Nenhuma avaliação ainda. Seja o primeiro a compartilhar sua experiência!
Últimos Posts
TerDMAU | Ma'naviyat
14 de mai. de 2026, 09:33
📷 Photo
⚽️ Sport — salomatlik va hamjihatlik garovi!
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti xodimlarining jismoniy faolligini oshirish maqsadida navbatdagi sport tadbiri tashkil etildi. Ushbu uchrashuv sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviy jipslikni ta’minlashga qaratilgan an’ananing uzviy davomi bo‘ldi.
Tadbir doirasida xodimlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi. Maydonda kechgan qizg‘in va murosasiz bahslar ishtirokchilarning nafaqat jismoniy tayyorgarligini, balki o‘zaro hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan kuchli shijoatlarini ham namoyish etdi.
Bu kabi muntazam sport musobaqalari xodimlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash bilan birga, universitet jamoasida do‘stona muhitni qaror toptirish va jamoaviy ruhni yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ https://t.me/TerDMAU 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
322
0
0
TerDMAU | Ma'naviyat
14 de mai. de 2026, 09:33
📷 Photo
🏃♂️🏃♀️ “TALABA – YUGUR” RESPUBLIKA FINAL BOSQICHI OLDIDAN! 🇺🇿🔥
Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasining 2026-yil 27-apreldagi 53-sonli xatiga asosan, “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasining Kuzgi mavsum Respublika final bosqichi 2026-yil 17-may kuni soat 08:00 da Toshkent shahridagi Yangi Oʻzbekiston bogʻi hududida bo‘lib o‘tadi. 🇺🇿✨
Mazkur sport bayramida yurtimizning turli hududlaridan kelgan faol va iqtidorli talaba-yoshlar sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik hamda sport madaniyatini keng targ‘ib etish yo‘lida birlashadilar. 💪🌱
🎯 Universitetning “Talaba – yugur” targ‘ibot jamoasi tomonidan musobaqaning final bosqichi jarayonlari, qiziqarli lavhalar va ishtirokchilarning natijalari muntazam yoritib boriladi.
📣 Siz ham ushbu sport targ‘ibotida faol ishtirok eting!
Sog‘lom hayot sari birgalikda qadam tashlaylik! 🏅🔥
✨ Sport — sog‘lik garovi,
✨ Harakat — muvaffaqiyat kaliti!
#TalabaYugur
⏩Biz bilan kuzatib boring!
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
14 de mai. de 2026, 09:33
📷 Photo
❗️ Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasidagi Intellektual haftalikning Surxondaryo viloyati bosqichi oʻtkaziladi!
📆 #Ertaga 13-may chorshanba kuni soat 14:00 da https://maps.app.goo.gl/HXk13sPUTzjoSoSp7 binosida Intellektual haftalikning hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda ariza topshirgan quyidagi OTM jamoalari ishtirok etadi:
✔️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
✔️ Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
✔️ Termiz davlat pedagogika instituti
✔️ Termiz davlat universiteti
✔️ Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
✔️ Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali
✅ Hududiy saralash bosqich oʻyini 3 ta turdan iborat “Zakovat” o‘yini bo‘yicha o‘tkaziladi va har bir turda 12 tadan (jami 36 ta) savol o‘ynaladi.
🏆 Ertangi bahsda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 2 ta OTM jamoasi turnirning respublika bosqichiga yo‘llanmani qoʻlga kiritadi.
📲 https://t.me/Surxondaryo_ZakovatNNT
TerDMAU | Ma'naviyat
14 de mai. de 2026, 09:33
📷 Photo
🎓 Eng yosh talaba
Ba’zan insonning iste’dodi https://t.me/joinchatyosh bilan emas, qiziqish va bilimga chanqoqlik bilan o‘lchanadi. Tarixda bunga yorqin misollardan biri – Viliyam Tomsondir.
