Nenhuma avaliação ainda. Seja o primeiro a compartilhar sua experiência!
Últimos Posts
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
14 de mai. de 2026, 05:41
📷 Photo
📌 "Bookclub_math" loyihasi "Zakovat" intellektual oʻyinini tashkil qildi✨
💠 Bu uchrashuv Bookclub_math loyihasining bu yil hisobidan soʻngi uchrashuvi edi va qiziqarli qilish maqsadida Zakovat oʻyinini oʻtkazishga qaror qildik.
💠 Oʻyin davomida jamoalar qiziqarli va mazmunli savollar orqali oʻz bilimlarini yanada mustahkamlashdi.
💠 Oʻyin oxirida gʻolib jamoalarga tashakkurnomalar va estalik sovgʻalari topshirildi.
1-oʻrin: At the moment;
2-oʼrin: Pandora;
3-oʻrin: Intellekt jamoalari qoʻlga kiritdi.
📍Bizni qoʻllab quvvatlagan barcha talabalarga loyihamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz💫
https://t.me/bookclub_math
260
1
0
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
14 de mai. de 2026, 05:41
📷 Photo
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti 108 yoshda!
🇺🇿 Bugun, 12-may — mamlakatimiz ta’lim tizimining tamal toshi qo‘yilgan, mintaqadagi eng nufuzli bilim maskanlaridan biri hisoblangan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tashkil topgan kun.
🇺🇿 1918-yilda asos solingan va o‘zining 108 yillik shonli tarixi davomida Markaziy Osiyoda ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan mazkur oliy ta’lim muassasasi bugungi kunda jahonning Top-1000 universitetlari qatoridan mustahkam joy oldi. OʻzMU fundamental fanlar, innovatsion tadqiqotlar va yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha respublikadagi tayanch oliy o‘quv yurti sifatida o‘z mavqeini yildan-yilga mustahkamlab bormoqda.
Ayni paytda universitet QS World University Rankings reytingida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, arxeologiya, matematika, lingvistika va fizika-astronomiya kabi yo‘nalishlarda dunyoning eng kuchli universitetlari safida e’tirof etilayotgani barchamiz uchun faxrdir.
🇺🇿 Ushbu tarixiy va qutlug‘ sana bilan universitetning ko‘p ming kishilik jamoasini — fidoyi olimu pedagoglarini, izlanuvchi tadqiqotchilarini va shijoatli talabalarini samimiy muborakbod etamiz!
🇺🇿 Milliy universitet — milliy yuksalish va strategik taraqqiyotning intellektual poydevori
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 https://t.me/nuu_uz 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
14 de mai. de 2026, 05:41
📷 Photo
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
🟢Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
📌Mazkur tadbirning asosiy maqsadi xalqimizning tinchligi va bugungi osoyishta hayoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlar xotirasini yod etish, faxriy ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
☄️Tadbir davomida faol talaba-yoshlar tomonidan 9-may sanasiga bag‘ishlangan she’rlar, monologlar hamda sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Badiiy chiqishlarda tinchlikning qadri, inson xotirasiga hurmat va ustozlarga ehtirom kabi ezgu g‘oyalar o‘z ifodasini topdi.
⚡️Shuningdek, fakultetda samarali faoliyat olib borgan, bugungi kunda oramizda bo‘lmagan ustozlar xotirasiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Videorolikda ustozlarning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, talaba-yoshlar tarbiyasidagi o‘rni hamda ularning ibratli hayot yo‘li aks ettirildi.
📌Tadbir davomida fakultet dekani so‘zga chiqib, fakultet ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan ustozlarning samarali mehnat faoliyati, ilmiy va pedagogik merosi haqida to‘xtalib o‘tdi hamda ularning xotirasini chuqur hurmat bilan yod etdi. Shuningdek, yoshlarni ustozlar yaratib ketgan boy ilmiy maktab va an’analarni davom ettirishga chaqirdi.
✔️Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, xotira va qadrlash tushunchalarining mazmun-mohiyatini yanada teran anglashga xizmat qildi.
"Navro'zni ulug'lash - insonni ulug'lash" shiori ostida o'tkazilgan Navro'z bayram tadbiridan videolavha
25
0
0
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
4 de abr. de 2026, 01:22
📷 Photo
#Faol_talabalar_tashabbusi_BOOKCLUB_MATH_loyihasi
🟢Assalomu alaykum Bookclub_math loyihasi kuzatuvchilari.
