“Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalari oʻtkaziladi
26-mart kuni «Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi» sport musobaqalarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari va prorektorlari, sport klublari rahbarlari ishtirok etgan yigʻilishga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov raislik qildi.
Oliy taʼlim tashkilotlari talaba-yoshlarini sportga keng jalb etishga qaratilgan mazkur musobaqalar Sport vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Olimpiada 3 bosqichda oʻtkaziladi:
—oliy taʼlim tashkilotlari miqyosida (1–30-aprel);
—hududiy bosqich (1–15-may);
—respublika finali (1–10-iyun).
Musobaqalar 7 ta sport turi basketbol 3x3, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish va futbol boʻyicha yurtimizdagi barcha davlat, xususiy va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida oʻtkaziladi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/146317
👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/146317
👉 https://gov.uz/en/edu/news/view/146317
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
144
1
0
QO'QON DU sport klubi
30 de mar. de 2026, 03:56
📷 Photo
TAQDIRLASH MAROSIMIGA TAKLIF ETAMIZ!
Qoʻqon davlat universitetida Respublika va xalqaro tanlovlar gʻoliblari hamda “Yil talabasi – 2025” tanlovi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.
Ushbu marosimda yil davomida yuqori natijalarga erishgan, universitetimiz nufuzini oshirishga munosib hissa qoʻshgan iqtidorli talabalar eʼtirof etiladi.
🎶 Tadbir davomida kuy-qoʻshiqlar va badiiy chiqishlar namoyish etiladi.
📅 Sana: 26-mart
🕐 Vaqt: 13:30
Manzil: ARM binosi
Barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarni ushbu tantanali marosimga taklif etamiz.
Bizdan uzoqlashmang
https://www.facebook.com/share/1AKrGnQMpE/ | https://www.instagram.com/kokand_su?igsh=MWwwcG03Nms1enMxNg== | https://youtube.com/@kokandsu?si=A55gXBJaFOwQrCVc
QO'QON DU sport klubi
30 de mar. de 2026, 03:56
📷 Photo
“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi
Qo‘qon davlat universiteti Yoshlik stadionida talaba-yoshlar o‘rtasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, jismoniy tayyorgarlikni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.
Musobaqa dasturi doirasida ishtirokchilar bir qator sinovlardan o‘tdilar. Jumladan, joyidan uzunlikka sakrash, 100 metrga yugurish, turnikda tortilish hamda granata uloqtirish kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Batafsil: https://kokandsu.uz/news/420
Bizdan uzoqlashmang
https://www.facebook.com/share/1AKrGnQMpE/ | https://www.instagram.com/kokand_su?igsh=MWwwcG03Nms1enMxNg== | https://youtube.com/@kokandsu?si=A55gXBJaFOwQrCVc
QO'QON DU sport klubi
30 de mar. de 2026, 03:56
📷 Photo
“Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi”ga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Qo‘qon davlat universitetida joriy yildan mamlakatimizda yo‘lga qo‘yilayotgan “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport o‘yinlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning birinchi prorektori Ahmajon Husanov, trenerlar, dekan o‘rinbosarlari mazkur musobaqaning mazmun-mohiyati, uni tashkil etish tartibi hamda talaba-yoshlar ishtiroki bilan bog‘liq muhim masalalarni muhokama qildilar.
Yig‘ilish davomida berilgan ma’lumotlar asosida universitetda musobaqalar 7 ta sport turi bo‘yicha tashkil etilishi qayd etildi. Jumladan, yengil atletika, basketbol 3x3, voleybol, gandbol, futbol, stol tennisi hamda suzish yo‘nalishlarida bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
👉 https://kokandsu.uz/news/411
Bizdan uzoqlashmang
https://www.facebook.com/share/1AKrGnQMpE/ | https://www.instagram.com/kokand_su?igsh=MWwwcG03Nms1enMxNg== | https://youtube.com/@kokandsu?si=A55gXBJaFOwQrCVc
QO'QON DU sport klubi
30 de mar. de 2026, 03:56
📷 Photo
Talabalar tayyormisiz!
Talaba-yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, jismoniy tayyorgarlikni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida "Amir Temur vorislari" harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi.
📅 2026 yil 25-mart
🕑 Soat 14:00
Manzil: Yoshlik stadioni
Musobaqa quyidagi shartlar asosida tashkil etiladi:
✔️ joyidan uzunlikka sakrash
✔️ 100 metrga yugurish
✔️ turnikda tortilish
✔️ granata uloqtirish
Jamoa tarkibi 5 nafar ishtirokchidan iborat (1 nafar qiz va 1 nafar o‘g‘il zaxira bilan).
https://drive.google.com/file/d/1XCigskE_FQkaO6zUrQQBw3WOjb4eLVEN/view?usp=sharing
Ishtirokchilar sport formasida kelishlari shart!
Fakultetetingizning Yoshlar masalalari bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat qiling!
Barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!
226
Showing 5 of 5 posts
No more posts
196
5
0
222
2
0
191
1
0
1
0
Nenhuma avaliação ainda. Seja o primeiro a compartilhar sua experiência!