☑️U atigi 10 yoshida, 1834-yilda https://t.me/joinchatGlazgo universitetiga imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib talaba bo‘lgan. Bu yoshda ko‘pchilik hali maktabning boshlang‘ich sinflarida bo‘ladi, ammo Tomson ilmga bo‘lgan kuchli qiziqishi bilan universitet darajasiga yetgan edi.
Keyinchalik u mashhur olimga aylanib, ilm-fan olamida Baron Kelvin nomi bilan tanildi. Uning ishlari fizika va ilmiy tadqiqotlar rivojiga katta hissa qo‘shdi.
📚 Bu hikoya yana bir haqiqatni eslatadi: Ilm uchun yosh chegarasi yo‘q. Muhimi – qiziqish, mehnat va intilish.
❓ Sizning eng yosh kursdoshingiz necha yoshda?
👀Bizni kuzating
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
14 de mai. de 2026, 09:33
🎥 Video
🚫 Giyohvandlik — kelajak kushandasi!
⚠️ Zararli illatlarga qarshi birgalikda kurashaylik!
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovi doirasida Agrobiologiya fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi. 🎬
🌱 Sog‘lom hayot — buyuk kelajak poydevori!
🚷 Giyohvandlikka aslo o‘rin yo‘q!
💚 Yoshlar sog‘lom bo‘lsa — jamiyat barqaror bo‘ladi!
🤝 Agrobiologiya fakulteti talabalari barchani sog‘lom turmush tarziga amal qilishga va zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chorlaydi.
#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz
#AgrobiologiyaFakulteti
#SoglomHayot
#KelajakBizniki
⏩Biz bilan kuzatib boring!
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
14 de mai. de 2026, 09:33
🎥 Video
❗5 yillik stajga ega xotin-qizlar uchun OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish boshlandi
📣 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi oliy ma’lumoti bo‘lmagan, biroq mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish stajiga ega xotin-qizlarga davlat OTMlariga kirish uchun tavsiyanoma berishni boshladi.
📑Nomzodlar uchun asosiy talablar:
♻️ o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi diplomiga ega bo‘lish;
♻️ mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish staji;
♻️ bakalavr darajasiga ega bo‘lmaslik (faqat birinchi oliy ma’lumot uchun).
💬 Tavsiyanoma asosida davlat OTMlariga alohida 500 ta kvota ajratiladi va to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
📆 Arizalar 1-iyunga qadar qabul qilinadi.
➡️ Tavsiyanoma 3 yil muddatga beriladi (faqat bir marta o‘qishga kirish uchun amal qiladi).
🔄 Eslatma, mazkur imtiyoz xorijiy, nodavlat va harbiy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
📨 Arizalar http://my.gov.uz/ platformasi orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda qoldirilishi mumkin.
‼️ Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar kirish uchun test sinovlarida ishtirok etishlari shart.
👥 Tavsiyanoma egalari umumiy tartibda emas, balki ular uchun ajratilgan alohida 500 ta kvota doirasida o‘zaro kurashadi.
#qabul2026 #tavsiyanoma
Bizni kuzating https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/|http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
TerDMAU | Ma'naviyat
14 de mai. de 2026, 09:33
📷 Photo
#sukut_saqlama
Zo‘ravonlikka duch keldingizmi yoki huquqlaringiz buzildimi? Sukut saqlamang!
Mamlakatimizda inson qadri ustuvor! Har bir fuqaroning huquq va manfaatlari, erkinligi kafolatli himoya qilinadi. Bu tamoyil oliy ta’lim tizimida ham ustuvor hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida talabalar yoki o‘qituvchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan zo‘ravonlik, tazyiq yoki adolatsizlik holatlarida to‘g‘ri yo‘l tutish muhim.
Eslatib o‘tamiz, bunday vaziyatlarda quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin:
📞 102 | 1259 – Ichki ishlar vazirligi;
📞 1146 – Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
🌐 Telegram: https://t.me/ihma107bot
Shuningdek, O‘zbekistonda gender zo‘ravonlikka qarshi nodavlat media loyihasiga ham murojaat qilishingiz mumkin:
👩🏻💼 Psixolog: https://t.me/nemolchibot, ⚖️ Yurist: https://t.me/nemolchilaw_bot.
