бўлмаган ҳолатларда пенсионер Ўзбекистон Республикасининг чет элдаги дипломатик ваколатхонаси ёки консуллик муассасасига мурожаат этиши мумкин ва хорижий давлат ҳудудида доимий яшаш ҳолати мавжуд эмаслигини, шунингдек, пенсия ёки ижтимоий нафақа олмаслигини тасдиқловчи маълумотномани олиши лозим.
Олинган мазкур маълумотнома ишончномага илова қилинган ҳолда ишончли вакил томонидан Пенсия жамғармасининг туман (шаҳар) бўлимига тақдим қилиниши керак. Шундан сўнг, тўхтатиб турилган пенсия қайта тикланади.
🔢 Ишончнома билан пенсия олмоқчи бўлмаган пенсионерлар Ўзбекистонга қайтгандан сўнг ҳам олинмай қолган ойлардаги пенсияларини белгиланган тартибда олиш https://t.me/PensionFundRUz Бунда фуқарога мурожаат этганидан олдинги 2 йил давр учун пенсия тўланади.
❓Нима учун 2 йиллик давр ўрнатилган?
🔵Сабаби, аввалги тартиб бўйича 1 йиллик давр учунгина пенсия тўланган. Фуқароларга қўшимча қулайлик яратиш мақсадида мазкур муддат икки баробар узайтирилган.
🔵Бугунги кунда, Пенсия жамғармаси томонидан фуқаронинг пенсияга бўлган хуқуқини тасдиқлаш бўйича амалдаги тартибга қўшимча равишда масофадан индентификация қилиш тизимини амалиётга жорий қилиш юзасидан таклифлар ишлаб чиқилмоқда.
🔵Жумладан, фуқароларга қўшимча қулайлик яратиш мақсадида дастлабки босқичда Ягона интерактив давлат хизматлари портали ( http://my.gov.uz/) орқали, кейинчалик эса юзидан таниб олиш тизими (face ID) орқали хизматни кўрсатиш режалаштирилмоқда.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qrhttp://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan bo‘lib, bu kun yurtimizda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbus sifatida e’tirof etilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Ishtixon tumanida ham yoshlar hayotiga befarq bo‘lmagan holda, turli mazmunli tadbirlar tashkil etib kelinmoqda. Jumladan, bugun tumanda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Ishtixon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Bekzod Rustamov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning taklif, muammo va tashabbuslarini tingladi. Muloqot samimiy va ochiq ruhda o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oldilar.
Shuningdek, Ishtixon tumani Mitan sport majmuasida sportning futbol, qo‘l to‘pi hamda milliy kurash turlari bilan shug‘ullanayotgan yoshlar bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Unda sportchilar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning erishgan yutuqlari hamda mavjud kamchiliklar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Mitan hududida joylashgan 41-maktab faoliyati ham o‘rganilib, ta’lim muassasasida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘quvchi yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolariga yechim topish hamda ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qrhttp://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
Ishtixon tuman hokimligi
31 de mar. de 2026, 22:16
📷 Photo
#Tayinlov
Ishtixon tuman prokuraturasida kadrlar almashinuvi: munosib kuzatuv va yangi tayinlov
🇺🇿 Bugun Ishtixon tuman prokuraturasi jamoasida muhim voqea bo‘lib o‘tdi. Uzoq yillar davomida samarali faoliyat yuritib, tuman ahli hurmatiga sazovor bo‘lgan Uchqun Butunov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan samimiy ehtirom va minnatdorlik bilan kuzatildi.
U kishi o‘z faoliyati davomida qonun ustuvorligini ta’minlash, adolatni qaror toptirish yo‘lida fidokorona xizmat qilib, jamoa va keng jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga muvofiq, Ishtixon tuman prokurori lavozimiga Eshmurodov Akmal Xamidullayevich tayinlandi. Ushbu tayinlovga qadar u Samarqand viloyati prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida samarali mehnat qilib kelgan.
Yangi tayinlangan tuman prokurori o‘zining bilim va tajribasi, yuksak mas’uliyati hamda tashabbuskorligi bilan ushbu lavozimda ham munosib faoliyat yuritishiga ishonch bildirildi.
Uchqun Butunovga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz, Eshmurodov Akmal Xamidullayevichga esa yangi vazifasida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qrhttp://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣
❓ Апрель ойи пенсия пули қачон тўланади?
🗓 Пенсия жамғармаси томонидан банк пластик картада пенсия олувчи фуқароларга пенсия маблағлари 5 апрелгача, нақд пул шаклида олувчи фуқароларга эса 4-27 апрель санасига қадар тўлаб берилиши https://t.me/PensionFundRUz
_________
❓ Когда будет выплачена пенсия за апрель?