Bookclub_math loyihasining 30-mart kuni ilk kitob tahlili uchun uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
📌Bu uchrashuvda ishtirokchilar bilan birgalikda Oʻtkir Hoshimovning "Bahor qaytmaydi" asari yuzasidan tahlil boʻldi📝. Tahlil bilan birgalikda qizgʻin munozara va suhbatlar , qiziqarli oʻyinlar tashkil etildi. Ishtokchilarimiz oʻrtasida asarni yaxshiroq tushunish uchun turli fikrlar bildirildi.
✔️Bookclub_math loyihasi bilan birgalikda kitob oʻqing va oʻzingizni shaxsiy rivojlantiring.
Oʻzgarish uchun hech qachon kech boʻlmaydi, buni unutmang✨
336
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
4 de abr. de 2026, 01:22
📷 Photo
#Talaba_muvaffaqiyati
🟢2026-yil 25-mart 1-aprel kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasining Nukus shahrida 100 katakli Shashka (İBSA) bo'yicha 23-yoshgacha o'smirlar va katta yosh toifasidagi sportchilar o'rtasida O'zbekiston Chempionati o'tkazildi.
📌Mazkur musobaqada O'zbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulteti 3-bosqich talabasi Shovdirova Odina 23 yoshgacha Qizlar o'rtasida munosib ishtirok etib, Rapid yo'nalishida Faxrli 🥇-o'rin Oltin hamda Klassika yo'nalishida Faxrli 🥉-o'rin Bronza medallarini qo'lga kiritdi. Ushbu yutuqlar unga Turkiya davlatida bo'lib o'tadigan 2026-yil jahon chempionatiga yo'llamalarni taqdim etadi.
👏Talabamizning erishgan natijalari bilan samimiy tabriklaymiz! Yutuqlari bardavom bo'lsin!
382
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
4 de abr. de 2026, 01:22
📷 Photo
🚀"DREAM LANGUAGE"DA BARCHA TILLAR BOʻYICHA KURSLARGA QABUL DAVOM ETMOQDA!!
Yangi til oʻrganishni hoziroq boshlang!
🇹🇷Turk tili
🇬🇧 Ingliz tili
🇩🇪 Nemis tili
🇷🇺 Rus tili
Sinov darslarida qatnashib koʻrish BEPUL!
Kurslarga roʻyxatdan oʻtish uchun
☎️ +998991346363
☎️ +998991356363
✅ https://t.me/dreaml_admin
✅ https://t.me/dream_language_admin
🗺 Manzil: "Dream Language" oʻquv markazi
Oʻzbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti binosida
🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
⬇️⬇️⬇️
🕊 https://t.me/dream_language | 📱 http://instagram.com/dream__language | 📱 http://FB.com/dreamlanguageacadem
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
4 de abr. de 2026, 01:22
📷 Photo
O‘zbekiston Milliy universitetida Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
🇺🇿O‘zbekiston Milliy universitetida bahoriy yangilanish va milliy qadriyatlarimiz timsoli bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lash” shiori ostida keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy tadbir – Navro‘z sayli tashkil etildi.
☄️Ushbu sayl universitet hayotida o‘ziga xos an’anaga aylanib ulgurgan bo‘lib, unda fakultetlar viloyatlar kesimida ishtirok etib, yurtimiz hududlariga xos urf-odatlar, milliy taomlar, xalq o‘yinlari va madaniy merosi namoyish etiladi. Tadbir davomida har bir hududning o‘ziga xosligi, rang-barangligi va boy an’analari yorqin ifodasini topadi.
📌Jumladan, Matematika hamda Geografiya va geoaxborot tizimlari fakultetlari jamoasi tomonidan Andijon viloyatiga xos milliy urf-odatlar keng namoyish etildi. Andijonliklarga xos mehmondo‘stlik, milliy liboslar, qadimiy udumlar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan parchalar, shuningdek, hududga xos milliy taomlar tayyorlandi. Talabalar tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va milliy raqslar bayramona kayfiyatni yanada oshirdi.
✔️Mazkur tadbir yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, ajdodlar merosini asrab-avaylash va uni kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Navro‘z sayli nafaqat bayram shukuhi, balki milliy birlik, hamjihatlik va madaniy merosimizning yorqin namunasiga aylandi.
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
31 de mar. de 2026, 20:33
🎥 Video
#Kelajak_muhandislari #tanlov
❗️“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 1 kun qoldi!
⏳ Vaqt kam — imkoniyat esa katta!
O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!
📌 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi:
✅ Eng yaxshi g‘oya
✅ Eng yaxshi loyiha
✅ Eng yaxshi ixtiro
🏆 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!
Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!
👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: http://muhandis.edu.uz/
⏱️ Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!
Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!
#Kelajak_muhandislari #koʻrik_tanlovi
😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARQMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!
Bizni kuzating
📝 https://t.me/IQTIDORLI_NUUZ
228
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
31 de mar. de 2026, 20:33
📷 Photo
Germaniyalik professor yosh matematiklarga ma’ruza o‘qidi
⏺Germaniyaning Magdeburg universiteti professori Merle Munko O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakultetiga tashrif buyurdi.
⏺Tashrif Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi taklifiga binoan tashkil etilib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad — magistrantlar uchun ilmiy-amaliy ma’ruzalar o‘qish hamda kafedra professor-o‘qituvchilari bilan istiqbolli ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
⏺Tashrif doirasida “Matematika” hamda “Aktuar va moliyaviy matematika” mutaxassisliklari magistrantlari uchun “Inferencye for meaningful estimands in factorial survival designs and competing risks settings” mavzusida mazmunli ma’ruzalar tashkil etildi.
⏺Mazkur ma’ruzalar tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan tanishtirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Biz shu yerdamiz:
🌐 https://nuu.uz/ 🕊 https://t.me/nuu_uz 📱 https://www.facebook.com/nationaluniversityuzbekistan/ 📱 https://www.instagram.com/nuu.uz 📺 https://youtube.com/c/NationalUniversityofUzbekistan 🌐 https://www.linkedin.com/company/nuuz
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
31 de mar. de 2026, 20:33
📷 Photo
#Matematika_fakulteti
#Ichki_turizm
Tog' bag'riga sayohat
27.03.2026y sanada Matematika fakulteti tyutori O. Jumaniyozova boshchiligida talaba yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida, 3-kurs 23-13 guruhi talabalari bilan birgalikda Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi "Moviy tog'lar" dam olish maskaniga sayohat uyushtirildi. Bu sayohat har bir talabaning qalbiga o'zgacha huzur baxsh etdi. Tabiatning go'zalligidan bahramand bo'lgan talabalar dam olish kunini mazmunli o'tkazishdi va katta taassurotga ega bo'lishdi.
424
24
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
31 de mar. de 2026, 20:33
🎥 Video
#olimpiada
🔺Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti talaba-yoshlari uchun "Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi"
➡️Sportning
🟢voleybol
🟢basketbol
🟢futbol
🟢stol tennisi
yengil atletika turlari bo‘yicha musoboqalar
✅Iqtidor va iste’dodingizni yuzaga chiqarish uchun sizga yana bir imkoniyat
🧑💻Musoboqada faqatgina http://erp.sport.uz/ sayti orqali ro‘yhatdan o‘tgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
⏰ Ro‘yhatdan o‘tish 30-martga qadar davom etadi.
➡️Qo‘shimcha savollar bo‘yicha guruh tyutoriga yoki dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlaringiz mumkin.
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
📲 Bizni kuzating:
🕊 https://t.me/UzMUyoshlari 😎 https://www.instagram.com/nuuz.yoshlari?igsh=MWQ4bmpuYmQ3Y3lkNg==
MATEMATIKA FAKULTETI RASMIY KANALI®
31 de mar. de 2026, 20:33
📷 Photo
#Matematika_fakulteti
🕊 Qatag'on qurbonlari xotirasiga hurmat
🟢Siyosiy qatag'on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning boy merosini keng targ‘ib etish hamda xotirasini abadiylashtirish maqsadida talaba-yoshlarning Toshkent shahridagi “Qatag'on qurbonlari xotirasi” muzeyi va “Shahidlar xotirasi” maydoniga tashriflarini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafik asosida navbatdagi tashrif amalga oshirildi.
📌Mazkur tashrif doirasida Matematika fakulteti talabalari Shahidlar xotirasi majmuasi hamda Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdilar.
📌Tashrif davomida talabalar qatag‘on yillarida nohaq jazoga tortilgan vatandoshlarimizning hayoti, ilmiy va ijodiy faoliyati, ularning boshidan kechirgan murakkab sinovlari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzey eksponatlari, tarixiy hujjatlar va arxiv materiallari orqali o‘sha davrning og‘ir va murakkab manzarasi talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.
📌Shuningdek, majmua hududida joylashgan ramziy yodgorliklar va xotira maskanlari yoshlarni ajdodlar xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy xotirani asrashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
✔️Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar talaba-yoshlarning tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda ajdodlar merosiga hurmat ruhini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.