Murojaatingiz e’tiborsiz qolmaydi. Sizga zarur yordam ko‘rsatiladi:
➖ holatingiz o‘rganiladi;
➖ zarurat bo‘lsa, himoya choralari ko‘riladi;
➖ huquqiy, psixologik va ijtimoiy yordam taqdim etiladi;
➖ xavfsiz muhitga joylashtirish imkoniyati yaratiladi.
❗️Unutmang, sizning huquqlaringiz himoyada. Har qanday muammoga yechim bor.
Sukut saqlamang – murojaat qiling!
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
TerDMAU | Ma'naviyat
14 de mai. de 2026, 09:33
🎥 Video
🚫 Giyohvandlik — umr zavoli!
🚷 Hayotingni zaharlovchi illatdan yiroq bo‘l!
“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” respublika ko‘rik-tanlovi doirasida talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan videorolik namoyish etildi. 🎬
⚠️ Bir lahzalik xato — butun umr pushaymon!
⚠️ Giyohvandlikka “YO‘Q” deymiz!
⚠️ Sog‘lom yoshlar — Yangi O‘zbekiston kelajagi!
💚 Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz!
💪 Biz zararli illatlarga qarshimiz!
#YoshlarGiyohvandlikkaQarshimiz
#StopDrug
#SoglomTurmushTarzi
#KelajakUchun
#BizTanlaymizSoglomHayotni
⏩Biz bilan kuzatib boring!
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
4 de abr. de 2026, 05:29
📷 Photo
TTJda yashovchi talabalar ishtirokida sportning futbol turi bo‘yicha “TTJ ligasi” musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur sport tadbiri talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jismoniy faolligini oshirish hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi. Musobaqa davomida jamoalar o‘zaro kuch sinashib, yuqori darajadagi sport mahorati va jamoaviy hamjihatlikni namoyish etdilar.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlanib, barcha ishtirokchilarga kelgusidagi faoliyatlarida omad tilandi.
👀Bizni kuzating
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
4 de abr. de 2026, 05:29
📷 Photo
📣“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”ga start berildi!
24–25–26-aprel kunlari “Sarbon” universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026” https://t.me/antikor_uzb.
Ushbu tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sarbon universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzmetkombinat AJ, IT Park hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Xakaton davomida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
☑️Yo‘nalishlar:
• davlat xaridlari, sog‘liqni saqlash, sport, qurilish, ta’lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
• korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
• ochiq ma’lumotlar asosida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa innovatsion yondashuvlar.
Xakatonda 18–35 yoshdagi turli soha vakillari 2 yoki 3 kishilik jamoalar shaklida ishtirok etishlari mumkin.
👆Xakaton qoidalari bilan batafsil https://docs.google.com/document/d/1W6imgRbfZf5Dk-NRD8pWw9XtaaWZDAfx8yFczbaHL2M/edit?usp=sharing tanishing.
📆Muhim sanalar:
• Tayyorlov vebinari: 10-aprel
• Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar https://forms.gle/SqywpvjRgywyWJR77 orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.
G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🧑💻Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — Uzinfocom kompaniyasining yosh dasturchilar jamoasi Coding4Integrity Osiyo xakatonida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda ham munosib qatnashgan.
👥Siz ham jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilishni istasangiz — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
TerDMAU | Ma'naviyat
4 de abr. de 2026, 05:29
📷 Photo
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Transport muhandisligi va logistika kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Muzrabot tuman 1-sonli texnikumida bitiruvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchilarga zamonaviy transport tizimlari, logistika sohasining bugungi kundagi ahamiyati hamda ushbu yo‘nalishlarda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, o‘quv jarayoni, amaliy mashg‘ulotlar hamda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi hamda kelajak kasbini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha muhim tavsiyalarga ega bo‘lishdi.