🗓 Пенсионным фондом планируется выплата пенсионных средств гражданам, получающим пенсию на банковские карты — до 5 апреля, а гражданам, получающим пенсию наличными — с 4 по 27 апреля.
#апрель #пенсия
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qrhttp://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
Bugun, 31 - mart kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:
☁️ +24°...+15°, Bulutli
Hozir: ☁️ +15°, ↖️ 2.3 m/s
Tong: ☁️ +18°
Kun: ☁️ +24°
Oqshom: ☁️ +22°
Namlik: 35%
Shamol: Janubiy-janubi-sharqiy, 3.4 m/s
Bosim: 758 mm sim. ust.
Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 06:18
Quyosh botishi: 18:54
Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qrhttp://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
2,370
Ishtixon tuman hokimligi
31 de mar. de 2026, 22:16
📷 Photo
Ishtixon tumanida o‘quv-seminar: kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari muhokamada
Samarqand viloyatining Payariq, Qo‘shrabot, Oqdaryo va Ishtixon tumanlari hokim yordamchilari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi boshqarma boshlig‘i Jahongir Yo‘ldashev boshchiligida o‘tkazilib, unda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Seminar davomida ishtirokchilarga sohadagi yangi yondashuvlar, amaliy ko‘nikmalar va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, hududlarda o‘quv-seminarlarni yuqori saviyada tashkil etish, zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda amaliy ishlar natijadorligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Tadbir yakunida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, mahallalardagi ishlarni yanada jadallashtirish hamda aholi bandligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qrhttp://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
Ishtixon tuman hokimligi
30 de mar. de 2026, 01:11
📷 Photo
🌸 “MEN KUCHLI AYOLMAN!”
Samarqand viloyati Ishtixon tumani nomidan tashkil etilgan tadbirda oddiy ayollar emas, balki kuchli, bardoshli va ilhom baxsh etuvchi ayollar haqida so‘z yuritildi.
💫 Hayot sinovlaridan cho‘chimagan,
💫 Qiyinchiliklarga taslim bo‘lmagan,
💫 O‘z orzularidan voz kechmagan ayollar —
tadbirimizning haqiqiy qahramonlari bo‘ldi.
“Men kuchli ayolman” — bu shunchaki shior emas.
Bu — ayolning o‘z ichki kuchini his etishi, o‘z qadrini anglashi va hayotga ishonch bilan dadil qadam tashlashidir.
📍 Tadbir davomida:
✨ Ilhomlantiruvchi chiqishlar,
✨ Hayotiy tajribalar almashinuvi,
✨ Motivatsion suhbatlar,
✨ Faol va iqtidorli ayollar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — har bir ayolga uning kuchi, salohiyati va o‘rni beqiyos ekanligini eslatishdir.
🌷 Aziz ayollar, unutmang:
Sizning kuchingiz — sizning mehringizda, sabringizda va ishonchingizda mujassam!
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qrhttp://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
🌱🌱🌱
Ishtixon tumanida Navro‘z shodiyonasi keng nishonlandi
Ishtixon tumanida azaliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda va xalqona tarzda nishonlandi. Bayram tadbirlari doirasida milliy an’analarimizga xos turli xil o‘yinlar, mazmunli konsert dasturlari hamda ommaviy xalq sayillari tashkil etildi.
🐎Ayniqsa, yurtdoshlarimizda katta qiziqish uyg‘otgan uloq-ko‘pkari musobaqalari bayramga alohida fayz bag‘ishladi. Chavandozlar o‘rtasidagi bellashuvlar tomoshabinlarga unutilmas zavq va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
🌱 Bayram davomida milliy urf-odat va qadriyatlarimiz namoyon bo‘lib, aholi o‘rtasida hamjihatlik va bag‘rikenglik muhiti yanada mustahkamlandi. Navro‘z shodiyonasi Ishtixon tumanida haqiqiy xalq bayramiga aylandi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qrhttp://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi
Ishtixon tumanida tanqidiy-taxliliy muhokama o‘tkazildi
Ishtixon tuman hokimligida hokimlik xodimlari hamda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tanqidiy-taxliliy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, shuningdek ijro intizomini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani inobatga olinib, mas’ullardan bu borada mas’uliyatni yanada oshirish, belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash talab etildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida sohalar kesimida mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.
Muhokama yakunida barcha mutasaddilarga faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, ish samaradorligini oshirish va aholi roziligini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
https://ishtixon.uz/ https://www.instagram.com/ishtixontumanhokimligi?igsh=amVtYzd3NmFjYWJ0&utm_source=qrhttp://www.fb.com/ishtixon.tumanhokimligi