👀Bizni kuzating
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
4 de abr. de 2026, 05:29
📢 1-savol
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur qayerda tug‘ilgan?
📝 Javoblaringizni quyidagi havola orqali to‘liq tarzda kiriting:
❗️ Eslatma: Javob bilan birga F. I. Sh, fakultetingiz hamda ta’lim yo‘nalishingizni ham kiritishingiz shart.
Barchangizga omad tilaymiz!
858
11
0
TerDMAU | Ma'naviyat
4 de abr. de 2026, 05:29
🎥 Video
#13_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
https://t.me/siyosiy_marifat_soati
716
1
TerDMAU | Ma'naviyat
4 de abr. de 2026, 05:29
📢 2-savol
Amir Temur qaysi qabilaga mansub bo‘lgan?
📝 Javoblaringizni quyidagi havola orqali to‘liq tarzda kiriting:
❗️ Eslatma: Javob bilan birga F. I. Sh, fakultetingiz hamda ta’lim yo‘nalishingizni ham kiritishingiz shart.
Takroriy har kuni to'g'ri javoblarni yo'llagan ishtirokchilar oyning oxirida qimmatbaho va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Barchangizga omad tilaymiz!
741
10
0
TerDMAU | Ma'naviyat
4 de abr. de 2026, 05:29
📷 Photo
🚀 TDMAU — yoshlik, shijoat va intilishlar maskani!
Ertaga, 2-aprel kuni universitetimizda katta bayram — “Yoshlar kuni”! Sizni quyidagi unutilmas lahzalar va qiziqarli tadbirlar kutmoqda:
🎭 Milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari
🧠 “Zakovat” va “Quvnoqlar va zukkolar” — aql va kulgi bahsi
💡 “Yosh ixtirochilar” innovatsion g‘oyalari taqdimoti
🤝 “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi — kelajakni birga quramiz!
🏆 Sport musobaqalari (futbol, voleybol, stol tennisi)
🔥 “Marvarid” dam olish maskanida shijoatli “Yoshlar festivali”
🎶 Kun yakunida esa eng yorqin “Talabalar oqshomi” konsert dasturi!
Bayramning bosh qahramoni — SIZ! Keling, ishtirok eting va yoshlik energiyasini biz bilan baham ko‘ring!
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ https://t.me/TerDMAU 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TerDMAU | Ma'naviyat
4 de abr. de 2026, 05:29
📷 Photo
📢 E’LON
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida aprel oyi “Amir Temur oyligi” deb e’lon qilindi.
Mazkur oylik doirasida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan:
🔹 uchrashuvlar
🔹 davra suhbatlari
🔹 viktorinalar
🔹 ijodiy ishlar
🔹 turli tanlovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan
Shuningdek, universitetning ushbu rasmiy sahifasida har kuni Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid yopiq savollar berib boriladi.
❗️ Savollarga birinchilardan bo‘lib har kuni to‘g‘ri javob bergan talabalar oy yakunida qimmatbaho hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
👀Bizni kuzating
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
4 de abr. de 2026, 05:29
📷 Photo
TDMAUda go‘zallik va nafosat bayrami: “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining 2-sonli Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagoglari tashabbusi bilan tashkil etilgan fakultetlararo “Balli qizlar” ko‘rik-tanlovi chinakam do‘stlik va mahorat maydoniga aylandi.
Ushbu bellashuvda ishtirokchi qizlar 5 ta muhim shart bo‘yicha o‘zaro bahslashdilar. Ular nafaqat o‘z bilimlarini, balki sahna madaniyati, pazandalik sirlari va yashirin ijodiy iqtidorlarini ham namoyish etib, barchani hayratda qoldirdilar.
Murosasiz kechgan bahslar natijasi:
🥇 1-o‘rin: Abdurasulova Dilnoza — Iqtisodiyot, o‘rmonchilik va veterinariya fakulteti talabasi;
🥈 2-o‘rin: Axmatova Xolida — Qurilish va irrigatsiya fakulteti talabasi;
🥉 3-o‘rin: Sharifova Marjona — Agrobiologiya fakulteti talabasi.
🎁 Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan faxriy diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan tantanali ravishda taqdirlandilar.
🌐 http://tdmau.uz/ ✅ https://t.me/TerDMAU 🌐 https://instagram.com/terdmau 😎 https://www.facebook.com/terdmau/ 📹 https://youtube.com/@terdmau
TerDMAU | Ma'naviyat
4 de abr. de 2026, 05:29
📚 Parallel o‘qish nega kerak?
• Hozirgi kunda har qanaqa bilim olish uchun kitoblar tanlovi keng. Kitobxonlar o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblarni sanab shoshib qolishadi. Qaysidan boshlashni bilishmaydi yoki, qay tartibda o‘qishda ikkilanishadi.
🔥 Parallel o‘qish — bir nechta kitobni bir vaqtda o‘qish imkonini beradi. Bunda kitobxon o‘qishi eng muhim bo‘lgan 2-3 ta kitobni tanlab oladi va kunni har xil qismida, har xil joylarda mutolaa qiladi.
⚡️ Masalan, sohaga doir kitobni tongda xonasida, shaxsiy rivojlanishga doir asarni tushda mehmonxonada, badiiy asarni kechgi payt oshxonada. Chunki, badiiy asarni tushunish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
⁉️Nega har xil joylarda o‘qish kerak? Miya kitobni o‘sha joy bilan eslab qoladi va chalkashlik bo‘lmaydi. Parallel o‘qish orqali bir vaqtda har tomonlama yuksalish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, kitobxonlar!
Sinab ko‘raman — ❤️🔥
https://me-qr.com/E8U1zNFP
874
0
TerDMAU | Ma'naviyat
31 de mar. de 2026, 21:53
📷 Photo
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida muhim psixologik tadbir tashkil etildi!
Universitet psixologi S. Choʻtboyeva hamda tyutorlar tomonidan talabalar uchun “Psixologik barqarorlik – stressga yo‘l bermaydi” mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.
⚡️ Tadbirning asosiy maqsadi:
— Talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish
— Stressga bardoshlilikni kuchaytirish
— O‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash
— Kelajakdagi kasbiy yo‘nalishni to‘g‘ri tanlashga ko‘maklashish
💬 Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi hamda psixologik barqarorlikni shakllantirish bo‘yicha foydali tavsiyalar bilan tanishdilar.
🌱 Sog‘lom ruhiyat — muvaffaqiyat kaliti!
👀Bizni kuzating
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
31 de mar. de 2026, 21:53
📷 Photo
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida psixologik seminar-trening tashkil etildi!
Universitet psixologi S. Choʻtboyeva tomonidan talabalar uchun "Barqaror emotsiyalar – mening yuksalishimda" hamda "Munosabatlar etikasi – shaxsiy rivojlanishda psixologik ko‘rinishlari" mavzularida seminar-trening o‘tkazildi.
✅ Seminar-trening davomida talabalar:
— Ruhiy barqarorlikni saqlashda munosabatlar etikasi va psixologiyasining ahamiyati
— O‘z emotsiyalarini boshqarish usullari
— Shaxsiy rivojlanishda ijobiy fikrlashning o‘rni haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi
♦️ Shuningdek, munosabatlarni mustahkamlash, ularni barqaror saqlash hamda ijobiy boshqarish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
🔶 Seminar-trening jarayonida talabalar faol va pozitiv ruhda ishtirok etishdi!
🌱 Barqaror emotsiyalar — muvaffaqiyat sari muhim qadam!
👀Bizni kuzating
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
31 de mar. de 2026, 21:53
📷 Photo
📢 “Yengil sanoat oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasida muhim o‘quv treningi bo‘lib o‘tdi!
Kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksportga tayyorlash” mavzusida o‘quv trening tashkil etildi.
🎓 Trening Toshkent davlat agrar universiteti professori, texnika fanlari doktori Aktam Azizov tomonidan olib borildi.
📚 Trening davomida:
✔️ ishlab chiqarish jarayonlari
✔️ mahsulot sifatini boshqarish
✔️ qayta ishlash bosqichlari
✔️ oziq-ovqat xavfsizligi talablari
bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlar berildi.
💡 Ushbu trening ishtirokchilarga sohaga oid zamonaviy yondashuvlar va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini chuqurroq tushunishga yordam berdi.
👀Bizni kuzating
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
31 de mar. de 2026, 21:53
📷 Photo
“Birga hayotni saqlaymiz” shiori ostida milliy donorlik aksiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Mazkur aksiya jamiyatda beg‘araz yordam, insonparvarlik va ijtimoiy birdamlik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qildi. Tadbir davomida ko‘plab fuqarolar faol ishtirok etib, donorlik orqali inson hayotini saqlab qolishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Aksiya doirasida donorlikning ahamiyati, uning inson salomatligi va jamiyat uchun tutgan o‘rni haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ishtirokchilarga zarur tibbiy maslahatlar berilib, xavfsiz donorlik tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Bunday tashabbuslar jamiyatda mehr-oqibat, o‘zaro yordam va mas’uliyat hissini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
👀Bizni kuzating
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
31 de mar. de 2026, 21:53
📷 Photo
🟥🟥🟥 Kitob o‘qib qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumini e’lon qiladi.
☑️Tanlovda barcha oliy ta’lim tashkilotlarining talaba-yoshlari (bakalavr va magistrlar), akademik litsey, kollej va texnikum o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
📚Tanlovda ishtirok etish uchun https://t.me/kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, rasmda ko‘rsatilgan kitoblarni o‘qish va ular asosida tuzilgan testlarni ishlash kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5)"
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128)
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64)
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32"
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128)
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64)
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32"
🔖 Tanlovda faol qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️ https://docs.google.com/document/d/1cohEs8fG4tPmJc7zgHX--l15oPCP8udu/edit?usp=sharing&ouid=116626773679525368685&rtpof=true&sd=true https://drive.google.com/file/d/1hGNQpsYeYWKXWKwJIXyGQmdXhnZz9f1_/view?usp=sharingKitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang. Barchaga omad!
TerDMAU | Ma'naviyat
31 de mar. de 2026, 21:53
📷 Photo
📢🌸 E’LON 🌸📢
🏛 Talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar diqqatiga!
🎀 Fakultetlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan
“Balli qizlar” ko‘rik-tanloviga barchangizni taklif etamiz!
📅 Sana: 31.03.2026
⏰ Vaqt: 13:30
📍 Manzil: Agrobiologiya fakulteti faollar zali
✨ Ushbu tanlovda siz o‘z iste’dodingiz,
go‘zalligingiz, madaniyatingiz va faolligingizni namoyon etishingiz mumkin!
🌟 Barchangizni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
🎉 Keling, eng iqtidorli va faol qizlarimizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik!
👀Bizni kuzating
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
31 de mar. de 2026, 21:53
📷 Photo
🔝 Startap g‘oyangiz bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? Unda ushbu onlayn seminar aynan siz uchun!
Bugun soat 20:00 da spiker – Azizbek Ilhomov bilan onlayn seminar bo‘lib o‘tadi. Unda startap loyihani birinchi qadamdan boshlab rivojlantirish bosqichlari tushuntiriladi.
Seminar davomida nimalarni bilib olasiz?
✅ Startap nima va uning an'anaviy biznesdan farqi;
✅ G‘oyani tekshirish va bozor talabini aniqlash usullari;
✅ Ilk MVP (minimal viable product) yaratish jarayoni;
✅ O‘zbekistondagi grantlar, akseleratorlar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
🗓 Sana: 30-mart
⏰ Vaqt: 20:00
📍Manzil: https://t.me/eduuz
💰Ishtirok etish: bepul
Do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang!
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
TerDMAU | Ma'naviyat
31 de mar. de 2026, 21:53
📷 Photo
Energetika va sanoat muhandisligi fakultetida talaba-yoshlar hamda xodimlar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan muhim seminar tashkil etildi.
Seminar Respublika kardiologiya markazi Surxondaryo viloyati filiali intervetsion kardiologi Raxmonov Azizbek ishtirokida o‘tkazildi. Tadbir davomida yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning asosiy xavf omillari, ularning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish hamda zararli odatlardan voz kechish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur seminar talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish hamda tibbiy savodxonlikni oshirishga xizmat qildi.
👀Bizni kuzating
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/
TerDMAU | Ma'naviyat
30 de mar. de 2026, 00:40
🎥 Video
🕗 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!
📌 Vaqt kam — imkoniyat esa katta!
O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!
📝 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:
🔠 Eng yaxshi g‘oya
🔠Eng yaxshi loyiha
🔠 Eng yaxshi ixtiro
🚗 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!
Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!
📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: http://muhandis.edu.uz/
⏰ Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!
Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
⚡️ “Media haftalik”: mamlakatimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda
Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi — jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi “Media haftalik” o‘z ishini boshladi.
https://t.me/kontentmarkazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur loyiha butun respublikadan qariyb 12,5 ming ishtirokchini qamrab oladi. Joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar har bir hududda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
⚙️ Dasturda nazariya va amaliyot birlashadi: asosiy urg‘u haqiqiy tajriba orttirishga qaratiladi. Mamlakatimizning eng yetakchi media-ekspertlari, muharrir va prodyuserlari ishtirokida kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena, SMM va strategik kommunikatsiyalar kabi muhim mavzular bo‘yicha treninglar olib boriladi.
Mashg‘ulotlar telejurnalistlar, bosma nashrlar, blogerlar va davlat idoralari matbuot kotiblari uchun alohida yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Bilimlarini oshirgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
📌 O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanuvchi mazkur media-estafetaning ilk bosqichi 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanadi. Darslar davomida ishtirokchilar real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
💬 Haftalik yakunida hududdagi soha vakillarini qamrab oluvchi yirik Media forum tashkil etiladi.
Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Media haftalik quyidagi sanalarda hududlar kesimida tashkil etiladi:
• 30-mart – 3-aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 6-aprel – 10-aprel: Xorazm viloyatida;
• 13-aprel – 17-aprel: Surxondaryo viloyatida;
• 20-aprel – 24-aprel: Qashqadaryo viloyatida;
• 27-aprel – 1-may: Samarqand viloyatida;
• 4-may – 8-may: Navoiy viloyatida;
• 11-may – 15-may: Buxoro viloyatida;
• 18-may – 22-may: Farg‘ona viloyatida;
• 25-may – 29-may: Namangan viloyatida;
• 1-iyun – 5-iyun: Andijon viloyatida;
• 8-iyun – 12-iyun: Jizzax viloyatida;
• 15-iyun – 19-iyun: Sirdaryo viloyatida;
• 22-iyun – 26-iyun: Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.
🦋 https://t.me/kontentmarkazi
TerDMAU | Ma'naviyat
30 de mar. de 2026, 00:40
🎥 Video
#mulohaza_uchun
Kitob – hayot tarzi!
Xitoyda kitob mutolaasi kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har bir xitoylik yiliga o‘rtacha 10 ta kitob o‘qiydi.
Bu esa mamlakatdagi yuksak mutolaa madaniyati va ilmga bo‘lgan e’tiborning yorqin isbotidir.
Kitob o‘qigan jamiyat – kelajagini o‘zi yaratadigan jamiyat
👀Bizni kuzating
🔗 https://instagram.com/terdmau | https://www.facebook.com/groups/texnika379 | https://youtube.com/@terdmau https://tdmau.uz/